Kamfora 10% eritma 25 ml Radiks
2 700 UZS
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Xususiyatlar
Dozasi
:
10%
Ishlab chiqaruvchi mamlakat
:
Узбекистан
Объем
:
25 мл
Yoʻriqnoma: Kamfora 10% eritma 25 ml Radiks
Batafsil
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi fotosuratda tasvirlanganidan farq qilishi mumkin.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
Kamfora 10% spirtli eritmasiTa'sir etuvchi moddalar (XPN): kamfora, etanol
Dori shakli
eritmaTarkibi
faol modda: kamfora - 10,0 g;yordamchi modda: 70% li tibbiyot etil spirti - 100 ml gacha.
Ta'rifi
tiniq, rangsiz, o‘ziga xos kamfora hidli eritma.Farmakoterapevtik guruhi
mahalliy qitiqlovchi vositaATX kodi: M02AX
Farmakologik xususiyatlari
Preparat mahalliy qo‘llanganda qitiqlovchi va qisman antiseptik ta'sir ko‘rsatadi. 70% li kontsentratsiyada etil spirti sirtga qo‘llanganda bakteritsid samara va qitiqlovchi ta'sir ko‘rsatadi, teri sohalariga muvofiq joylashgan a'zo va to‘qimalarda modda almashuvini yaxshilaydigan trofik reflekslarni chaqiradi, ikkilamchi analgezik ta'sir ko‘rsatadi.Preparatlar birgalikda yaqqol qitiqlovchi, ikkilamchi analgezik va antiseptik ta'sir ko‘rsatadi.
Qo‘llanilishi
Bo‘g‘im, mushak va nervlardagi (artritlar, miozitlar, nevralgiyalar) yallig‘lanish jarayonlarini davolash. Yotoq yaralarini oldini olishda qo‘llanadi.Qo‘llash usuli va dozalari
Sirtga qo‘llaniladi. Og‘riqli joyga ozgina preparat suritiladi va yengil harakatlar bilan ishqalanadi.Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga bo‘lgan yuqori sezuvchanlik. Terining shikastlangan sohalariga suritish mumkin emas.Dorilarning o‘zaro ta'siri
Aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Avtomobil va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri:Avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri xaqida malumot aniqlanmagan.
Homiladorlik va laktatsiya
Kamforaning GEB, platsenta va ko‘krak sutiga yuqori o‘tkazuvchanligini xisobga olganda, Kamforani xomiladorlik va emizish davrida extiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Shifokor ko‘rsatmasiga binoan qo‘llanilsin.
Chiqarilish shakli
10% li spirtli eritma 25 ml, 40 ml, 50 ml dan flakonlarda tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga.Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250 S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil.Yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.Ishlab chiqaruvchi
“RADIKS” MChJO‘zbekiston Respublikasi, 100054, Toshkent sh., Lutfiy ko‘ch, 50.
Tel.: (+99871) 273-92-31, faks: (+99871) 273-80-58.
O‘zbeksiton Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili:
"RADIKS" MChJ
O‘zbekiston Respublikasi, 100054, Toshkent sh. Lutfiy ko‘ch., 50.
Tel.: (+99871) 273-43-98, faks: (+99871) 273-80-58.
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.