Speman tab. №100
124 100 UZS
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Xususiyatlar
Tarkibi
:
Ishlab chiqaruvchi mamlakat
:
Индия
Yoʻriqnoma: Speman tab. №100
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
Savdo nomi
SpemanDori shakli
TabletkalarTarkibi
Spemanning har bir tabletkasi quyidagilarni saqlaydi:Faol komponentlar:
Kukunlar: 65 mg uxlatadigan vitaniya ildizi (Withania somnifera), 32 mg uzun bargli asterkant urug‘i (Astercantha longifolia), 16 mg kompas latuk urug‘i (Lactuca scariola), 16 mg baxmal qichishtiruvchi loviya urug‘i (Mucuna pruriens), 16 mg mozaikali oltin (Suvarnavang). Ekstraktlar: 32 mg chiroyli argireya ildizi (Argyreia speciosa), 32 mg yerbag‘rli temirtikan mevalari (Tribulus terrestris), 32 mg to‘rsimon leptadeniya poyasi (Leptadenia reticulate), 16 mg marvarid parmeliya qavati (Parmelia perlata).
Yordamchi moddalar: magniy stearati, mikrokristall sellyuloza, krospovidon, natriy karboksimetiltsellyuloza, aerosil (kolloid kremniy dioksidi).
Ta'rifi
Dumaloq, ikki yoqlama qavariq, och-jigarrangdan to‘q-jigarranggacha rangli dog‘lari bo‘lgan tabletkalar.Farmakoterapevtik guruhi
O‘simliklardan olingan prostataning xavfsiz giperplaziyasini davolash uchun vosita.ATX kodi: G04BX.
Farmakologik ta'siri:
Tabletkalarning tarkibiga kiruvchi o‘simliklarning ta'sir etuvchi moddalari spermatogenezni rag‘batlantiradi, spermatoidlarning faolligini oshiradi, spermaning yopishqoqligini pasaytiradi, prostata bezidagi dimlanish ko‘rinishlarini kamaytiradi, prostata bezini xavfsiz kattalashishida dizurik buzilishlarning yaqqollik darajasini kamaytiradi.
Qo‘llanilishi
Prostata bezining xavfsiz giperplaziyasini simptomatik davolash uchun oligospermiyada spermatozoidlarning xarakatchanligi pasayganida qo‘llanadi.Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning alohida komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.Qo‘llash usuli va dozalari.
Ichga buyuriladi. Prostata bezini xavfsiz kattalashishi: dastlab 2 tabletkadan kuniga 2-3 marta, keyinchalik erishilgan samarani bir maromda saqlab turuvchi dozagacha kamaytiriladi.
Oligospermiya: 2 tabletkadan kuniga 3 marta 4-6 oy davomida buyuriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari:
Allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi vaqtgacha dozani oshirib yuborilishi to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q.Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri:
Oligospermiyada «Tenteks forte» preparati bir vaqtda ishlatilganida davolash samarasi oshadi.
Chiqarilish shakli
Tabletkalar; 100 tabletkadan plastmassa flakonda, har bir flakon tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutida.Saqlash sharoiti
Quruq joyda, +10°S dan +30°S gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 3 yil.O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retseptisiz.Ishlab chiqaruvchi
«Ximalayya Drag Ko.»Makali, Bangalor 562 123, Hindiston
www.himalayahealthcare.com
TM Savdo markasi
® Ro‘yxatga olingan savdo belgisi
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.