Neoderm krem 15g
70 400 UZS
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Yoʻriqnoma: Neoderm krem 15g
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
NeodermDori shakli
sirtga qo‘llash uchun kremTarkibi
1 g krem quyidagilarni saqlaydi:faol moddalar - ketokonazol – 10 mg, klobetazolapropionat - 0,25 mg, neomitsin sul'fati — 5000 XB;
yordamchi moddalar: butilgidroksitoluol (VNT), etil spirti, suyuq parafin, stearat kislotasi, setosteril spirti, laurokapram, Ye vitamini, glitserin, peregal' O, NMF-12 namlantiruvchi omil, suvsiz natriy sul'fit, dinatriy edetati, gul essentsiyasi PF-037, murakkab konservant (germal' ishyus), tozalangan suv.
Ta'rifi
oq yoki sarg‘ish rangli krem.Farmakoterapevtik guruhi
sirtga qo‘llash uchun zamburug‘larga karshi preparatlar.ATX kodi: D01A
Farmakologik xususiyatlari
Neoderm kremi zamburug‘larga qarshi, yallig‘lanishga qarshi, qichishishga qarshi, allergiyaga qarshi va antibakterial ta'sirga ega. Kremning samaradorligi uning tarkibiga kiruvchi komponentlarga bog‘liq.Ketokonazol keng ta'sir doirasiga ega zamburug‘larga qarshi vosita bo‘lib hisoblanadi, uning o‘tkazuvchanligini o‘zgartirish orqali zamburug‘ xujayra membranasiga ta'sir ko‘rsatadi.
Farmakologik tadqiqotlar ketokonazol dermatofitlar (Trichophyton sp., Microsporum sp., Epidermophyton sp. kabi), saxaromitsitlar va Candida albicans ga nisbatan kuchli antimikoz ta'sirga ega ekanligini namoyish etgan. Zamburug‘ shtammlari ketokonazolning ta'siriga tabiiy chidamlilikka ega emas.
Klobetazol propionati minimal nojo‘ya samaralarga ega yuqori samarali yallig‘lanishga qarshi va allergiyaga qarshi vosita sifatida ta'sir ko‘rsatadi.
Neomitsin sulvfati grammusbat va grammanfiy bakteriyalarga qarshi samarali vosita bo‘lib hisoblanadi.
Neoderm kremi tarkibidagi uchta vositaning majmuasi uni zamburug‘li va bakterial infektsiyalarda, yallig‘lanish jarayonlari va qichishishda yuqori samarali preparat hisoblanadi.
Farmakodinamikasi
Ketokonazolning ta'sir mexanizmi zamburug‘ membranasida ergosterol biosintezini ingibitsiya kilish va lipid tarkibini o‘zgarishidan iborat. Dermatofitlar: Trichophyton, Microsporum, Epidermophyton floccosum; achitqi va Candida achitqisimon zamburug‘lari, Pityrosporum ga nisbatan faol.Preparat qazg‘oq, seboreyali ekzema va kepaklanuvchi temiratki bilan bog‘liq terini kepaklanishi va qichishishini tez kamaytiradi.
Klobetazol propionati — sirtga qo‘llash uchun kortikosteroid. Teri kasalliklarida kortikosteroidlarning terapevtik ta'sir mexanizmi aniq emas. Kortikosteroidlar membranalarning fosfolipidlaridan araxidon kislotasini ajratib chiqaruvchi fosfolipaza A2 pi ingibitsiya qiluvchi lipokortin sintezini induqtsiya qiladi. Shunday qilib, lipokortinlar araxidon kislotasining metabolitlari bo‘lgan prostaglandinlar va leykotriyenlar kabi yalliglanish va allergiyaping kuchli mediatorlarini biosintezini boshqaradi.
Neomitsiy sulfati — amipoglikozid antibiotigi, uning ta'sir mexanizmi bakteriyalar proteinlarini sintezini susaytirish bilan bog‘liq.
Farmakokinetikasi
Ketokonazol sirtga qo‘llanilganda ahamiyatsiz darajada tizimli so‘rilishga uchraydi. Hatto ketokonazolni uzoq vakt qo‘llaganda ham qonda aniqlanmaydi.Klobetazol propionati gidrokortizonga nisbatan plazmadagi oqsillar bilan bog‘lanish qobiliyati pastroq, lekin T½ uzunroq. Asosan jigarda, qolgan qismi – buyrakda metabolizmga uchraydi. Siydik bilai chiqariladi.
Neomitsin sulvfati shikastlanmagan teri va shilliq kavatlar orqali deyarli so‘rilmaydi.
Qo‘llanilishi
Quyidagilar kabi terining zamburug‘li infektsiyalari:- qo‘l mikozi
- tovon epidermofitiyasi (mikozi)
- teri trixofitiyasi
- ekzema
- rangbarang temiratki
- terini qichishishini davolashda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sirtga buyuriladi. Terining shikastlangan sohasiga yupqa qavat qilib kuniga ikki marta surtiladi. Silliq terining oddiy trixofitiyasi va chov trixofitiyasini davolaganda tavsiya etilgan davolash kursi 2 xaftani, tovon va kaft epidermofitiyasini davolaganda esa — 4 xaftani tashkil qiladi.Nojo‘ya ta'sirlari
Preparat odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Davolash vaqtida kremni surtish joyida achishish yoki ta'sirlanish paydo bo‘lishi mumkin, lekin bu preparatpi bekor qilishni talab etmaydi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.Dorilarning o‘zaro ta'siri
Aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Kremni ko‘zlarga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik kepak! Agar krem to‘satdan ko‘zlarga tushsa, ularni ko‘p mikdordagi oqava suv bilan sinchkovlik bilan yuvish kerak.Preparatni yuz terisi yoki tananing katta sohalarida uzoq vaqt qo‘llash zarurati bo‘lsa, doimiy shifokor kuzatuvi talab etiladi.
Homilador va emizikli ayollar, shuningdek b yosh bulmagan bolalarda preparat ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Dori vositasini avtotransport va potepushal xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sirining o‘ziga xosligi
Aniqlanmagan.
Dozani oshirib yuborilishi
Aniqlanmagan.Chiqarilish shakli
10 g yoki 15 g krem ichki tomondan lak bilan qoplangan alyumin tubalarga joylanadi.1 tubadan davlat va rus tillaridagi tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnoma bilan karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin1
Yaroqlilik muddati
2 yil.O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptseiz.Ishlab chiqaruvchi
Jiangsu Chenpai Bond Pharmaceutical Co., Ltd., XXRManzili: Szyansu provintsiyasi, Xaymen sh., Sharqiy-Pekin ko‘ch., 555
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul kiluvchi tashkilotning nomi va manzili
“Rain Sen Pa" MChJ,
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Uchuvchilar shaxarchasi mavzesi, 132.
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.