Toksivenol tabletkalar 300mg+3mg №30
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Yoʻriqnoma: Toksivenol tabletkalar 300mg+3mg №30
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
ToksivenolTa'sir etuvchi moddalar (XPN): trokserutin, karbazoxrom
Dori shakli
plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.Tarkibi
Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:faol moddalar: 300 mg trokserutin, 3 mg karbazoxrom;
yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmal, tal'k, povidon K30, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati;
qobig‘ining tarkibi: och jigarrang Opadri® 85F270028 (qisman gidrolizlangan polivinil spirti, titan dioksidi, makrogol, tal'k, temir (II) oksidi, temir (III) oksidi, temir (II,III) oksidi); tiniq Opadri® 85F190000 (qisman gidrolizlangan polivinil spirti, makrogol, tal'k).
Ta'rifi
dumaloq, ikki tomonlama qavariq, sut-jigarrang rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.Farmakoterapevtik guruhi
Angioprotektorlar. Kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini pasaytiruvchi preparatlar. Gemostatik vosita.ATX kodi: S05SA54
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamikasi
Trokserutin va karbazoxrom komponentlaridan tarkib topgan optimal majmua preparatning yuqori farmakologik samaradorligini ta'minlaydi, bu kapillyarlarning sustligi oshganida qon-tomir kasalliklari va qon ketishi sindromini maqsadga muvofiq ravishda davolash imkonini beradi.Trokserutin, shuningdek R4 vitamini sifatida ma'lum, u qon-tomirlarning rezistentligini kuchaytirib (qon-tomirlarni himoya ta'siri) va o‘tkazuvchanligini kamaytirib, qonning suyuq komponentini to‘qimalarga o‘tishiga to‘sqinlik qiladi (shishga qarshi va o‘tkazmaslik ta'siri). Preparatning farmakologik samarasi keyinchalik faollashib, qon-tomirlar devorining mustahkamligi uchun javob beradigan mukopolisaxarid – gialuron kislotasini ishlab chiqaradigan gialuronni susayishi va membranalar o‘tkazuvchanligining himoya faoliyatini bajaradigan S vitaminining ta'sirini kuchayishini ta'minlaydi. Bundan tashqari, qon-tomirlarni kengaytiruvchi va shishni rivojlanishini chaqiradigan modda gistaminni ajralib chiqishini pasayishi kuzatiladi.
Karbazoxrom – ikkilamchi aminoguruhi va o-difenol guruhlarini yo‘qligi tufayli, simpatomimetik faollikka ega bo‘lmagan adrenalinning oksidlanish mahsuloti – ortoxinondir. Qon ketayotgan sohadagi mayda qon-tomirlariga mahalliy qon tomirlarni toraytiruvchi ta'siri qon ketishi davomiyligini qisqarishiga ta'sir qiladi. Bunday ko‘rinish arterial bosim oshmasdan va yurak faoliyatiga ta'sir qilmasdan amalga oshadi. Kapillyarlarning mustahkamligi va o‘tkazuvchanligiga, shuningdek qon-tomirlarning tonusi va qisqaruvchi kuchiga karbazoxromni yaqqol tarzda ta'sir qilishi aniqlangan.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganidan so‘ng ovqat hazm qilish yo‘llaridan tez so‘riladi. Qon plazmasida trokserutin maksimal kontsentratsiyasiga 1 soatdan keyin erishiladi va 81,00±2,94 ng/ml ni tashkil etadi, biologik yarim parchalanish davri – 8,73±0,88 soatni tashkil etadi.Plazma proteinlari bilan bog‘lanishi taxminan 30% ni tashkil etadi. Jigarda mono-, di- va trigidroksietilrutozidlar, glyukuronidlarning aglyukogon shakllari va arilsirka kislotasining hosilalari hosil bo‘lgunigacha metabolizmga uchraydi. Yarim chiqarilish davri 10 soatdan 25 soatgacha bo‘lgan vaqt orasida o‘zgarib turadi. Siydik bilan taxminan 25%, safro bilan – taxminan 70% chiqariladi.
Qon plazmasida karbazoxromning kontsentratsiyasi qabul qilingandan so‘ng 10 minutdan keyin aniqlanadi, qon plazmasida o‘rtacha cho‘qqi kontsetratsiyasi 21,0±8,4 ng/ml ni tashkil etadi, cho‘qqi kontsentratsiyasiga erishish vaqti esa 1,2±0,5 soatni tashkil etadi. Yarim chiqarilish davri, o‘rtacha ushlanish vaqti va 2 soatdan 8 soatgacha bo‘lgan vaqt oralig‘idagi kontsentratsiyasiga bog‘liq egri chiziq ostidagi maydon muvofiq ravishda 2,5±0,9 soat, 4,1±1,1 soat va 65,9±25,3 soat ng/ml ni tashkil etadi.
Qo‘llanilishi
• surunkali venoz yetishmovchilik, venalarni varikoz kengayishi, yuzaki tromboflebit, periflebit, jarohatdan keyingi shish, gematomalar, surunkali venoz yetishmovchilikda trofik buzilishlar (dermatitlar, trofik yaralar);• gemorroidal tugunlar;
• diabetik angiopatiya;
• retinopatiyada qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat ichga ovqat vaqtida qabul qilinadi.Davolashni boshida 1 tabletkadan kuniga 2-3 marta qabul qilinadi. Samarasi odatda 2 hafta davomida rivojlanadi, shundan so‘ng davolash aynan shu dozada davom ettiriladi yoki samarani bir maromda saqlab turuvchi minimal doza – 1 tabletkadan kuniga 1 martagacha pasaytiriladi. Davolash kursi o‘rtacha 3-4 haftani tashkil etadi, yanada uzoqroq davolanish zaruriyati individual ravishda aniqlanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Umuman olganda preparat yaxshi o‘zlashtiriladi; nojo‘ya reaktsiyalar odatda yengil va qisqa muddatli bo‘ladi.
Nojo‘ya samaralarni uchrash tezligini quyida keltirilgan ko‘rsatkichlari quyidagi tarzda aniqlangan: juda kam hollarda (< 1/10000).
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: juda kam hollarda – me'daning faoliyatini buzilishi bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;• me'da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi;
• surunkali gastrit zo‘rayish bosqichi;
• 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarga qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparat qon tomirlar devorining strukturasi va o‘tkazuvchanligiga askorbin kislotasining ta'sirini kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Agar preparatni qo‘llash vaqtida kasallikning simptomlarini yaqqolligi kamaymasa, shifokor bilan maslahatlashish kerak.Buyrak yetishmovchiligida preparatni uzoq vaqt ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Homiladorlik va laktatsiyada qo‘llanishi
Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Pediatriyada qo‘llanishi
18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda preparatni qo‘llash samaradorligi va havfsizligi aniqlanmagan.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Davolanish vaqtida preparat psixomotor reaktsiyalar tezligiga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasini ataylab yoki bexosdan oshirib yuborish simptomlari kuzatilmagan.Davolash: simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. 10 tabletka blisterda. 3 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnmasi bilan birga karton qutiga joylangan.Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.Yaroqlilik muddati
5 yil.Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha beriladi.Ishlab chiqaruvchi
Savdo belgisi va qayd etish sertifikatining egasi«Rotafarm Ilachlarы Limited Shirketi», Turkiya
(“Rotapharm İlaçlari Limited Şirketi”, Turkey).
Ishlab chiqarilgan
«Uorld Meditsin Ilach San. ve Tidj. A.Sh.», Turkiya(Bagdjыlar Ilchesi, Gyuneshli, Evren Maxallesi,
Djami Yolu Djad. №50 K. 1V Zemin 4-5-6, Istambul)
"World Medicine Ilaç San. ve Tic. A.Ş.", Turkey
(Bağcılar İlçesi, Güneşli, Evren Mahallesi,
Cami Yolu Cad. No:50 K. 1B Zemin 4-5-6, İstanbul).
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.