Траврелакс_ru_сверху над шапкой Траврелакс_ru_сверху над шапкой
Aksiyalar
Brendlar
Kompaniya
  • Kompaniya haqida
  • Xodimlar
  • Karyera
  • Litsenziyalar
Blog
Kontaktlar
    +998(78) 113-13-00
    +998(78) 113-13-00
    Email
    info@pharmaclick.uz
    Manzil
    Узбекистан, г.Ташкент, Мирабадский район, ул.Фидокор, дом  32 
    Ish tartibi
    Dush-Jum: 9:00-18:00
    uz
    ru
    uz
    Standart sayt
    Kirish
    0 Saralangan
    0 Savat
    La Roche-Posay
    EcoVita
    Доктор Море
    Doppelherz
    Now Foods
    Эвалар
    Swanson
    • Kosmetika
      • Parvarish kosmetikasi      
        • Sochni parvarish qilish uchun kosmetika
        • Yuzni parvarish qilish uchun kosmetika
        • Ko'zni parvarish qilish uchun kosmetika
        • Labni parvarish qilish uchun kosmetika
        • Tana uchun kosmetika
        • Stayling
      • Makiyaj      
        • Yuz
        • Qoshlar
        • Ko'zlar
        • Lablar
        • Tirnoqlar
        • Makiyaj cho'tkalari
        • Aksessuarlar
      • Parfyumeriya      
        • Parfyum suvi
        • Tualet suvi
      • Shaxsiy gigiyena vositalari      
        • Og'iz bo'shlig'ini parvarish qilish
        • Gigiyenik prokladkalar
        • Kundalik prokladkalar
        • Tamponlar
        • Paxta yostiqchalari
        • Paxta tayoqchalari
        • Nam salfetkalar
      • Erkaklar kosmetikasi      
        • Dezodorantlar
        • Yuz va tanani parvarish qilish
        • Parfyumeriya
        • Soqol olish mahsulotlari
        • Antiperspirantlar
      • Sovg‘a to‘plamlari
      • Kolgotkilar va chulkilar
    • Dori vositalari
      • Anesteziya dori vositalari
      • Antibiotiklar, bakteriofaglar va bakteriyalarga qarshi dori vositalari      
        • Bakteriyalarga qarshi dorilar
        • Bolalar uchun antibiotiklar
        • Anginada qo’llaniladigan antibiotiklar
        • Bronxitda qo’llaniladigan antibiotiklar
        • Gaymoritda qo’llaniladigan antibiotiklar
        • Sistitga qarshi antibiotiklar
        • Keng ko‘lamli antibiotiklar
        • Bakteriofaglar
        • Otit uchun antibiotiklar
        • Pnevmoniya uchun antibiotiklar
      • Vaksinalar
      • Gematologik dori vositalari      
        • Anemiyaga qarshi dorilar
        • Qon o‘rnini bosuvchilar va perfuzion eritmalar
        • Qon to‘xtatuvchi dorilar
        • Temir moddalari
        • Leykopoezni rag‘batlantiruvchi dorilar
        • Eritropoezni rag‘batlantiruvchi dorilar
      • Gepatoprotektorlar      
        • Aminokislotalar
        • Safroni davolash uchun dorilar
        • Jigar kasalliklarini davolash uchun dorilar
        • Xoletsistitga qarshi dorilar
      • Ginekologik va mammologik dori vositalari      
        • Bachadon ichi spirallari
        • Kontratsepsiv dorilar
        • Qin mikroflorasini tiklash uchun dorilar
        • Bepushtlikni davolash uchun dorilar
        • Mastopatiyani davolash uchun dorilar
        • Emizishni to‘xtatish uchun dorilar
        • Kolpitga qarshi dorilar
        • Kandidozni davolash uchun dorilar
        • Endometriozga qarshi dorilar
        • Bachadon gipertonusiga qarshi dorilar
        • Tuxumdonlar faoliyati buzilishida qo’llaniladigan dorilar
        • Klimaks paytida qo’llaniladigan dorilar
        • Emizishni yaxshilovchi vositalar
        • Bachadon qisqarishini kuchaytiruvchi dorilar
        • Mioma va eroziyani davolash uchun dorilar
      • Gomeopatik dori vositalari
      • Gormonal dori vositalari
      • Dermatologik dori vositalar      
        • Antiseptiklar va dezinfeksiyalovchi vositalar
        • Psoriaz va ekzemani davolash uchun vositalar
        • Yaralar, jarohatlar va yotoq yaralarni davolash uchun vositalar
        • Chandiqlarni davolash uchun vositalar
        • Akne va husnbuzarlarga qarshi vositalar
        • So’gal va papillomalarga qarshi vositalar
        • Bit va qichimalarga qarshi vositalar
        • Soch to‘kilishiga qarshi va soch o‘sishini rag’batlantiruvchi vositalar
        • Yumshatuvchi va og‘riq qoldiruvchi ta’sirga ega vositalar
        • Teri kasalliklarini davolash uchun zamburug‘ga qarshi vositalar
        • Qichishishga qarshi dori vositalari
        • Teri kasalliklarini davolash uchun mikroblarga qarshi vositalar
        • Qazg’oqqa qarshi vositalar
      • Gemorroyni davolash uchun dori vositalari      
        • Kremlar va mazlar gemorroyga qarshi
        • Shamlar gemorroyga qarshi
        • Tabletkalar gemorroyga qarshi
      • Og‘iz bo‘shlig‘ini davolash uchun dori vositalari      
        • Parodontozni davolash uchun dorilar
        • Stomatitni davolash uchun dorilar
        • Mahalliy og’riq qoldiruvchilar
        • Tishlarni yorib chiqish uchun vositalar
      • Siydik haydovchi dori vositalari
      • Og’riq qoldiruvchi dori vositalari      
        • Bel og‘rig‘iga qarshi dorilar
        • Bosh og‘rig‘i va migrenga qarshi dorilar
        • Tish og‘rig‘iga qarshi dorilar
        • Hayz og‘rig‘iga qarshi dorilar
        • Mushak og‘rig‘iga qarshi dorilar
        • Bo‘g‘imlar og‘rig‘iga qarshi dorilar
        • Mahalliy og’riq qoldiruvchilar
      • Oshqozon-ichak trakti uchun dori vositalari      
        • Qorin dam bo’lishiga qarshi dorilar
        • Gastritga qarshi dorilar
        • Gastroduodenitga qarshi dorilar
        • Diareyaga qarshi dorilar
        • Disbakteriozga qarshi dorilar
        • Kolitga qarshi dorilar
        • Pankreatitga qarshi dorilar
        • Ta’sirlangan ichak sindromi ga qarshi dorilar
        • Oshqozon-ichak trakti spazmlariga qarshi dorilar
        • Enteritga qarshi dorilar
        • Oshqozon yarasiga qarshi dorilar
        • Jig‘ildon qaynashiga qarshi dorilar
        • Qusishga qarshi dorilar
        • Ich yumshatuvchi dorilar
        • Sorbentlar va zaharlanishga qarshi dorilar
        • Ovqat hazm qilishni yaxshilash uchun fermentlar
      • Immunitet uchun dori vositalari      
        • Immunoglobulinlar
        • Immunodepressantlar
        • Immunostimulyatorlar
        • Interferonlar
        • Tarkibida C vitamini, rux va selen bo‘lgan dori vositalari
        • Препараты витамина Д
      • Bronxial astma, bronxospazmni davolash uchun dori vositalari
      • Ko’zlarni davolash uchun dori vositalari      
        • Ko’z uchun boshqa tomchilar
        • Konyuktivitga qarshi dorilar
        • Go’vmijjaga qarshi dorilar
        • Ko’z tomchilari
      • Quloqlarni davolash uchun dori vositalari
      • Qalqonsimon bez kasalliklarini davolash uchun dori vositalari      
        • Yod preparatlari
        • Gipertireozga qarshi dorilar
        • Gipotireozga qarshi dorilar
      • Asab tizimini davolash uchun dori vositalari      
        • Antidepressantlar
        • B guruhi vitaminlari
        • Nootrop dorilar
        • Miya qon aylanishini yaxshilovchi dorilar
        • Migrenga qarshi dorilar
        • Ko‘ngil aynishiga qarshi dorilar
        • Altsgeymer kasalligiga qarshi dorilar
        • Vegetativ-tomir distoniyasi uchun dorilar
        • Bosh aylanishiga qarshi dorilar
        • Bolalar serebral falajida qo’llaniladigan dorilar
        • Uyqusizlikka qarshi dorilar
        • Nevralgiyani davolash uchun dorilar
        • Nevrozga qarshi dorilar
        • Qo‘rquvga qarshi dorilar
        • Shaxs buzilishlarini davolash uchun dorilar
        • Stress va moslashuv buzilishlari uchun dorilar
        • Epilepsiyaga qarshi dorilar
        • Nerv-mushak faoliyatini yaxshilovchi dorilar
        • Tutqanoqga qarshi dorilar
        • Parkinson kasalligiga qarshi dorilar
        • Tinchlantiruvchi dorilar
        • Radikulitni davolash uchun dorilar
        • Trankvilizatorlar (anksiolitiklar)
      • Tayanch-harakat apparati uchun dori vositalari      
        • Miorelaksant dorilar
        • Og‘riq qoldiruvchi mazlar (tayanch-harakat tizimi uchun)
        • Tarkibida kalsiy bo’lgan dori vositalari
        • Osteoxondrozga qarshi dorilar
        • Podagraga qarshi dorilar
        • Pay cho‘zilishiga qarshi dorilar
        • Spondilezga qarshi dorilar
        • Artritga qarshi dorilar
        • Artrozga qarshi dorilar
        • Bursitga qarshi dorilar
        • Miozitga qarshi dorilar
        • Osteoporozga qarshi dorilar
        • Periartritga qarshi dorilar
        • Xondroprotektorlar
        • Qizdiruvchi mazlar va plastirlar
      • Ishtahani ko‘tarish uchun dori vositalari
      • Yurak va qon tomirlar uchun dori vositalari      
        • Antikoagulyant dorilar
        • Antitrombotik dorilar
        • Gipertoniya kasalligiga qarshi dorilar
        • Yurak ishemik kasalligiga qarshi dorilar
        • Metabolizm uchun preparatlar
        • Qonni suyultiruvchi dorilar
        • Xolesterinni pasaytiruvchi dorilar
        • Tomirlarni mustahkamlovchi dorilar
        • Aritmiyaga qarshi dorilar
        • Arterial gipotenziyaga qarshi dorilar
        • Aterosklerozga qarshi dorila
        • Varikozga qarshi dorilar
        • Taxikardiyaga qarshi dorilar
        • Yurak yetishmovchiligi uchun dorilar
      • Zararli odatlardan xalos bo‘lish uchun dori vositalari      
        • Ozish uchun dorilar
        • Alkogolizmga qarshi dorilar
        • Giyohvandlikka qarshi dorilar
        • Chekishga qarshi dorilar
      • Gripp va shamollashga qarshi dori vositalari      
        • Isitmani tushiruvchi dorilar
        • Ingalyatorlar va ingalyatsiyalar uchun dorilar
        • Immunitetni oshirish uchun va virusga qarshi dorilar
        • Tomoq og‘rig‘iga qarshi dorilar
        • Yo’talga qarshi dorilar
        • Burun oqishiga qarshi dorilar
        • Shamollashga qarshi dorilar
      • Qandli diabetga qarshi dori vositalari      
        • Boshqalar Qandli diabetga qarshi dori vositalari
        • Insulin
        • Qondagi qand miqdorini tushiruvchi dorilar
        • I-turdagi qandli diabetda qo’llaniladigan dorilar
        • II-turdagi qandli diabetda qo’llaniladigan dorilar
      • Sil kasalligiga qarshi dori vositalari
      • Zamburug’ga qarshi dori vositalari
      • Allergiyaga qarshi dori vositalari      
        • Allergik dermatit
        • Allergik yo’tal
        • Allergik rinit
        • Anafilaktik shokda qo’llaniladigan dorilar
      • Viruslarga qarshi dori vositalar      
        • Boshqa viruslarga qarshi dori vositalar
        • Onkoviruslarga qarshi dorilar
        • OIV/OITSga qarshi dorilar
        • Gepatit “B”ga qarshi dorilar
        • Gepatit “C”ga qarshi dorilar
        • Koronovirusga qarshi dorilar
        • Suvchechakga qarshi dorilar
        • Gerpesga qarshi dorilar
      • O’simtalarni davolash uchun dori vositalari
      • Revmatizmga qarshi dori vositalari
      • Rentgenokontrast dori vositalari
      • Tuzli eritmalar va parenteral oziqlantirish
      • Parazitlarga qarshi dori vositalari      
        • Ostritsalarga qarshi dorilar
        • Askaridlarga qarshi dorilar
        • Boshqa gijjalarga qarshi dorilar
        • Lyamblyaga qarshi dorilar
      • Zardob va immunoglobulinlar
      • Urologik dori vositalari      
        • Erektil disfunksiyani davolash uchun dorilar
        • Buyrak sanchig‘iga qarshi dorilar
        • Sistitga qarshi dorilar
        • Adenomaga qarshi dorilar
        • Siydik toshi kasalligida qo’llaniladigan dorilar
        • Peshob tuta olmaslikni davolash uchun dorilar
        • Pielonefritga qarshi dorilar
        • Prostatitga qarshi dorilar
        • Uretritga qarshi dorilar
        • Surunkali buyrak yetishmovchiligida qo’llaniladigan dorilar
    • Biologik faol qo’shimchalar va vitaminlar
      • Adaptogenlar
      • Antioksidantlar
      • Ginekologiya va urologiyaga mo’ljallangan qo’shimchalar
      • Jigar va o’t qopi uchun qo’shimchalar
      • LOR va nafas olish organlari uchun qo’shimchalar
      • Ozish uchun qo’shimchalar
      • Vitamin va mineral komplekslar
      • Homilador ayollar uchun vitaminlar
      • Bolalar uchun vitaminlar
      • Ko’z uchun vitaminlar
      • Immunitetni oshirish uchun vitaminlar
      • Teri, soch va tirnoqlar go’zalligi uchun vitaminlar
      • Mushaklar va bo’g’inlar uchun vitaminlar
      • Asab tizimi uchun vitaminlar
      • Yurak va qon tomirlari uchun vitaminlar
      • Shifobaxsh o’simliklar va giyohli choylar
      • Probiotiklar va prebiotiklar
      • Aminokislotalar
      • Shakar o’rnini bosuvchilar
      • Efir moylar
    • Intim vositalar
      • Gellar va surtmalar
      • Prezervativlar      
        • Contex
        • Durex
        • Masculan
        • Viva
        • Vizit
      • Prolongatorlar
      • Potensiya uchun vositalar
    • Tibbiyot buyumlari
      • Dori qutilari
      • Tibbiy buyumlar      
        • Ginekologik to’plamlar
        • Isitkichlar
        • Tahlillar uchun konteynerlar
        • Niqoblar
        • Massaj uchun moslamalar va bankalar
        • Qo’lqoplar
        • Protezlar
        • Qo’l tayoqlar va qo’ltiqtayoqlar
      • Kompression trikotaj      
        • Kompression kolgotkalar, chulki va golfilar
        • Liposaksiyadan keyin qo’llaniladigan mahsulotlari
        • Tortib turadigan ichki kiyimlar
      • Muolajalar uchun vositalar      
        • Kateterlar
        • Sistemalar
        • Sprinsovkalar (klizmalar), tomizgichlar
        • Bir martalik shprislar
      • Tibbiy kiyimlar      
        • Bahillalar
        • Tibbiy xalatlar
      • Bog’lovchi vositalar      
        • Bintlar
        • Tibbiy paxta
        • Doka
        • Plastirlar
        • Steril salfetkalar
      • Testlar      
        • Glyukometr uchun lansetlar
        • Glyukometr uchun test-chizmalar
        • Homiladorlik va ovulyatsiyani aniqlash uchun testlar
        • COVIDni aniqlash uchun ekspress-testlar
      • Bemorlarni parvarish qilish vositalari      
        • Najas qabul qilgichlar
        • Siydik qabul qilgichlar
        • Kattalar uchun pelyonkalar
        • Kattalar uchun tagliklar
        • Siydik tutolmaslikka qarshi prokladkalar
        • Stoma parvarishi uchun vositalar
    • Ortopedik mahsulotlar
      • Applikatorlar
      • Bandajlar      
        • Qo'llar uchun bandajlar
        • Bilaglarni bo'g'imi uchun bandaj
        • Yelka sustavi uchun bandaj
        • Operatsiyadan keyin qo'llash uchun bandaj
        • Bo'yin uchun bandajlar
        • Tug'ishdan oldin qo'llash uchun bandajlar
        • Oyoq bilagi uchun bandajlar
        • Tizza bilagi uchun bandajlar
        • Tirsak bilagi uchun bandajlar
        • Bel bilagi uchun bandajlar
        • Oyoq tovoni uchun bandajlar
        • Grija uchun bandajlar
        • Elastik dokalar
        • Tos suyagi tushish xolatida ishlatish uchun bandajlar
        • Qizdiradigan bandajlar
      • Qomat uchun korrektorlar
      • Bel-dumg‘aza korsetlari
      • Ortopedik poyabzal
      • Ortopedik vkladishlar, tovon osti vositalari, ajratkichlar
      • Ortopedik yostiqlar
      • Ortopedik yarim-pataklar
      • Diabetik pataklar
      • Ortopedik pataklar
      • Tutor
      • Oyoq panjasini tuzatish
      • Ko‘krak-bel korsetlari
    • Tibbiy texnika
      • Glyukometrlar
      • Ingalyatorlar va nebulayzerlar
      • Pulsoximetrlar
      • Stetoskoplar
      • Termometrlar
      • Tonometrlar
    • Ona va bola
      • Ovqatlantirish uchun vositalar
      • Kichkintoylar gigiyenasi      
        • Paxta tayoqchalari
        • Nam salfetkalar
        • Pelyonkalar
        • Tagliklar
        • Sunnat qilgandan kein kiyiladigan ichki kiyimlar
      • Bolalar kosmetikasi      
        • Bolalar prisipka
        • Bolalar krem
        • Bolalar shampun
        • Bolalar yog'
        • Bolalar sovun
        • Bolalar uchun dush gel
      • Bolalar uchun butilkalar va ichish idishlari
      • Bolalar ozuqasi
      • So‘rg‘ichlar va tish chiqishida yordam beradigan mahsulotlar
      • Onalar uchun mahsulotlar      
        • Sut so‘rg‘ichlar
        • Ko‘krak uchun prokladkalar
    Vitargol Forte BAQlar
    Standart sayt
    Kirish
    0 Saralangan
    0 Savat
    • Kabinet
    • 0 Saralangan
    • 0 Savat
      • Til
      • uz
      • ru
    • Brendlar
    • Aksiyalar
    • Xizmatlar
      • Xizmatlar
      • Монтаж оборудования
      • Обслуживание генераторов
      • Сборка мебели
      • Аренда снаряжения
      • Настройка электроники
      • Ремонт техники
    • Kompaniya
      • Kompaniya
      • Kompaniya haqida
      • Xodimlar
      • Karyera
      • Litsenziyalar
    • Blog
    • Ma'lumot
      • Ma'lumot
      • Rekvizitlar
      • Do'konlar
      • Loyihalar
        • Loyihalar
        • Климатическая техника
          • Климатическая техника
          • Поставка и установка бризеров в детском саду
          • Поставка и установка кондиционеров в офисном помещении
        • Мебель
          • Мебель
          • Гостиная в эко-стиле
          • Кухня в стиле модерн
        • Сантехника
          • Сантехника
          • Обустройство санузла в фирменном стиле ресторана
          • Обустройство санузла в частном коттедже
        • Оборудование
          • Оборудование
          • Подбор и поставка оборудования для промышленного предприятия
        • Освещение
          • Освещение
          • Подбор и установка освещения для салона красоты
      • Imkoniyatlar
        • Imkoniyatlar
        • Оформление
        • Кнопки
        • Иконки
        • Elementlar
    • Kontaktlar
    +998(78) 113-13-00
    • Telefonы
    • +998(78) 113-13-00
    • Узбекистан, г.Ташкент, Мирабадский район, ул.Фидокор, дом  32 
    • Dush-Jum: 9:00-18:00
    Bosh sahifa
    Katalog
    Dori vositalari
    Asab tizimini davolash uchun dori vositalari
    Epilepsiyaga qarshi dorilar
    Topepsil tabletkalar 100mg №28
    102eec65ec0a44fce54cd75dc3eb886f

    Topepsil tabletkalar 100mg №28

    Sotuvda yo'q
    Yetkazib berishToshkent boʻylab
    Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
    Topshirish punktidan olishbepul
    Xususiyatlar
    Ishlab chiqaruvchi
    :
    Фармацевтический завод Эгис, ЗАО
    Chiqarilish shakli
    :
    Таблетки
    Barcha xususiyatlar

    Yoʻriqnoma: Topepsil tabletkalar 100mg №28

    Batafsil
    Sotuvda yo'q
    Yetkazib berishToshkent boʻylab
    Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
    Topshirish punktidan olishbepul
    Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.

    Tavsif

    Qo'llanilishi bo'yicha yo'riqnomaYoʻriqnoma: Topepsil tabletkalar 100mg №28

    • Dozalash tartibi
    • O‘rami
    Ushbu ilova-varaqa quyidagi ma'lumotlarni saqlaydi
    1. Topepsil® qobiq bilan qoplangan tabletka preparati nima va u nima uchun qo‘llanadi
    2. Topepsil® qobiq bilan qoplangan tabletka preparatini qabul qilishdan oldin nimalarni bilish kerak
    3. Topepsil® qobiq bilan qoplangan tabletka preparatini qanday qabul qilish kerak
    4. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari
    5. Topepsil® qobiq bilan qoplangan tabletka preparatini qanday saqlash kerak
    6. Yaroqlilik muddati
    7. Dorixonalardan berish tartibi
    8. O‘ram ichidagisi va boshqa ma'lumot
    1. Topepsil® qobiq bilan qoplangan tabletka preparati nima va u nima uchun qo‘llanadi
    Topepsil® «tutqanoqqa qarshi» deb ataluvchi preparatlar guruhiga kiradi.
    U quyidagilarda qo‘llanadi:
    • Kattalarda va 6 yoshdan oshgan bolalarda tirishish xurujlarini davolash uchun monoterapiya sifatida
    • Kattalarda va 2 yoshdan oshgan bolalarda tirishish xurujlarini davolash uchun boshqa preparatlar bilan majmuada
    • Kattalarda migrenda bosh og‘riqlarini bartaraf qilish uchun qo‘llanadi.
    2. Topepsil® qobiq bilan qoplangan tabletka preparati qabul qilishdan oldin nimalarni bilish kerak
    Topepsil® qobiq bilan qoplangan tabletka preparatini quyidagi hollarda qabul qilmang:
    • Agar Sizda topiramatga yoki 8 bo‘limda keltirilgan Topepsil® preparatining har qanday boshqa komponentiga yuqori sezuvchanlik bo‘lsa.
    • migrenni profilaktik davolash vaqtida, agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki agar homilador bo‘lib qolishingiz mumkin bo‘lsa, Siz esa kontratseptsiyaning samarali vositalarini ishlatmasangiz («Homiladorlik va emizish» bo‘limidagi qo‘shimcha ma'lumotga qarang).
    Agar Siz yuqorida keltirilganlar Sizga tegishli ekanligiga ishonchingiz komil bo‘lmasa, Topepsil® preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin buni shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
    Tibbiyotda qo‘llashdagi ehtiyotkorlik choralari
    Agar Sizda quyidagilar bo‘lsa, bu haqida Topepsil® preparatini qabul qilishdan oldin davolovchi shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing:
    • buyrak tomonidan buzilishlar bo‘lsa, ayniqsa siydik-tosh kasalligi bo‘lsa yoki gemodializda bo‘lsangiz
    • qachonlardir qon va organizmning biologik suyuqliklarining kasalliklari (metabolik atsidoz) bo‘lgan bo‘lsa
    • jigar kasalliklari bo‘lsa
    • ko‘z kasalliklari, ayniqsa glaukoma bo‘lsa
    • o‘sishning buzilishi bo‘lsa
    • yog‘larni yuqori iste'mol qilish bilan (ketogen parhez) parhezda bo‘lsangiz
    • aqliy faoliyat buzilishlarini sezsangiz.
    Agar Siz yuqorida keltirilganlar Sizga tegishli ekanligiga ishonchingiz komil bo‘lmasa, Topepsil® preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin buni davolovchi shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
    Shifokor bilan maslahatlashmasdan preparatni qabul qilishni to‘xtatmaslik muhim.
    Shuningdek, Siz topiramat saqlovchi har qanday preparatlarni, ular Sizga Topepsil® preparatining o‘rniga buyurilganida, qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashishingiz kerak.
    Agar Siz Topepsil® preparatini qabul qilayotgan bo‘lsangiz, Sizda tana vazni kamayishi mumkin, shuning uchun bu preparat bilan davolanishda tana vaznini muntazam nazorat qilish kerak. Agar Sizda tana vazni haddan ziyod kamaysa yoki bolada bu preparat bilan davolanishda tana vazni yetarli darajada ko‘paymasa, shifokor bilan maslahatlashish kerak.
    Kam odamlarda tutqanoqqa qarshi preparatlar, shu jumladan Topepsil® preparati bilan davolanish fonida, o‘ziga zarar keltirish yoki xatto o‘zini-o‘zi o‘ldirish haqida fikrlar paydo bo‘lishi mumkin. Agar Siz o‘zingizda har qanday vaqtda shunday fikrlarni sezsangiz, darhol shifokorga murojaat qiling.
    Boshqa dori vositalari va Topepsil® qobiq bilan qoplangan tabletka preparati
    Davolovchi shifokorga yoki farmatsevtga Siz qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan yoki qabul qilishni rejalashtirayotgan, shu jumladan retseptsiz beriladigan har qanday dori vositalari haqida xabar qiling. Topepsil® va ayrim boshqa preparatlar bir-birlarining ta'siriga ta'sir qilishi mumkin. Ba'zida, Siz qabul qilayotgan preparatlarning yoki Topepsil® preparatining dozalariga tuzatish kiritish talab etiladi.
    Xususan, agar Siz quyidagilarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz, davolovchi shifokorga yoki farmatsevtga xabar qiling:
    • Fikrlashga ta'sir qiluvchi, diqqatni jamlash, harakat koordinatsiyasiga yoki ularni buzuvchi (masalan, markaziy nerv tizimining faolligini bostiruvchi, xususan miorelaksantlar va sedativ preparatlar) boshqa preparatlar.
    • Homiladorlikni oldini oluvchi vositalar. Topepsil® homilaga qarshi vositalarning samaradorligini pasaytirishi mumkin.
    Sizda homiladorlikni oldini oluvchi vositalar va Topepsil® preparatini qabul qilish davrida kuzatilgan hayz ko‘rish siklining barcha o‘zgarishlari haqida davolovchi shifokoringizga xabar qiling.
    Siz qabul qilayotgan dori vositalar ro‘yxatini tuzing. Yangi preparat bilan davolashni boshlashdan oldin bu ro‘yxatni davolovchi shifokoringizga va farmatsevtga ko‘rsating.
    Bundan tashqari, Sizga davolovchi shifokoringiz yoki farmatsevt bilan qator boshqa preparatlarni, shu jumladan tutqanoqqa qarshi boshqa preparatlar, risperidon, litiy preparatlari, gidroxlortiazid, metformin, pioglitazon, glibutid, amitriptilin, propranolol, diltiazem, venlafaksin, flunarazin, dalachoy (Hypericum perforatum) saqlovchi fitopreparatlarni qabul qilishni hal qilish kerak.
    Agar Siz yuqorida keltirilganlar sizga tegishliligiga ishonchingiz komil bo‘lmasa, Topepsil® preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin buni davolovchi shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
    Topepsil® qobiq bilan qoplangan tabletka preparatini ovqat,ichimliklar va alkogol bilan qabul qilish
    Topepsil® ni ovqatni qabul qilishdan qat'iy nazar qabul qilish mumkin. Topepsil® preparati bilan davolash fonida kun davomida siydik toshlarining hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ko‘p miqdorda suyuqlik qabul qiling. Topepsil® preparati bilan davolanganda spirtli ichimliklarni qabul qilishdan saqlaning.
    Fertillik, homiladorlik va emizish
    Agar Siz homilador bo‘lsangiz, bola emizsangiz, homiladorman deb hisoblansangiz yoki homiladorlikni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, ushbu preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin davolovchi shifokoringizga yoki farmatsevtga bu haqida xabar bering.
    Homiladorlik
    Davolovchi shifokoringiz Sizga Topepsil® ni qabul qilish mumkinligini hal qiladi. Topiramatni boshqa tutqanoqqa qarshi preparatlar kabi homiladorlikda qo‘llash tug‘ilmagan bolaga zarar keltirish xavfi bilan kechadi. Sizga Topepsil® preparatini homiladorlikda tutqanoqni davolash uchun qo‘llashning foydasi va xavfi nisbatini aniq tasavvur qilishingiz kerak.
    Agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki agar homiladorlik boshlanishi mumkin bo‘lsa, ammo Siz kontratseptsiyaning samarali vositalarini ishlatmayotgan bo‘lsangiz, migrenni oldini olish uchun Topepsil® ni qabul qilmasligingiz kerak.
    Emizish
    Topepsil® preparatini qabul qilayotgan onalar, agar bolada har qanday odatdagi bo‘lmagan simptomlar paydo bo‘lsa, iloji boricha tezroq davolovchi shifokorga xabar qilishlari kerak.
    Agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki emizsangiz, har qanday preparatlarni qabul qilishdan oldin shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
    Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
    Topepsil® preparati bilan davolash vaqtida bosh aylanishi, toliqish, ko‘rishni buzilishi rivojlanishi mumkin. Rulga o‘tirishdan, asboblardan foydalanishdan va murakkab mexanizmlarini boshqarishdan oldin davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing.
    Topepsil® qobiq bilan qoplangan tabletka preparati laktoza saqlaydi
    Topepsil® preparati laktoza saqlaydi. Agar davolovchi shifokor Sizga ayrim qandlarni o‘zlashtiraolmasligingizni ma'lum qilgan bo‘lsa, ushbu preparatni qabul qilishdan oldin albatta davolovchi shifokor bilan maslahatlashing.
    3. Topepsil® qobiq bilan qoplangan tabletka preparatini qanday qabul qilish kerak
    Har doim ushbu preparatni shifokorning qat'iy ko‘rsatmasi bo‘yicha qabul qiling. Agar Sizda savollar paydo bo‘lsa, davolovchi shifokoringiz yoki farmatsevtga murojaat eting.

    Dozalash tartibi

    Odatda davolovchi shifokor Topepsil® preparati bilan davolashni kichik dozadan boshlaydi va asta-sekin dozani Siz uchun samaraliroq bo‘lgan doza aniqlangunicha oshiradi.
    Qo‘llash usuli
    • Topepsil® tabletkalarini butunligicha yutish kerak. Tabletkalarni chaynamaslikka harakat qiling, chunki u og‘izda achchiq ta'm qoldirishi mumkin.
    • Topepsil® preparatini ovqatdan oldin, ovqat vaqtida yoki undan keyin qabul qilish mumkin. Topepsil® preparati bilan davolash fonida siydik toshlarining hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun, kun davomida ko‘p miqdorda suyuqlik qabul qiling.
    Agar Siz Topepsil® qobiq bilan qoplangan tabletka preparatini keragidan ko‘p qabul qilgan bo‘lsangiz
    • Darhol shifokorga murojaat qiling. O‘zingiz bilan preparatning o‘ramini olib boring.
    • Siz uyquchanlik yoki charchoqlikni sezishingiz mumkin yoki Sizda odatdagi bo‘lmagan tananing harakati, turish va yurishga harakat qilganda buzilishlar, nutqni yoki diqqatni jamlashda qiyinchiliklar, ikkilangan ko‘rish yoki ko‘rishni buzilishi, past arterial bosim oqibatida bosh aylanishi, tushkin kayfiyat yoki hayajonlanish, qorinda og‘riq yoki tirishish xurujlari paydo bo‘lishi mumkin.
    Agar Siz Topepsil® preparati bilan boshqa preparatlarni qabul qilsangiz, dozani oshirib yuborilish hollari rivojlanishi mumkin.
    Agar Siz Topepsil® qobiq bilan qoplangan tabletka preparatini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz
    • Agar Siz preparatning dozasini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz, bu haqida eslashingiz bilan darhol qabul qiling. Ammo agar keyingi dozani qabul qilish vaqti yaqinlashgan bo‘lsa, o‘tkazib yuborilgan dozani qabul qilmang, davolashni odatdagi sxema bo‘yicha davom ettiring. Agar Siz ikki yoki undan ko‘p dozani o‘tkazib yuborsangiz, davolovchi shifokorga murojaat qiling.
    • O‘tkazib yuborilgan dozaning o‘rnini qoplash uchun ikkilangan dozani (ikkita tabletkani bir vaqtda) qabul qilmang.
    Agar Siz Topepsil® qobiq bilan qoplangan tabletka preparatini qabul qilishni to‘xtatsangiz
    Davolovchi shifokoringiz Sizga preparatni qabul qilishni to‘xtatishni taklif qilmasidan oldin to‘xtatmang. Sizning kasalligingizning simptomlari qaytalanishi mumkin. Agar davolovchi shifokoringiz ushbu preparatni qabul qilishni to‘xtatish haqida qaror qabul qilgan bo‘lsa, preparatning dozasi asta-sekin bir necha kun davomida pasaytirilishi kerak.
    Agar Sizda bu preparatani qo‘llash bo‘yicha qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, davolovchi shifokorga yoki farmatsevtga murojaat qiling.
    4. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari
    Barcha dori preparatlari kabi ushbu preparat ham nojo‘ya samaralar chaqirishi mumkin, biroq ular hamma patsiyentlarda ham paydo bo‘lavermaydi.
    Quyida sanab o‘tilgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralarining tez-tezligi quyidagiga muvofiq aniqlanadi:
    Juda tez-tez (10 dan 1 patsiyentdan ko‘prog‘ida rivojlanadi)
    Tez-tez (10 dan 1 patsiyentdan kamrog‘ida rivojlanadi)
    Tez-tez emas (100 dan 1 patsiyentdan kamrog‘ida rivojlanadi)
    Kam hollarda (1000 dan 1 patsiyentdan kamrog‘ida rivojlanadi)
    Juda kam hollarda (10000 dan 1 patsiyentdan kamrog‘ida rivojlanadi)
    Noma'lum (mavjud ma'lumotlar bo‘yicha rivojlanish tez-tezligini aniqlash mumkin emas).
    Agar Sizda quyidagi nojo‘ya samaralar rivojlansa, darhol davolovchi shifokoringizga murojaat eting va Sizga tibbiy yordam ko‘rsatishini so‘rang:
    Juda tez-tez rivojlanadigan nojo‘ya samaralari:
    • depressiya
    Tez-tez uchraydigan nojo‘ya samaralari:
    • tirishish hurujlari
    • havotirlik, ta'sirchanlik, kayfiyatni o‘zgarishi, ongni chalkashishi, oriyentatsiyani buzilishi
    • diqqatni jamlash bilan bog‘liq muammolar, fikrlash jarayonini sekinlashishi, hotirani yo‘qolishi, xotirani buzilishi (ushbu jarayonni birinchi namoyon bo‘lishi yoki to‘satdan o‘zgarishi yoki og‘irligini yomonlashishi)
    • buyrakda toshlar, tez-tez siyish yoki siyganda og‘riq
    Tez-tez bo‘lmagan nojo‘ya samaralar:
    • qonda kislotalik darajasini oshishi (hansirash, havo yetmaslik hissi, ishtahani yo‘qolishi, ko‘ngil aynishi, qusish, yuqori toliqish, yurak ritmini tezlashishi yoki buzilishini chaqirishi mumkin)
    • terlashni kamayishi yoki terlamaslik
    • o‘ziga zarar yetkazish haqida fikrlash yoki o‘ziga zarar yetkazishga urinishlar
    Kam hollarda uchraydigan nojo‘ya samaralari:
    • glaukoma (ko‘zda suyuqlikni tutilishi, bu ko‘z ichki bosimini oshishiga, og‘riq yoki ko‘rishni buzilishiga olib kelishi mumkin)
    • teri tomonidan og‘ir reaktsiyalar, shu jumladan hayot uchun xavf soluvchi Stivens-Djonson sindromi, bunda terini tashqi qavatini ko‘chishi kuzatiladi va ko‘p shaklli eritema – ter yuzasidan ko‘tarilib turuvchi qizil toshma va pufaklar rivojlanishi bilan kechuvchi holat.
    Rivojlanish tez-tezligi noma'lum nojo‘ya samaralari:
    • Stivens-Djonson sindromining og‘ir shakli hisoblangan toksik epidermal nekroliz (terining yuqori qavatini toksik shikastlanishi).
    Boshqa nojo‘ya samaralar:
    Juda tez-tez rivojlanadigan nojo‘ya samaralari
    • Vaznni yo‘qotish
    • Qo‘l va oyoqlarda sanchilish hissi
    • uyqusizlik
    • Bosh aylanishi
    • Diareya
    • Ko‘ngil aynishi
    • Burunni bitishi, tumov, tomoqda og‘riq
    • Toliqish
    Tez-tez uchraydigan nojo‘ya samaralari
    • Xulqni o‘zgarishi, shu jumladan g‘azab, asabiylik, agressiya
    • Tana vaznini oshishi
    • Ishtahani pasayishi yoki yo‘qolishi
    • Qonda eritrotsitlar miqdorini kamayishi (anemiya)
    • Noaniq nutq, gaplashish orqali muomala qilish bilan bog‘liq muammolar, nutqni buzilishi
    • Beso‘naqaylik, harakat koordinatsiyasini o‘zgarishi, yurishni buzilishi
    • Aqliy faoliyatni buzilishi
    • Har kungi faoliyat vazifalarini bajarish qobiliyatini buzilishi
    • Ishtiyoqni yo‘qolishi
    • Tinchlantiruvchi harakat
    • Qo‘l va oyoqlarni ixtiyorsiz titrashi
    • Hid bilish va umumiy sezuvchanlikni pasayishi
    • Ko‘zlarning ixtiyorsiz harakati
    • Ta'm bilishni o‘zgarishi
    • Ko‘rishni buzilishi, noaniq ko‘rish, ikkilangan ko‘rish, ko‘rishni yomonlashishi, akkomodatsiyani yomonlashishi
    • Quloqlarda shang‘illash
    • Bosh aylanishi (vertigo)
    • Quloqlarda shang‘illash
    • Quloqlarda og‘riq
    • Havoni yetishmasligi
    • Yo‘tal
    • Burun qonashi
    • Burun bitishi
    • Qusish
    • Qabziyat
    • Qorinda og‘riq, qorinda yoki me'dada yoqimsiz hislar
    • Me'dani yallig‘lanishi
    • Ovqat hazm qilishni buzilishi
    • Me'da yoki ichak infektsiyalari
    • Og‘izni qurishi
    • Og‘izda sanchilish yoki uvishish hissi
    • Sochlarni to‘kilishi
    • Teri toshmalari va/yoki teri qichishishi
    • Bo‘g‘imlarda og‘riq
    • Mushak spazmlari, mushaklarning tirishishli harakatlari, mushak zaifligi
    • Ko‘krak qafasida og‘riqlar
    • Isitma
    • Kuchni yo‘qolishi (asteniya)
    • Umumiy lohaslik
    • Allergik reaktsiyalar (masalan, teri toshmasi, qizarishi, qichishish, yuzni shishi, eshakemi)
    • Uyquga ketishni qiyinlashishi yoki tungi uyg‘onishlarsiz tush ko‘rishni qiyinligi
    Tez-tez bo‘lmagan nojo‘ya samaralar
    • Siydik chiqarish tizimida kristallarni yoki mayda toshlarni paydo bo‘lishi
    • Qonning klinik tahlilidagi buzilishlar, shu jumladan oq qon tanachalari (leykopeniya) yoki trombotsitlar (qon plastinkalari) sonini kamayishi yoki eozinofillar sonini oshishi
    • Yurak ritmini notekisligi yoki sekinlashishi, ko‘krak qafasida kuchli yurak urishi hissi
    • Bo‘yin, qo‘ltiq osti yoki chov limfa tugunlarining shishi
    • Tirishish xurujlarini rivojlanish tez-tezligini oshishi
    • O‘qish va nutqli muloqatni buzilishi
    • So‘lak oqishi
    • Bezovtalik yoki aqliy va jismoniy faollikni oshishi
    • Xushni yo‘qotish
    • Xushdan ketish
    • Harakatlarni sekinlashishi yoki hajmini kamayishi
    • Mushaklarni ixtiyorsiz normal bo‘lmagan yoki takrorlanuvchi harakatlari
    • Uyquning davomiyligini yoki sifatini buzilishi, yuqori uyquchanlik
    • Hid bilishni susayishi yoki buzilishi
    • Xusnixatni buzilishi
    • Teri ostida qimirlash hissi
    • Ko‘z tomonidan buzilishlar, shu jumladan ko‘zlarni qurishi, yorug‘likka yuqori sezuvchanlik, ixtiyorsiz harakatlar, ko‘zni yoshlanishi, ko‘rishni yomonlashishi, ko‘rish maydonlarini tushib qolishi, ko‘zlarda odatdagi bo‘lmagan hislar, qovoqlarni tirishishsimon qisqarishi, ko‘zlarda yorqin yorug‘likni his qilish
    • Eshitishni pasayishi yoki yo‘qolishi, eshitishni bir tomonlama yo‘qolishi, quloqlarda yoqimsiz hislar
    • Ovozni dag‘allashishi (disfoniya)
    • Me'da osti bezini yallig‘lanishi
    • Ichakda gaz hosil bo‘lishi
    • Jig‘ildon qaynashi
    • Og‘iz bo‘shlig‘ida sezuvchanlikni buzilishi, ta'm bilishni yomonlashishi
    • Milklarni qonashi, ko‘p so‘lak ajralishi
    • Qorinni to‘lib ketganligi hissi yoki dam bo‘lishi, qorinda og‘riq, bosganda og‘riq
    • Qorinning yuqori sohasida og‘riq
    • Og‘izda og‘riq yoki achishish hissi
    • Og‘izdan hid kelishi
    • Tilda og‘riq
    • Siydikni ixtiyorsiz ajralishi, siydikda qon paydo bo‘lishi
    • Siyishga imperativ qistovlar, chov sohasida og‘riq
    • Buyrak sohasida og‘riq
    • Mastlik holati
    • Asabiylik
    • Yuz sezuvchanligini pasayishi
    • Eshakemi
    • Terini qizarishi va tananing barcha sohasida qichishish
    • Teri rangini o‘zgarishi
    • Terini lokal shishi
    • Allergiya chaqirgan terini yallig‘lanishi
    • Yuzni shishi
    • Bo‘g‘imlarni shishi
    • Skelet mushaklarining karaxtligi, belda og‘riq
    • Mushaklarda toliqish hissi
    • Qonda kaliy miqdorini kamayishi
    • Ishtahani oshishi
    • Isitma
    • Chanqoqlik, normal bo‘lmagan katta miqdorda suyuqlikni iste'mol qilish
    • Past arterial bosim yoki turganda arterial bosimni pasayishi (buning natijasida topiramat qabul qilayotgan ayrim patsiyentlarda bosh aylanishi, hushdan ketishdan oldingi hislar yoki yotgan holatdan o‘tirgan holatga yoki turganda tananing holatini to‘satdan o‘zgartirganda hushdan ketish rivojlanishi mumkin)
    • Qonni oqib kelishi, qizib ketish hissi
    • Grippsimon kasalliklar
    • Lohaslik
    • Oyoq-qo‘llarni sovushi (masalan, qo‘l barmoqlarini, oyoq barmoqlarini va yuzni)
    • Ta'lim olish qobiliyatini pasayishi
    • Seksual faoliyatni buzilishi (erektil disfunktsiya, libidoni yo‘qolishi)
    • Gallyutsinatsiyalar
    • Spontan nutqli muloqat qobiliyatini pasayishi
    • Jigar fermentlari darajasini oshishi
    • Eyforiya, kayfiyatni ko‘tarilishi
    • Apatiya, emotsional qashshoqlik (emotsiyani yo‘qligi, emotsiyani namoyon qilaolmaslik)
    • Odatdagi bo‘lmagan gumonsirash
    • Panik xuruj
    • Fikrlashni sekinlashishi, tetiklikni va diqqatni jamlashni buzilishi
    • Normal bo‘lmagan hid bilish, hid bilishni o‘zgarishi
    • Yig‘i
    • Duduqlanish
    • Takroriy nutq, perseveratsiyalar
    • Chalg‘ish
    • Achishish hissi
    • Sezuvchanlikni buzilishi
    • Miyacha sindromi (harakat koordinatsiyasiga ta'sir qiluvchi bosh miya faoliyatini nasliy buzilishi)
    • Stupor (patsiyent og‘riqdan tashqari stimullarga javob bermaydi)
    • Beso‘naqaylik
    • Migren yoki ba'zi tirishish xurujlarining turlarining oldindan xabar beruvchi belgisi bo‘lishi mumkin bo‘lgan, odatdagi bo‘lmagan his/sezgi
    • Periferik nevropatiya (qo‘l va oyoq nervlarini shikastlanishi)
    • Yuklamada havo yetmaslik hissi
    • Burun old bo‘shliqlari sekretini ishlab chiqarilishini oshishi
    • Harakat koordinatsiyasi testini normal bo‘lmagan natijasi (“test tandemi”)
    Kam hollarda uchraydigan nojo‘ya samaralari
    • Oq qon tanachalari miqdorini kamayishi (neytropeniya)
    • Qonda kislotalikni oshishi
    • Kayfiyatni normal bo‘lmagan oshishi (maniya, gipomaniya)
    • Panik buzilishlar
    • Umidsizlik hissi
    • O‘rgangan, majmuaviy harakatlarni bajarish qobiliyatini yo‘qolishi (apraksiya)
    • Uyqu ritmini buzilishi
    • Terini haddan ziyod sezuvchanligi
    • Jigarni yallig‘lanishi, jigar yetishmovchiligi
    • Hid bilishni buzilishi
    • Qaltirash (essentsial tremor)
    • Harakatlarni boshlashni imkoniyatini yo‘qligi (akineziya)
    • Stimullarga reaktsiyani yo‘qligi
    • Bir tomonlama ko‘rlik, vaqtinchalik ko‘rlik, tungi ko‘rlik, akkomodatsiya bilan bog‘liq ko‘rish tomonidan muammolar, yorug‘, ostsillilyatsiyalangan nuqtalar bilan tubni his qilish defekti
    • Ko‘z va ko‘z atrofidagi to‘qimalar shishi
    • Ko‘rishni noaniqligi
    • Siydik kanalida (buyrakni qovuq bilan bog‘lovchi kanallar) mayda toshlarni hosil bo‘lishi.
    • Buyrak kanalchalarida kislotalikni oshishi (buyrak faoliyatini buzilishi)
    • Teridan yoqimsiz hid kelishi
    • Ko‘z atrofidagi to‘qimani shishi va yuzni shishi
    • Mahalliy eshakemi
    • Qo‘l va oyoqda diskomfort hissi
    • Reyno sindromi. Bu barmoqlarni, tovonni, quloqlarni, og‘riq va sovuqqa yuqori sezuvchanlik bilan kechuvchi qon tomirlarini shikastlaydigan kasallik.
    • To‘qimalarning kaltsifikatsiyasi (kaltsinoz)
    • Qonda bikarbonatlar miqdorini pasayishi.
    Rivojlanish tez-tezligi noma'lum nojo‘ya samaralari
    • Makulopatiya – makulani – ko‘rish dog‘i, eng yuqori ko‘rish aniqligi bilan bo‘lgan to‘rsimon qavatning kichik sohasini shikastlanishi. Agar Siz ko‘rish aniqligini o‘zgarishini yoki pasayishini sezsangiz, davolovchi shifokoringizga murojaat qiling.
    • Allergiya bilan bog‘liq shishlar
    • Ko‘z kon'yunktivasining shishi
    • Ko‘z harakatini buzilishi
    Bolalar va o‘smirlar
    Bolalardagi nojo‘ya samaralari odatda kattalardagi nojo‘ya reaktsiyalarga o‘xshash. Ammo, kattalarga nisbatan bolalarda ba'zi nojo‘ya samaralar yoki ko‘proq kuzatiladi va/yoki og‘irroq bo‘lishi mumkin.
    Bolalarda kuzatiladigan og‘irroq nojo‘ya samaralarga terlamaslik va qonda kislotalikni oshishi kiradi.
    Bolalarda ko‘proq kuzatiladigan nojo‘ya samaralar yuqori nafas yo‘llari kasalliklarini o‘z ichiga oladi.
    Ikki tomonlama yashirin nazoratlangan tadqiqot natijalariga ko‘ra kattalarga nisbatan bolalarda ko‘proq (ikki yoki undan ko‘p marta) kuzatiladigan nojo‘ya samaralarga quyidagilar kiradi:
    Ishtahani pasayishi, ishtahani oshishi, giperxloremik atsidoz (qonda xlor ionlari kontsentratsiyasini oshishi), gipokaliyemiya, normal bo‘lmagan hulq, tajavuzkorlik, apatiya, uyquga ketishni qiyinlashishi, o‘z joniga suiqasd qilish fikri, diqqatni jamlashni buzilishi, lohaslik, loqaydlik, uyquni sutkalik ritmini buzilishi, uyqu sifatini buzilishi, ko‘z yoshi oqishini oshishi, yurak ritmini sekinlashishi (sinus bradikardiya), o‘zini g‘ayrioddiy/normal bo‘lmagan his qilish, harakatlanishni buzilishi.
    Kattalarda emas faqat bolalarda kuzatiladigan nojo‘ya samaralarga quyidagilar kiradi: eozinofiliya, psixomotor giperreaktivlik, bosh aylanishi (vertigo), qusish, tana haroratini oshishi (gipertermiya), isitma (pireksiya), ta'lim olish qobiliyatini yo‘qolishi.
    Nojo‘ya samaralar haqida xabar berish
    Har qanday nojo‘ya samaralar aniqlanganida yoki ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan samaralar aniqlanganida, shifokorga yoki farmatsevtga murojaat qiling.
    Nojo‘ya samaralar haqida xabar berib, Siz ushbu preparatning xavfsizligi haqida qo‘shimcha ma'lumot olishga yordam bergan bo‘lasiz.
    5. Topepsil® qobiq bilan qoplangan tabletka preparatini qanday saqlash kerak
    Bolalar olaolmaydigan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
    Agar ko‘zga ko‘rinadigan shikastlanish belgilari (masalan, rangini o‘zgarishi) aniqlansa, Topepsil® preparatini qabul qilmang.
    6. Yaroqlilik muddati
    Yaroqlilik muddati o‘ramida ko‘rsatilgan.
    Topepsil® preparatini o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmang.
    Ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuni yaroqlilik muddatining tugagan sanasi hisoblanadi.
    Ushbu dori preparati maxsus saqlash sharoitini talab qilmaydi.
    Dori vositasini maishiy chiqindi yoki oqava suvlarga tashlash mumkin emas. Agar boshqa kerak bo‘lmagan preparatni tashlab yuborishning zarurati bo‘lsa, farmatsevt bilan maslahatlashing. Bu choralar atrof-muhitning ifloslanishni oldini olishga yordam beradi.
    7. Dorixonalardan berish tartibi
    Shifokor retsepti bo‘yicha beriladi.
    8. O‘ram ichidagisi va boshqa ma'lumot
    Topepsil® qobiq bilan qoplangan tabletka preparati nimalarni saqlaydi
    Ta'sir etuvchi modda: topiramat.
    Har bir Topepsil® qobiq bilan qoplangan tabletka 25 mg, 50 mg, 100 mg, 200 mg topiramat saqlaydi.
    Yordamchi moddalar:
    Topepsil® qobiq bilan qoplangan tabletkalar 25 mg
    Laktoza monogidrati, natriy karboksimetilkraxmal (A turi), kopovidon, magniy stearati, suvsiz kolliod kremniy dioksidi, gipromelloza, polidekstroza, makrogol 8000, titan dioksidi, trietiltsitrat
    Topepsil® qobiq bilan qoplangan tabletkalar 50 mg
    Laktoza monogidrati, natriy karboksimetilkraxmal (A turi), kopovidon, magniy stearati, suvsiz kolliod kremniy dioksidi, temir (III) oksidi, temir (II) oksidi, makrogol 3350, polivinil spirti, talk, titan dioksidi
    Topepsil® qobiq bilan qoplangan tabletkalar 100 mg
    Laktoza monogidrati, natriy karboksimetilkraxmal (A turi), kopovidon, magniy stearati, suvsiz kolliod kremniy dioksidi, makrogol 3350, polivinil spirti, talk, titan dioksidi, temir (II) oksidi
    Topepsil® qobiq bilan qoplangan tabletkalar 200 mg
    Laktoza monogidrati, natriy kraxmalglikolyati (A turi), kopovidon, magniy stearati, suvsiz kolliod kremniy dioksidi, temir (III) oksidi, makrogol 3350, polivinil spirti, talk, titan dioksidi
    Topepsil® preparatining tashqi ko‘rinishi va o‘ramining ichidagisi
    Tashqi ko‘rinishi
    Topepsil® qobiq bilan qoplangan tabletkalar 25 mg
    Oq, dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, bir tomonida «T» yozuvli gravirovkasi va boshqa tomonida «25» soni bo‘lgan qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
    Topepsil® qobiq bilan qoplangan tabletkalar 50 mg
    To‘q sariq, dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, bir tomonida «T» yozuvli gravirovkasi va boshqa tomonida «50» soni bo‘lgan qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
    Topepsil® qobiq bilan qoplangan tabletkalar 100 mg
    Sariq, dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, bir tomonida «T» yozuvli gravirovkasi va boshqa tomonida «100» soni bo‘lgan qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
    Topepsil® qobiq bilan qoplangan tabletkalar 200 mg
    Pushti, dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, bir tomonida «T» yozuvli gravirovkasi va boshqa tomonida «200» soni bo‘lgan qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

    O‘rami

    14 qobiq bilan qoplangan tabletkalar blister o‘ramlarga qadoqlangan. 2 blister (28 tabletka) qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
    MARKETING LITSENZIYASINING EGASI VA ISHLAB CHIQARUVCHI
    «FARMATSEVTICHESKIY ZAVOD EGIS» YOAJ
    1106 Budapesht, Keresturi ko‘chasi, 30-38
    VENGRIYa
    Ishlab chiqarish maydonchasi
    «FARMATSEVTICHESKIY ZAVOD EGIS» YOAJ
    1106 Budapesht, Byokenfyoldi ko‘chasi, 118-120,
    VENGRIYA

    Diqqat!

    Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.

    Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.

    Xususiyatlar

    Ishlab chiqaruvchi
    Фармацевтический завод Эгис, ЗАО
    Chiqarilish shakli
    Таблетки
    Katalog
    Aksiyalar
    Brendlar
    Blog
    Toʻlov shartlari
    Yetkazib berish shartlari
    Kontaktlar
    Yetkazib berish punktlari
    Biz bilan bog'lanish
    +998(78) 113-13-00
    +998(78) 113-13-00
    Email
    info@pharmaclick.uz
    Manzil
    Узбекистан, г.Ташкент, Мирабадский район, ул.Фидокор, дом  32 
    Ish tartibi
    Dush-Jum: 9:00-18:00
    info@pharmaclick.uz
    Узбекистан, г.Ташкент, Мирабадский район, ул.Фидокор, дом  32 
    To'lovga qabul qilamiz
    Konfidensiallik
    Oferta
    © 2026

    O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN DAVOLANISH SOG‘LIG‘INGIZ UCHUN ZARARLI BO‘LISHI MUMKIN. DORINI QO‘LLASHDAN OLDIN SHIFOKOR BILAN MASLAHATLASHING.

    pharmaclick.uz, saytining barcha resurslari, jumladan (ammo bular bilan cheklanmagan holda) matn, grafik, foto va video ma’lumotlar, sahifalarning tuzilishi, dizayni va ko‘rinishi, domen nomi hamda firma nomi mualliflik huquqi va intellektual mulk huquqi obyektlari hisoblanadi. Huquq egasining oldindan roziligisiz ushbu sayt sahifalari mazmuni va kontentidan boshqa maydonlarda har qanday tarzda foydalanish taqiqlanadi. Shuningdek, internet foydalanuvchilarida taqdim etilgan materiallarning pharmaclick.uzsaytiga aloqasi yo‘q degan taassurot uyg‘otishi mumkin bo‘lgan boshqa har qanday xatti-harakatlar ham taqiqlanadi.

    Kirish yoki roʻyxatdan oʻtish Telefon raqamingizni kiriting
    Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz
    Login va parol bilan kirish
    SMSdan kodni kiriting Biz kodni raqamiga yubordik
    Qayta yuborish 01:30 dan keyin mumkin Kodni qayta yuborish
    Bosh sahifa Katalog 0 Savat Kabinet Aksiyalar