Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Glitserin kosmetik. "Okean" hidli LIK 50ml
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 2 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
20 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 2 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
глицирин
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
50 мл
Производитель
Lekinterkaps,OOO,Узбекистан
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
жидкость для наружнего применения
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Glitserin-LIK
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Glitserol
Dori shakli
Suyuqlik - (“Romashka”, “Okean”, “Myata”, “Lavanda”,“Aloe”)
Farmakoterapevtik guruqi Dermatoprotektor vosita.
Farmakologik xususiyatlari
Osmotik, moylovchi va xo‘llovchi ta'sirlarga ega. Teriga surtilganda uni xo‘llaydi va yumshatadi. To‘g‘ri ichakka kiritilganda uning shilliq qavatiga yengil qitiqlovchi ta'sir ko‘rsatadi, peristaltikani reflektor rag‘batlantiradi, shu bilan ahlat massalarini chiqarilishiga yordam beradi. Ichga qabul qilinganida osmotik (degidratatsiyalovchi) ta'sir ko‘rsatadi, shuning oqibatida miya shishini (va, tegishlicha, bosh miya suyagi ichki bosimini) kamayishiga, shuningdek ko‘z shishasimon tanasi xajmini (va, tegishlicha, ko‘z ichki bosimini) pasayishiga yordam beradi. Ta'sir cho‘qqisiga 1-1,5 soatdan so‘ng yetadi, ta'siri davomiyligi 4-5 soat.
Glitserin qabul qilgandan keyin plazma osmolyar bosimining ko‘tarilishi to‘qimalardan suyuqlikni tomirlarga o‘tishiga va shuning oqibatida, yurakka yuklamani ortishiga olib keladi.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganidan keyin glitserin me'da-ichak yo‘llaridan yengil so‘riladi va asosan jigarda jadal metabolizmga uchraydi (glyukoza, glikogen, yog‘lar hosil bo‘lishi uchun substrat bo‘lishi mumkin). Buyraklar orqali metabolitlar shaklida chiqariladi, shuningdek o‘zgarmagan shaklda xam chiqarilishi mumkin.
Qo‘llanilishi
Sirtga - quruq teriga parvarish qilish uchun.
Mahalliy (per rectum) - turli sababli qabziyatni davolash (shu jumladan, odat tusiga kirgan, yoshga bog‘liq bo‘lgan, xarakat cheklanishi oqibatidagi).
Ichga - oftalmologik operatsiyalar oldidan va operatsiyadan so‘ng qisqa muddatga shishasimon tana xajmini kamaytirish va ko‘z ichki bosimini pasaytirish uchun o‘tkir glaukomani davolash uchun (yordamchi davolash sifatida) shuningdek insultda, jigar komasida, Rey sindromida miya shishini kamaytirish uchun qo‘llash mumkin (yordamchi preparat sifatida, chunki bu kasalliklarni odatdagi davolash tarkibiga kirmaydi).
Qo‘llash usuli va dozasi
Sirtga - teriga surtiladi va yengil xarakatlar bilan unga ishqalanadi. Mahalliy- kuniga 1 marta to‘g‘ri ichakka 2-5 ml klizma orqali yuboriladi, yaxshisi ertalabki nonushtadan 15-20 minutdan keyin. Ichga - boshlang‘ich doza, 1 kg tana vazniga 1-1,5 g dan (2-3 ml) 50% suvli eritma shaklida (bir xil xajmdagi glitserin va qaynatilib sovutilgan yoki distillangan suvni aralashtirib tayyorlanadi) buyuriladi. Keyingi qabul uchun (agarda u zarur bo‘lsa) 1 kg tana vazniga 0,5 g dan (1 ml 50% eritma) tavsiya qilinadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Sirtga qo‘llanganda terida achishish xissi bo‘lishi mumkin.
Uzoq muddat rektal qo‘llanilganida to‘g‘ri ichakni qo‘zg‘alishi holatlari kuzatilishi mumkin.
Ichga qabul qilinganida bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynash, qusish, diareya, chanqoqlik, bosh aylanishi; yurak faoliyati kuchsizlangan bemorlarda - yurak aritmiyalari, o‘pka shishi, yurak yetishmovchiligi; qandli diabetli bemorlarda - giperglikemiya va glyukozuriya, juda kam - hayot uchun xavfli bo‘lgan giperosmolyar giperglikemik koma bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan qolatlar
Rektal qo‘llash uchun - zo‘rayish bosqichidagi gemorroy (bavosil), orqa teshik yoriqlari, to‘g‘ri ichakning yallig‘lanish kasalliklari va xavfli o‘smalari; glitseringa bo‘lgan yuqori sezuvchanlik.
Ichga qo‘llash uchun - qandli diabet (ayniqsa o‘rtacha og‘irlikdagi va og‘ir, uzoq davom etuvchi), yurak faoliyatini kuchsizlanishi (shu jumladan miokard infarkti o‘tkazilgandan keyin).
Buyrak va jigar faoliyati buzilganda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Og‘iz orqali qabul qilinganda 50% glitserin eritmasini mazasini yaxshilash uchun, uni sovutib qabul qilish tavsiya etiladi.
Preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim.
Chiqarilish shakli
25 ml, 50 ml, 90 ml va 100 ml dan flakonlarda.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
«LEKINTERKAPS» MChJ,
Toshkent vil., Zangiota tumani, Qizg‘aldoq QFY, Beruniy ko‘chasi 1 uy,
tel. (99895) 170 99 48
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.