Klaterbin - sirtga qo‘llash uchun gel 15 g (tub)
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Xususiyatlar
Yoʻriqnoma: Klaterbin - sirtga qo‘llash uchun gel 15 g (tub)
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
Klaterbin®Ta'sir etuvchi modda (XPN): terbinafin
Dori shakli
sirtga qo‘llash uchun gelTarkibi
1 g gel quyidagilarni saqlaydi:faol modda: terbinafin gidroxloridi – 0,01 g;
yordamchi moddalar: karbomer 940, spirt, propandiol, polietilenglikol 400, dinatriy edetati, polisorbat 80, trietanolamin, tozalangan suv.
Ta'rifi
rangsiz, tiniq gel.Farmakoterapevtik guruhi
zamburug‘larga qarshi vositaATX kodi D01AE15
Farmakologik ta'siri
Zamburug‘larga qarshi preparat, allilamin.
Farmakodinamikasi
Keng doiradagi zamburug‘larga qarshi faollikka ega sirtga qo‘llash uchun zamburug‘larga qarshi preparat. Terbinafin yuqori bo‘lmagan kontsentratsiyalarda dermatofitlar (Trychophyton rubrum, Trychophyton mentagrophytes, Trychophyton verrucosum, Trychophyton violaceum, Trychophyton tonsurans, Microsporum canis, Epidermophyton floccosum), achitqi zamburug‘lari (asosan Candida albicans) va ma'lum dimorf zamburug‘lar (Pityrosporum orbiculare) ga nisbatan fungitsid ta'sir ko‘rsatadi.Achitqisimon zamburug‘larga nisbatan faolligi, turiga qarab fungitsid yoki fungistatik bo‘lishi mumkin.
Terbinafin gormonlar yoki boshqa dori vositalarining metabolizmiga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Trychophyton rubrum uchun minimal bostiruvchi kontsentratsiyasi 0,001-0,06 mkg/ml. Kaft onixomikozlarida davolashning samaradorligi 95%, panja onixomikozlarida – 90% dan ko‘proqni tashkil etadi. Silliq terining surunkali dermatofitlarida 75-95% bemorlarda remissiyaga erishiladi. Candida albicans ga bog‘liq va nistatin, klotrimazol va mikonazol bilan birga levorin bilan davolashga rezistent silliq terining avj oluvchi kandidozini va yirik va barmoqlararo burmalarni shikastlanishi, paronixiyalarni davolaganda sub'ektiv yaxshilanish 3-4 sutkada, jarayonni to‘liq bartaraf etilishi esa – 3-5 haftadan keyin kuzatiladi.
Farmakokinetikasi
Sirtga qo‘llanilganda preparat dozasining 5% kamrog‘i so‘riladi, shuning uchun terbinafinning tizimli qon oqimiga so‘rilishi ahamiyatsiz darajada.Qo‘llanilishi
- Trichophyton (shu jumladan T.rubrum, T.mentagrophytes, T.verrucosum, T.violaceum), Microsporumcanis va Epidermopyton floccosum kabi dermatofitlar chaqirgan terining zamburug‘li kasalliklari;- asosan Candida (shu jumladan Candida albicans) chaqirgan terining achitqi infektsiyalari;
- Pityrosporum orbiculare (shuningdek Malassezia furfur nomi bilan ham ma'lum) chaqirgan rangbarang temiratki (Pityriasis versicolor) da qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sirtga qo‘llanadi.Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga gel terining shikastlangan sohalariga va atrofdagi sohaga kuniga 2 marta yupqa qavat qilib, yengil ishqalab surtiladi. O‘tkazilayotgan davolash davomiyligi ko‘rsatmalar va kasallikning og‘irlik darajasiga bog‘liq.
Tana va qo‘l-oyoqlar dermatomikozida davolash kursi – 2-4 hafta, qo‘l terisi yoriqlari dermatomikozlarida, panja dermatomikozi va rangbarang temiratkida 4-6 haftani tashkil qiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparatni surtish joyida qizarish, qichishish yoki achishish hissi paydo bo‘lishi mumkin. Allergik reaktsiyalar.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Terbinafin yoki naftifin gidroxloridiga yoki preparatning tarkibiga kiruvchi faol bo‘lmagan ingrediyentlardan birontasiga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.Dorilarning o‘zaro ta'siri
Boshqa dori vositalarini bir vaqtda qo‘llagan hollarda shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat faqat sirtga qo‘llash uchun mo‘ljallangan.Preparat to‘satdan ko‘zlarga tushganda, ularni darhol oqava suv bilan yuvish kerak.
Preparatni qo‘llaganda klinik ko‘rinishlarning yaqqolligini kamayishi odatda davolashning birinchi kunlarida kuzatiladi. Muntazam davolamaganda yoki uni qo‘llashni muddatidan oldin to‘xtatilgan holatlarda infektsiyani qaytalanishi xavfi mavjud. Agar bir hafta davolagandan keyin yaxshilanish belgilari kuzatilmasa, diagnozni aniqlashtirish kerak. Davolaganda takroran infektsiyalanishni oldini olish uchun (choyshab, oyoq kiyim orqali) gigiyenaning umumiy qoidalariga rioya qilish kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida faqat qat'iy davolovchi shifokorning ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llash mumkin.
Keksalarda qo‘llanishi
Keksa yoshdagi shaxslarda preparatning dozalash tartibi yuqorida ta'riflangandan farq qilmaydi.
Bolalarda qo‘llanishi
Ushbu preparatni 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatni dozasi oshirib yuborilishi holatlari haqida xabar berilmagan. Agar terbinafin gel to‘satdan ichga qabul qilinsa, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, epigastral sohada og‘riq va bosh aylanishi kabi nojo‘ya ko‘rinishlarni kutish mumkin.Davolash: faollashtirilgan ko‘mir, zarurati bo‘lganida – simptomatik tutub turuvchi davolash.
Chiqarilish shakli
10 g yoki 15 g dan gel alyumin tubada. Alyumin tuba tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan markirovkalangan karton qutida.Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.Yaroqlilik muddati
2 yil.Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.Ishlab chiqaruvchi
Beijing Youcare Kaiyue Pharmaceutical Co., Ltd., XXRManzili: №6, Jingyuan Road, Beijing Economic &Technological Development Zone, Pekin.
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«RAIN SEN DA» MChJ,
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Durmon yuli ko‘ch., 31-A uy.
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.