Траврелакс_ru_сверху над шапкой Траврелакс_ru_сверху над шапкой
Aksiyalar
Brendlar
Kompaniya
  • Kompaniya haqida
  • Xodimlar
  • Karyera
  • Litsenziyalar
Blog
Kontaktlar
    +998(78) 113-13-00
    +998(78) 113-13-00
    Email
    info@pharmaclick.uz
    Manzil
    Узбекистан, г.Ташкент, Мирабадский район, ул.Фидокор, дом  32 
    Ish tartibi
    Dush-Jum: 9:00-18:00
    uz
    ru
    uz
    Standart sayt
    Kirish
    0 Saralangan
    0 Savat
    La Roche-Posay
    EcoVita
    Доктор Море
    Doppelherz
    Now Foods
    Эвалар
    Swanson
    • Kosmetika
      • Parvarish kosmetikasi      
        • Sochni parvarish qilish uchun kosmetika
        • Yuzni parvarish qilish uchun kosmetika
        • Koʼzni parvarish qilish uchun kosmetika
        • Labni parvarish qilish uchun kosmetika
        • Tana uchun kosmetika
        • Stayling
      • Makiyaj      
        • Yuz
        • Qoshlar
        • Koʼzlar
        • Lablar
        • Tirnoqlar
        • Makiyaj choʼtkalari
        • Aksessuarlar
      • Parfyumeriya      
        • Parfyum suvi
        • Tualet suvi
      • Shaxsiy gigiyena vositalari      
        • Ogʼiz boʼshligʼini parvarish qilish
        • Gigiyenik prokladkalar
        • Kundalik prokladkalar
        • Tamponlar
        • Paxta yostiqchalari
        • Paxta tayoqchalari
        • Nam salfetkalar
      • Erkaklar kosmetikasi      
        • Dezodorantlar
        • Yuz va tanani parvarish qilish
        • Parfyumeriya
        • Soqol olish mahsulotlari
        • Antiperspirantlar
      • Sovg‘a to‘plamlari
      • Kolgotkilar va chulkilar
    • Dori vositalari
      • Anesteziya dori vositalari
      • Antibiotiklar, bakteriofaglar va bakteriyalarga qarshi dori vositalari      
        • Bakteriyalarga qarshi dorilar
        • Bolalar uchun antibiotiklar
        • Anginada qo’llaniladigan antibiotiklar
        • Bronxitda qo’llaniladigan antibiotiklar
        • Gaymoritda qo’llaniladigan antibiotiklar
        • Sistitga qarshi antibiotiklar
        • Keng ko‘lamli antibiotiklar
        • Bakteriofaglar
        • Otit uchun antibiotiklar
        • Pnevmoniya uchun antibiotiklar
      • Vaksinalar
      • Gematologik dori vositalari      
        • Anemiyaga qarshi dorilar
        • Qon o‘rnini bosuvchilar va perfuzion eritmalar
        • Qon to‘xtatuvchi dorilar
        • Temir moddalari
        • Leykopoezni rag‘batlantiruvchi dorilar
        • Eritropoezni rag‘batlantiruvchi dorilar
      • Gepatoprotektorlar      
        • Aminokislotalar
        • Safroni davolash uchun dorilar
        • Jigar kasalliklarini davolash uchun dorilar
        • Xoletsistitga qarshi dorilar
      • Ginekologik va mammologik dori vositalari      
        • Bachadon ichi spirallari
        • Kontratsepsiv dorilar
        • Qin mikroflorasini tiklash uchun dorilar
        • Bepushtlikni davolash uchun dorilar
        • Mastopatiyani davolash uchun dorilar
        • Emizishni to‘xtatish uchun dorilar
        • Kolpitga qarshi dorilar
        • Kandidozni davolash uchun dorilar
        • Endometriozga qarshi dorilar
        • Bachadon gipertonusiga qarshi dorilar
        • Tuxumdonlar faoliyati buzilishida qo’llaniladigan dorilar
        • Klimaks paytida qo’llaniladigan dorilar
        • Emizishni yaxshilovchi vositalar
        • Bachadon qisqarishini kuchaytiruvchi dorilar
        • Mioma va eroziyani davolash uchun dorilar
      • Gomeopatik dori vositalari
      • Gormonal dori vositalari
      • Dermatologik dori vositalar      
        • Antiseptiklar va dezinfeksiyalovchi vositalar
        • Psoriaz va ekzemani davolash uchun vositalar
        • Yaralar, jarohatlar va yotoq yaralarni davolash uchun vositalar
        • Chandiqlarni davolash uchun vositalar
        • Akne va husnbuzarlarga qarshi vositalar
        • So’gal va papillomalarga qarshi vositalar
        • Bit va qichimalarga qarshi vositalar
        • Soch to‘kilishiga qarshi va soch o‘sishini rag’batlantiruvchi vositalar
        • Yumshatuvchi va og‘riq qoldiruvchi ta’sirga ega vositalar
        • Teri kasalliklarini davolash uchun zamburug‘ga qarshi vositalar
        • Qichishishga qarshi dori vositalari
        • Teri kasalliklarini davolash uchun mikroblarga qarshi vositalar
        • Qazg’oqqa qarshi vositalar
      • Gemorroyni davolash uchun dori vositalari      
        • Kremlar va mazlar gemorroyga qarshi
        • Shamlar gemorroyga qarshi
        • Tabletkalar gemorroyga qarshi
      • Og‘iz bo‘shlig‘ini davolash uchun dori vositalari      
        • Parodontozni davolash uchun dorilar
        • Stomatitni davolash uchun dorilar
        • Mahalliy og’riq qoldiruvchilar
        • Tishlarni yorib chiqish uchun vositalar
      • Siydik haydovchi dori vositalari
      • Og’riq qoldiruvchi dori vositalari      
        • Bel og‘rig‘iga qarshi dorilar
        • Bosh og‘rig‘i va migrenga qarshi dorilar
        • Tish og‘rig‘iga qarshi dorilar
        • Hayz og‘rig‘iga qarshi dorilar
        • Mushak og‘rig‘iga qarshi dorilar
        • Bo‘g‘imlar og‘rig‘iga qarshi dorilar
        • Mahalliy og’riq qoldiruvchilar
      • Oshqozon-ichak trakti uchun dori vositalari      
        • Qorin dam bo’lishiga qarshi dorilar
        • Gastritga qarshi dorilar
        • Gastroduodenitga qarshi dorilar
        • Diareyaga qarshi dorilar
        • Disbakteriozga qarshi dorilar
        • Kolitga qarshi dorilar
        • Pankreatitga qarshi dorilar
        • Ta’sirlangan ichak sindromi ga qarshi dorilar
        • Oshqozon-ichak trakti spazmlariga qarshi dorilar
        • Enteritga qarshi dorilar
        • Oshqozon yarasiga qarshi dorilar
        • Jig‘ildon qaynashiga qarshi dorilar
        • Qusishga qarshi dorilar
        • Ich yumshatuvchi dorilar
        • Sorbentlar va zaharlanishga qarshi dorilar
        • Ovqat hazm qilishni yaxshilash uchun fermentlar
      • Immunitet uchun dori vositalari      
        • Immunoglobulinlar
        • Immunodepressantlar
        • Immunostimulyatorlar
        • Interferonlar
        • Tarkibida C vitamini, rux va selen bo‘lgan dori vositalari
        • Препараты витамина Д
      • Bronxial astma, bronxospazmni davolash uchun dori vositalari
      • Ko’zlarni davolash uchun dori vositalari      
        • Ko’z uchun boshqa tomchilar
        • Konyuktivitga qarshi dorilar
        • Go’vmijjaga qarshi dorilar
        • Ko’z tomchilari
      • Quloqlarni davolash uchun dori vositalari
      • Qalqonsimon bez kasalliklarini davolash uchun dori vositalari      
        • Yod preparatlari
        • Gipertireozga qarshi dorilar
        • Gipotireozga qarshi dorilar
      • Asab tizimini davolash uchun dori vositalari      
        • Antidepressantlar
        • B guruhi vitaminlari
        • Nootrop dorilar
        • Miya qon aylanishini yaxshilovchi dorilar
        • Migrenga qarshi dorilar
        • Ko‘ngil aynishiga qarshi dorilar
        • Altsgeymer kasalligiga qarshi dorilar
        • Vegetativ-tomir distoniyasi uchun dorilar
        • Bosh aylanishiga qarshi dorilar
        • Bolalar serebral falajida qo’llaniladigan dorilar
        • Uyqusizlikka qarshi dorilar
        • Nevralgiyani davolash uchun dorilar
        • Nevrozga qarshi dorilar
        • Qo‘rquvga qarshi dorilar
        • Shaxs buzilishlarini davolash uchun dorilar
        • Stress va moslashuv buzilishlari uchun dorilar
        • Epilepsiyaga qarshi dorilar
        • Nerv-mushak faoliyatini yaxshilovchi dorilar
        • Tutqanoqga qarshi dorilar
        • Parkinson kasalligiga qarshi dorilar
        • Tinchlantiruvchi dorilar
        • Radikulitni davolash uchun dorilar
        • Trankvilizatorlar (anksiolitiklar)
      • Tayanch-harakat apparati uchun dori vositalari      
        • Miorelaksant dorilar
        • Og‘riq qoldiruvchi mazlar (tayanch-harakat tizimi uchun)
        • Tarkibida kalsiy bo’lgan dori vositalari
        • Osteoxondrozga qarshi dorilar
        • Podagraga qarshi dorilar
        • Pay cho‘zilishiga qarshi dorilar
        • Spondilezga qarshi dorilar
        • Artritga qarshi dorilar
        • Artrozga qarshi dorilar
        • Bursitga qarshi dorilar
        • Miozitga qarshi dorilar
        • Osteoporozga qarshi dorilar
        • Periartritga qarshi dorilar
        • Xondroprotektorlar
        • Qizdiruvchi mazlar va plastirlar
      • Ishtahani ko‘tarish uchun dori vositalari
      • Yurak va qon tomirlar uchun dori vositalari      
        • Antikoagulyant dorilar
        • Antitrombotik dorilar
        • Gipertoniya kasalligiga qarshi dorilar
        • Yurak ishemik kasalligiga qarshi dorilar
        • Metabolizm uchun preparatlar
        • Qonni suyultiruvchi dorilar
        • Xolesterinni pasaytiruvchi dorilar
        • Tomirlarni mustahkamlovchi dorilar
        • Aritmiyaga qarshi dorilar
        • Arterial gipotenziyaga qarshi dorilar
        • Aterosklerozga qarshi dorila
        • Varikozga qarshi dorilar
        • Taxikardiyaga qarshi dorilar
        • Yurak yetishmovchiligi uchun dorilar
      • Zararli odatlardan xalos bo‘lish uchun dori vositalari      
        • Ozish uchun dorilar
        • Alkogolizmga qarshi dorilar
        • Giyohvandlikka qarshi dorilar
        • Chekishga qarshi dorilar
      • Gripp va shamollashga qarshi dori vositalari      
        • Isitmani tushiruvchi dorilar
        • Ingalyatorlar va ingalyatsiyalar uchun dorilar
        • Immunitetni oshirish uchun va virusga qarshi dorilar
        • Tomoq og‘rig‘iga qarshi dorilar
        • Yo’talga qarshi dorilar
        • Burun oqishiga qarshi dorilar
        • Shamollashga qarshi dorilar
      • Qandli diabetga qarshi dori vositalari      
        • Boshqalar Qandli diabetga qarshi dori vositalari
        • Insulin
        • Qondagi qand miqdorini tushiruvchi dorilar
        • I-turdagi qandli diabetda qo’llaniladigan dorilar
        • II-turdagi qandli diabetda qo’llaniladigan dorilar
      • Sil kasalligiga qarshi dori vositalari
      • Zamburug’ga qarshi dori vositalari
      • Allergiyaga qarshi dori vositalari      
        • Allergik dermatit
        • Allergik yo’tal
        • Allergik rinit
        • Anafilaktik shokda qo’llaniladigan dorilar
      • Viruslarga qarshi dori vositalar      
        • Boshqa viruslarga qarshi dori vositalar
        • Onkoviruslarga qarshi dorilar
        • OIV/OITSga qarshi dorilar
        • Gepatit “B”ga qarshi dorilar
        • Gepatit “C”ga qarshi dorilar
        • Koronovirusga qarshi dorilar
        • Suvchechakga qarshi dorilar
        • Gerpesga qarshi dorilar
      • O’simtalarni davolash uchun dori vositalari
      • Revmatizmga qarshi dori vositalari
      • Rentgenokontrast dori vositalari
      • Tuzli eritmalar va parenteral oziqlantirish
      • Parazitlarga qarshi dori vositalari      
        • Ostritsalarga qarshi dorilar
        • Askaridlarga qarshi dorilar
        • Boshqa gijjalarga qarshi dorilar
        • Lyamblyaga qarshi dorilar
      • Zardob va immunoglobulinlar
      • Urologik dori vositalari      
        • Erektil disfunksiyani davolash uchun dorilar
        • Buyrak sanchig‘iga qarshi dorilar
        • Sistitga qarshi dorilar
        • Adenomaga qarshi dorilar
        • Siydik toshi kasalligida qo’llaniladigan dorilar
        • Peshob tuta olmaslikni davolash uchun dorilar
        • Pielonefritga qarshi dorilar
        • Prostatitga qarshi dorilar
        • Uretritga qarshi dorilar
        • Surunkali buyrak yetishmovchiligida qo’llaniladigan dorilar
    • Biologik faol qo’shimchalar va vitaminlar
      • Adaptogenlar
      • Antioksidantlar
      • Ginekologiya va urologiyaga mo’ljallangan qo’shimchalar
      • Jigar va o’t qopi uchun qo’shimchalar
      • LOR va nafas olish organlari uchun qo’shimchalar
      • Ozish uchun qo’shimchalar
      • Vitamin va mineral komplekslar
      • Homilador ayollar uchun vitaminlar
      • Bolalar uchun vitaminlar
      • Ko’z uchun vitaminlar
      • Immunitetni oshirish uchun vitaminlar
      • Teri, soch va tirnoqlar go’zalligi uchun vitaminlar
      • Mushaklar va bo’g’inlar uchun vitaminlar
      • Asab tizimi uchun vitaminlar
      • Yurak va qon tomirlari uchun vitaminlar
      • Shifobaxsh o’simliklar va giyohli choylar
      • Probiotiklar va prebiotiklar
      • Aminokislotalar
      • Shakar o’rnini bosuvchilar
      • Efir moylar
    • Intim vositalar
      • Gellar va surtmalar
      • Prezervativlar      
        • Contex
        • Durex
        • Masculan
        • Viva
        • Vizit
      • Prolongatorlar
      • Potensiya uchun vositalar
    • Tibbiyot buyumlari
      • Dori qutilari
      • Tibbiy buyumlar      
        • Ginekologik to’plamlar
        • Isitkichlar
        • Tahlillar uchun konteynerlar
        • Niqoblar
        • Massaj uchun moslamalar va bankalar
        • Qo’lqoplar
        • Protezlar
        • Qo’l tayoqlar va qo’ltiqtayoqlar
      • Kompression trikotaj      
        • Kompression kolgotkalar, chulki va golfilar
        • Liposaksiyadan keyin qo’llaniladigan mahsulotlari
        • Tortib turadigan ichki kiyimlar
      • Muolajalar uchun vositalar      
        • Kateterlar
        • Sistemalar
        • Sprinsovkalar (klizmalar), tomizgichlar
        • Bir martalik shprislar
      • Tibbiy kiyimlar      
        • Bahillalar
        • Tibbiy xalatlar
      • Bog’lovchi vositalar      
        • Bintlar
        • Tibbiy paxta
        • Doka
        • Plastirlar
        • Steril salfetkalar
      • Testlar      
        • Glyukometr uchun lansetlar
        • Glyukometr uchun test-chizmalar
        • Homiladorlik va ovulyatsiyani aniqlash uchun testlar
        • COVIDni aniqlash uchun ekspress-testlar
      • Bemorlarni parvarish qilish vositalari      
        • Najas qabul qilgichlar
        • Siydik qabul qilgichlar
        • Kattalar uchun pelyonkalar
        • Kattalar uchun tagliklar
        • Siydik tutolmaslikka qarshi prokladkalar
        • Stoma parvarishi uchun vositalar
    • Ortopedik mahsulotlar
      • Applikatorlar
      • Bandajlar      
        • Qoʼllar uchun bandajlar
        • Bilaglarni boʼgʼimi uchun bandaj
        • Yelka sustavi uchun bandaj
        • Operatsiyadan keyin qoʼllash uchun bandaj
        • Boʼyin uchun bandajlar
        • Tugʼishdan oldin qoʼllash uchun bandajlar
        • Oyoq bilagi uchun bandajlar
        • Tizza bilagi uchun bandajlar
        • Tirsak bilagi uchun bandajlar
        • Bel bilagi uchun bandajlar
        • Oyoq tovoni uchun bandajlar
        • Grija uchun bandajlar
        • Elastik dokalar
        • Tos suyagi tushish xolatida ishlatish uchun bandajlar
        • Qizdiradigan bandajlar
      • Qomat uchun korrektorlar
      • Bel-dumg‘aza korsetlari
      • Ortopedik poyabzal
      • Ortopedik vkladishlar, tovon osti vositalari, ajratkichlar
      • Ortopedik yostiqlar
      • Ortopedik yarim-pataklar
      • Diabetik pataklar
      • Ortopedik pataklar
      • Tutor
      • Oyoq panjasini tuzatish
      • Ko‘krak-bel korsetlari
    • Tibbiy texnika
      • Glyukometrlar
      • Ingalyatorlar va nebulayzerlar
      • Pulsoximetrlar
      • Stetoskoplar
      • Termometrlar
      • Tonometrlar
    • Ona va bola
      • Ovqatlantirish uchun vositalar
      • Kichkintoylar gigiyenasi      
        • Paxta tayoqchalari
        • Nam salfetkalar
        • Pelyonkalar
        • Tagliklar
        • Sunnat qilgandan kein kiyiladigan ichki kiyimlar
      • Bolalar kosmetikasi      
        • Bolalar prisipka
        • Bolalar krem
        • Bolalar shampun
        • Bolalar yogʼ
        • Bolalar sovun
        • Bolalar uchun dush gel
      • Bolalar uchun butilkalar va ichish idishlari
      • Bolalar ozuqasi
      • So‘rg‘ichlar va tish chiqishida yordam beradigan mahsulotlar
      • Onalar uchun mahsulotlar      
        • Sut so‘rg‘ichlar
        • Ko‘krak uchun prokladkalar
    Vitargol Forte BAQlar
    Standart sayt
    Kirish
    0 Saralangan
    0 Savat
    • Kabinet
    • 0 Saralangan
    • 0 Savat
      • Til
      • uz
      • ru
    • Brendlar
    • Aksiyalar
    • Xizmatlar
      • Xizmatlar
      • Монтаж оборудования
      • Обслуживание генераторов
      • Сборка мебели
      • Аренда снаряжения
      • Настройка электроники
      • Ремонт техники
    • Kompaniya
      • Kompaniya
      • Kompaniya haqida
      • Xodimlar
      • Karyera
      • Litsenziyalar
    • Blog
    • Maʼlumot
      • Maʼlumot
      • Rekvizitlar
      • Doʼkonlar
      • Loyihalar
        • Loyihalar
        • Климатическая техника
          • Климатическая техника
          • Поставка и установка бризеров в детском саду
          • Поставка и установка кондиционеров в офисном помещении
        • Мебель
          • Мебель
          • Гостиная в эко-стиле
          • Кухня в стиле модерн
        • Сантехника
          • Сантехника
          • Обустройство санузла в фирменном стиле ресторана
          • Обустройство санузла в частном коттедже
        • Оборудование
          • Оборудование
          • Подбор и поставка оборудования для промышленного предприятия
        • Освещение
          • Освещение
          • Подбор и установка освещения для салона красоты
      • Imkoniyatlar
        • Imkoniyatlar
        • Оформление
        • Кнопки
        • Иконки
        • Elementlar
    • Kontaktlar
    +998(78) 113-13-00
    • Telefonы
    • +998(78) 113-13-00
    • Узбекистан, г.Ташкент, Мирабадский район, ул.Фидокор, дом  32 
    • Dush-Jum: 9:00-18:00
    Bosh sahifa
    Katalog
    Dori vositalari
    Viruslarga qarshi dori vositalar
    Suvchechakga qarshi dorilar
    Valavir tab 500 mg.№10
    0df7853b49ec2fed0c30e2c4710a1a76

    Valavir tab 500 mg.№10

    110 100 UZS
    +#BONUSES# на счет
    110 100 UZS
    +#BONUSES# на счет
    Mavjud
    Yetkazib berishToshkent boʻylab
    Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
    Topshirish punktidan olishbepul
    Xususiyatlar
    Dozasi
    :
    500 мг
    Ishlab chiqaruvchi mamlakat
    :
    Украина
    Ishlab chiqaruvchi
    :
    АО Фармак
    Barcha xususiyatlar

    Yoʻriqnoma: Valavir tab 500 mg.№10

    Batafsil
    110 100 UZS
    +#BONUSES# на счет
    Sotuvda mavjud
    Mavjud
    Yetkazib berishToshkent boʻylab
    Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
    Topshirish punktidan olishbepul
    Mahsulotning tashqi ko‘rinishi fotosuratda tasvirlanganidan farq qilishi mumkin.

    Tavsif

    Qoʼllanilishi boʼyicha yoʼriqnomaYoʻriqnoma: Valavir tab 500 mg.№10

    • Preparatning savdo nomi
    • Dori shakli
    • Tarkibi
    • Ta'rifi
    • Farmakoterapevtik guruhi
    • Farmakologik xususiyatlari
    • Farmakodinamikasi
    • Farmakokinetikasi
    • Qo‘llanilishi
    • Qo‘llash usuli va dozalari
    • Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
    • Maxsus ko‘rsatmalar
    • Dozani oshirib yuborilishi
    • Chiqarilish shakli
    • Saqlash sharoiti
    • Dorixonalardan berish tartibi
    • Ishlab chiqaruvchi

    Preparatning savdo nomi

    Valavir.
    Ta'sir etuvchi modda (XPN): valatsiklovir (valasiclovir)

    Dori shakli

    qobiq bilan qoplangan tabletka.

    Tarkibi

    1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
    faol modda: 500 mg valatsiklovir 100% suvsiz moddaga qayta hisoblaganda 556 mg valatsiklovir gidroxloridi;
    yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza (101), povidon, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, krospovidon, magniy stearati;
    qobig‘ining tarkibi: Sepifilm 050 (metilgidroksipropiltsellyuloza, atsetillangan mikrokristall sellyuloza (yoki murakkab efirlar atsetatlari) mono- va diglitseridlar), kandurin.

    Ta'rifi

    uzunchoq shaklli, ikki yoqlama qavariq yuzali, riskali, deyarli oq rangli sadaf plyonkali qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

    Farmakoterapevtik guruhi

    bevosita ta'sirga ega viruslarga qarshi preparatlar.
    ATX kodi: J05AB11.

    Farmakologik xususiyatlari

    Farmakodinamikasi

    Valavir - purin (guanit) nukleozidining analogi bo‘lgan atsiklovirning L-valin efiridir. Organizmda valatsiklovir valatsiklovirgidrolaza yordamida atsiklovir va valinga aylanadi. Atsiklovir – in vitro sharoitida I va II tip oddiy gerpes virusiga, Varicella zoster, sitomegalovirus, Epshteyn-Barr va odam IV tipi gerpesi virusiga qarshi faollikka ega bo‘lgan gerpes virusining spetsifik ingibitoridir. Atsiklovir fosforlangandan keyin va faol shakli atsiklovir trifosfatiga aylangandan keyin darhol virus DNK sintezini ingibitsiya qiladi. Fosforlanishning birinchi bosqichida virusospetsifik fermentning faolligi talab etiladi. Oddiy gerpes virusi, Varicella zoster virusi, Epshteyn-Barr virusi uchun bu faqat virus bilan infektsiyalangan xujayralarda mavjud bo‘lgan virus timidinkinazasi (TK) dir. Sitomegalovirus infektsiyasida fosforlanishning qisman selektivligi saqlanib qoladi va UL97 fosfotransferaza genining mahsuloti orqali amalga oshadi. Atsiklovirni spetsifik virus fermenti tomonidan faollashuvi uning selektivligini ahamiyatli darajada tushuntiradi.
    Atsiklovirni fosforlanish jarayoni (mono- dan trifosfatga aylanishi) xujayralar kinazasi tomonidan amalga oshiriladi. Atsiklovir trifosfat virus DNK-polimerazasini raqobatli ingibitsiya qiladi va virus DNK siga kiradi, bu zanjirni obligat (to‘liq) uzilishiga, DNK sintezini to‘xtashiga va shu orqali virus replikatsiyasini bloklanishiga olib keladi.
    Rezistentlik, timidinkinaza tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lib, bu virusni xo‘jayin organizmida haddan ziyod tarqalishiga olib keladi. Ba'zida atsiklovirga sezuvchanlikni pasayishi virus TK yoki DNK-polimerazasining strukturasi buzilgan virus shtammlarini paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Virusning bunday turlarining virulentligi uning yovvoyi shtamminikiga o‘xshash.
    Atsiklovir bilan davolangan bemorlarda oddiy gerpes va Varicella zoster virusining klinik izolyatlarini keng monitoring qilish, immuniteti normal bo‘lgan bemorlarda atsiklovirga sezuvchanlikni pasayishi kam hollarda kuzatiladi va immunitetni og‘ir buzilishlari, masalan a'zolar transplantatsiyasidan keyn yoki suyak ko‘migi retsipiyentlarida, xavfli o‘smalarni ximioterapiya o‘tkazilganda va OITV-infektsiyalangan bemorlarda tez-tez namoyon bo‘lmasligini aniqlash imkonini bergan.
    Valatsiklovir o‘rab oluvchi gerpesni davolaganda og‘riqni to‘xtashini tezlashtiradi, og‘riq sindromi davomiyligini, shuningdek og‘riq ko‘chaygan, shu jumladan o‘tkir va postgerpetik nevralgiyasi bo‘lgan bemorlar sonini kamaytiradi.
    Valatsiklovir yordamida sitomegalovirus infektsiyasini oldini olish transplantatni o‘tkir ko‘chishi (buyrak ko‘chirib o‘tkazilgan bemorlar) xavfini, opportunistik infektsiyalar va gerpes virusi chaqiradigan (oddiy gerpes va Herpes zoster chaqirgan virus) boshqa infektsiyalarni yuzaga kelishi tez-tezligini kamaytiradi.

    Farmakokinetikasi

    So‘rilishi
    Valatsiklovir peroral qabul qilingandan keyin yaxshi so‘riladi, atsiklovir va valinga tez va deyarli to‘liq aylanadi. Bu aylanish ehtimol odam jigaridan ajratib olingan valatsiklovirgidrolaza fermenti yordamida amalga oshiriladi. 1 g valatsiklovir qabul qilinganda atsiklovirning biokiraolishligi 54% ni tashkil qiladi va ovqat qabul qilish vaqtida kamaymaydi. Doza oshirilganda so‘rilish tezligi va darajasi pasayadi, bunda terapevtik dozalarda Smax ni kamroq darajada proportsional oshishini va 500 mg dan yuqori doza qo‘llanilganda biokiraolishligini kamayishini chaqiradi. Buyrak funktsiyasi normal bo‘lgan sog‘lom ko‘ngillilar tomonidan valatsiklovirning 250-2000 mg bir martalik dozasi qo‘llanilgandan keyin atsiklovirning o‘rtacha cho‘qqi kontsentratsiyasi 10-37 mkmol (2,2-8,3 mkg/ml), bu kontsentratsiyaga erishish vaqtining medianasi esa – 1-2 soatni tashkil qiladi. Qon plazmasidagi valatsiklovirning cho‘qqi kontsentratsiyasi atsiklovir kontsentratsiyasini bor yo‘g‘i 4% ni tashkil qiladi va o‘rtacha 30-100 minutda erishiladi va 3 soatdan keyin aniqlab bo‘lmaydigan darajagacha kamayadi. Bir marta va takroran yuborilganda valatsiklovir va atsiklovirning farmakokinetik ko‘rsatkichlari o‘xshash bo‘ladi.
    Taqsimlanishi
    Valatsiklovirni plazma oqsillari bilan bog‘lanishi past – 15%. Orqa miya suyuqligi (OMS)/qon plazmasi AUC nisbati yordamida aniqlanadigan OMS ga kirishi atsiklovir va 8-gidroksiatsiklovir metaboliti uchun taxminan 25% va 9-karboksimetokimetilguanin metaboliti uchun 2,5% ni tashkil qiladi.
    Metabolizmi
    Peroral qabul qilingandan keyin valatsiklovir ichakda va/yoki jigarda birinchi o‘tish metabolizmi orqali atsiklovir va L-valinga aylanadi. Atsiklovir kam miqdorda alkogol- va aldegid-degidrogenaza yordamida 9-karboksimetokimetilguanin metabolitiga va aldegidoksidaza yordamida 8-gidroksiatsiklovir metabolitiga aylanadi. Qon plazmasidagi preparatning umumiy ekspozitsiyasining taxminan 88% atsiklovirga, 11% - 9-karboksimetokimetilguaninga va 1% - 8-gidroksiatsiklovirga tegishli. Valatsiklovir ham, atsiklovir ham sitoxrom R450 fermentlari tomonidan metabolizmga uchramaydi.
    Chiqarilishi
    Buyrak funktsiyasi normal bo‘lgan bemorlarga valatsiklovir bir marta yoki ko‘p marta yuborilgandan keyin atsiklovirning yarim chiqarilish davri taxminan 3 soatni tashkil qiladi. Valatsiklovir siydik bilan asosan atsiklovir (dozaning 80% ko‘prog‘i) va uning 9-karboksimetokimetilguanin metaboliti ko‘rinishida chiqariladi.
    Patsiyentlarning alohida guruhlari
    Buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichida bo‘lgan bemorlarda atsiklovirning yarim chiqarilish davri taxminan 14 soatni tashkil qiladi.
    O‘rab oluvchi gerpes virusi va oddiy gerpes virusi valatsiklovir peroral qo‘llanilgandan keyin atsiklovir va valatsiklovirning farmakokinetikasini ahamiyatli darajada o‘zgartirmaydi.
    Homiladorlikning kechki davrlari vaqtida valatsiklovir va atsiklovirning farmakokinetik tadqiqotlarida 1000 mg dozada valatsiklovir qo‘llanilgandan keyin plato fazasidagi “kontsentratsiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydon atsiklovir sutkada 1200 mg dozada peroral qo‘llanilgandan keyingiga nisbatan taxminan 2 marta yuqori bo‘lgan.
    OITV-infektsiyasi bo‘lgan patsiyentlarda valatsiklovirning 1000 mg yoki 2000 mg bir martalik yoki ko‘p martalik dozalari qo‘llanilgandan keyin atsiklovirning farmakokinetik xarakteristikalari sog‘lom shaxslardagiga nisbatan o‘zgarmagan.
    Valatsiklovirning 2000 mg dozada sutkada 4 marta qabul qilgan a'zolar transplantati retsipiyentlarida atsiklovirning kontsentratsiyasi preparatning xuddi shunday dozasini qabul qilgan sog‘lom ko‘ngillilardagiga teng bo‘lgan yoki oshgan, “kontsentratsiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydonning sutkalik ko‘rsatkichlari ahamiyatli darajada yuqori bo‘lgan.

    Qo‘llanilishi

    O‘rab oluvchi gerpes (herpes zoster) ni davolash.
    Oddiy gerpes virusi, shu jumladan birlamchi va qaytalanuvchi genital gerpes virusi chaqirgan teri va shilliq qavatlar infektsiyasini davolash.
    Labial gerpes (lab isitmasi) ni davolash.
    Oddiy gerpes virusi, shu jumladan genital gerpes virusi chaqirgan teri va shilliq qavatlar infektsiyalari qaytalanishini preventiv davolash (supressiya).
    Xavfsiz jinsiy aloqa bilan majmuada Valavirni supressiv davolash sifatida qo‘llanilganda sog‘lom sherikka genital gerpes virusini yuqishini kamaytirish.
    Sitomegalovirus infektsiyasi va a'zolar transplantatsiyasidan keyin kasalliklarni oldini olishda qo‘llanadi.

    Qo‘llash usuli va dozalari

    O‘rab oluvchi gerpesni davolash: kattalarga Valavir 1000 mg (2 tabletka) dan sutkada 3 marta 7 kun davomida buyuriladi.
    Oddiy gerpes virusi chaqirgan infektsiyalarni davolash
    Immuniteti normal bo‘lgan bemorlar (kattalar): preparat 500 mg (1 tabletka) dan sutkada 2 marta buyuriladi.
    Qaytalanuvchi holatlarda davolash 3 yoki 5 kun davom etishi kerak. Og‘irroq bo‘lishi mumkin bo‘lgan kasallikni birlamchi kechishida davolash 5 kundan 10 kungacha davom etishi kerak. Davolashni iloji boricha erta boshlash kerak. Oddiy gerpes virusi chaqirgan infektsiyaning qaytalanuvchi shakllarida preparatni prodromol davrda yoki birinchi sipmtolar paydo bo‘lishi bilanoq qo‘llagan afzal. Valavir kasallikning birinchi simptomlari paydo bo‘lishi bilanoq davolash boshlanganida oddiy gerpes virusi chaqirgan infektsiyani qaytalanishlarida asoratlarni rivojlanishini oldini olishi mumkin.
    Labial gerpes (lab isitmasi) ni muqobil davolash uchun Valavirning samarali dozasi bo‘lib 2000 mg (4 tabletka) sutkada 2 marta 1 kun davomida qo‘llash hisoblanadi. Ikkinchi dozani birinchi dozadan taxminan 12 soatdan (6 soatdan oldin emas) keyin qo‘llash kerak. Bunday dozalash tartibida davolash davomiyligi 1 kundan oshmasligi kerak, chunki uzoqroq vaqt qo‘llash davolashning klinik samaradorligini oshirmasligi isbotlangan. Davolashni labial gerpesning birinchi erta simptomlari (lab sohasida uvishish, qichishish yoki achishish hissi) paydo bo‘lganida boshlash kerak.
    Oddiy gerpes virusi chaqirgan infektsiyalarni qaytalanishini preventiv davolash (supressiya):
    - immuniteti normal bo‘lgan bemorlarga (kattalar) preparat 500 mg (1 tabletka) sutkada 1 marta buyuriladi;
    - immuntanqisligi bo‘lgan bemorlarga (kattalarga) preparat 500 mg (1 tabletka) sutkada 2 marta buyuriladi.
    Genital gerpes virusi yuqishini kamaytirish
    Yiliga 9 va undan ko‘p zo‘rayishlar kuzatilgan immuniteti normal bo‘lgan geteroseksual kattalarga Valavir infektsiyalangan sherikka 500 mg dozada sutkada 1 marta buyuriladi.
    Bemorlarning boshqa populyatsiyalarida genital gerpes virusi yuqishini kamaytirish haqidagi ma'lumotlar yo‘q.
    Sitomegalovirus infektsiyasi va kasalligini oldini olish
    Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga: Valavir 2000 mg (1 tabletka) dozada sutkada 4 marta transplantatsiyadan keyin iloji boricha ertaroq buyuriladi. Buyrak yetishmovchiligida doza kamaytiriladi (“Buyrak funktsiyasini buzilishida dozalash” ga qarang). Davolash davomiyligi odatda 90 kunni tashkil qiladi, lekin xavf darajasi yuqori bo‘lgan patsiyentlar uchun uzaytirilishi mumkin.
    Buyrak funktsiyasini buzilishida dozalash
    Buyrak funktsiyasini buzilishi bo‘lgan bemorlarga valatsiklovirni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Organizmning adekvat darajadagi gidratatsiyasini albatta tutib turish kerak.
    Dozalash tartibi kreatinin klirensi va ko‘rsatmalarga bog‘liq va jadvalda keltirilgan.
    Terapevtik ko‘rsatmalar Kreatinin klirensi, ml/min Valavirning dozasi
    Herpes zoster (davolash) immuniteti normal bo‘lgan katta bemorlar va immuntan-qisligi bo‘lgan bemorlar 50 va undan yuqori
    30-49
    10-29
    10 dan kam 1 g sutkada 3 marta
    1 g sutkada 2 marta
    1 g sutkada 1 marta
    500 mg sutkada 1 marta
    Herpes simplex (davolash)
    immuniteti normal bo‘lgan katta bemorlar 30 va undan yuqori
    30 dan kam 500 mg sutkada 2 marta
    500 mg sutkada 1 marta
    Herpes labialis (davolash)
    immuniteti normal bo‘lgan katta bemorlar 50 va undan yuqori
    30-49
    10-29
    10 dan kam 2 g sutkada 2 marta
    1 g sutkada 2 marta
    500 mg sutkada 2 marta
    500 mg sutkada 1 marta
    Herpes simplex (profilaktika)
    immuniteti normal bo‘lgan katta bemorlar 30 va undan yuqori
    30 dan kam 500 mg sutkada 1 marta
    250 mg* sutkada 1 marta
    immuntanqisligi bo‘lgan katta bemorlar 30 va undan yuqori
    30 dan kam 500 mg sutkada 2 marta
    500 mg sutkada 1 marta
    Sitomegalovirus infektsiyasi profilaktikasi
    75 va undan yuqori
    50-74
    25-49
    10-24
    10 dan kam yoki dializ 2 g sutkada 4 marta
    1,5 g sutkada 4 marta
    1,5 g sutkada 3 marta
    1,5 g sutkada 2 marta
    1,5 g sutkada 1 marta
    * preparatning 250 mg dozadagi tabletkalari bo‘lganida qo‘llanilsin.
    Vaqti-vaqti bilan o‘tkaziladigan gemodializda bo‘lgan patsiyentlarda Valavirning kreatinin klirensi minutiga 15 ml dan yuqori bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llanadigan dozada qo‘llash tavsiya etiladi. Dozani gemodializ o‘tkazilganidan keyin buyurish kerak.
    Kreatinin klirensini doimo nazorat qilish kerak, ayniqsa buyrak funktsiyasi tez o‘zgarishi mumkin bo‘lganda, masalan transplantatsiyadan keyin darhol. Tegishli ravishda Valavirning dozasini o‘zgartirish kerak.
    Jigar funktsiyasini buzilishida dozalash
    Yengil yoki o‘rtacha darajadagi jigar sirrozi bo‘lgan bemordarda dozani o‘zgartirish talab etilmaydi (jigarning sintez qiluvchi funktsiyasi saqlanib qolgan). Sirrozning kechki bosqichlarida (jigarning sintez qiluvchi funktsiyasini buzilishlari va portal blok belgilari bo‘lganida) farmakokinetik ko‘rsatkichlar dozani o‘zgartirish kerakligi yo‘qligidan dalolat beradi, lekin klinik tajriba cheklangan.
    Sutkada yuqori dozalarni (4000 mg va undan yuqori) qo‘llash haqida “Qo‘llashning o‘ziga xosligi” bo‘limiga qarang.
    Keksa yoshdagi patsiyentlar
    Buyrak funktsiyasini buzilishlaridan saqlanish uchun Valavirning dozasiga tuzatish kiritish kerak (“Buyrak funktsiyasini buzilishlarida dozalash” bo‘limiga qarang).
    Organizmning adekvat darajadagi gidratatsiyasini tutib turish kerak.
    Nojo‘ya ta'sirlari
    Jiddiy nojo‘ya reaktsiyalar orasida trombotik trombotsitopenik purpura/gemolitik uremik sindrom, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi va nevrologik buzilishlar haqida xabar berilgan.
    Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i.
    Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi.
    Qon va limfatik tizim tomonidan: leykopeniya (asosan immuntanqisligi bo‘lgan bemorlarda kuzatiladi), trombotsitopeniya.
    Immun tizimi tomonidan: anafilaksiya.
    Nerv tizimi tomonidan va ruhiy buzilishlar: bosh aylanishi, ongni chalkashishi, gallyutsinatsiyalar, aqliy qobiliyatni pasayishi, qo‘zg‘alish, tremor, ataksiya, dizartriya, ruhiy simptomlar, konvulsiyalar, entsefalopatiya, koma. Yuqorida ta'riflangan simptomlar ko‘pgina hollarda qaytuvchan va asosan buyrak yetishmovchiligi yoki moyillikning boshqa omillari bo‘lgan bemorlarda kuzatiladi (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang). Sitomegalovirus infektsiyasini oldini olish uchun yuqori dozalarda (sutkada 8 g) valatsiklovir qabul qilayotgan a'zolar transplantatsiyasidan keyingi bemorlarda pastroq dozalarni qabul qilayotgan bemorlarga nisbatan nevroligik reaktsiyalar ko‘proq rivojlanadi.
    Nafas tizimi va ko‘krak qafasi a'zolari tomonidan: hansirash.
    Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan: qorinda diskomfort, qusish, diareya.
    Gepatobiliar tizim tomonidan: jigar funktsional testlari darajasini qaytuvchan oshishi. Davriy ravishda bu gepatit sifatida ta'riflanadi.
    Teri va teris osti to‘qimalari tomonidan: toshma, shu jumladan fotosensibilizatsiya ko‘rinishlari, qichishish, eshakemi, angionevrotik shish.
    Buyrak va siydik chiqarish tizimi tomonidan: buyrak funktsiyasini buzilishi, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, buyrakda og‘riq (buyrak yetishmovchiligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin), gematuriya (ko‘pincha buyrak funktsiyasini buzilishlari bilan bog‘liq). Buyrak kanalchalarida atsiklovir pretsipitatlari hosil bo‘lishi haqida xabar berilgan. Davolash vaqtida suyuqlikni adekvat darajada qabul qilishni ta'minlash kerak (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang).
    Boshqalar: klinik tadqiqotlar vaqtida valatsiklovirning yuqori dozalarini (sutkada 8000 mg) qabul qilgan immuntanqisligi bo‘lgan og‘ir bemorlarda, ayniqsa OITV-kasalligining kechki bosqichlari bo‘lgan bemorlarda buyrak yetishmovchiligi, mikroangiopatik gemolitik anemiya va trombotsitopeniya (ayrim hollarda majmuada) haqida xabar berilgan. Bu ko‘rinishlar valatsiklavir bilan davolanmagan patsiyentlarda ham kuzatilgan.

    Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

    Valatsiklovir, atsiklovir yoki preparatning biron-bir komponentiga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan bemorlarda Valavirni qo‘llash mumkin emas.
    Dorilarning o‘zaro ta'siri
    O‘zaro ta'sirning klinik ahamiyatga ega biron-bir turlari aniqlanmagan.
    Atsiklovir asosan o‘zgarmagan ko‘rinishda faol kanalchalar sekretsiyasi yo‘li bilan siydik orqali chiqariladi. Bir vaqtda buyuriladigan va shu mexanizmga ta'sirga ega biron-bir preparatlar Valavir qo‘llanilgandan keyin atsiklovirning qon plazmasidagi kontsentratsiyasini oshirishi mumkin. 1 g dozada Valavir qabul qilingandan keyin kanalchalar sekretsiyasini bloklovchi simetidin va probenetsid qabul qilinganda atsiklovirning “kontsentratsiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydon oshadi va uning buyrak klirensi kamayadi, lekin atsiklovirning keng terapevtik indeksini e'tiborga olib dozani o‘zgartirish zarurati yo‘q.
    Valavirning yuqori dozalarini (sutkada 4 g va undan ko‘p) qabul qilayotgan bemorlarda chiqarilish yo‘li uchun atsiklovir bilan raqobatlashadigan dori vositalari bilan bir vaqtda buyurganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki bu qon plazmasida bir yoki ikkala preparatlarning va ularning metabolitlarining darajasini oshishiga olib kelishi mumkin. Mikofenolat mofetil (a'zolar ko‘chirib o‘tkazilgandan keyin qo‘llanadigan immunosupressor preparat) bilan bir vaqtda qo‘llanilganda qon plazmasida atsiklovir va mikofenolat mofetilning faol bo‘lmagan metabolitining darajasi oshadi.
    Shuningdek Valavirning yuqori dozalarini (4 g va undan ko‘p) va buyrak funktsiyasiga ta'sir ko‘rsatuvchi boshqa preparatlarni (masalan siklosporin, takrolimus) bir vaqtda qo‘llaganda ham ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

    Maxsus ko‘rsatmalar

    Gidratatsiya: degidratatsiyaning yuqori xavfi bo‘lgan, ayniqsa keksa yoshdagi bemorlarda yuborilayotgan suyuqlikning adekvat miqdorini tutib turish kerak.
    Buyrak funktsiyasini buzilishida va keksa yoshdagi bemorlarda qo‘llanishi
    Atsiklovir buyrak orqali chiqariladi va shuning uchun buyrak funktsiyasini buzilishi bo‘lgan bemorlarda Valavirning dozasini kamaytirish kerak (“Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limiga qarang). Keksa yoshdagi bemorlarda buyrak funktsiyasi susayadi va dozaga tuzatish kiritishga muhtojlar. Buyrak funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda va keksa yoshdagi bemorlarda nevrologik asoratlar rivojlanishi xavfi oshadi, bu samaralarni aniqlash uchun ularni sinchkovlik bilan kuzatish kerak. Bunday reaktsiyalar ko‘p hollarda davolash to‘xtatilgandan keyin qaytuvchandir (“Nojo‘ya ta'sirlari” bo‘limiga qarang).
    Jigar yetishmovchiligi va jigar transplantatsiyasida Valavirning yuqori dozalarini qo‘llash
    Jigar kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda Valavirning yuqori dozalarini (sutkada 4 g va undan ko‘p) qo‘llash haqida ma'lumotlar yo‘q, shuning uchun bunday bemorlarga Valavirning yuqori dozalarini ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Jigar transplantatsiyasida valatsiklovirni qo‘llash yuzasidan maxsus tadqiqotlar o‘tkazilmagan; lekin atsiklovirning yuqori dozalari yordamida profilaktika sitomegalovirus chaqirgan infektsiyalanish va kasallikning tez-tezligini kamaytirishi aniqlangan.
    O‘rab oluvchi gerpesni davolaganda qo‘llanishi
    Bemorlarni, ayniqsa immuniteti susaygan bemorlarni davolaganda klinik javobni diqqat bilan kuzatish kerak. Agar davolashga yetarli bo‘lmasa, vena ichiga viruslarga qarshi davolashni qo‘llash tavsiya etiladi. Asoratlangan o‘rab oluvchi gerpesi, masalan vistseral a'zolarni shikastlanishi, virusni tarqalishi, motor neyropatiya, entsefalit va serebrovaskulyar buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarni vena ichiga viruslarga qarshi vositalar bilan davolash kerak.
    Bundan tashqari ko‘zlarning gerpetik shikastlanishlari yoki kasallikni tarqalishining yuqori xavfi va vistseral a'zolarni shikastlanishi bo‘lgan immuniteti susaygan bemorlarni vena ichiga viruslarga qarshi vositalar bilan davolash kerak.
    Genital gerpes virusini yuqishini kamayishi
    Valavir bilan supressiv davolash genital gerpes yuqishi xavfini kamaytiradi. U gerpetik infektsiyani davolamaydi, shuningdek virusni yuqishi xavfini to‘liq inkor etmaydi. Valavir bilan davolashga qo‘shimcha bemorlar xavfsiz jinsiy aloqa qoidalariga rioya qilishlari tavsiya etiladi.
    Sitomegalovirus infektsiyasida qo‘llanishi
    A'zolar transplantatsiyasidan keyin profilaktika maqsadida sitomegalovirus infektsiyasining yuqori xavfi bo‘lgan bemorlarni davolaganda olingan preparatning samaradorligi yuzasidan ma'lumotlar, agar xavfsizlik sababli valgantsiklovir yoki gantsiklovir qo‘llanilishi to‘xtatilgan bo‘lsa, bu patsiyentlarda valatsiklovirni qo‘llash kerakligini namoyish qilgan. Sitomegalovirus infektsiyasini oldini olish uchun zarur bo‘lgan valatsiklovirning yuqori dozalarini qo‘llash, boshqa ko‘rsatmalarda qo‘llanadigan pastroq dozalarni qo‘llaganga nisbatan nojo‘ya reaktsiyalar, shu jumladan markaziy nerv tizimi tomonidan buzilishlarni yuzaga kelish tez-tezligini oshishini chaqirishi mumkin. Patsiyentlarning buyrak funktsiyasini diqqat bilan kuzatish va preparatning dozasiga tegishli tuzatish kiritish kerak.
    Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi
    Fertillik
    Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqot ma'lumotlariga ko‘ra valatsiklovir fertillikka ta'sir ko‘rsatmagan. Lekin atsiklovirning parenteral yuqori dozalarini qo‘llash kalamushlar va itlarda testikulyar samara chaqirgan.
    Valatsiklovirni odam fertilligiga ta'sirini o‘rganish yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazilmagan, lekin 400 mg dan 1 g gacha dozalarda atsiklovirni 6 oy davomida har kuni qo‘llanilgandan keyin spermatozoidlarning miqdori, morfologiyasi va harakatchanligida o‘zgarishlar kuzatilmagan.
    Homiladorlik
    Valatsiklovirni homiladorlik davrida qo‘llash bo‘yicha ma'lumotlar cheklangan. Valavirni homiladorlarni qo‘llashgan faqat onani davolashdan potentsial foyda homila uchun bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfdan yuqori bo‘lgan hollardagina qo‘llash mumkin. Kuzatuv natijalari bo‘yicha bunday patsiyentlarning umumiy populyatsiyasiga nisbatan atsiklovir qabul qilgan homiladorlardan tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda tug‘ma nuqsonlarni oshishi kuzatilmagan. Ularni yuzaga kelishining yagona sababini aniqlash uchun biron-bir tug‘ma nuqson maxsus yoki barqaror xarakterga ega bo‘lmagan. Kuzatilgan homiladorlarning sonini kamligi inobatga olib, valatsiklovirni homiladorlarda qo‘llashning xavfsizligi haqida ishonchli va yakuniy qaror qabul qilish mumkin emas.
    Emizish
    Homiladorlik davrida valatsiklovirni qo‘llash yuzasidan ma'lumotlar cheklangan. 500 mg valatsiklovir har kuni qo‘llanilgandan keyin valatsiklovirning ko‘krak sutidagi o‘rtacha cho‘qqi kontsentratsiyasi onaning qon plazmasidagi atsiklovirning kontsentratsiyasidan 0,5-2,3 (o‘rtacha 1,4) marta yuqori bo‘lgan. Atsiklovirning ko‘krak sutidagi kontsentratsiyasi va onaning qon plazmasidagi kontsentratsiyasining nisbati 1,4 dan 2,6 gacha (o‘rtacha 2,2) ni tashkil qiladi. Atsiklovirning ko‘krak sutidagi o‘rtacha kontsentratsiyasi 2,24 mkg/ml
    (9,95 mkmol) ni tashkil qiladi. Ona tomonidan 500 mg dozada sutkada 2 marta valatsiklovir qabul qilinganida, bola ko‘krak suti bilan atsiklovirning taxminan sutkada 0,61 mkg/kg dozasini qabul qiladi. Atsiklovirning ko‘krak sutidan yarim chiqarilish davri qon plazmasidan yarim chiqarilish davriga o‘xshash. Onaning qon plazmasi, ko‘krak suti yoki bolaning siydigida o‘zgarmagan valatsiklovir aniqlanmaydi.
    Emizish davrida Valavirni ayollarga ehtiyotkorlik bilan, faqat klinik zarur bo‘lgan hollardagina buyurish kerak. Lekin atsiklovir oddiy gerpes virusi chaqirgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni sutkada 30 mg/kg dozalarda vena ichiga yuborish yo‘li bilan davolash uchun qo‘llanadi.
    Bolalar.
    Sitomegalovirus infektsiyasi va kasalligini oldini olish uchun 12 yoshdan oshgan bolalarda qo‘llanadi.
    Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarganda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati
    Bu masala bo‘yicha klinik tadqiqot ma'lumotlari yo‘q, valatsiklovirning farmakologiyasi biron-bir salbiy ta'sirni kutishga asos yo‘qligini ko‘rsatadi. Lekin patsiyentning avtomobilni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatini baholaganda uning klinik holatini va Valavirning nojo‘ya samaralar profilini e'tiborga olish kerak.
    Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

    Dozani oshirib yuborilishi

    Simptomlari. Valatsiklavirning dozasi oshirib yuborilganda o‘tkir buyrak yetishmovchiligi va nevrologik simptomlar, shu jumladan ongni chalkashishi, gallyutsinatsiyalar, ajitatsiya, aqliy qobiliyatni pasayishi va koma rivojlanishi haqida xabar berilgan. Ko‘ngil aynishi va qusish kuzatilishi mumkin. Behosdan dozani oshirib yuborilishini oldini olish uchun qo‘llaganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Dozani oshirib yuborilishining ko‘pgina simptomlari, muvofiq ravishda doza kamaytirilmagan preparatni buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarni va keksa yoshdagi bemorlarda qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan.
    Davolash. Toksiklik ko‘rinishlarini aniqlash uchun patsiyentlar sinchkov tibbiyo kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak. Gemodializ qondan atsiklovirni chiqarilishini ahamiyatli darajada tezlashtiradi va shuning uchun uni simptomatik dozani oshirib yuborganda optimal davolash usuli deb hisoblash mumkin.

    Chiqarilish shakli

    6 tabletkadan blisterda. 7 blisterdan qutida.
    10 tabletkadan blisterda. 1 blisterdan qutida.

    Saqlash sharoiti

    Original o‘ramida, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
    Yaroqlilik muddati.
    3 yil.

    Dorixonalardan berish tartibi

    Retsept bo‘yicha.

    Ishlab chiqaruvchi

    «Farmak» JAJ.
    Ishlab chiqaruvchining manzili va faoliyat ko‘rsatish joyi manzili
    Ukraina, 04080, Kiyev sh., Frunze ko‘ch., 74
    O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar)ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili:
    100000, Toshkent sh., A.Qodiriy ko‘ch., 39.
    Tel./faks: 235-77-13, 235-67-05

    Diqqat!

    Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.

    Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.

    Xususiyatlar

    Dozasi
    500 мг
    Ishlab chiqaruvchi mamlakat
    Украина
    Ishlab chiqaruvchi
    АО Фармак
    Katalog
    Aksiyalar
    Brendlar
    Blog
    Toʻlov shartlari
    Yetkazib berish shartlari
    Kontaktlar
    Yetkazib berish punktlari
    Biz bilan bog'lanish
    Toʼlovga qabul qilamiz
    Konfidensiallik
    Oferta
    © 2026

    O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN DAVOLANISH SOG‘LIG‘INGIZ UCHUN ZARARLI BO‘LISHI MUMKIN. DORINI QO‘LLASHDAN OLDIN SHIFOKOR BILAN MASLAHATLASHING.

    pharmaclick.uz, saytining barcha resurslari, jumladan (ammo bular bilan cheklanmagan holda) matn, grafik, foto va video ma’lumotlar, sahifalarning tuzilishi, dizayni va ko‘rinishi, domen nomi hamda firma nomi mualliflik huquqi va intellektual mulk huquqi obyektlari hisoblanadi. Huquq egasining oldindan roziligisiz ushbu sayt sahifalari mazmuni va kontentidan boshqa maydonlarda har qanday tarzda foydalanish taqiqlanadi. Shuningdek, internet foydalanuvchilarida taqdim etilgan materiallarning pharmaclick.uzsaytiga aloqasi yo‘q degan taassurot uyg‘otishi mumkin bo‘lgan boshqa har qanday xatti-harakatlar ham taqiqlanadi.

    Kirish yoki roʻyxatdan oʻtish Telefon raqamingizni kiriting
    Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz
    Login va parol bilan kirish
    SMSdan kodni kiriting Biz kodni raqamiga yubordik
    Qayta yuborish 01:30 dan keyin mumkin Kodni qayta yuborish
    Bosh sahifa Katalog 0 Savat Kabinet Aksiyalar