Kalgel tish geli 10 g
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Xususiyatlar
Ishlab chiqaruvchi
:
Yoʻriqnoma: Kalgel tish geli 10 g
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
KalgelTa'sir etuvchi moddalar (XPN): lidokain gidroxloridi/tsetilpiridin xloridi.
Dori shakli
tish geliTarkibi
1 g tish geli quyidagilarni saqlaydi:faol modda: 3,3 mg lidokain gidroxloridi, 1,0 mg setilpiridin xloridi;
yordamchi moddalar: 210,0 mg kristallanmaydigan 70% li sorbitol eritmasi, 140 mg ksilitol, 93,6 mg 96% li etanol, 70 mg glitserin, 25,0 mg gidroksietil sellyuloza
5000 sr, 10,0 mg kanakunjut moyining gidrogenizatsiya qilingan kontsentrati PEG 40,
3,3 mg gidroksipolietoksidodikan (lauret-9), 3,3 mg makrogol–300, 1,0 mg saxarinat natriy, 0,6 mg levomentol, 4,8 mg o‘tli aromatizator 17.42.5490, 1,0 mg karamel Ye150,
8,3 mg natriy sitrata, 1,0 mg limon kislotasi monogidrati, tozalangan suv 1000,0 mg gacha.
Ta'rifi
suvda eruvchan, sarg‘ish-jigarrang rangli, o‘ziga xos hidli, qand saqlamaydigan, yorma va qumoqlardan, yot zarrachalardan xoli bo‘lgan gel.Farmakoterapevtik guruhi
mahalliy og‘riqsizlantuvchi ta'sirga ega vosita/yuza anesteziya uchun preparat.Kod ATX: A01AD11
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamikasi
Kalgel tish geli – oromukoz (og‘iz shilliq qavatiga) yuborish uchun og‘riq qoldiruvchi preparat, bunda lidokain shilliq qavatlar yuzasiga surtilganda mahalliy og‘riqsizlantiruvchi hisoblanadi. Setilpiridin xloridi antiseptik xususiyatlarga ega.Farmakokinetikasi
So‘rilishiLidokain shilliq qavatlari orqali tezda so‘riladi.
Taqsimlanishi
Lidokain plazma oqsillari, shu jumladan alfa-1-atsid glikoprotein (AAG) bilan bog‘lanadi. Bog‘lanish darajasi o‘zgaruvchan va taxminan 66% ni tashkil etadi. Lidokainning plazma oqsillari bilan bog‘lanishi qisman plazmadagi preparat va alfa-1-atsid glikoprotein (AAG) ning kontsentratsiyasiga bog‘liq. Alfa-1-atsid glikoprotein (AAG) ning kontsentratsiyasini har qanday o‘zgarishi lidokainning plazmadagi kontsentratsiyasiga ahamiyatli darajada ta'sir etishi mumkin.
Metabolizm
Lidokain asosan jigarda metabolizmga uchraydi. Jigarda metabolizmi tez kechadi va yuborilgan dozaning 90% alkil guruhini yo‘qotadi va metabolitlari – monoetilglitsineksilidid va glitsineksilidid hosil bo‘ladi.
Chiqarilishi
Metabolitlar ko‘rinishida siydik bilan chiqariladi va lidokainning 10% dan kamrog‘i o‘zgarmagan ko‘rinishida chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Kalgel tish geli bolalarda tish chiqayotganida qo‘llaniladi. Kalgel tish geli tez ta'sir etib, bolalarda tish chiqayotgandagi og‘riqni yengillashtiradi va milkdagi og‘riqni tinchlantiradi, yengil antiseptik xususiyatlarga ega.Qo‘llash usuli va dozalari
Kalgel tish geli oromukoz yuborish uchun mo‘ljallangan.Kattalar
Tegishli ma'lumotlar yo‘q.
Bolalar
Kalgel tish gelini bolalarda 3 oylikdan boshlab qo‘llash tavsiya etiladi.
Taxminan 7,5 mm bo‘lgan tish gelining oz miqdorini toza barmoq uchiga olinib, bolaning milkini yallig‘langan sohasiga ehtiyotkorlik bilan surtiladi.
Zarurat bo‘lganida tish gelini 20 minutlik interval bilan kuniga 6 martagacha surtish mumkin.
Keksa yoshdagi patsiyentlar
Tegishli ma'lumotlar yo‘q.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar
Tegishli ma'lumotlar yo‘q.
Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar
Tegishli ma'lumotlar yo‘q.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparatni yo‘riqnomaga muvofiq qo‘llanganda nojo‘ya ta'sirlar kelib chiqish ehtimoli kam. Lekin, mahalliy in'ektsiyadan keyin kattalarda va 12 yoshdan oshgan bolalarda lidokain gidroxloridiga o‘ta yuqori sezuvchanlikning yakka holatlari ta'riflangan. Bunday hollarda yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari nafas olishni biroz qiyinlashishi bilan kechuvchi mahalliy shish ko‘rinishida yoki tarqalgan toshmalar ko‘rinishida namoyon bo‘lgan.
O‘tdan olinadigan aromatizatorning asosiy komponenti bo‘lgan moychechak allergik reaktsiyalarni chaqirishi mumkinligi to‘g‘risida ma'lumotlar mavjud. Moychechakka o‘ta yuqori sezuvchanlik odatda allergiyaga moyil bo‘lgan shaxslarda nafas olishini qiynlashishi bilan namoyon bo‘ladi. Moychechak saqlaydigan o‘t yig‘malari va nastoykalarini qabul qilgan shaxslarda anafilaktik reaktsiyalar to‘g‘risida xabar berilgan. Sensibilizatsiyalangan patsiyentlar moychechak saqlaydigan preparatlarga ijobiy teri reaktsiyalarini namoyon qilishlari mumkin.
Har qanday nojo‘ya ta'sir yuz berganida, preparatni qo‘llashni to‘xtatish va shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Kalgel tish geli preparatini anamnezida preparatga yoki uning tarkibiga kiruvchi har qanday moddalarga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas.Dorilarning o‘zaro ta'siri
Kalgel tish geli preparati bilan qandaydir dorilarning o‘zaro ta'siri noma'lum.
Vena ichiga yuboriladigan lidokainni peroral prokainamid, monoterapiya ko‘rinishidagi yoki fenobarbital bilan majmuadagi, pirimidon yoki karbamazepin bilan, peroral propanolol va kaliyni tejamaydigan diuretiklar, shu jumladan bumetonid, furosemid va tiazidni birga buyurilganida dorilarning o‘zaro ta'siri to‘g‘risida xabarlar bor.
Dorilarning bunday o‘zaro ta'sirining Kalgel tish gelini qo‘llanilishi bilan bog‘liqlikning extimoli kam.
Nomutanosiblik
Tegishli ma'lumotlar yo‘q.
Maxsus ko‘rsatmalar
Bolalarda qo‘llanishiTavsiya etilgan dozalar oshirilmasin.
Yordamchi moddalar
Juda kam uchraydigan nasliy fruktozani o‘zlashtira olmasligi bo‘lgan patsiyentlar ushbu dori preparatini qo‘llamasliklari kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Fertillik
Tegishli ma'lumotlar yo‘q.
Homiladorlik
Qo‘llanilmaydi.
Laktatsiya
Qo‘llanilmaydi.
Diqqatni yuqori darajada jamlash, psixomotor reaktsiyalar tezligi yoki kognitiv ko‘nikmalarni talab qiluvchi faoliyat turlarini bajarish qobiliyatiga ta'siri.
Qo‘llanmaydi.
Preparatni yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin qo‘llash mumkin emas va bolalar ololmaydigan joyda salash kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari va belgilariYondosh yutishni qiyinlashishi bilan kechuvchi faringeal sezuvchanlikni susayishi Kalgel tish gelining yuqori dozalarda oromukoz qo‘llanilishi oqibatida yuz berishi mumkin.
Davolash
Dozani oshirib yuborilganda preparatni qo‘llashni to‘xtatish va shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Chiqarilish shakli
10 grammdan ich tomonidan laminatsiya qilingan, uchida himoya membranasi bo‘lgan, buraladigan polipropilen qalpoqchali bukiladigan alyumin tyubikda.1 tyubik qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25oS dan past haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.Yaroqlilik muddati
36 oy.Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.Ishlab chiqaruvchi
GlaksoSmitKlyayn Farmasyutikalz S.A. GlaxoSmithKline Pharmaceuticals S.A.Poznan sh., 60-32 ul. Grunwaldzka, 189, 60-322
Gryunvaldskiy ko‘ch., 189 Poznan, Poland
Polsha
Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun quyidagi manzilga murojaat qilinsin:
GlaxoSmithKline Export Limited O‘z. Respublikasida vakolatxonasi
100031, Toshkent sh., Afrosiyob ko‘ch., 4a
Tel. (371) 252 54 61; faks: (371) 252 54 22
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.