Klotrimazol surtma 1% 20g Sintez
6 600 UZS
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Yoʻriqnoma: Klotrimazol surtma 1% 20g Sintez
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
KlotrimazolTa'sir etuvchi modda (XPN): klotrimazol
Dori shakli
sirtga qo‘llash uchun surtma100 g surtmaning tarkibi:
Faol modda: klotrimazol - 1 g
Yordamchi moddalar: propilenglikol – 7,0 g, makrogol-1500 (polietilenglikol-1500, polietilenoksid-1500) – 27,0 g, makrogol-400 (polietilenglikol-400, polietilenoksid-400) – 64,9 g, metilparagidroksibenzoat (nipagin, metilparaben) – 0,1 g.
Ta'rifi
oq yoki deyarli oq rangli bir xil surtmaFarmakoterapevtik guruhi
zamburug‘larga qarshi vosita.ATX kodi: D01AS01
Farmakologik xususiyatlari
Sirtga qo‘llash uchun imidazol hosilalari guruhiga mansub zamburug‘larga qarshi vosita. Klotrimazol mikrob devorining xujayra membranasining tarkibiy qismi bo‘lgan ergosterolning sintezini pasaytiradi va uning strukturasi va xususiyatlarini o‘zgarishiga olib keladi.Kichik kontsentratsiyalarda fungistatik, katta (20 mg/ml dan ortiq) kontsentratsiyalarda esa – fungitsid, ayni paytda nafaqat proliferatsiyalanuvchi xujayralarga ta'sir qiladi. Fungitsid kontsentratsiyalarda mitaxondrial va peroksidaz fermentlar bilan o‘zaro ta'sir qiladi, buning natijasida vodorod peroksidining kontsentratsiyasisini toksik darajagacha oshishi yuz beradi, bu ham zamburug‘ hujayralarining parchalanishga yordam beradi. Patogen dermatofitlar (Trichophyton rubrum, Trichophyton mentagrophytes, Epidermophyton floccosum, Microsporum canis); achitqisimon va mog‘or zamburug‘lari (Candida spp., Torulopsis glabrata, Rhodotorula spp., Pityrosporum orbiculare) ga nisbatan faol.
Farmakokinetikasi
Klotrimazol teri va shilliq qavatlar orqali yomon so‘riladi va amalda tizimli ta'sir ko‘rsatmaydi. Epidermisning shox qavatida to‘planadi, tirnoqlarning keratiniga kiradi. Epidermisning chuqur qavatlaridagi kontsentratsiyasi dermatofitlar uchun minimal susaytiruvchi kontsentratsiyasidan yuqoriroq.Qo‘llanilishi
- Terining, shu jumladan teri burmalari va oyoq panjasining dermatofitlar, achitqisimon (Candida spp.), mog‘or va boshqa zamburug‘lar va klotrimazolga sezgir bo‘lgan qo‘zg‘atuvchilar chaqirgan kasalliklari: dermatomikoz, dermatofitiya, trixofitiya, epidermofitiya, mikrosporiya, kandidomikoz, barmoqlar orasining zamburug‘li eroziyasi, zamburug‘li paronixiya;- ikkilamchi piodermiyalar bilan asoratlangan mikozlarni kompleks davolash tarkibida;
- rang-barang temiratki, eritrazmada qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sirtga buyuriladi.Kattalarga boshqa tavsiyalar bo‘lmasa surtmani bir kunda 2-3 marta oldindan tozalangan va terining quruq jarohatlangan sohalariga yupqa qilib surtish tavsiya qilinadi. Kaft o‘lchamiga teng bo‘lgan yuzali maydonga bir martalik doza – 5 mm uzunlikdagi surtmaning ustunchasi buyuriladi. Muvaffaqiyatli davolash uchun surtmani muntazam qo‘llash lozim.
Davolash davomiyligi individual bo‘lib, kasallikning og‘irligi va joylashishiga bog‘liq. To‘liq tuzalib ketishga erishish uchun surtma bilan davolashni yallig‘lanishning o‘tkir simptomlarini yo‘qolishi yoki sub'ektiv shikoyatlarni kamayishi bilanoq darrov to‘xtatish mumkin emas. Davolash davomiyligi o‘rtacha taxminan 4 haftani tashkil qilishi lozim.
Rang-barang temiratki asosan 1-3 hafta davomida, eritrazma esa 2-4 hafta davomida tuzaladi.
Oyoq terisidagi zamburug‘li kasalliklarda davolashni kasallik simptomlari bartaraf qilingandan keyin taxminan 2 hafta davom ettirish tavsiya qilinadi.
Bolalarda 2 yoshdan boshlab preparat yuqorida ko‘rsatilgan dozalarda qo‘llanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Mahalliy reaktsiyalar: achishish, shish, terini ta'sirlanishi va qipiqlanishi, paresteziyalar, eritematoz toshmalar, qavariqlarni paydo bo‘lishi.
Allergik reaktsiyalar: qichishish, eshakemi.
Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan nojo‘ya samaralardan birontasi og‘irlashsa, yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan boshqa har qanday nojo‘ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Klotrimazolga yoki yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik, homiladorlik (I uch oyligi), 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar.Ehtiyotkorlik bilan
Laktatsiya davri, homiladorlik (II va III uch oyligi).
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Nistatin, natamitsin va amfoteritsin V bir vaqtda qo‘llanganida klotrimazolning samaradorligini pasaytiradi.
Surtma qo‘llanganida boshqa dori vositalari bilan salbiy o‘zaro ta'sirlar aniqlanmagan va ular kuzatilmaydi ham, chunki klotrimazolning so‘rilish xususiyati juda ham past.
Maxsus ko‘rsatmalar
Ko‘z shilliq qavatiga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda jigarning funktsional holatini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish kerak.
Yuqori sezuvchanlik yoki ta'sirlanishning belgilari paydo bo‘lganida davolash to‘xtatiladi.
4 hafta davomida samara bo‘lmasa tashhisni tasdiqlash kerak.
Bolalarda katta yuzalarga surtishdan saqlanish kerak.
Preparat transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish va maxsus e'tiborni hamda tezkor reaktsiyalarni talab etuvchi boshqa xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Preparatni homiladorlikning I uchoyligi qo‘llash mumkin emas.
Klinik va eksperimental tadqiqotlarda, preparatni homiladorlik davrida (II va III uch oyligi) yoki emizish davrida qo‘llanishi ayol yoki homila (bola) ning salomatligiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi aniqlanmagan.
Preparatni buyurish maqsadga muvofiqligi xususidagi masala shifokorning maslahatidan so‘ng shaxsiy ravishda hal etilishi lozim.
Bevosita laktatsiya davridagi sut beziga preparatni qo‘llash mumkin emas.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Sirtga qo‘llanganida preparatning faol komponentini past tizimli so‘rilishi preparatning dozasini oshirib yuborilishini deyarli yo‘qqa chiqaradi.Chiqarilish shakli
Sirtga qo‘llash uchun 1% surtma.10 g, 15 g, 20 g, 30 g dan alyumin yoki laminatlangan tubalarda. Har bir tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan, 2 dan 25°C gacha bo‘lgan haroratda.Yaroqlilik muddati
2 yil.Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz beriladi.Qayd etish guvohnomasining egasi/Ishlab chiqaruvchi/E'tirozlarni qabul qiluvchi tashkilot
“Aktsionernoye Kurganskoye obshestvo meditsinskix preparatov i izdeliy «Sintez» ochiq aktsionerlik jamiyati (“Sintez” OAJ).
640008, Rossiya, Kurgan sh., Konstitutsiya pr., 7
Tel/faks: (3522) 48-16-89.
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.