Mukogen tab. 100mg №30
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Yoʻriqnoma: Mukogen tab. 100mg №30
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
MukogenTa'sir etuvchi modda (XPN): rebamipid
Dori shakli
qobiq bilan qoplangan tabletkalar.Tarkibi
Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:faol modda: rebamipid - 100 mg;
yordamchi moddalar: oldindan jelatinlangan kraxmal, mannitol, natriy kroskarmellozasi, tozalangan talk, suvsiz limon kislotasi, magniy stearati, natriy laurilsulfati;
qobig‘ining tarkibi: gipromelloza (5cps), titan dioksidi (E171), propilenglikol.
Ta'rifi
dumaloq, ikki tomonlama qavariq, qobiq bilan qoplangan, ikki tomoni silliq, oq yoki deyarli oq rangli tabletkalar.Farmakoterapevtik guruhi
Me'daning kislotali muhitini buzilishi bilan bog‘liq kasalliklarni davolash uchun preparatlar. Me'da yarasiga qarshi boshqa preparatlar va gastroezofageal reflyuksni davolash uchun preparatlar.ATX kodi: A02BX
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Rebamipid gastroprotektor vositasi, 2(1N)- xinolon xosilasidir.Bu birikma me'da shilliq qavatida prostaglandinni ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi, me'da yarasining epitelizatsiyasi muddatini qisqartiradi va sifatini yaxshilaydi, shuningdek kelgusida yarani qaytalanish ehtimolini pasaytiradi. Rebamipid me'da shilliq qavatini toksik va ultserogen moddalar chaqirgan shikastlanishlardan ximoya qiladi. Klinik va fundamental tadqiqotlar rebamipidning farmakologik xususiyatlarini aniqladi, ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
- prostaglandinlarning darajasini oshirishi
- me'dada yuqori molekulyar glikoproteinlarning biosintezini tezlashtiruvchi fermentlarning faolligini kuchaytirish yordamida sirtki va eruvchan shilliqni miqdorini ko‘paytirishi
- epitelial o‘sish omilini ekskretsiyasini oshirishi va me'dani normal va yarali shilliq qavatida unga retseptorlarni miqdorini ko‘payishi va natijada – shilliq qavatning shikastlangan qismida epitelial xujayralarni proliferatsiyasini rag‘batlantirishi
- neytrofillarning faolligini va yallig‘lanishga qarshi nosteroid vositalarni qabul qilish yoki N.pylori rag‘batlantirilgan yallig‘lanish sitokinlarini ishlab chiqarilishini bostirishi. Bundan tashqari rebamipid standart yaraga qarshi terapiya vositalari bilan majmuada N.pylori eradiktsiyasiga yordam beradi, me'daning epitelial xujayralariga bakteriyalarni adgeziyasiga to‘sqinlik qiladi.
- me'da shilliq qavatida qon oqimini va gemodinamikani yaxshilashi
- me'dada ishqorlarni sekretsiyasini oshirishi
- safro sekretsiyasiga ta'sirining yo‘qligi: rebamipid me'da shirasini na bazal sekretsiyasiga, na rag‘batlantirish oqibatidagi kislota sekretsiyasiga ta'sir qilmaydi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishiIchga bir martalik 100 mg dozasi qabul qilingandan keyin plazmada rebamipidning kontsentratsiyasini cho‘qqisiga (340 ng/ml) taxminan 2 soatdan keyin erishiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 98,4-98,6%. Plazmadan yarim chiqarilishi davri – 1,5 soat. Preparat odam organizmida to‘planmaydi.
Metabolizmi
Ichga 600 mg bir martalik dozasi qabul qilinganidan keyin siydikda rebamipidning 8-pozitsiyadagi gidroksil guruhiga ega metaboliti aniqlanadi.
Chiqarilishi
Preparatning katta qismi o‘zgarmagan holda chiqariladi.
Yuborilgan dozaning taxminan 10% siydik bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
- me'da yara kasalligi- o‘tkir gastrit, surunkali gastritning zo‘rayish davri
- gastrit va me'da yara kasalligini davolashda N.pylori eradikatsiyasi uchun
- me'da-ichak yarasi bo‘lmagan dispepsiya
- NYaQP ni qabul qilish fonida me'daning shikastlanishini oldini olish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar1 tabletka (100 mg) dan sutkada 3 marta ichga, oz miqdordagi suyuqlik bilan ichib, qabul qiladi. Davolash kursi 2-4 haftani tashkil qiladi, zarurati bo‘lganida 8 haftagacha uzaytirilishi mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
- qichishish, teri toshmasi, ekzema va yuqori sezuvchanlikning boshqa belgilari
- ta'm sezishni o‘zgarishlari, jig‘ildon qaynashi, kekirish, ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq, meteorizm, qabziyat, diareya.
- jigar faoliyatini buzilishi: qon zardobida jigar transaminazalari faolligini oshishi
- leykopeniya, granulotsitopeniya
- hayz siklini buzilishlari
- shishlar
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- rebamipid va/yoki preparatning yordamchi komponentlariga yuqori sezuvchanlik- me'daning xavfli kasalliklari
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparatning sitoxrom R450 enzimlari bilan o‘zaro ta'siri Mukogenning metabolizmini ham, Mukogen bilan bir vaqtda qo‘llangan boshqa preparatlarning metabolizmini ham buzmaydi deb hisoblanadi.
Mukogen gidroksillanish jarayonida faqat SYP3A4 jalb qilinishi taxmin qilinadi. Mukogen SYP1A2-, 2S9-, 2S19-, 2D6-, 2E1-3A4-enzimlar yordamida amalga oshuvchi metabolizmni bostirmasligi ko‘rsatilgan.
Mukogenning sitoprotektor samarasi siklogeksimid yoki aktinomitsin D ta'sirida susayadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Me'da-ichak buzilishlarini xavfini minimallashtirish uchun keksalarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki bu patsiyentlar yoshlarga qaraganda rebamipidga sezuvchanroq bo‘lishi mumkin.Pediatriyada qo‘llanishi
Rebamitsidni bolalar va o‘smirlarda xavfsizligi va samarasi o‘rganilmagan.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Mukogenni homiladorlikda qo‘llash xavfsizligi aniqlanmagan. Preparatning laktatsiya davrida buyurish zarurati bo‘lganda emizishni to‘xtatishni masalasini hal qilish kerak.
Transport vositalari yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga dori vositasini ta'sir etish xususiyatlari
Ma'lumotlar yo‘q
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirilib yuborilishi
Simptomlari: nojo‘ya samaralari kuchayishi mumkin.
Davolash: simptomatik. Spetsifik antidoti yo‘q.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan tegishli markirovkaga ega alyumin strip. 3 strip va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasini saqlovchi karton quti.Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.Yaroqlilik muddati
36 oy.Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yichaIshlab chiqaruvchi
MACLEODS PHARMACEUTICALS LTD.Atlanta Arcade, Marol Church Road,
Andheri (E), Mumbai - 400 059. INDIA
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.