Dentinoks N gel shakarsiz 10 g
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Xususiyatlar
Yoʻriqnoma: Dentinoks N gel shakarsiz 10 g
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
Dentinoks-gel NDori shakli
og‘iz bo‘shlig‘ida mahalliy qo‘llash uchun gel.Tarkibi
10 g gel quyidagilarni saqlaydi:faol moddalar:
moychechak gullari nastoykasi 1500 mg,
lidokain gidroxloridi 1 N2O 34 mg,
polidokanol 600 32 mg;
yordamchi moddalar: sorbitol, ksilitol, propilenglikol, karbomer (974 R), 10% li natriy gidroksidi eritmasi, polisorbat 20, natriy edetati, natriy saxarini, mentol (levomentol), tozalangan suv.
Ta'rifi
moychechak va yalpiz hidili, tovlanuvchi gel.Farmakoterapevtik guruhi
asosan stomatologiyada qo‘llanadigan vosita.ATX kodi: A01AD11
Farmakologik xususiyatlari
Birinchi kurak tishlar, sut tishlari va keyinchalik doimiy tishlarni og‘riqsiz chiqishini ta'minlaydi. Milklarni ta'sirlanishi, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini yallig‘lanishi (stomatit) va og‘riq hislarini oldini oladi.Preparat tishlarni yorib chiqishini rag‘batlantirish va profilaktika maqsadlarida ananaviy qo‘llanadi. Tishlarni yorib chiqishida qo‘llanadigan Dentinoks gel qand o‘rnini bosuvchi vositalar – ksilitol va sorbitol saqlaydi, ular kariyes chaqirmaydi. Shu orqali tishlarni parchalanishining oldi olinadi. Tishlarni yorib chiqishida qo‘llanadigan Dentonoks gel N konservatsiya qiluvchi moddalar saqlamaydi.
Qo‘llanilishi
Dentinoks-gel N og‘iz bo‘shlig‘ida qo‘llanadi:Tishlarni yorib chiqishida og‘riqlarni qisqa muddatli yengillashtiruvchi yumshoq ta'sir etuvchi dori vositasi sifatida ananaviy qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Dentinoks-gel N ni har doim qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasidagi ko‘rsatmalarga muvofiq qo‘llang. Agar Siz biron-bir narsada ishonch hosil qilmasangiz, shifokordan so‘rang.Agar shifokorning o‘zgacha ko‘rsatmasi bo‘lmasa, tishlarni yorib chiqishi chaqirgan og‘riqlarda qo‘llanadi. Dentinoks-gel N ni toza barmoq yoki toza paxtali tayoqcha yordamida gel tomchisini (no‘xatdek kattalikda) tishlar yorib chiqayotgan sohadagi milkning shikastlangan joyiga qo‘ying va yengil ishqalang. Muolajani sutkada 2-3 marta takrorlang, ayniqsa ovqatdan keyin va uyqudan oldin. Zarurati bo‘lganida preparatni sut tishlarini, keyinchalik doimiy tishlarni yorib chiqish butun davrida qo‘llang.
Gelni ko‘zlarga tushishidan saqlang!
Agar Siz Dentinoks-gel N ni keragidan ortiq surtgan bo‘lsangiz, nojo‘ya ta'sirlar (“Nojo‘ya ta'sirlari”ga qarang) kuchliroq namoyon bo‘lishi mumkin. Agar bu yuz bergan bo‘lsa, Dentinoks-gel N ni qo‘llashni bekor qiling va shifokorga murojaat eting.
Agar Siz Dentinoks-gel N ni surtishni unutgan bo‘lsangiz:
Agar Siz uni qo‘llashni bir marta o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz gelning ikki martalik portsiyasini surtmang. Dori vositasini qo‘llash bo‘yicha qo‘shimcha savollar paydo bo‘lganda, shifokor bilan maslahatlashing.
Nojo‘ya ta'sirlari
Lidokain gidroxloridi mavjudligi tufayli allerik reaktsiyalar kuzatilishi mumkin.
Teri va shilliq qavatlarda yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari paydo bo‘lganda Dentinoks-gel N ni qo‘llashni to‘xtatish va zarurati bo‘lganida shifokorga murojaat etish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dentinoks-gel N ni quyidagi holatlarda qo‘llash mumkin emas:moychechak gullari, boshqa murakkabguldoshlarga, lidokain gidroxloridi yoki unga yaqin mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vositalarga yoki boshqa faol moddalardan birontasi yoki dori vositasining boshqa komponentlariga ma'lum o‘ta yuqori sezuvchanlikda, shuningdek fruktozani o‘zlashtiraolmaslik (fruktozani nasliy o‘zlashtiraolmaslik).
Dentinoks-gel N ni oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar bilan bir vaqtda qo‘llanishi:
Biron-bir maxsus ko‘rsatmalarning zarurati yo‘q.
Homiladorlik va laktatsiya:
Dori vositasi faqat bolalarda tishlarni birinchi marta yorib chiqishida og‘riqlarni yengillashtirish uchun qo‘llanishi tufayli, ushbu preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Noma'lum.
Maxsus kщrsatmalar
Dentinoks-gel N ning boshqa komponentlari haqida muhim ma'lumot:
Preparat qand, konservantlar saqlamaydi.
Tarkibida sorbitol mavjudligi tufayli ushbu dori vositasini kam uchraydigan fruktozani nasliy o‘zlashtiraolmasligi (fruktozani nasliy o‘zlashtiraolmaslik) bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas.
10 g gel 1 g sorbit (0,25 g fruktozaga to‘g‘ri keladi) saqlaydi, muvofiq ravishda 0,1 non birligidan kamroq. Kaloriyasi 2,6 kkal/g sorbitni tashkil qiladi.
Og‘izning shilliq qavatiga surtilganda propilenglikolni mavjudligi tufayli, mahalliy ta'sirlanish kuzatilishi mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Faol moddaning dozasini pastligi, shuningdek o‘ramning o‘lchami katta emasligi (10 g) tufayli, dozani oshirib yuborilishi uchun xarakterli bo‘lgan simptomlar hech qachan kuzatilmagan.Hozirgi vaqtgacha intoksikatsiyaning biron-bir holati haqida xabar berilmagan.
Chiqarilish shakli
10 g dan alyumin tubalarda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.Yaroqlilik muddati
5 yil, tuba ochilgandan keyin 1 yil.Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retseptisiz beriladi.Ishlab chiqaruvchi
Dentinoks Obщestvo farmatsevticheskix preparatov Lenk & ShuppanNunsdofer Ring, 19, 12277 Berlin, Germaniya
Qayd etish guvohnomasining egasi
Dentinoks Obsh’estvo farmatsevticheskix preparatov Lenk & Shuppan
Nunsdofer Ring, 19, 12277 Berlin, Germaniya
Qozog‘iston Respublikasi xududida mahsulot (tovar) ning sifati bo‘yicha iste'molchilardan e'tirozlarni qabul qiluvchi tashkilot manzili
Farma Garant GmbX firmasining vakolatxonasi, Jibek Joli 64, of.305, Olma-ota, Qozog‘iston, 050002, tel./faks: (727)2 73 62 78
Elektron manzil: pharmagarant.kaz@mail.ru
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.