DIMEKSID-JFF 50ml
23 800 UZS
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Xususiyatlar
Ishlab chiqaruvchi mamlakat
:
Россия
Yoʻriqnoma: DIMEKSID-JFF 50ml
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
DIMEKSID-JFFTa'sir etuvchi modda (XPN): dimetilsulfoksid
Dori shakli
sirtga qo‘llash uchun suyuqlik.Tarkibi
1 flakon quyidagilarni saqlaydi:faol modda: dimetilsulfoksid 50 ml
Ta'rifi
rangsiz suyuqlik yoki rangsiz kristallar. Gigroskopik.Farmakoterapevtik guruhi
bo‘g‘im va mushak og‘riqlarida mahalliy qo‘llash uchun vosita.ATX kodi: M02AX03.
Farmakologik xususiyatlari
Dimetilsulfoksid biologik membranalar orqali, shu jumladan teri to‘siqlaridan ham o‘tib, o‘ziga xos: yallig‘lanishga qarshi, antipiretik, og‘riqni qoldiruvchi, antiseptik, o‘rtacha fibrinolitik samaralarni namoyon qiladi. Preparat dori vositalarini shikastlanmagan teri va shilliq qavatlar orqali o‘tishini (tashish xususiyati) kuchaytiradi.Farmakokinetikasi
Dimeksid (90%) eritmasi teriga applikatsiya qilinganida 5 minutdan keyin qon zardobida aniqlanadi, maksimal kontsentratsiyasiga 4-6 soatdan keyin erishadi va 1,5-3 sutka davomida deyarli o‘zgarmagan darajada saqlanib turadi. Dimetilsulfoksid o‘zgarmagan holda ham, dimetilsulfoksid ko‘rinishida ham siydik va ahlat bilan chiqariladi.Qo‘llanilishi
Tayanch-harakat apparatining yallig‘lanish kasalliklarini: revmatoid artrit, Bexterev kasalligi, deformatsiyalanuvchi osteoartroz (periartikulyar to‘qimalarni shikastlanishi borligida); artropatiyalarda, bog‘lamlarni cho‘zilishi, lat yeyishlar, jarohatdan keyingi infiltratlar, o‘tkir va surunkali osteomiyelitlar, streptodermiya, yiringli jarohatlar va abstsesslarni majmuaviy davolash tarkibida qo‘llanadi.Shuningdek terining plastik jarrohligida kщchirib щtkazilgan terini auto- va gomotransplantatlarini bitib ketishi uchun, shuningdek gemotransplantatlarni konservatsiya qilishuchun ham qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kompresslar, tamponlar uchun suvli eritmalar (30-50% kontsentratsiyalari) ko‘rinishida qo‘llanadi. Dimeksid eritmasi shimdirilgan dokali salfetkalar terining shikastlangan sohalariga atrofdagi sog‘lom sohalarni qamrab olib, sutkada 1 marta 20-30 minut davomida qo‘yiladi. Salfetkaning yuzasiga polietilen plenka va paxta yoki to‘qima mato qo‘yiladi.Diffuz streptodermiyalarda preparatning 40-90% Dimeksid-JFF eritmasi bilan kompress qilish tavsiya qilinadi.
Terining yiringli kasalliklarida 40% eritma qo‘llanadi.
Terining plastik jarrohligida auto- va gemotransplantantlarga, bevosita operatsiyadan so‘ng va transplantantni turg‘un bitishining navbatdagi kunlarida preparatning 10-20% eritmasi bilan bog‘lov qo‘yiladi.
Teri gemotransplantantlarini saqlash uchun konservatsiyalovchi vosita sifatida Ringer eritmasidagi preparatning 5% eritmasi qo‘yiladi.
Ko‘rsatilgan kontsentratsiyalarda preparatning suvli eritmalarini tayyorlash bo‘yicha tavsiyalar:
Eritmaning kontsentratsiyasi, % larda Preparatning miqdori, hajm qismlarida Suvning miqdori, hajm qismlarida
Nojo‘ya ta'sirlari
Dimetilsulfoksid odatda yaxshi o‘zlashtiriladi, lekin ayrim bemorlarda quyidagilar:
Immun tizimi tomonidan: allergik reaktsiyalar, shu jumladan dermatitlar, terida toshmalar, angionevrotik shish, qichishish, teri giperemiyasi, eritema, terini qurishi.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya.
Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyqusizlik, adinamiya.
Nafas a'zolari tomanidan: bronxospazm kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatga yuqori sezuvchanlik. Yurak-qon tomir yetishmovchiligi, yaqqol ateroskleroz, stenokardiya, jigar va buyrak funktsiyasini buzilishlari, insult, miokard infarkti, koma holati, glaukoma, kataraktada qo‘llash mumkin emas.Dorilarning o‘zaro ta'siri
Dimetilsulfoksid etanol (alkogol preparatning chiqarilishini sekinlashtiradi) va insulin, atsetilsalitsil kislotasi, butadionning ta'sirini kuchaytiradi; digitalis preparatlari, xinidin, nitroglitserin, antibiotiklar (streptomitsin, monomitsin) xloromfenikol, rifampitsin, grizeofulvinning ta'sirini kuchaytiradi, organizmni narkoz uchun vositalarga nisbatan sensibilizatsiya qiladi. Preparat tomonidan dori vositalarning spetsifik faolligini ham, toksikligini ham kuchaytirilishini hisobga olish kerak.
Deformatsiyalanuvchi osteoartroz va revmatoid artritni majmuaviy davolashda nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar bilan birga qo‘llash mumkin; streptodermiyani davolash uchun – mahalliy ta'sirga ega mikroblarga qarshi vositalar bilan majmuada (sintomitsin linimenti) qo‘llash mumkin.
Agarda Siz qandaydir boshqa dori vositalarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz, preparatni qo‘llash mumkinligi haqida albatta shifokor bilan maslahatlashing.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni shikastlangan teriga va allergik reaktsiyalari ko‘rinishlari bo‘lgan teriga qo‘yish mumkin emas. Yuz terisiga qo‘yilmasin.Preparatni qo‘llashdan oldin sezuvchanlikka sinama o‘tkazish tavsiya qilinadi. Buning uchun Dimeksid-JFF preparat bilan xo‘llangan paxtali tampon teriga qo‘yiladi. Terini kuchli qizarishi va qichishishi preparatga bo‘lgan individual yuqori sezuvchanligi xaqida dalolat beradi.
Keksa yoshli patsiyentlar oldindan shifokor maslahatidan keyin qo‘llashlari mumkin.
Preparatni shilliq qavatlarga va ko‘zga tushishiga yo‘l qo‘yilmasin. Preparat tasodifan ko‘zlarga tushganida, ularni oqadigan suvda yuvish kerak.
18ºS dan past haroratda dimetilsulfoksid kristallanishi mumkin, bu preparatning sifatiga ta'sir qilmaydi. Kristallarni eritish uchun, preparatli flakonni suv hammomida (suvning harorati deyarli 60ºS) ehtiyotkorlik bilan isitish kerak. Qaynatilmasin!
Dori vositasini qo‘llash qoidasini buzish mumkin emas, bu sog‘liqga zarar yetkazishi mumkin.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi.
Preparatni homiladorlik davrida qo‘llash mumkin emas. Dimetilsulfoksid bilan davolash davrida emizishni to‘xtatish kerak.
Bolalar. Preparat 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llanmaydi.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligi qobiliyatiga ta'siri
Bosh aylanishi rivojlanishi mumkinligi sababli, markaziy nerv tizimiga ta'sirini inobatga olib ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasini oshirib yuborilishi allergik reaktsiyalar (eshakemi, shish) chaqirishi va nojo‘ya samaralarning namoyon bo‘lishini kuchaytirishi mumkin, bu preparatni bekor qilishni va simptomatik davolashni o‘tkazishni talab qiladi.Chiqarilish shakli
50 ml dan flakonlarda yoki 50 ml dan flakonlarda qutida.Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15-25ºS haroratda saqlansin.Yaroqlilik muddati
3 yil.Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.Ishlab chiqaruvchining nomi va manzili
DKP «Farmatsevticheskaya fabrika» MChJ.
Ukraina, 12430, Jitomir viloyati, Jitomir tumani, Stanishovka, Korolyov ko‘ch., 5 uy.
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.