Vraggripp-P Sirop 100ml
25 800 UZS
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Xususiyatlar
Yoʻriqnoma: Vraggripp-P Sirop 100ml
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
VRAGGRIPP-PTa'sir etuvchi moddalar (XPN): Paratsetamol, fenilefrin, xlorfeniramin.
Dori shakli
SiropTarkibi
Har 5 ml sirop quyidagilarni saqlaydi:faol moddalar:
paratsetamol B.F. 125 mg,
fenilefrin gidroxloridi B.F. 5 mg,
xlorfeniramin maleati B.F. 2 mg;
yordamchi moddalar: propilenglikol, 70% li sorbitol eritmasi, natriy benzoati, natriy saxarini, sitrat kislotasi, glitserin, mentol, Supra eritrozin bo‘yovchisi, malina ta'mi to‘ldiruvchi, saxaroza, tozalangan suv.
Ta'rifi
pushti rangli sirop.Farmakoterapevtik guruhi
O‘RK simptomlarini bartaraf etish uchun vositalar.Farmakologik xususiyatlari
VRAGGRIPP-P siropi umumiy shamollash, gripp, yo‘tal, isitma, shamollash bilan bog‘liq katar va yuqori nafas yo‘llarining boshqa infektsion kasalliklari bilan assotsiatsiyalanadigan simptomlarini kamaytirish uchun tibbiy ingrediyentlarning ideal majmuasi bo‘lib hisoblanadi.Paratsetamol analgetik va isitmani tushiruvchi xususiyatlarga ega, shuningdek kuchsiz yallig‘lanishga qarshi ta'sirga ega.
Aspirindan farqli ravishda paratsetamol xujayralar aggregatsiyasiga va siklooksigenazaning qaytuvchi ingibitsiyasiga, prostaglandinlarning sinteziga enzimlarni jalb qilinishiga ta'sir ko‘rsatmaydi. Isitmani tushiruvchi ta'siri ehtimol prostaglandinlarning sintezini ingibirlashi orqali gipotalamik termoregulyatsiya markazlariga endogen pirogenlarining samarasini bloklashida namoyon bo‘ladi. Vazodilyatatsiya natijasida qizish, periferik qon oqimi va terlashni oshishi kuzatiladi. Analgetik samarasi og‘riq sezuvchanligiga bevosita ta'sirining natijasi bo‘lishi mumkin. Paratsetamol periferik yallig‘lanishga qarshi ta'sir ko‘rsatmaydi.
Paratsetamolni surunkali qabul qilish gepatotoksiklikka yoki nefrotoksiklikka olib kelishi mumkin. Paratsetamolning p-aminofenol metaboliti buyrak naychalarining gipertonusiga olib keladi. P-aminofenolning oksidlangan metabolitlari to‘qimalardagi sulfgidril guruhlari bilan bog‘lanadi va hujayralarning nekroziga olib keladi.
Fenilefrin gidroxloridi: shamollash, allergiya, isitma yoki grippda burunni bitishini vaqtincha pasaytirish uchun qo‘llanadigan dekongestant.
Xlorfeniramin antigistamin vosita hisoblanadi. U organizmda tabiiy gistaminni bloklaydi. Xlorfeniramin qichishish, ko‘z yoshini oqishi va tumov, boshqa allergik simptomlarni oldini oladi.
Farmakokinetikasi
VRAGGRIPP-P preparatini qabul qilinganidan so‘ng 2 soatdan keyin plazmadagi cho‘qqi kontsentratsiyali MIYdan tez so‘riladigan paratsetamol saqlaydi. Jigarda metabolizmga va glukoronid va sulfat kon'yugatlari ko‘rinishida siydik bilan chiqariladi. 5% dan kamrog‘i o‘zgarmagan holda siydik bilan chiqariladi. Yarimparchalinish davri 1-4 soat. Plazmadagi bog‘lanishi odatdagi terapevtik dozada salbiy ta'sir ko‘rsatmaydi.Juda kam miqdorda ishlab chiqariladigan katta bo‘lmagan gidroksillangan metabolitlari jigarda glyutation bilan detoksikatsiyalanadi, jigar faoliyati buzilganida jigarda to‘planishi mumkin.
Fenilefrin me'da-ichak yo‘llarida to‘liq so‘riladi. Turli to‘qimalar va suyuqliklarda taqsimlanadi, jigarda sekin metabolizmga uchraydi. O‘zgarmagan holda siydik bilan chiqariladi. Fenilefrin podagra va jigar kasalliklarida nomuntazam adsorbtsiyalanish va monoaminooksidazagacha jigarda birinchi o‘tish natijasida past bioekvivalentlikka egadir.
Xlorfeniramin maleati me'da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi. Og‘iz orqali qabul qilinganidan so‘ng 1-4 soatdan keyin plazmadagi cho‘qqi kontsentratsiyaga erishiladi. Yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va ona sutiga kiradi. Xlorfeniramin plazma oqsillari bilan yuqori bog‘lanadi va organizmda metabollanadi. Metabolitlari ko‘rinishida asosan siydik bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Shamollash va grippda, allergik rinit simptomlarini kamaytirish uchun, burun bitishini, bosh og‘rig‘ini, shuningdek har qanday boshqa etiologiyali og‘riqni bartaraf etish uchun qo‘llanadi.Qo‘llash usuli va dozalari
Dozalash:12 yoshli bolalar: 10-20 ml dan sutkada 3-4 marta.
6-12 yoshli bolalar: 5-10 ml dan kuniga 3-4 marta.
2-6 yoshli bolalar: 2,5 ml dan sutkada 3-4 marta.
Qo‘llash usuli:
Faqat ichga qabul qilish uchun sirop.
Nojo‘ya ta'sirlari
Paratsetamolning nojo‘ya samaralari odatda kam va kuchsiz og‘irlikda bo‘ladi, ammo gematologik reaktsiyalar, xususan trombotsitopeniya, pantsitopeniya, neytropeniya va agranulotsitoz kuzatilishi mumkin. Terini qizarishi, uyqusizlik va o‘ta yuqori sezuvchanlikning boshqa reaktsiyalari.
Fenilefrinning mumkin bo‘lgan nojo‘ya reaktsiyalari: asabiylik, uyqusizlik, bezovtalik, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, me'dada achishishni o‘z ichiga oladi. Bu reaktsiyalar kam uchraydi va hatto davolash to‘xtatilganidan keyin ham uchrashi mumkin. Prostataning gipertrofiyasi bo‘lgan patsiyentlarda siydikni tutilishi aniqlanishi mumkin. Xlorfeniraminning ko‘proq uchraydigan umumiy nojo‘ya reaktsiyasi bu holsizlikdir. Me'dadagi achishishni ovqatni suyuqlik yoki ichimliklar bilan qabul qilib bartaraf qilish mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning har qanday komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik, glaukoma, MAO preparatlarini qabul qiluvchi va jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar.Dorilarning o‘zaro ta'siri
VRAGGRIPP-P fenobarbital, varfarin, fenotiazid, monoaminoksidaza ingibitorlari, tritsiklik antidepressantlar, bilvosita yoki aralash simpatomimetik vositalar, xavotirlik va uyquni davolash uchun vositalar, xinolonlar, depressiyani davolash uchun vositalarning ta'sirini kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Paratsetamolni buyraklar va jigar faoliyatini yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Jigar faoliyatiga ta'sir qiluvchi preparatlarni qabul qilishda ham ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Preparat antigistamin komponent xlorfeniramin maleatini saqlaydi, uni sedativ samara ko‘rsatuvchi preparatlar va alkogol bilan birga qo‘llashda antigistamin komponentining sedativ samarasini oshirishi mumkin. MNT ni rag‘batlantiruvchi preparatlar bilan qabul qilish mumkin emas, ayniqsa bolalarda, demak tavsiya qilingan dozani oshirish mumkin emas. Bu holsizlik, uyquchanlikka olib kelishi mumkin. Preparatni qabul qilishda transportni haydash va boshqa mashinalarni boshqarishdan saqlaning.Homiladorlik va laktatsiya davri
Homilador ayollar va laktatsiya davridagi onalarga, shifokor tomonidan buyurilgan hollardan tavsiya qilinmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Davolash preparatlarning dozasini oshirib yuborilishini davolashga bo‘lgan talablariga asoslangan bo‘lishi kerak. Agar preparat taxminan 1 soat oldin qabul qilingan bo‘lsa faollashtirilgan ko‘mirni buyurish kerak. 4 soat ichida qon plazmasida paratsetamolning miqdorini aniqlash kerak. N-atsetiltsistein bilan davolash paratsetamolning dozasini oshirib yuborilishini 24 soat davrida ko‘zda tutilishi kerak, shunga qaramasdan himoya samarasi paratsetamol qabul qilinganidan so‘ng 8 soat o‘tgach aniqlanadi. Bu vaqtdan keyin antidot davolashning samarasi o‘tkirroq namoyon bo‘ladi. Zarurati bo‘lganida patsiyentga N-atsetiltsistein sxema bo‘yicha vena ichiga buyuriladi.Chiqarilish shakli
Sirop 100 ml dan flakonlarda. 1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda, qorong‘i joyda saqlansin.Yaroqlilik muddati
3 yil.Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.