Dikloflam tab. №10
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Yoʻriqnoma: Dikloflam tab. №10
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
DikloflamTa'sir etuvchi modda: Paratsetamol, diklofenak natriy.
Dori shakli
Tabletkalar.Tarkibi
Har bir tabletka saqlaydi:faol modda: Paratsetamol - 500 mg; Diklofenak natriy - 50 mg. yordamchi mrddalar: makkajo‘xori kraxmali – 104 mg; mikrokristallik sellyuloza – 84 mg; metilgidroksibenzoati – 0,6 mg; propilgidroksibenzoati -0,3 mg; jelatin – 7,0 mg; izopropil spirti – q.s.; magniy stearati – 8,1 mg; natriy kraxmal glyukonati – 1,0 mg; talk – 1,0 mg.
Farmakoterapevtik guruhi
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar.Farmakologik xususiyatlari
Majmuaviy preparat. Ta'sir mexanizmi uni tashkil qiluvchi komponentlarining farmakologik hususiyatlari bilan bog‘liq.Diklofenak natriy nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositadir. Ta'sir mexanizmi SOGni nospetsifik susaytirishi, hamda leykotsitlarda erkin araxidonlar kontsentratsiyasini pasaytirishi tufayli prostaglandinlar sintezini ingibirlashi bilan bog‘liq. Yallig‘lanishga qarshi, og‘riq qoldiruvchi va isitma tushiruvchi ta'sir ko‘rsatadi, trombotsitlar agregatsiyasiga to‘sqinlik qiladi. Uzoq muddat qo‘llanganida desensibilizatsiyalovchi ta'sir ko‘rsatadi.
Paratsetamol og‘riqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Og‘riqni qoldiruvchi ta'sir mexanizmi, prostaglandinlar sintezini asosan gipotalamusdagi termoregulyatsiya markazini ingibirlashi bilan bog‘liq. Paratsetamolni isitmani tushiruvchi ta'siri, termoregulyatsiyaning gipotalamik markazlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta'siri bilan bog‘liq, buning natijasida tomirlarni kengayishi va ter ajralib chiqishini kuchayishi tufayli, issiqlik ajralib chiqishi kuchayadi.
Farmakokinetikasi
Diklofenak natriy - bir marta ichga qabul qilingandan so‘ng, ichakdan tez va to‘liq so‘riladi. Faol moddaning 50% ga yaqini jigardan "birinchi o‘tishda" metabolizmga uchraydi. 50 mg dozadagi preparatning qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasi 1-2 soatdan so‘ng kuzatiladi va 1,5 mkg/ml (5 mkmol/l) ni tashkil qiladi. Ovqat so‘rilishni sekinlashtiradi, ammo so‘rilayotgan faol moddaning miqdori o‘zgarmaydi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi 99,7% ni tashkil qiladi, buning ustiga preparatning katta qismi (99,4%) albuminlar bilan bog‘lanadi. Bo‘g‘im bo‘shlig‘idagi sinovial suyuqligiga yaxshi kiradi, u yerda faol moddaning maksimal kontsentratsiyasiga qondagiga nisbatan 2-4 soat keyin erishiladi. Sinovial suyuqligidan yarimchiqarilish davri 3-6 soatni tashkil etadi. Preparatning 60% metabolitlar ko‘rinishda buyraklar, qolgan qismi o‘t-safro orqali chiqariladi. Buyraklar faoliyati yaqqol buzilgan (kreatinin klirensi 10ml/min dan kam) bemorlarda, o‘t-safro bilan chiqariladigan metabolitlarining solishtirma og‘irligi oshadi, shuning uchun ularni qondagi kontsentratsiyasining oshishi kuzatilmaydi.Paratsetamol ichga qabul qilinganda yaxshi va tez so‘riladi. Plazmadagi eng yuqori kontsentratsiyasiga 30-90 minut ichida erishiladi. Organizmning deyarlik barcha to‘qimalariga kiradi, yo‘ldoshdan oson o‘tadi va ko‘krak suti orqali ajraladi. Jigarda parchalanib farmakologik faol bo‘lmagan metabolitlar hosil qiladi, ammo ko‘p miqdorda to‘planganida jigarni nekrozga uchratishi mumkin. Asosan metabolitlar ko‘rinishida buyraklar orqali chiqariladi. Yarimchiqarilish davri 1,5-3 soat oralig‘ida. Jigar faoliyati buzilganida dorining organizmdan chiqarilishi sekinlashadi, bu metabolitlarni organizmda to‘planishiga yordam beradi.
Qo‘llanilishi
Revmatoid artrit, osteoartrit, ankilozlovchi spondilit, servikal spondilit, operatsiyadan keyingi va travmatik yallig‘lanishlar.Ginekologik va stomatologik kasalliklar fonidagi og‘riqli yallig‘lanish holatlari, o‘tkir podagra, yallig‘lanish bilan birga kechadigan virusli isitmalash.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga. Tabletkalarni chaynamasdan butunligicha, yetarli miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilish kerak. Preparatni ovqatdan oldin qabul qilish maqulroq. Me'daning yuqori sezuvchanligida preparat ovqat qabul qilinganidan keyin qabul qilinadi.Kattalarga 1 tabletkadan sutkada 3-4 marta buyuriladi. Maksimal bir martalik doza 2 tabletka. Maksimal sutkalik doza 2 tabletkadan sutkada 3 marta.
12 yoshdan oshgan tana vazni 30 kg dan ortiq bo‘lgan bolalarga ½ tabletkadan sutkada 3 marta buyuriladi. Navbatdagi har bir qabullar oralig‘i kamida 4 soat. Kattalarning maksimal davolash davomiyligi - 5-7 kun, bolalarning – 3 kun.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik;-anamnezida aspirin yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalariga angionevrotik shish va bronxospastik reaktsiyalar («aspirin astmasi»), bronxial astma xurujlari;
- zo‘rayish bosqichidagi me'da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlari (shu jumladan peptik yara, Kron kasalligi, nospetsifik yarali kolit);
-homiladorlik, laktatsiya;
-12 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
- qon yaratish faoliyatining buzilishi;
-ko‘ruv nervining kasalliklari, nafas yo‘llarining surunkali obstruktiv kasalliklari, burun poliplari, toshmali isitmasi;
-buyrak va jigar faoliyatini yaqqol buzilishlari, rangli ko‘rishni buzilishi, tug‘ma glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, anoreksiya, diskomfort hissi (epigastriya sohasida og‘riqlar va spazmlar), meteroizm, ishtahaning pasayishi. Kam: qon ketishi teshilish bilan asoratlangan me'da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlari, aftozli stomatit, ezofagit. Alohida hollarda nospetsifik yarali kolit, Kron kasalligi;
Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, yuqori charchoqlik. Kam hollarda: his qilishni yoki ko‘rishning buzilishi (yoyilgan ko‘rish, diplopiya), quloqlarni shang‘illashi, ta'sirchanlik, tirishishlar, uyquni buzilishi, depressiya, hayajonlanish hissi, ruhiy buzilishlar;
Dermatologik reaktsiyalar: teri toshmasi, eshakemi. Bullez toshmalar, ekzema, eritrodermiya, sochning to‘kilishi, fotosensibilizatsiya bo‘lishi mumkin;
Jigar faoliyati tomonidan: jigar faoliyatining buzilishi, shu jumladan gepatit (sariqlik yoki sariqliksiz bilan);
Qon yaratish tizimi tomonidan: ayrim hollarda: trombotsitopeniya, leykopeniya, agranulotsitoz, gemolitik anemiya, aplastik anemiya;
Yurak-tomir tizimi tomonidan: taxikardiya paydo bo‘lishini yakka hollari, ko‘krak qafasi sohasida og‘riqlar, arterial gipertenziya aniqlangan;
Allergik va immunopatologik reaktsiyalar: kam: bronxial astma xurujlari, tizimli anafilaktik (anafilaktoid) reaktsiyalar.
Dorilar bilan o‘zaro ta'siri
Kaliyni tejovchi diuretiklar bilan bir vaqtda qo‘llaganda qonda kaliy miqdori oshishi mumkin. Nosteroid yallig‘lanishga qarshi boshqa preparatlar, hamda glyukokortikoidlar bilan bir vaqtda qabul qilish, nojo‘ya ta'sirlarini paydo bo‘lish xavfini oshiradi.
Bilvosita antikoagulyantlar bilan bir vaqtda buyurilganida qon ketishi rivojlanishi mumkin.
Preparat litiy, digoksin va siklosporinni qondagi kontsentratsiyasini oshirishi mumkin, shuning uchun ular bilan birga qo‘llaganida, oxirgilarning dozasini to‘g‘rilash kerak.
Preparatni Metotreksat bilan davolashni boshlashdan 24 soat oldin yoki davolash to‘xtatilganidan keyin preparat buyurilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak,chunki bunda uning zaharli ta'sirining rivojlanish xavfi oshadi.
Jigar mikrosomal fermentlarini induktsiyalovchi dorilar (barbituratlar ayrim tutqanoqqa qarshi vositalar, jumladan, fenobarbital, fenitoin, karbamazepin, benzonal), spirt saqlovchi dori vositalari, rifampitsin bilan birga qabul qilinganida preparatning gepatotoksik ta'siri kuchayadi.
Fenotiazinlar bilan birga qo‘llanganda haddan ziyod gipotermiya, azidotimidin bilan – neytropeniya rivojlanishi mumkin.
Preparat xloramfenikolning zaharliligini oshiradi, bilvosita antikoagulyantlar, difenin, peroral gipoglikemik preparatlar ta'sirini kuchaytiradi, “halqali” va tiazidi diuretiklarning diuretik va natriyuretik ta'sirini susaytiradi.
Boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar, hamda glyukokortikoidlar bilan birga qo‘llanganida nojo‘ya ta'sirlari tezlashadi va kuchayadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Anamnezida me'da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlari bo‘lgan bemorlarga, hamda jigar, buyrak, qon yaratish a'zolari faoliyatining yaqqol buzilishlari bulgan patsiyentlarga buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.Yuqori (200 mg) dozalarda preparat trombotsitlar agregatsiyasini susaytirishi mumkin, shuning uchun gemostazi buzilgan patsiyentlarni diqqat bilan kuzatish kerak. Preparatni keksalarda, surunkali yurak yetishmovchiligi, arterial gipertoniyasi, porfiriyasi bo‘lgan bemorlarda, hamda bevosita jiddiy jarrohlik aralashuvlaridan keyin, ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Preparat bilan davolash davrida jigar, buyrak faoliyatini va periferik qon manzarasini nazorat qilish kerak.
Bemorlar preparatni qabul qilish vaqtida yuqori diqqat va tezkor ruhiy va harakat reaktsiyalarini talab etadigan ishlarni bajarishdan (masalan, avtomobil haydash) saqlanishlari kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Belgilari: spetsifik belgilari yo‘q. Buyraklar faoliyatining buzilishi yoki yuzni, halqumni shishishi, hansirash ko‘rinishidagi allergik reaktsiyalar rivojlanishi mumkin.;Davolash: me'dani yuvish tavsiya qilinadi. Kaltsiy glyukonat yoki kaltsiy xlorid, zarurati bo‘lganida glyukortikoidlar vena ichiga yuboriladi, faollashtirilgan ko‘mir buyuriladi, hamda simptomatik davolash o‘tkaziladi. Preparatni qon oqsillari bilan yuqori darajada bog‘lanish qobiliyatga ega ekanligi tufayli, jadallashtirilgan diurez, dializ yoki qon quyish o‘zini unchalik oqlamaydi.
Preparatning tarkibida paratsetamol borligini hisobga olish kerak. 6 g dan ortiq paratsetamolni ichga qabul qilish jigarning og‘ir shikastlanishini, hatto jigar komasini chaqirishi mumkin. Dori bilan zaharlanish belgilari kuzatilganida (ko‘ngil aynishi, qayt qilish, jigarni kattalashishi, sariqlik) darhol shifokorga murojat qilish va me'dani yuvish lozim.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan blisterda. 1 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton kutida.Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.Yaroqlilik muddati
3 yil.Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.Ishlab chiqaruvchi
Laborate Pharmaceutical.,Ye-11 Indastrial Area, Panipat – 132103, Xaryana, Hindiston
Tel:\ №: +91-180-2650072, 2651248, Faks №: 91-180-2651072
Qadoqlangan va o‘ramlangan:
“NOVA PHARM” QK MChJ,
O‘zbekiston Respublikasi, Surxandaryo viloyati, Termez sh., Sufi Olloyor ko‘ch., 10 burilish №2.
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.