Aertal krem 1,5/60g
62 100 UZS
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Xususiyatlar
Dozasi
:
1,5% 60г
Ishlab chiqaruvchi mamlakat
:
Венгрия
Yoʻriqnoma: Aertal krem 1,5/60g
Batafsil
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi fotosuratda tasvirlanganidan farq qilishi mumkin.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
AERTALTa'sir etuvchi modda (XPN): atseklofenak (aceclofenac)
Dori shakli
sirtga qo‘llash uchun krem, 1,5%Tarkibi
1,0 g krem quyidagilarni saqlaydi:faol modda: atseklofenak - 0, 0150 g;
yordamchi moddalar: propilparagidroksibenzoat (E216), metilparagidroksibenzoat (E218), suyuq parafin, emulьsion mum (EWA), tozalangan suv.
Ta'rifi
oq kremFarmakoterapevtik guruhi
nosteroid, yallig‘lanishga qarshi va revmatizmga qarshi preparatlar.ATX kodi: M01AB16
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Atseklofenak nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparat bo‘lib, shuningdek og‘riq qoldiruvchi va isitma tushiruvchi samarasiga ham ega. Eksperimental modellarda u yallig‘lanish tabiatidan qat'iy nazar shish va giperemiya rivojlanishini susaytiradi. Ushbu preparatning ta'sir mexanizmlari hayvonlarda va odamlarda o‘rganilganida, atseklofenak, siklooksigenazani qaytuvchan susaytirilishi orqali prostaglandinlar va leykotriyenlar ajralishini susaytirishini ko‘rsatdi.Sirtga qo‘llash uchun AERTAL kremining aniqlangan klinik samarasi yaxshi mahalliy va tizimli o‘zlashtiraolishlilik bilan tavsiflanadi.
Sirtga qo‘llash uchun AERTAL kremidan tayanch-harakat apparatining jarohatli shikastlanishlari yoki yallig‘lanish kasalliklari mavjud patsiyentlarda foydalanish maqsadga muvofiq.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi:Atseklofenak surtilgan joydan so‘riladi va to‘yinish darajasiga tez erishadi. U so‘rilish joyida to‘planadi, va bu yallig‘lanishga qarshi faolligi oshishiga yordam beradi, va asta-sekin past kontsentratsiyalarda tizimli qon oqimiga o‘tadi, shu sababdan nojo‘ya samaralar havfi, shu jumladan me'da-ichak tizimi tomonidan, minimumga yetkaziladi.
Taqsimlanishi:
Atseklofenak butun organizm bo‘yicha taqsimlanadi.
Chiqarilishi:
Atseklofenak jigarda metabolizmga uchraydi, preparat asta-sekin buyrak va ichak orqali chiqariladi, qisman o‘zgarmagan ko‘rinishda chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Tayanch-harakat apparatining har qanday shikastlari, shu jumladan sport jarohatlari oqibatidagi har qanday mahalliy og‘riqlar va yallig‘lanishlarni davolash.Preparat cho‘zilish, ortiqcha kuchlanish yoki lat yeyish oqibatida pay, mushak va bo‘g‘inlarning yallig‘lanishini kamaytirish, shu jumladan lyumbago, qiyshiqbo‘yin va periartritni davolash uchun qo‘llanilishi mumkin.
Qo‘llash usuli va dozalari
Faqat sirtga qo‘llash uchun buyuriladi, sirtga qo‘llash uchun AERTAL kremi buyurilganda, okklyuzion bog‘lamlardan foydalanish tavsiya etilmaydi.Sirtga qo‘llash uchun AERTAL kremini shikastlangan joyga bir kunda 3 marta yengil ishqalovchi harakatlar bilan surtish kerak. Surtilayotgan krem miqdori shikastlangan joy maydoniga bog‘liq: 1.5-2 g AERTAL kremi 5-7 sm teri maydoniga to‘g‘ri keladi.
Sirtga qo‘llash uchun AERTAL kremini bolalarda qo‘llash tajribasi mavjud emas.
Preparatni bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Keksa patsiyentlarda preparat dozasiga tuzatish kiritish zarurati mavjud emas.
Nojo‘ya ta'sirlari
Teztez emas (≥1/1 000 dan <1/100 gacha):
Teri va teri osti to‘qimalar tomonidan buzilishlar: fotosezuvchanlik reaktsiyasi, giperemiya, teri qichishishi.
Kam hollardan (≥1/10,000 dan ≤1/1,000 gacha)
Teri va teri osti to‘qimalar tomonidan buzilishlar: teri ta'sirchanligi.
Juda kam hollarda (≤1/10,000):
Bullez reaktsiyalar (shu jumladan Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• Preparat komponentlariga (atseklofenak) yoki yordamchi moddalardan birontasiga yuqori sezuvchanlik.• Preparat anamnezida boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarga (NYaQP) o‘ta yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlarga buyurilmasligi kerak. Diklofenak bilan kesishgan o‘ta yuqori sezuvchanligi tasdiqlanmagan bo‘lsa ham, mazkur preparat anamnezida diklofenakka o‘ta yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlarga tavsiya qilinmaydi.
• Atseklofenak, boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar kabi atsetilsalitsil kislotasi yoki nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar astma xurujini, eshakemi yoki o‘tkir rinitni qo‘zg‘atadigan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas.
• Bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Hozirgi vaqtgacha mazkur preparatnig boshqa preparatlar bilan ehtimolli o‘zaro ta'siri to‘g‘risida ma'lumotlar mavjud emasligiga qaramasdan, tarkibida litiy, digoksin mavjud preparatlar, shuningdek yondosh antikoagulyantlar, diuretiklar yoki analьgetiklar bilan davolash o‘tkazilayotganda AERTAL sirtga qo‘llash uchun kremi buyurganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
• Agar AERTAL preparati surtilgan joyda mahalliy ta'sirlanish kuzatilsa, preparatni qo‘llashni to‘xtatish va mahalliy ta'sirlanish simptomlarini tegishlicha davolash kerak.• Preparatni surtgandan so‘ng qo‘llarni yuvish kerak, qo‘llarning o‘zi davolash joyi bo‘lgan vaziyat bundan istisno. Sirtga qo‘llash uchun kremni og‘iz va ko‘zlar sohasiga surtish mumkin emas.
• Ochiq yaralar, shilliq qatlamlarni davolash uchun hamda teri (ekzematoz) qo‘zg‘alishini yoki krem surtiladigan joyda terida boshqa biron-bir patologik jarayon mavjud bo‘lsa, sirtga qo‘llash uchun AERTAL kremini qo‘llash mumkin emas. Kremni faqat shikastlanmagan teriga surtish kerak.
• AERTAL preparati bolalarda qo‘llanilishi to‘g‘risida ma'lumotlar mavjud emas.
• Fotosezuvchanlik reatsiyasini oldini olish uchun, krem surtilgan sohani maxsus himoya vositalarisiz quyosh nurlari ta'siri ostida qoldirish mumkin emas.
• O‘ta yuqori sezuvchanlik va teri reaktsiyalari. Boshqa NYaQP kabi qo‘llanilishi boshlanganda AERTAL preparati allergik reaktsiyalarni, shu jumladan anafilaktik/anafilaktoid reaktsiyalarni chaqirishi mumkin. Kam hollarda og‘ir teri reaktsiyalar vujudga kelishi, shu jumladan o‘limga olib kelgan asoratlar haqida ma'lumotlar mavjud, bular qatorida NYaQP qo‘llash bilan bog‘liq eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz. Patsiyentlar davolanish kursi boshida nojo‘ya reaktsiyalar yuqori havfiga moyil, aksariyat vaziyatlarda teri reaktsiyalari davolanishning birinchi oyida vujudga keladi. Terida toshma, shilliq qatlami shikastlanishi yoki o‘ta yuqori sezuvchanlikning boshqa alomatlari vujudga kelgan taqdirda AERTAL kremi bilan davolanishni to‘xtatish kerak.
• Kam hollarda suvchechak virusi teri va yumshoq to‘qimalar infektsiyasi ko‘rinishida jiddiy nojo‘ya asoratlarga olib kelishi mumkin. Hozirgi paytda NYaQP ning ushbu infektsiya kechishiga salbiy ta'sirini to‘liq istisno qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun varitsella-zoster virusi chaqirgan infektsiyada atseklofenakni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
• Sirtga qo‘llash uchun AERTAL kremi tarkibida 0,2 g metilparagidrokibenzoat (E218) va 0,05 g propilparagidroksibenzoat (E216) mavjud, ular allergik reaktsiyalarni (shu jumladan kechikkan) chaqirishi mumkin. Sirtga qo‘llash uchun AERTAL kremi tarkibida shuningdek setilstearil spirti mavjud. U mahalliy teri reaktsiyarini (masalan, kontaktli dermatit) chaqirishi mumkin.
Fertillik, homiladorlik va emizish davri
Homiladorlik
Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda homiladorlik kechishi, embrion/homila o‘sishi, tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi rivojlanishga hech qanday salbiy ta'sirlar aniqlanmagan. Hozirgi vaqtda preparatni homiladorlikda qo‘llanilishi xavfsizligi to‘g‘risida yetarlicha ma'lumotlar yo‘q. Sirtga qo‘llash uchun AERTAL kremini homiladorlik davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Emizish
Hozirgi vaqtda atseklofenak odam ko‘krak sutiga o‘tishi to‘g‘risida yetarlicha ma'lumotlar yo‘q. Bola uchun ko‘krak suti bilan emizish foydasi va mazkur preparatni ayolda qo‘llash afzalligi nisbatini inobatga olgan holda emizishni to‘xtatish/davom ettirish yoki sirtga qo‘llash uchun AERTAL kremidan foydalanishni to‘xtatish/davom ettirish to‘g‘risida qaror qabul qilish kerak.
Transport vositasini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Sirtga qo‘llash uchun AERTAL kremi transport vositasini boshqarish va texnik moslamalardan foydalanish qobiliyatiga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi vaqtda atseklofenak dozasini oshirib yuborishning tipik simptomlari to‘g‘risida ma'lumotlar mavjud emas.Dozani oshirib yuborish yoki preparatni bexosdan ichiga qabul qilish hollarida, simptomatik davolashni amalga oshirish kerak.
Chiqarilish shakli
Tashqi qo‘llash uchun kremPolietilen qalpoq-qopqoq bilan yopiladigan va ezib chiqarish uchun igna-uchli alyuminiy tuba (60 g).
Bir tuba (60 g) qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25°C haroratdan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.Yaroqlilik muddati
2 yil.Dorixonalardan berish sharti
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
«Gedeon Rixter» OAJ, Budapesht, Vengriya«Almiral AG» firmasi, Shveytsariya litsenziyasi bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi va buyurtmachi manfaatlarini ifodalovchi kompaniya:
«Gedeon Rixter» OAJ
1103 Budapesht, Demrei ko‘ch., 19-21, Vengriya.
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.