Xondro-Ritz kaps. №50
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Yoʻriqnoma: Xondro-Ritz kaps. №50
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
XONDRO-RitzTa'sir etuvchi moddalar (XPN): Chondroitin Sulfate, D-Glucosamine Sulfate.
Dori shakli
kapsulaTarkibi
Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:faol moddalar: 200 mg xondroitin sulfati va 250 mg D-glyukozamin sulfati;
yordamchi moddalar: magniy stearati.
Ta'rifi
№0 o‘lchamli qattiq, jelatin kapsulalar.Kapsulaning rangi – korpusi va qopqoqchasi – och-yashil rangda. Kapsulaning ichidagi modda – och sariq tusli oq rangli kukun.
Farmakoterapevtik guruhi
tog‘ay to‘qimasida moddalar almashinuvini boshqaruvchi preparat.ATX kodi: M09AX02.
Farmakologik xususiyatlari
Tog‘ay to‘qimasida moddalar almashinuvini boshqaruvchi preparatdir. Yallig‘lanishga qarshi va og‘riq qoldiruvchi ta'sir ko‘rsatadi, tinch holatda va harakatlangandagi og‘riqni kamaytiradi, nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarga ehtiyojni kamaytiradi.Xondroitin sulfati – yuqori molekulyar muko-polisaxarid bo‘lib, tog‘ay to‘qimasida fosfor-kaltsiy almashinuvini boshqaruvchi vositadir. Suyak to‘qimasining rezorbtsiyasini sekinlashtiradi va kaltsiyni yo‘qotilishini kamaytiradi, suyak to‘qimasini tiklanish jarayonlarini tezlashtiradi, tog‘ay to‘qimasini degeneratsiya jarayonini tormozlaydi. Biriktiruvchi to‘qimani ezilishiga to‘sqinlik qiladi va bo‘g‘im yuzalarini o‘ziga xos moylovchi modda rolini o‘ynaydi. Gialin to‘qimasida modda almashinuvini normallashtiradi. Bo‘g‘im tog‘ayining regeneratsiyasini rag‘batlantiradi.
D-glyukozamin sulfati –proteoglikanlar va glikozamin-glikanlar tarkibiga kiruvchi endogen moddadir. Tog‘ay to‘qimasining struktur yaxlitligini ta'minlaydi. Muntazam qo‘llanilganda proteoglikanlar va gialuron kislotasini sintezini faollashishi hisobiga bo‘g‘imlar, umurtqa pog‘onasi va umurtqa pog‘onasi atrofidagi yumshoq to‘qimalarning degenerativ jarayonlarini avj olishini sekinlashtiradi.
Qo‘llanilishi
- bo‘g‘imlar va umurtqa pog‘onasining degenerativ-distrofik kasalliklarini davolash va oldini olish;- birlamchi va ikkilamchi osteoartrit (osteoartroz);
- turli sohalardagi osteoartrit (tizza, chanoq-son, bilak-kaft bo‘g‘imlari, umurtqa pog‘onasi va boshqalar);
- yelka-kurak periartriti;
- osteoxondroz;
- spondilez;
- osteoporoz, paradontopatiya;
- suyak sinishlarida (suyak qadog‘ini hosil bo‘lishini tezlashtirish uchun) qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Boshlang‘ich doza sutkada 6 kapsulani tashkil etadi, keyinchalik davolash kursi quyidagicha davom ettiriladi: sutkada 4 kapsuladan 1,5-2 oy davomida. Kapsulalar ovqatdan oldin qabul qilinadi.Vaqt o‘tgan sari preparatning samarasi kuchayadi, davolash kursi odatda intervallar bilan 6 oy takrorlanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Kam hollarda: allergik reaktsiyalar.
Epigastral sohada og‘riq, ko‘ngil aynishi, meteorizm, diareya, qabziyat kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.Maxsus ko‘rsatmalar
Majmuaviy qo‘llanilganda glyukozamin me'da-ichak yo‘llaridan tetratsiklinlarni so‘rilishini kuchaytiradi va penitsillin va xloramfenikolni so‘rilishini kamaytiradi.Homiladorlik va laktatsiya (emizish) davrida preparatni qo‘llash xavfsizligi yuzasidan klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanmasin.
Chiqarilish shakli
Kapsulalar, 120 kapsuladan plastmass flakonlarda, bir flakondan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan o‘ramda.Saqlash sharoiti
10-25°S haroratda saqlansin.Yaroqlilik muddati
3 yil.Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retseptisiz!Ishlab chiqaruvchi
GM Pharmaceuticals Ltd.Gruziya, Tbilisi sh., Ponichala 65
Tel.: +995 32 2404801/02; Faks: +995 32 2404803
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.