Mlekoin granulalar 10gr
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Yoʻriqnoma: Mlekoin granulalar 10gr
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
MlekoinDori shakli
gomeopatik granulalarTarkibi
Faol moddalar: Pulsatilla pratensis, Pulsatilla S200; Vitex agnus-castus, Agnus-castus S50; Urtica urens S200.Yordamchi moddalar: gomeopatik granulalar (qand upasi).
Ta'rifi
sharsimon shaklli, oqdan deyarli oq rangligacha bo‘lgan, begona hidsiz bir xil granulalar.Farmakoterapevtik guruhi
gomeopatik vositaQo‘llanilishi
Preparat emizikli ayollarda ko‘krak suti yetishmovchiligida (erta gipogalaktiya) qo‘llanadi.Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparat tarkibiga kiruvchi komponentlarga shaxsiy yuqori sezuvchanlik.Qo‘llash usuli va dozalari
Gomeopatik granulalar. Ichga, bir qabulda 5 granuladan ovqatdan 30 minut oldin. Granulalar og‘izda to‘liq erib ketgunicha tutib turiladi.Davolashni tug‘ruqdan keyingi birinchi 1-1,5 haftada boshlash kerak.
Preparat har kuni 2 marta ertalab va kechqurun laktatsiya davri davomida qo‘llanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Hozirgi vaqtgacha preparat ko‘rsatmalar bo‘yicha va belgilangan dozalarda ishlatilganida nojo‘ya ta'sirlari aniqlanmagan.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Hozirgi vaqtgacha boshqa dori vositalari bilan nomutanosiblik hollari qayd etilmagan.
Chiqarilish shakli
Gomeopatik granulalar. 10 granuladan alyumin folga asosli majmuaviy materialdan tayyorlangan paketlarda. Har bir paket davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi (va/yoki ilova-varaqasi) bilan birga karton qutiga joylanadi.Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.Yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.Dori preparatini ishlab chiqaruvchining nomi, manzili/e'tirozlarni qabul qiluvchi tashkilot
“NPF”MATERIA MEDIKA XOLDING” MCHJ;
Rossiya, 127473, Moskva sh., 3-nchi Samotechniy per., 9 uy.
Tel/faks: (495) 684-43-33.
Dori preparatini ishlab chiqarish manzili
Rossiya, 454139, Chelyabinsk sh., Buguruslanskaya ko‘ch., 54 uy
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.