Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
| Nomi | Narx | |||||
| Спеман таб №100 (112500731##2565) |
UZS 124 100
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkentdagi topshirish punktigacha yetkazib berish bepul.
Toshkent bo‘yicha
bepul
Kuryer bilan eshikkacha
Eshikgacha 30-40 daqiqa ichida yetkazib beriladi. Yetkazib berish xizmatining ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni soat 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent bo‘yicha
8 000 so‘mdan boshlab yetkazib berish manzilini hisobga olgan holda avtomatik ravishda hisoblanadi
| Yetkazib berish | Toshkent bo‘yicha | |
| Topshirish punktidan olib ketish | bepul |
Toshkentdagi topshirish punktigacha yetkazib berish bepul.
|
| Kuryer bilan eshikkacha | 8 000 so‘mdan boshlab yetkazib berish manzilini hisobga olgan holda avtomatik ravishda hisoblanadi |
Доставка до двери в 30-40 минут. Время работы службы доставки с 9-00 до 21-00 ежедневно без выходных.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Порошок: клубней ятрышника мужского, семян астерканта длиннолистного, семян латука компасного
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Hindiston
Производитель
The Himalaya Drug Company
Chiqarillish shakli
Tabletkalar
Speman tab. №100 haqida va yo'riqnoma
Savdo nomi
Speman
Dori shakli
Tabletkalar
Tarkibi
Spemanning har bir tabletkasi quyidagilarni saqlaydi
Faol komponentlar
Kukunlar 65 mg uxlatadigan vitaniya ildizi (Withania somnifera), 32 mg uzun bargli asterkant urug‘i (Astercantha longifolia), 16 mg kompas latuk urug‘i (Lactuca scariola), 16 mg baxmal qichishtiruvchi loviya urug‘i (Mucuna pruriens), 16 mg mozaikali oltin (Suvarnavang). Ekstraktlar 32 mg chiroyli argireya ildizi (Argyreia speciosa), 32 mg yerbag‘rli temirtikan mevalari (Tribulus terrestris), 32 mg to‘rsimon leptadeniya poyasi (Leptadenia reticulate), 16 mg marvarid parmeliya qavati (Parmelia perlata).
Yordamchi moddalar magniy stearati, mikrokristall sellyuloza, krospovidon, natriy karboksimetiltsellyuloza, aerosil (kolloid kremniy dioksidi).
Ta'rifi
Dumaloq, ikki yoqlama qavariq, och-jigarrangdan to‘q-jigarranggacha rangli dog‘lari bo‘lgan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
O‘simliklardan olingan prostataning xavfsiz giperplaziyasini davolash uchun vosita.
ATX kodi G04BX.
Farmakologik ta'siri
Tabletkalarning tarkibiga kiruvchi o‘simliklarning ta'sir etuvchi moddalari spermatogenezni rag‘batlantiradi, spermatoidlarning faolligini oshiradi, spermaning yopishqoqligini pasaytiradi, prostata bezidagi dimlanish ko‘rinishlarini kamaytiradi, prostata bezini xavfsiz kattalashishida dizurik buzilishlarning yaqqollik darajasini kamaytiradi.
Qo‘llanilishi
Prostata bezining xavfsiz giperplaziyasini simptomatik davolash uchun oligospermiyada spermatozoidlarning xarakatchanligi pasayganida qo‘llanadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning alohida komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Qo‘llash usuli va dozalari
.
Ichga buyuriladi. Prostata bezini xavfsiz kattalashishi dastlab 2 tabletkadan kuniga 2-3 marta, keyinchalik erishilgan samarani bir maromda saqlab turuvchi dozagacha kamaytiriladi.
Oligospermiya 2 tabletkadan kuniga 3 marta 4-6 oy davomida buyuriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi vaqtgacha dozani oshirib yuborilishi to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q.
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri
Oligospermiyada «Tenteks forte» preparati bir vaqtda ishlatilganida davolash samarasi oshadi.
Chiqarilish shakli
Tabletkalar; 100 tabletkadan plastmassa flakonda, har bir flakon tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq joyda, +10°S dan +30°S gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
Ishlab chiqarilgan
sanadan boshlab 3 yil.
O‘rami
da ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retseptisiz.
Ishlab chiqaruvchi
«Ximalayya Drag Ko.»
Makali, Bangalor 562 123, Hindiston
www.himalayahealthcare.com
TM Savdo markasi
® Ro‘yxatga olingan savdo belgisi
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.