Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Xondroksid sirtga qo‘llash uchun surtma 5% 30g Nijfarm
Nomi | Narx | |||||
Хондроксид мазь для наруж. прим. 5% 30г Нижфарм (290723##2 163) |
UZS 71 300
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Хондроитина сульфат
Страна производитель
Россия
Дозировка
5% 30г
Производитель
Нижфарм
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Мазь для наружного применения
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Xondroksid
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Xondroitin sulfati
Dori shakli
Sirtga qo‘llash uchun surtma.
Tarkibi
faol modda - xondroitin sulfat natriy – 50 mg;
yordamchi moddalar dimetilsulfoksid, lanolin, vazelin, distillangan monoglitseridlar, tozalangan suv.
Ta'rifi xarakterli hidli och-sariq rangli surtma.
Farmakoterapevtik guruhi
to‘qimalar regeneratsiyasining rag‘batlantiruvchisi.
ATX kodi M01AX25
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Xondroksid surtmasi majmuaviy ta'sirga ega
osteoartroz va osteoxondrozning rivojlanishini sekinlashtiradi;
og‘riqni qoldiruvchi ta'sir ko‘rsatadi;
yallig‘lanishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi;
bo‘g‘im tog‘ayini tiklanishiga yordam beradi;
bo‘g‘inlarning xarakatchanligini yahshilaydi;
bo‘g‘imlarning shishishini kamaytiradi.
Surtma komponentlarining optimal jamlanmasi tufayli ogriqni qoldiruvchi va yallig‘lanishga qarshi samaralarining uzaro kuchayishi kuzatiladi. Xondroksid® surtma preparatining kullanishi kabul kilinayotgan nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarning dozasini kamaytirish imkoniyatini beradi.
Xondroksid tarkibidagi xondroitin sulfati tabiiy komponent (yuqori molekulyar mukopolisaxarid) bo‘g‘im to‘qimasini tuzilishida ishtirok etadi.
Xondroitin sulfati
tog‘ay to‘qimalarida fosfor-kaltsiy almashinuvini yahshilaydi;
tog‘ay to‘qimalarini buzuvchi fermentlarning faolligini pasaytiradi;
tog‘ay to‘qimalarining degeneratsiya (buzilish) jaryonini sekinlashtiradi;
glyukozaminoglikanlarning sintezini rag‘batlantiradi;
biriktiruvchi to‘qimalarning kollapsini oldini oladi.
Bu og‘riqning kamayishi va zararlangan bo‘g‘imlarning harakatchanligini yahshilashga olib keladi.
Farmakokinetikasi
Xondroksid surtma preparati yaxshi so‘riladi. Radionishonlangan 3N-xondroitin sulfatidan foydalangan holda sichkonlarda o‘tkazilgan eksperimental tadqiqotlardan olingan ma'lumotlaga muvofiq, xondroitin sulfatning so‘rilish ko‘rsatkichi 14% ni tashkil etgan. Dimetilsulfoksid hujayra membranalari orqali xondroitin sulfati to‘qimalarning ichiga kirishiga yordam beradi. Xondroksid® surtma preparati teriga surtilgandan keyin xondroitin sulfat tez va tanlangan xolda bo‘g‘imga maksimal kontsentratsiyada 30 minutda kirib boradi, va keyinchalik tog‘ay to‘qimalaridan preparatning ikki fazada chiqariladi. Preparatning chiqarilishini tezkor fazasini tugashi qo‘llangandan keyin 1 soat o‘tgach sodir bo‘ladi. Preparatning bo‘g‘imda ushlanish vaqti 5 soatni tashkil qiladi.
Qo‘llanilishi
Periferik bo‘g‘imlar va umurtqa pog‘onasining degenerativ-distrofik kasalligi umurtqa pog‘onasini osteoartrozi, osteoxondrozini davolash va profilaktikasida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sirtga buyuriladi. Xondroksid surtmasi shikastlanish o‘chog‘i ustidagi teriga kuniga 2-3 marta surtiladi va 2-3 minut davomida to‘liq so‘rilgunicha ishqalanadi. Davolash kursi - 2-3 haftadan 2-3 oyni tashkil qiladi. Zarurati bo‘lganida - davolash kursini takrorlanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik. Preparat surtilgan sohalarda teri qoplamalarini shikastlanishida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri haqida ma'lumotlar yo‘q.
Maxsus ko‘rsatmalar
Xondroksid preparatini shilliq qavatlarga tushishidan saqlanish kerak. Homiladorlik, laktatsiya davri, bolalar yoshida preparatni shifokor maslahatisiz qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
Homiladorlik, laktatsiya davri, bolalik yoshi (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan)
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Xondroksid surtmasi sedativ samara, psixomotor buzilishlarni keltirib chiqarmaydi va patsiyentning yuqori e'tiborni hamda ruhiy va harakat reaktsiya tezligini talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Xondroksid ® surtmasini dozasini oshirib yuborilishi xaqida ma'lumotlar yo‘q.
Chiqarilish shakli
Sirtga qo‘llash uchun 5% li surtma. 30 va 50 g dan alyumin yoki polietilen laminat tubalarda. Har bir tuba preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida joylanadi.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Preparat o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugagandan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
/e'tirozlarni qabul qiluvchi tashkilot
«NIJFARM» AJ, Rossiya
603950, Nijniy Novgorod sh., Salganskaya ko‘ch., 7
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.