Metrogil denta gel 20g
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Yoʻriqnoma: Metrogil denta gel 20g
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
METROGIL DENTA®Ta'sir qiluvchi moddalar (XPN): metronidazol + xlorgeksidin
Dori shakli
stomatologik gelTarkibi
1 gramm gel quyidagilarni saqlaydi:faol moddalar:
metronidazol benzoati 16,0 mg
(bu 10,0 mg metronidazolga ekvivalent)
xlorgeksidin diglyukonatining 20% li eritmasi 2,5 mg
(bu 0,5 mg xlorgeksidin diglyukonatiga ekvivalent) yordamchi moddalar: 50,0 mg propilenglikol, 15,0 mg karbomer-980, 0,5 mg dinatriy ededati, 1,0 mg natriy saxarinati, 5,0 mg levomentol, 4,0 mg natriy gidroksidi, suv yetarli miqdorda.
Ta'rifi
oq yoki deyarli oq rangli tovlanuvchi yumshoq gel.Farmakoterapevtik guruhi
mikroblarga qarshi vositaATX kodi: A01AB11.
Farmakologik xususiyatlari
Preparatning samaradorligi uning tarkibidagi ikki antibakterial komponentlarning mavjudligi bilan bog‘liq:a) metronidazol paradont kasalliklarini chaqiruvchi anaerob bakteriyalar Porphyromonas gingivalis, Provotella intermedia, Fusobacterium fusiformis, Wolinella recta, Eikenella corrodenas, Borrelia vincenti, Bacteroides melaninogenicus, Selenomonas spp. ga qarshi antibakterial ta'sirga ega b) xlorgeksidin – antiseptik va mikroblarga qarshi vosita, grammusbat va grammanfiy aerob va anaerob bakteriyalarga nisbatan samarali (Treponema spp., Neisseria gonorrhoeae, Trichomonas spp., Chlamydia spp., Ureaplasma spp., Bacteroides fragilis). Preparatga Pseudomonas spp., Proteus spp. ning ayrim shtammlari kuchsiz sezuvchan, shuningdek, bakteriyalarning kislotaga chidamli shakllari, bakteriyalarning sporalari ham chidamli. Laktobatsillalarning funktsional faolligini buzmaydi.
Farmakokinetikasi
Mahalliy qo‘llanganida METROGIL DENTA® deyarli so‘rilmaydi.Qo‘llanilishi
Paradont va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining quyidagi infektsion-yallig‘lanish kasalliklarida qo‘llanadi:- o‘tkir va surunkali gingivit;
-o‘tkir yarali-nekrotik Vensan gingiviti;
- o‘tkir va surunkali parodontit;
- o‘smirlar parodontiti;
- gingivit bilan asoratlangan parodontoz;
- aftoz stomatit;
- xeylit;
- protezlardan foydalangandagi og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini yallig‘lanishi;
- postekstraktsion alveolit (tishlar olib tashlanganidan keyingi lunkani yallig‘lanishi);
- periodontit, periodontal abstsess (majmuaviy davolash tarkibida).
Qo‘llash usuli va dozalari
Mahalliy, faqat stomatologiyada qo‘llash uchun.Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalarda milklar yallig‘langanida (gingivit) METROGIL DENTA® kuniga 2 marta barmoq yoki paxta tayoqcha yordamida yupqa qavat qilib, milk sohasiga qo‘yiladi. Gel qo‘yilganidan keyin 30 minut davomida ichish va ovqat qabul qilishdan saqlanish kerak. Gelni yuvib tashlash tavsiya qilinmaydi.
Parodontitda tish toshlari olib tashlanganidan keyin, parodontal cho‘ntaklarga METROGIL DENTA® geli bilan ishlov beriladi va milk sohasiga gelning applikatsiyasi o‘tkaziladi. Ekspozitsiya vaqti – 30 minut. Muolajalar soni kasallikning og‘irligiga bog‘liq. Keyinchalik gelning applikatsiyasini bemor mustaqil o‘tkazishi mumkin: METROGIL DENTA® geli milklar sohasiga kuniga 2 marta 7-10 kun davomida qo‘yiladi.
Aftoz stomatitda METROGIL DENTA® og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining shikastlangan sohasiga kuniga 2 marta 7-10 kun davomida qo‘yiladi.
Surunkali gingivit va parodontitning zo‘rayishlarini oldini olish uchun METROGIL DENTA® milklar sohasiga kuniga 2 marta 7-10 kun davomida qo‘yiladi. Profilaktik davolash kurslari yiliga 2-3 marta o‘tkaziladi.
Postekstraktsion alveolitni oldini olish uchun, tish olib tashlanganidan keyin lunkaga METROGIL DENTA® geli bilan ishlov beriladi, so‘ngra gel kuniga 2-3 marta 7-10 kun davomida qo‘llanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
METROGIL DENTA® geli mahalliy qo‘llanganida allergik reaktsiyalar (teri toshmasi, qichishish, eshakemi), shuningdek bosh og‘rig‘i kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Metronidazol, xlorgeksidin, shuningdek, nitroimidazolning hosilalarini shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik. Preparatning tarkibiga kiruvchi har qanday komponentlarni o‘zlashtiraolmaslik. 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.Dorilarning o‘zaro ta'siri
Tavsiya qilingan dozalarda mahalliy qo‘llanganida METROGIL DENTA® gelini boshqa dori vositalari bilan tizimli o‘zaro ta'siri aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
METROGIL DENTA® gelini qo‘llash tishlarni gigiyenik tozalash o‘rnini bosmaydi, shuning uchun preparat bilan davolash kursi vaqtida tishlarni tozalash davom ettirilishi kerak. Agar dori vositasi yaroqsiz holga kelgan yoki yaroqlilik muddati o‘tgan bo‘lsa – uni oqava suvlarga yoki ko‘chaga tashlamang! Dori vositasini paketchaga joylang va ahlat konteyneriga soling. Bu choralar atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi!Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homilador ayollarga homiladorlikning I uch oyligida buyurish tavsiya qilinmaydi. Laktatsiya davrida preparatni buyurish zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish masalasini hal qilish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Gelning katta miqdorini tasodifan yoki atayin yutib yuborish, asosan metronidazol bilan bog‘liq bo‘lgan nojo‘ya samaralarini kuchayishiga sabab bo‘lishi mumkin (xlorgeksidin me'da-ichak yo‘llaridan deyarli so‘rilmaydi). Ko‘ngil aynishi, qusish, bosh aylanishi, og‘irroq hollarda – paresteziyalar va tirishishlar kuzatilishi mumkin.Davolash: me'dani yuvish, zarurati bo‘lganida simptomatik davolash.
Chiqarilish shakli
Stomatologik gel.5 g, 10 g yoki 20 g dan gel plastik laminatsiya qilingan tubada, uning bo‘yni laminatsiya qilingan polietilen va polipropilen buraluvchi qopqoqchali alyumin folga bilan muhrlangan. Bir tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
5 g, 10 g yoki 20 g dan gel plastik laminatsiya qilingan tubada, uning bo‘yni laminatsiya qilingan polietilen va polipropilen buraluvchi, folgani teshish uchun uchligi bo‘lgan qopqoqchali alyumin folga bilan muhrlangan. Bir tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.Yaroqlilik muddati
3 yil.Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.Ishlab chiqaruvchi
«Yunik Farmasyutikal Laboratoriz»(«Dj. B. Kemikals end Farmasyutikals Ltd.» firmasining bo‘limi),
Vorli, Mumbay – 400 030, Hindiston/Unique Pharmaceuticals Laboratories
(A Division of J.B. Cemicals & Pharmaceuticals Ltd),
Worli, Mumbai 400 030, India
Qayd qilish guvohnomasining egasi
«Djonson & Djonson» MChJ, Rossiya
121614, Moskva sh., Krilatskaya ko‘ch. 17, 2 qur.;
Tel: (495) 726-55-55
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.