Flyu-Keyr shokolad ta'mli granulalar №5
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Xususiyatlar
Yoʻriqnoma: Flyu-Keyr shokolad ta'mli granulalar №5
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
Flyu-KeyrDori shakli
ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun granulalar.Tarkibi
Qizilmiya ekstrakti (Glycyrrhiza glabra Ext.) 212,75 212,0 212,0 212,0Dorivor issop (Hyssopus officinalis) 106,35 106,0 106,0 106,0
Tomirli Adatoda (Adhatoda vasika) 106,35 106,0 106,0 106,0
Xitoy choyi (Thea sinensis) 53,15 53,0 53,0 53,0
Yalpiz ekstrakti (Mentha piperita Ext.) 14,3 0,25 12,85 2,50
Oddiy arpabodiyon moyi (Foeniculum vulgare Oil) 11,9 0,20 10,70 2,00
Sharsimon evkalipt moyi (Eucalyptus globules Oil) 3,85 0,05 3,45 0,50
Asal 440,0
Yordamchi moddalar Miqdori
Oddiy ta'mli Shokolad ta'mli Asal ta'mli Limon ta'mli
Rafinadlangan qand 4,68 g 4,68 g 4,24 g 4,68 g
Makkajo‘xori kraxmali 106,35 mg 106,0 mg 106,0 mg 106,0 mg
Natriy benzoati 1,0 mg 1,0 mg 1,0 mg 1,0 mg
Shokoladli hushbo‘y 40,0 mg
Limonli hushbo‘y 45,0 mg
Ta'rifi
Oddiy ta'mli: jigarrang rangli, shirin ta'mli va o‘ziga xos hidli granulalar;Shokolad ta'mli: jigarrang rangli, shirin ta'mli va shokolad hidli granulalar;
Asal ta'mli: jigarrang rangli, shirin ta'mli va o‘ziga xos hidli granulalar.
Limon ta'mli: jigarrang rangli, shirin ta'mli va o‘ziga xos hidli granulalar.
Farmakoterapevtik guruhi
O‘RK simptomlarini bartaraf qilish uchun vosita.Farmakologik hususiyatlari
Flyu-Keyr tomoqni ta'sirlanishi, yo‘tal, tumov va boshq. kabi grippning simptomlari va shamollashni davolash uchun mo‘ljallangan yaxshilab tanlab olingan dorivor o‘simliklar aralashmasidan tarkib topgan eruvchan o‘simlik choyidir.
Qizilmiya ekstrakti (Glycyrrhiza glabra Ext.) – balg‘amni yumshatuvchi, balg‘am ko‘chiruvchi, sovutuvchi, antiastmatik va yo‘talga qarshi ta'sir ko‘rsatadi.
Dorivor issop (Hyssopus officinalis) – holsizlikka qarshi, balg‘am ko‘chiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Tomoqni og‘rishi va kataral infektsiyalarni davolash uchun ishlatiladi.
Tomirli Adatoda (Adhatoda vasika) – bronxlarni kengaytiradi, balg‘am ko‘chiruvchi va mukolitik vosita. O‘pkalarning faoliyatini normallashtiradi.
Xitoy choyi (Thea sinensis) – kuchli antioksidant vosita, bakteriyalarga qarshi, o‘rtacha og‘riq qoldiruvchi va burishtiruvchi vosita.
Yalpiz ekstrakti (Mentha piperita Ext.) – balg‘am ko‘chiruvchi, sovutuvchi, hushbo‘y ta'm beruvchi, mahalliy antiseptik va og‘riq qoldiruvchi vosita.
Oddiy arpabodiyon moyi (Foeniculum vulgare Oil) – balg‘am ko‘chiruvchi, yallig‘lanishga qarshi va stimullovchi ta'sir ko‘rsatadi.
Sharsimon evkalipt moyi (Eucalyptus globules Oil) – yallig‘lanishga qarshi va shishga qarshi vosita. Nafas yo‘llaridagi patogen bakteriyalarga antibakterial ta'sir ko‘rsatadi.
Farmakokinetikasi
Flyu-Keyr granulalari turli dorivor o‘simliklardan tarkib topganligi sababli, preparatning farmakokinetikasi o‘rganilmagan.Qo‘llanilishi
Yo‘tal, shamollash, gripp, tumov, isitma, tomoqda og‘riq, burunni bitishini davolash uchun qo‘llanadi.Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar va 8 yoshdan oshgan bolalarga: 1 sashedan kuniga uch marta. Bir stakan suv, choy yoki sutda eritiladi va kichik yutumlar bilan asta-sekin ichiladi.8 yoshdan kichik bo‘lgan bolalarga: kattalarga mo‘ljallangan dozaning yarmi (1/2 sashe) suvda yoki sutda eritilib beriladi.
Go‘daklar: kuniga 1 sashe, 4 ml suvda eritiladi. Intervallar bilan yoki shifokorning ko‘rsatmasiga muvofiq beriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparatning ingrediyentlari o‘simliklardan olinadi va qo‘llash uchun xavfsizdir. Preparatning har qanday ingrediyentiga yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning har qanday ingrediyentiga yuqori sezuvchanlik.Dorilarning o‘zaro ta'siri
Aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Allergik reaktsiyalar rivojlanganida preparatni qabul qilishni to‘xtatish va mutaxassisga murojaat qilish kerak.Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni qo‘llash havfsizligi aniqlanmagan.
Mexanizmlar va avtomobilni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Ta'sir qilmaydi.
Preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlash kerak va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Chiqarilish shakli
5,3 g dan granulalar laminatsiyalangan o‘ramli sasheda. 5 sashe qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.Yaroqlilik muddati
3 yil.Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.Ishlab chiqaruvchi
“Qarshi Industries (Pvt) Ltd.”,Xattar, Pokiston
Tel: +92 42 111 200 300
E-mail: imd@qarshi.com
URL: www.qarshi.com
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.