Ketap tabletkalari 25mg №30
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Xususiyatlar
Yoʻriqnoma: Ketap tabletkalari 25mg №30
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
Tarkibi
1 ta tabletka tarkibida: kvetiapin 25 mg va 200 mg mavjud.Dori shakli
Plyonka qobig‘i bilan qoplangan tabletkalar.Farmakoterapevtik guruhi
Antipsixotik vosita.ATX kodi: N05AH04.
Farmakologik xususiyatlari
Antipsixotik vosita (neyroleptik). Bosh miyadagi dopamin D1- va D2-retseptorlariga qaraganda serotonin 5HT2-retseptorlariga yuqoriroq moyillikni namoyon etadi. Shuningdek, gistamin va α1-retseptorlarga yuqori darajada, α2-retseptorlarga esa kamroq moyillikka ega. M-xolinoretseptorlar va benzodiazepin retseptorlariga moyilligi yo‘q.Kvetiapinning dopamin D2-retseptorlarini samarali bloklaydigan dozasi faqat kuchsiz katalepsiyani keltirib chiqaradi. Harakat funksiyasiga aloqador A9-nigrostrial neyronlarga nisbatan mezolimbik A10-dopamin neyronlarining faolligini tanlab pasaytiradi.
Prolaktin darajasining uzoq muddatli ko‘tarilishiga olib kelmaydi.
Pozitron emission tomografiya natijalariga ko‘ra, kvetiapinning serotonin 5HT2- va dopamin D2-retseptorlariga ta’siri 12 soatgacha davom etadi.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilingandan so‘ng oshqozon-ichak yo‘lidan yaxshi so‘riladi. Ovqatlanish biosamaradorlikka sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi.Farmakokinetikasi chiziqli. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi ≈83%.
Metabolizmning asosiy fermenti - CYP3A4.
T1/2 ≈ 7 soat.
5% dan kamrog‘i o‘zgarmagan holda chiqariladi.
73% buyraklar, 21% ichaklar orqali.
Keksalarda va jigar/buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda klirens ~25–50% ga pasaygan.
Qo‘llash mumkin holatlar
O‘tkir va surunkali psixozlar, jumladan shizofreniyaBARda maniakal epizodlar
BARda depressiv epizodlar (8 hafta)
BARda affektiv epizodlar profilaktikasi
Chegaraviy ruhiy buzilishlar: vahima xurujlari, xavotirli, obsessiv-fobik va boshqalar
Qo‘llash usuli va dozalari
Chiqarilish shakliga qarab shifokor tomonidan belgilanadi.Boshlang‘ich dozasi:
Kattalar uchun — kuniga 50 mg
Keksalar uchun — kuniga 25 mg
Davolovchi dozasi: 150–750 mg/sutka.
Jigar/buyrak yetishmovchiligida — kuniga 25 mg dan boshlanadi, kuniga 25–50 mg dan oshiriladi.
Nojo‘ya ta’sirlari
MSS: bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, xavotir va boshqalar
YuQTS: ortostatik gipotenziya, taxikardiya
OIT: og‘iz qurishi, dispepsiya, qorin og‘rig‘i
Gematologik: leykopeniya, neytropeniya
Dermatologik: toshma, teri qurishi
Metabolik: xolesterin, triglitseridlar darajasining ortishi
Endokrin tizimi: T4 darajasining pasayishi
Boshqalar: bel og‘rig‘i, tana vaznining ortishi, isitma
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Kvetiapinga yuqori sezuvchanlik.Homiladorlik va laktatsiya vaqtida qo’llanishi
Agar foyda xavfdan ustun bo‘lsa, qo‘llash mumkin.Ona sutiga o‘tishi haqida ma’lumotlar yo‘q. Zarurat tug‘ilganda — emizishni to‘xtatish lozim.
Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar mutagenlik va teratogenlik yo‘qligini ko‘rsatdi. Fertillikka o‘ziga xos ta’siri to‘g‘ridan-to‘g‘ri insonga o‘tkazilmaydi.
Jigar faoliyati buzilishida qo‘llanishi
Klirens ~25% ga pasaygan. Ehtiyotkorlik bilan qo‘llaniladi.
Buyrak faoliyati buzilishida qo‘llanishi
Xuddi shunday — klirens pasaygan. Ehtiyotkorlikni talab qiladi.
Xomiladorlik vaqtida, laktatsiya davrida, bolalar va keksalarda qo’llanishi
Ehtiyotkorlik, ayniqsa QT intervalini uzaytiruvchi dori vositalari bilan birga.Maxsus ko‘rsatmalar
YuQTK, epilepsiya, CYP3A4 ingibitorlarini qabul qilishda ehtiyot bo‘lish lozimZNS ehtimoli mavjud — dori bekor qilinadi
Kechki diskineziya ehtimoli bor — dozani kamaytirish yoki bekor qilish kerak
Uyquchanlik — transport vositalarini boshqarmaslik kerak
Hayvonlar ustida o‘tkazilgan tadqiqotlarda xavfsiz o‘sma rivojlanish holatlari kuzatilgan
Dorilarning o‘zaro ta’siri
Ketokonazol, eritromitsin: kvetiapin miqdorini oshiradi
Karbamazepin, rifampitsin: kvetiapin miqdorini kamaytiradi
Tioridazin: kvetiapin klirensini oshiradi
Chiqarilish shakli
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar 25 mg, 200 mg, N30 (2×15), blisterlar.Saqlash sharoiti
Asl qadoqda, 25 °C dan past haroratda, bolalar qo‘li yetmaydigan quruq joyda.Yaroqlilik muddati
2 yil.Ishlab chiqaruvchi
Merkez Laboratory Pharmaceutical and Trade Co., Turkiya.Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.