Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Gidrokortizona atsetat susp. 2,5% 2ml №10
Nomi | Narx | |||||
Гидрокортизона ацетат сусп. 2,5% 2 мл №10 (320523##2 059) |
UZS 61 400
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Гидрокортизона ацетат сусп. 2,5% 2мл №10 (501223##2 196) |
UZS 65 800
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 2 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
20 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 2 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Гидрокортизон
Страна производитель
Украина
Дозировка
2,5%
Производитель
Фармак
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Суспензия для инъекций
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Gidrokortizona atsetat
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Gidrokortizon (hydrocortisone)
Dori shakli
In'ektsiya uchun suspenziya
Tarkibi
1 ml suspenziya quyidagilarni saqlaydi
Faol modda 100% quruq moddaga qayta hisoblaganda 25 mg gidrokortizon atsetati;
Yordamchi moddalar propilenglikol, sorbit (E 420), povidon, natriy xloridi, benzil spirti, in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi preparat 2 minut davomida chayqatilganida keyin oq yoki sarg‘ish tusli oq rangli, turganida cho‘kma hosil bo‘luvchi, o‘ziga xos hidli suspenziyani nomoyon etadi.
Farmakoterapevtik guruhi
Tizimli qo‘llash uchun kortikosteroidlar, oddiy preparatlar. Gidrokortizon.
ATX kodi N02AV09.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Gidrokortizon atsetati tabiiy glyukokortikosteroidlar guruhiga mansubdir. Shokka qarshi, antitoksik, immunosupressiv, antiekssudativ, qichishishga, yallig‘lanishga qarshi, desensibilizatsiyalovchi, allergiyaga qarshi ta'sirga ega.
O‘ta sezuvchanlik reaktsiyalarini, yallig‘lanish o‘chog‘ida proliferativ va ekssudativ jarayonlarni tormozlaydi. Gidrokortizon atsetatining ta'siri spetsifik hujayra ichki retseptorlari orqali amalga oshiriladi. Yallig‘lanishga qarshi ta'siri yallig‘lanishning barcha fazalarini tormozlashi hujayra va subxujayra membranalarining barqarorlashishi, lizosomalardan proteolitik fermentlarning ajralib chiqishini kamayishi, superoksid anioni va boshqa erkin radikallarning hosil bo‘lishini tormozlanishga asoslangan. Gidrokortizon yallig‘lanish meditorlarning ajralib chiqishini, shu jumladan interleykin -1 (IL-1), gistamin, serotonin, bradikinin; fosfolipidlardan arxidon kislotasini ajralib chiqishini va prostagladinlar, leykotriyenlar, tromboksan sintezini pasaytiradi. Yallig‘lanishli hujayra infiltratlarini kamaytiradi, yallig‘lanish o‘chog‘iga leykotsitlar va limfatsitlarning migratsiyasini pasaytiradi. Yallig‘lanish jarayoni davomida biriktirvchi to‘qima reaktsiyalarini tormozlaydi va chandiq to‘qimasini hosil bo‘lishi jadalligini pasaytiradi. Gialuron kislotasini hosil qiluvchi semiz xujayralarning miqdorini kamaytiradi, gialuronidaza faolligini susaytiradi va kapillyarlar o‘tkazuvchanligini kamayishiga yordam beradi. Kollagenaza hosil bo‘lishini tormozlaydi va proteazlarning ingibitorlari sintezini faollashtiradi. Mushak to‘qimasida oqsil sintezini pasaytiradi. Steroid retseptorlarini rag‘batlantirib, shishga qarshi ta'sirga ega bo‘lgan alohida oqsillar sinfi – lipokortinlarning hosil bo‘lishini induktsiya qiladi. Jigarda glikogen darajasini oshirib va giperglikemiya rivojlanishini chaqirib insulinga qarshi ta'sir qiladi. Organizmda natriy va suvni tutib qoladi, bunda aylanayotgan qon hajmi ko‘payadi va arterial bosim oshadi (shokka qarshi ta'siri).
Kaliyni chiqarilishini rag‘batlantiradi, ovqat hazm qilish yo‘llaridan kaltsiyni so‘rilishini pasaytiradi, suyak to‘qimasini minerallanishini pasaytiradi.
Boshqa glyukokortikoidlar kabi gidrokortizon qondagi T-limfotsitlar miqdorini kamaytiradi, bu bilan T-xelperlarning V-limfotsitlarga ta'sirini kamaytiradi, allergik reaktsiyalarni namoyon bo‘lishini susaytirib, immun komplekslarini hosil bo‘lishini tormozlaydi.
Farmakokinetikasi
Mahalliy qo‘llangan Gidrokortizon so‘rilishi va tizimli ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Taqqoslanganda yuborilgan joydan nisbatan sekin so‘riladi. Qon oqsillari bilan preparatning 90% gachasi bog‘lanadi (transkortin bilan - 80% va albuminlar bilan - 10%), taxminan 10% erkin fraktsiya shaklida bo‘ladi. Metabolizmi jigarda amalga oshiriladi. Sintetik hosilalaridan farqli ravishda, yo‘ldosh orqali preparatning sezilarsiz qismi o‘tadi (67% gacha yo‘ldoshning o‘zida faol bo‘lmagan metabolitlarigacha parchalanadi). Gidrokortizonning metabolitlari asosan buyraklar orqali chiqariladi.
Qo‘llanilishi
• Osteoartrit, turli monoartrozlar (tizza, tirsak, chanoq-son bo‘g‘imlari), revmatoidli artrit va boshqa kelib chiqishga ega bo‘lgan (tuberkulyozli, gonereyali artritlardan tashqari) artritlar.
• Yelka-kurak periartriti, bursit, epikondilit, tendovaginit.
• Ankilotik bo‘g‘imlarda o‘tkaziladigan operatsiyalar oldidan.
• Tizimli kortikosteroid davolashga mahalliy qo‘shimcha sifatida qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Qo‘llashdan oldin ampuladagi modda gomogen suspenziya hosil bo‘lgunicha chayqatiladi.
Kattalar va 14 yoshdan oshgan bolalarga bir martalik doza bo‘g‘imning o‘lchami va kasallikning og‘irligiga bog‘liq – 5-50 mg gidrokortizon bo‘g‘im ichiga va periartikulyar.
24 soat davomida kattalarga ko‘pi bilan uch bo‘g‘imga in'ektsiya qilish mumkin.
Bolalarga gidrokortizonning bir martalik dozasi bo‘g‘imning o‘lchami va kasallikning og‘irligiga bog‘liq – 5-30 mg bo‘g‘im ichiga yoki periartikulyar.
Keksa yoshli patsiyentlar steroidni nojo‘ya samaralari kuchayishi tufayli ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Dori vositasi bo‘g‘im ichiga yuborilganida davolovchi samara 6-24 soat davomida namoyon bo‘ladi va bir necha sutkadan bir necha haftagacha saqlanadi. 3 hafta o‘tgach preparatni qayta yuborish mumkin.
Preparatni bevosita payga yuborish mumkin emas, shuning uchun tendinitda preparatni payning qiniga yuborish kerak.
Preparatni tizimli kortikosteroid davolash uchun qo‘llash mumkin emas.
Nojo‘ya ta'sirlari
Bo‘g‘im ichiga qo‘llanganida yoki boshqa mahalliy in'ektsiyalarda asosiy nojo‘ya samaralari og‘riq yoki shishning kuchayishi bilan vaqtinchalik mahalliy zo‘rayishlar hisoblanadi, ular odatda bir necha soatdan keyin o‘tib ketadi.
Ma'lum bir sharoitlarda, ayniqsa yuqori yoki uzoq muddatli lokal dozalardan keyin kortikosteroidlar tizimli samara olish uchun yetarli miqdorda so‘rilishi mumkin.
Prognoz qilinayotgan nojo‘ya samaralarning, shu jumladan gipotalamo-gipofizarno-adrenalin supressiyasining uchrash tezligi preparatning samaradorligi, dozalashlari, yuborish muddati va davolashning davomiyligi bilan o‘zaro bog‘liq (“
Maxsus ko‘rsatmalar
i” bo‘limiga qarang).
Noxush samaralar ayniqsa, davolashning boshida yoki dozani oshirgan kuzatilishi mumkin.
Barcha noxush ko‘rinishlar a'zolar tizimi sinfi va uchrash tezligi bo‘yicha keltirilgan juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha), kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha), juda kam hollarda (<1/10000), noma'lum – keltirilgan ma'lumotlar asosida uchrash tezligini hisoblashni imkoni yo‘q.
A'zolar tizimi sinfi
Uchrash tezligi
Nojo‘ya reaktsilar
Infektsiya va invaziya
Uchrash tezligi noma'lum
Klinik simptomlari va belgilarini susayishi bilan yuqori moyillik va og‘irligi bo‘lgan infekiyalar, opportunistik infektsiyalar va davolangan tuberkulyozning nofaol retsidivlari (“
Maxsus ko‘rsatmalar
i” bo‘limiga qarang).
Qon valimfatik tizimi tomonidan
Uchrash tezligi noma'lum
Leykotsitoz, tromboemboliya
Immun tizimi tomonidan
Uchrash tezligi noma'lum
O‘ta yuqori sezuvchanlik, shu jumladan anafilaktik reaktsiyalari
Metabolizm buzilishlari
Uchrash tezligi noma'lum
Organizmda natriy va suyuqlikni tutilishi, gipokaliyemik alkoloz, oqsil va kaltsiyning salbiy muvozanati, ishtahaning oshishi.
Ruxiy buzilishlar (a)
Tez-tez
Psixiatrik reaktsiyalarning keng ta'sir doirasi, jumladan affektiv buzilishlar (tirishishlar, eyforiya, depressiya, tushkun kayfiyat, suitsidal fikolar), psixotik reaktsiyalari (jumladan maniya, alahsirash, gallyutsinatsiyalar, shizofreniya zo‘rayishlari), xulq-atvor buzilishlari, xavotirlilik, uyquning buzilishi, kognitiv funktsiyani bushilishlari, jumladan ong chalkashishi va amneziya haqida xabarlar bo‘lgan.
Nerv tizimi tomonidan
Uchrash tezligi noma'lum
Bolalarda ko‘ruv nervi diskini shishi bilan kechuvchi bosh miya ichki bosimini oshishi (pseudotumor cerebri), epilepsiyani zo‘rayishi
Ko‘ruv a'zolari tomonidan
Uchrash tezligi noma'lum
Ko‘z ichki bosimini oshishi, glaukoma, ko‘ruv nervini diskini shishi, orqasubkapsulyar katarakta, ko‘z sklerasining yoki shox pardani yupqalashishi, ko‘zning virusli yoki zamburug‘li kasalliklarining zo‘rayishi (“
Maxsus ko‘rsatmalar
i” bo‘limiga qarang).
Yurak tomonidan
Uchrash tezligi noma'lum
Yaqinda o‘tkazilgan miokard infarktidan keyin miokardni yorilishi
Qon-tomirlar tomonidan
Uchrash tezligi noma'lum
Gipertenziya
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan
Uchrash tezligi noma'lum
Dispepsiya, me'dani teshilishi va qon ketishi bilan kechuvchi yara kasalligi, qorin dam bo‘lishi, qizilo‘ngach yarasi,qizilo‘ngach kandidozi, o‘tkir pankreatit, ko‘ngil aynishi
Teri va teri osti yog‘ qavati tomonidan
Uchrash tezligi noma'lum
Yara bitishining buzilishlari, teriatrofiyasi, ko‘karishlar, striyalar, akne, teleangiektaziya, girsutizm
Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qima tomonidan
Uchrash tezligi noma'lum
Proksimal miopatiya, osteoporoz, umurtqa va uzun suyaklarning sinishlari, aseptik osteonekroz, pay uzilishlari
Endokrin buzilishlari
Uchrash tezligi noma'lum
Gipotalamo-gipofizar-adrenalin tizimining susayishi, erta bolalikda, bolalik va o‘smirlik yoshida o‘sishni kechikishi, Itsenko-Kushing sindromi, antidiabetik davolashga ehtiyoji yuqori bo‘lgan karbonsuvlarga tolerantlikni buzilishi.
Jinsiy tizim va ko‘krak bezi tomonidan
Uchrash tezligi noma'lum
Hayzning doimiy emasligi, amenoreya
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagibuzilishlar
Uchrash tezligi noma'lum
Holsizlik
Laboratoriya tekshirishlari
Uchrash tezligi noma'lum
Tana vaznining ortishi
(a) Reaktsiyalar tez-tez uchrashi va kattalardagi kabi bolalarda ham uchrashi mumkin. Kattalarda og‘ir reaktsiyalarning uchrash tezligi 5–6% ga baholanadi. Ruhiy samaralar kortikosteroidlarni bekor qilganda qayd etilgan; ruhiy qaramlik paydo bo‘lgan; uchrash tezligi noma'lum.
Bekor qilish sindromi
Kortikosteroidlarni uzoq muddat qo‘llagandan keyin ularning dozalarini keskin kamaytirish o‘tkir adrenalin yetishmovchiligi, arterial gipotenziyani va o‘lim bilan yakunlanish holatlarini keltirib chiqarishi mumkin (“
Maxsus ko‘rsatmalar
i” bo‘limiga qarang). Bekor qilish sindromi shuningdek tana haroratini oshishi, mialgiya, artralgiya, rinit, kon'yunktivit, terining qichuvchi tugunlarida og‘riq, va tana vaznini kamayishini namoyon etishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• Preparatning ta'sir etuvchi moddasiga yoki yordamchi moddalaridan biriga o‘ta yuqori sezuvchanlik.
• Tizimli infektsiyalar (agar maxsus infektsiyaga qarshi davolash qo‘llanmaganda);
• Tirik vaktsina bilan emlangan patsiyentlarga;
• Agar bo‘g‘im va uni o‘ram turgan to‘qimalar infektsiyalangan bo‘lsa, ushbu dori vositasining bo‘g‘im ichiga va periartikulyar in'ektsiyasi qo‘llash mumkin emas. Infektsiya mavjudligida shuningdek pay qiniga va sumkasiga in'ektsiya uchun qo‘llash mumkin emas.
• Preparatni bevosita payga, shuningdek umurtqaga yoki boshqa nodiartrodial bo‘g‘imga yuborish mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Kortikosteroidlarning metabolizmi ayrim barbituratlar (masalan, fenobarbital) va fenitoin, rifampitsin, rifabutin, primidon, karbamazepin hamda aminoglyutetimid bilan qo‘llaganda oshishi, terapevtik samarasi esa pasayishi mumkin.
Mifepriston kortikosteroidlarning ta'sirini 3-4 kun davomida pasaytirishi mumkin.
Eritromitsin va ketokonazol kortikosteroidlar metabolizmini susaytirishi mumkin.
Ritonavir gidrokortizon atsetatning zardobdagi kontsentratsiyasini oshirishi mumkin.
Estrogenlar va peroral kontratseptivlar qon plazmasida kartokoteroidlarning kontsentratsiyasi oshiradi va agar peroral kontratseptivlar barqaror dozalashlar tartibiga qo‘shilsa yoki bekor qilinsa dozaga tuzatish kiritish talab etilishi mumkin.
CYP3A ingibitorlari, jumladan kobitsistat saqlovchi preparatlar bilan birgalikda davolaganda, tizimli nojo‘ya samaralar xavfi oshishi kutiladi. Agar foyda kortikosteroidlarning tizimli nojo‘ya samaralarini yuqori xavfi ustidan ustunlik qilmasa, ushbu majmuani qo‘llashdan saqlanish kerak, bunday holatlarda patsiyentlarda kortikosteroidlarning tizimli nojo‘ya samaralarni paydo bo‘lishini nazorat qilish kerak.
Kortikosteroidlar bilan bir vaqtda qo‘llaganda o‘sish tezligiga somatropinni rag‘batlantiruvchi ta'sirini susaytirishi mumkin.
Kortikosteroidlar gipoglikemik preparatlar (jumladan, insulin), gipotenziv vositalar va diuretiklarning kutiladigan ta'siriga qarshi ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
Kumarin antikoagulyantlarning samaradorligi kortikostreoidlar bilan bir vaqtda davolashga bog‘liq, spontan qon ketishlarni oldini olish uchun MNO yoki protrombin vaqtini sinchkov monitoring qilish kerak.
Agar kortikosteroidlar bilan davolash to‘xtatilsa, qon plazmasida salitsilatlar (atsetilsalitsil kislotasi va benorilat) darajasi ahamiyatli oshishi mumkin, bu intoksikatsiyaga olib kelishi mumkin. Kortikosteroidlar bilan salitsilatlar nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarni (NYaQV) bir vaqtda qo‘llash me'da-ichakdan qon ketishlari yoki yaralar paydo bo‘lish zavfini oshiradi.
Kortikosteroidlarni qo‘llaganda atsetazolamid, petli diuretiklar, tiazidli diuretiklar va karbenoksolonning gipokaliyemik samarasi kuchayadi, ularni birgalikda qo‘llaganda gipokaliyemiya belgilarini nazorat qilish kerak. Teofillin va amfoteritsinni bir vaqtda qo‘llaganda gipokaliyemiyani rivojlanish xavfi oshadi. Agar bu reaktsiyani nazorat qilish uchun talab etilmasa, kortikosteroidlarni amfoteritsin bilan bir vaqtda buyurish mumkin emas.
Shuningdek agar yuqori dozada kortikosteroidlarni yuqori dozadagi simpatomimetiklar masalan, bambuterol, fenoterol, formoterol, ritodrin, salbutamol, salmeterol va terbutalin bilan birga buyurilsa gipokaliyemiyani rivojlanish xavfi oshadi. Gipokaliyemiya rivojlanganda yurak glikozidlari masalan, digoksinning toksikligi ortadi.
Metatreksat bilan bir vaqtda qo‘llaganda gematologik toksiklik xavfining oshishiga olib kelishi mumkin.
Kortikosteroidlarning yuqori dozalari immun javobni yomonlashtiradi, shuning uchun tirik vaktsinalarni qo‘llashdan saqlanish kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Kortikosteroidlar in'ektsiyasidan keyin bo‘g‘imlar va to‘qimalar infektsiyalarga yuqori moyillikka ega bo‘lishligi tufayli, ushbu dori vositasining in'ektsiyasini aseptik sharoitlarda o‘tkazish kerak.
Andrenalin supressiyasi
Uzoq muddat davolaganda buyrak usti bezi atrofiyasi rivojlanadi va davolashni to‘xtatgandan keyin yillar davomida saqlanadi. Shuning uchun uzoq muddat davolagandan keyin, davolashning dozasi va davomiyligiga qarab, hafta yoki oylar davomida asta-sekin kamaytirish bilan o‘tkir buyrak usti bezi yetishmovchiligidan saqlanish uchun, kortikosteroidlarni har doim asta-sekinlik bilan bekor qilish kerak. Uzoq muddatli davolash vaqtida har qanday interkurrentli kasalliklar, jarohat yoki xirurgik aralashuvlar vaqtinchalik dozani oshirishni talab etadi. Agar kortikosteroidlarni qo‘llash uzoq muddatli davolashdan keyin to‘xtatilgan bo‘lsa, ularni vaqtinchalik tiklash talab etilishi mumkin.
Patsiyentlarga dori preparati bilan davolashni boshlagan shaxs, dozalashlar va davolashning davomiyligi haqidagi to‘liq ma'lumotlarni ko‘rsatish bilan xavfni kamaytirish uchun ogohlantiruvchi choralar haqida aniq ko‘rsatmalar taqdim etilishi kerak.
Yallig‘lanishga qarshi/immunosupressiv ta'sir va infektsiya
Yallig‘lanish javobi va immun funktsiyasining susayishi infektsiyalarga va ularning og‘irligiga moyillik ortadi. Klinik manzara ko‘pincha atipik bo‘lishi, septitsemiya va tuberkulyoz kabi jiddiy infektsiyalar esa niqoblangan bo‘lishi mumkin va ularni aniqlashganicha kechki bosqichga yetib borgan bo‘ladi. Yangi infektsiyalar kortikosteroidlarni qo‘llaganda paydo bo‘lishi mumkin.
Suvchechak alohida xavotirlilik chaqiradi, chunki bu ahamiyatsiz kasallikodatda kuchsizlangan immuniteti bo‘lgan patsiyentlarda o‘lim bilan yakunlanishiga olib kelishi mumkin. Suvchechak kasalligining noaniq anamnezi bo‘lgan patsiyentlarga (yoki bolalarning ota-onalari) suvchechak yoki belbog‘simon gerpesi bo‘lgan zich shaxsiy kontaktdan saqlanish tavsiya etiladi, va o‘zarota'sirlanish holatlarida ular shoshilinch tibbiy yordamga muroajaat qilishlari kerak. Immuniteti past bo‘lgan va tizimli kortikosteroidlarni qabul qilayotgan yoki ularni avvalgi 3 oy davomida qo‘llagan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan patsiyentlarga suvchechak/belbog‘simon gerpesga qarshi immunoglobulinlar bilan passiv immunizatsiya zarur; kasallikning musbat natijasida maxsus yordam va darhol davolanish talab etiladi. Kortikosteroidlarni qo‘llashni to‘xtatish mumkin emas, va imkoni bo‘lsa dozani oshirish kerak.
Patsiyentlarga qizamiq bilan kontaktda bo‘lishdan saqlanish uchun o‘ta ehtiyotkor bo‘lishlik tavsiya etiladi va kontaktda bo‘lgan hollarda darhol shifokorga murojaat etish kerak. Profilaktika uchun immunoglobulin bilan mushak ichiga normada emlashlar talab etilishi mumkin.
Tirik vaktsinalarni kortikosteroidlar yuqori dozada qo‘llanganda keltirib chiqargan, kuchsiz immun reaktsiyalari bo‘lgan shaxslarga buyurish mumkin emas. Garchi ularning ta'siri kuchsiz bo‘lsada, faolsizlantirilgan vaktsinalar yoki anatoksinlarni yuborish mumkin.
Quyidagi kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarga tizimli kortikosteroidlarni buyurganda o‘ta ehtiyotkorlik va muntazam monitoring talab etiladi
• anamnezida tuberkulyoz yoki ko‘krak qafasining rentgenogrammasida xarakterli manzarasi bo‘lgan. Biroq faol tuberkulyoz rivojlanishi tuberkulyozga qarshi davolashni profilaktik qo‘llaganda to‘xtagan bo‘lishi mumkin;
• qandli diabeti (yoki diabetni oilaviy tarixi);
• osteoporoz (ayniqsa xavfga moyil postmenopauzadagi ayollarda);
• gipertoniya yoki sustlashgan yurak yetishmovchiligi;
• og‘ir affektiv buzilishlarini mavjudligi yoki anamnezida (ayniqsa anamnezida steroidli psixozi bo‘lgan);
• glaukoma (yoki glaukomaning oilaviy tarixi);
• o‘tkazilgan miopatiya, kortikosteroidlar chaqirgan;
• me'daning yara kasalligi;
• tutqanoq;
• jigar yetishmovchiligi;
• buyrak yetishmovchiligi.
Katta hajmlarni xavfning to‘planishi va toksikligi (metabolik atsidoz) tufayli, ayniqsa jigar yoki buyrak funktsiyasi buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan va faqat zaruratga ko‘ra qo‘llash kerak.
Yaqinda o‘tkazilgan miokard infarkti
Davolash vaqtida patsiyentni psixotik reaktsiyalar, mushak kuchsizlanishi, elektrokardiografik o‘zgarishlar, gipertoniya va noxush gormonal samaralar uchramasligi uchun kuzatib turish kerak.
Kortikosteroidlarni gipotireozi bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Bolalar
Kortikosteroidlar erta bolalikda, bolalik va o‘smirlik yoshida o‘sishni kechikishiga olib keladi; bu qaytar bo‘lishi mumkin. Davolash gipotalamo-gipofizar-adrenalin tizimining susayishini va o‘sishning to‘xtab qolishini (“Qo‘llash usuli va dozalar” bo‘limiga qarang) minimizatsiya qilish uchun, eng qisqa vaqt davomida minimal dozalashlar bilan cheklangan bo‘lishi kerak.
Kichkina yoshli bolalarda to‘planishi tufayli xavfi yuqori.
Keksa yoshli patsiyentlar
Tizimli kortikosteroidlarning umumiy nojo‘ya samaralari keksa yoshlilarda, ayniqsa osteoporoz, gipertoniya, gipokaliyemiya, diabetda, infektsiyalarga moyillikda va terini yupqalashishi kabi o‘ta jiddiy oqibatlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Hayot reaktsiyalari uchun xavflan saqlanish uchun sinchkov klinik kuzatuv zarur (“Qo‘llash usuli va dozalar” bo‘limiga qarang).
Bekor qilish simptomi
Tizimli kortikosteroidlarni (taxminan 40 mg kortizon yoki ekvivalenti) kamida 3 hafta davomida fiziologik dozadan yuqori dozada qabul qilgan patsiyentlarda bekor qilish keskin bo‘lmasligi kerak. Dozani kamaytirish uchuli ahamiyatli darajada tizimli kortikosteroidlar dozasini kamaytirishda kasallikning retsidivining ehtimolligiga bog‘liq. Bekor qilish vaqtida kasallikning faolligini klinik baholash talab etilishi mumkin. Agar tizimli kortikosteroidlarni bekor qilganda kasallikning qayta tiklanishi ehtimoldan yiroq, lekin GGA tizimini susayishiga nisbatan noaniqlik mavjud, tizimli kortikosteroidlar dozasini darhol fiziologik dozagacha kamaytirish kerak. 40 mg kortizonga ekvivalent bo‘lgan sutkalik dozaga erishish bilanoq, GGA tizimini tiklash uchun sekin astalik bilan dozani kamaytirish kerak.
Agar kasallikni qaytalanishi ehtimoldan yiroq deb hisoblansa, 3 haftagacha davom etgan kortikosteroidlar bilan tizimli davolashni kechkin to‘xtatish maqsadga muvofiq. 3 hafta davomida kortizonni sutkada 200 mg gacha dozada yoki ekvivalent bo‘lgan preparatni qabul qilishni kechkin to‘xtatish, ko‘pchilik patsiyentlarda GGA tizimini klinik ahamiyatli susayishiga olib kelishi ehtimoldan yiroq. Quyidagi guruh patsiyentlarida kortikosteroidlar bilan tizimli, hatto 3 hafta yoki kamroq davom etgan davolash kurslaridan keyin ham, davolashni asta-sekin to‘xtatishni ko‘rib chiqish kerak
• tizimli kortikosteroidlar bilan davolashni takroriy kursi bo‘lgan, ayniqsa agar 3 haftadan ko‘p qabul qiladigan patsiyentlar;
• uzoq muddatli (oylar yoki yillar) davolashni to‘xtatgandan keyin 1 yil davomida qisqa kursni buyurganda;
• kortikosteroidlar bilan ekzogen davolashdan farqli ravishda adrenokortikal yetishmovchiligini paydo bo‘lishi uchun sababi bo‘lgan patsiyentlar;
• tizimli kortikosteroidni kuniga 200 mg dan ortiq (yoki ekvivalent) kortizon dozasini qabul qiladigan patsiyentlar;
• kechqurun takror doza qabul qiladigan patsiyentlar.
Patsiyentlar/va/yoki bemorni parvarish qiladigan shaxslarni, tizimli steroidlarni qo‘llaganda potentsial og‘ir psixik nojo‘ya reaktsiyalar (“Nojo‘ya ta'sirlari” bo‘limiga qarang) yuzaga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirish kerak. Simptomlari odatda davolash boshlangandan keyin bir necha kun yoki hafta davomida namoyon bo‘ladi. Xavflar yuqori dozalar/tizimli ta'sirlarda yuqori bo‘lishi mumkin, garchi dozalarning darajasi reaktsiyalarning boshlanishi, turi, jiddiyligi va davomiyligini prognoz qilish imkonini bermaydi (“Dorilarning o‘zarota'siri” bo‘limiga qarang). Ko‘pchilik nojo‘ya reaktsiyalar, garchi maxsus davolash talab etsada, dozani kamaytirgandan yoki preparatni bekor qilgandan keyin o‘tib ketadi. Patsiyentlar/va/yoki bemorni parvarish qiladigan shaxslarga, agar xavotirga qo‘yadigan psixologik simptomlar, ayniqsa agar kayfiyatni tushishiga yoki suitsidal fikrlar yuzaga kelishiga shubha bo‘lganda shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi. Patsiyentlar/va/yoki bemorni parvarish qiladigan shaxslar shuningdek psixik buzilishlar paydo bo‘lishiga tayyor turishlari kerak, bunda ular dozani kamaytirish/tizimli steroidlarni bekor qilish vaqtida yoki keyin darhol paydo bo‘lishi mumkin, garchi bunday reaktsiyalar haqida kam xabarlar bo‘lgan.
Anamnezida o‘zida yoki birinchi darajadagi qarindoshlarida og‘ir affektiv buzilishlari mavjud bo‘lgan patsiyentlarda tizimli kortikosteroidlari qo‘llash bo‘yicha masalani ko‘rib chiqishda o‘ta ehtiyotkorlik talab etiladi. Ularga depressiv yoki maniakal-depressiv kasalliklar va oldingi steroid psixozlar kiradi.
Ko‘rishni buzilishi
Kortikosteroidlarni tizimli va mahalliy qo‘llaganda ko‘rishda buzilishlar paydo bo‘lishi mumkin. Agar patsiyentda ko‘rishni xiralashishi yoki ko‘rishning boshqa buzilishlari kabi simptomlar paydo bo‘lsa, katarakta, glaukoma yoki markaziy serozli xorioretinopatiya kabi kortikosteroidlarni tizimli va mahalliy qo‘llagandan keyin ular haqida xabarlar berilgan, kam hollarda uchraydigan kasalliklarni o‘z ichiga olgan sabablar ehtimolini baholash uchun oftalmologga yo‘naltirilishi kerak.
Ushbu dori vositasi sobit saqlaydi. Agar patsiyentda ayrim qandlarni o‘zlashtiraolmaslik aniqlangan bo‘lsa, bu preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Ushbu dori vositasi benzil spirti saqlaydi, shuning uchun uni chala tug‘ilgan va yangi tug‘ilgan bolalarga qo‘llash mumkin emas. Kichik yoshli va 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda toksiklik va allergik reaktsiyalar keltirib chiqarishi mumkin.
Ushbu dori vositasi natriyni kamida 1 mmol (23 mg)/dozada saqlaydi, ya'ni deyarli natriydan xoli.
Homiladorlik va emiziklik davrida qo‘llanishi
Homiladorlik
Kortikosteroidlarning yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tish qobiliyati alohida preparatlar orasida o‘zgaradi, biroq kortizon yo‘ldosh to‘sig‘i orqali oson o‘tadi.
Homiladorlikning I uch oyligida preparatni buyurish mumkin emas. Kortikosteroidlarni faqat qachonki ona va bola uchun foyda xavfdan yuqori bo‘lgan hollarda buyurish kerak. Biroq kortikosteroidlarni qo‘llash juda muhim bo‘lsa, homiladorligi normal kechayotgan patsiyentlarda homilador bo‘lmaganlar kabi davolash kerak.
Emiziklik davri
Kortikosteroidlar ko‘krak sutiga o‘tadi, garchi kortizon uchun hech kanday ma'lumotlar yo‘q. Sutkada 200 mg gacha dozada kortizon bolada tizimli samaralarni chaqirish ehtimoli kam. Yuqori doza qabul qilayotgan chaqaloqlarda adrenalin funktsiyasini susayishi bo‘lishi mumkin, lekin ko‘krak bilan emizishdan foyda teoretik xavfdan ustun bo‘lishi mumkin.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati.
Ta'siri ahamiyatsiz.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlar
Ushbu dori vositasini qo‘llaganda dozani oshirib yuborilishi ehtimoli kam, maxsus antidoti yo‘q.
Dozani oshirib yuborilishi
ko‘ngil aynishi va qusish, organizmda natriy va suv tutilishi, giperglikemiya va ba'zida me'du-ichakdan qon ketishlarni chaqirishi mumkin.
Davolash
Davolash faqat simptomatik bo‘lishi kerak, garchi me'du-ichakdan qon ketishini bartaraf qilish uchun simetidin (200–400 mg har 6 soatda asta-sekin vena ichiga in'ektsiyada) yoki ranitidin (50 mg har 6 soatda asta-sekin vena ichiga in'ektsiyada) buyurish mumkin.
Chiqarilish shakli
2 ml dan ampulalarda; 10 ampuladan tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga qutida.
2 ml dan ampulalarda; 5 ampulalardan blisterda; 2 blisterdan tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga qutida.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramda 25°C dan yuqori haroratda saqlansin. Muzlashiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Nomutanosibligi
Preparatni boshqa dori vositalari bilan bir idishda aralashtirish mumkin emas.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan keyin preparat qo‘llanmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.