Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Zerokold - P tab. № 10, blister
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Парацетамол, кофеин, фенилэфрин, хлорфенирамина малеат
Страна производитель
Индия
Дозировка
500 мг
Производитель
BioMedicare (India) Pvt. Ltd
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Zerokold-P
Dori shakli
Tabletkalar kontur-uyali o‘ramlarda.
Tarkibi
Har bir tabletka saqlaydi
ta'sir etuvchi moddalar 500 mg - paratsetamol, 30 mg - kofein (suvsiz), 5 mg - fenilefrin gidroxlorid, 2 mg - xlorfeniramin maleat saqlaydi.
yordamchi moddalar kolloidli kremnezem suvsiz, kraxmalning natriy glikolyati, makkajo‘xori kraxmali, tozalangan talk, magniy stearati.
Ta'rifi Dumaloq, yassi, oq rangli bo‘luv chizig‘ili tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
O‘RK va shamollash belgilarini bartaraf qilish uchun vositalar.
Farmakologik xususiyatlari
Majmuaviy preparat bo‘lib, tarkibiga kiruvchi komponentlarning xususiyatlari bilan bog‘liq jamlanma ta'sir ko‘rsatadi.
Paratsetamol - og‘riq qoldiruvchi va isitma tushiruvchi ta'sir ko‘rsatadi, asosan markaziy nerv tizimidagi prostaglandinlar sintezini tormozlashi va kamroq darajada og‘riq impulslari hosil bo‘lishini bloklashi orqali ta'sir ko‘rsatadi. Periferik ta'siri ham prostaglandinlar sintezini tormozlanishi, og‘riq retseptorlarini mexanik yoki kimyoviy rag‘batlanishiga sezuvchanligiga ma'sul bo‘lgan moddalar sintezini va ta'sirini kamayishi bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Kofein - paratsetamolning og‘riq qoldiruvchi ta'sirini kuchaytiradi, bosh miya qon tomirlarining tonusini oshiradi, yurak ishini rag‘batlantiradi, spazmolitik ta'sir ko‘rsatadi. Preparat shuningdek orqa miyaning reflektor ko‘zg‘aluvchanligini oshiradi, nafas va tomirlarini harakatlantiruvchi markazlarini qo‘zg‘atadi. Uning ta'sirida miya tomirlari, ayniqsa kengayganida torayadi, ergotaminning so‘rilishi ham yaxshilanadi. Trombotsitlar agregatsiyasini pasaytiradi, me'daning sekretor faoliyatini oshiradi.
Fenilefrin gidroxloridi - nafas yo‘llarining shilliq qavatidagi -adrenergik retseptorlarini rag‘batlantirib ularning tomirlarini torayishini chaqiradi. Bu esa yallig‘lanish natijasidagi burun yo‘llari shilliq qavatining shishini vaqtinchalik kamaytiradi. Yurakning -adrenoretseptorlariga kam ta'sir ko‘rsatadi. Arteriolalarning torayishini chaqiradi va arterial bosimni oshiradi. Ko‘z qorachig‘ini kengaytiradi va glaukomada ko‘z ichki bosimni pasaytirishi mumkin.
Xlorfeniramin maleati -allergiyaga qarshi ta'sir ko‘rsatadi. Effektor hujayralarining N1-retseptorlari uchun gistamin bilan raqobatlashib, u gistaminning ular orqali amalga oshiriladigan ta'sirini (to‘qimalar shishini va kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini oshishini) oldini oladi, ammo ular rivojlangan bo‘lsa, uning ta'sir samarasini yo‘qotmaydi Qo‘shimcha burunning bitishini, tumovni va aksa urishni kamayishini ta'minlaydi.
Umuman preparat antigistamin, og‘riqqoldiruvchi, isitma tushiruvchi va shishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi.
Farmakokinetikasi
Paratsetamol uchun So‘rilishi - ichga qabul qilingach, ichakning yuqori qismida to‘liq va tez so‘riladi, yuqori karbonsuvli ovqat qabul qilinganda esa - sekin. Odatdagi og‘riq qoldiruvchi dozada oqsillar bilan kam bog‘lanadi. Taxminan preparat dozasining 90-95% jigarda metabolizmga uchraydi. Plazmada eng yuqori kontsetratsiyasiga 30-90 minutdan so‘ng erishiladi. Yarim chiqarilish davri 1-4 soat, buyrak yetishmovchiligida o‘zgarmaydi, ammo jigar kasalliklarida va doza oshirib yuborilganda, chaqaloqlarda va qariyalarda uzayishi mumkin. Organizmdan buyrak orqali chiqariladi.
Fenilefrin gidroxloridi uchun So‘rilishi - ichga qabul qilinganda va monoaminooksidaza bilan me'dada parchalanishi tufayli va jigardan birinchi o‘tish samarasi hisobiga biologik faolligi pasayadi. Biotransformatsiyasi me'da-ichak yo‘llarida va jigarda kechadi. Organizmdan buyrak orqali chiqariladi.
Xlorfeniramin maleati uchun Ichga qabul qilinganda me'da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi. Oqsillar bilan bog‘lanishi yuqori (72%). Biotransformatsiyasi jigarda, hamda buyrakda kechadi. Yarim chiqarilish davri 14-25 soat. Organizmdan buyrak orqali metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Quyidagi holatlarni simptomatik davolash
-tumov, burunning bitishi (uning shilliq qavatining shishishi oqibatida), bosh og‘rig‘i va isitma bilan kechadigan gripp va shamollash kasalliklari;
-yuqori nafas yo‘llarining allergik kasalliklari;
-burunning yondosh bo‘shliqlarini yallig‘lanishi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga. Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga 1 tabletkadan kuniga 3-4 marta, 3 kun davomida. 6 dan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ½ tabletkadan kuniga 3 marta. Tavsiya etilgan dozalar oshirilmasin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparat jiddiy nojo‘ya ta'sirlar chaqirmaydi. Kamdan-kam hollarda uyquchanlik, shilliq qavatlarni zichlashuvi, (ko‘pincha doza oshirib yuborilganda namoyon bo‘ladi), ko‘rishni xiralashuvi, hayajonlanish, siyishning qiyinlashuvi va og‘rishi, bosh aylanishi, og‘iz, burun yoki tomoqni qurishi, bosh og‘rig‘i, ishtahaning pasayishi, yurak urishi, quloqning shang‘illashi, me'dada diskomfort yoki og‘riq, teri allergik reaktsiyalari bo‘lishi mumkin. Preparat uzoq qo‘llanganda nefrotoksik va gepatotoksik ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Bronxial astma, siyishni qiyinlashuvi, qovuq bo‘ynining obstruktsiyasi, prostata bezining gipertrofiyasi, koronar arteriyalarning yaqqol aterosklerozi, gipertoniyaning og‘ir shakli, yurak ishemik kasalligi), qandli diabet, glaukoma, jigar (shu jumladan virusli gepatit), buyrak faoliyatini buzilishilari, qalqonsimon bezining giperfuntsiyasi (gipertireoz), psixozlar, alkogolizm va preparat komponentlariga yuqorisezuvchanlik, emizish, homiladorlik.
Dorilar bilan o‘zaro ta'siri
Bilvosita antikoagulyantlar, antigistamin preparatlar, ingalyatsion narkoz vositalari, digitalis glikozidlari, antigipertenziv preparatlar, -adrenobloklatorlar, markaziy nerv tizimining stimulyatorlari, doksapram, rauvolfiya alkaloidlari, nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalari, hamda jigar uchun zararli bo‘lgan boshqa dori vositalari, preparatning gepatotoksik ta'sirini kuchaytiradi. Preparat uyqu chaqiruvchi va narkotik vositalar ta'sirini susaytiradi.
Antigistamin vositalar bilan birga qo‘llanganida preparat qo‘shimcha burunning bitishini ochilishini, tumovni, aksa urishni kamayishini ta'minlaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik belgilari paydo bo‘lganida qabul qilishni to‘xtatish kerak.
Sportchilarni ushbu preparatni dopingga qarshi testga ijobiy reaktsiya chaqirish qobiliyatiga ega ekanligi to‘g‘risida ogohlantirish lozim. 6 yoshdan kichik bolalarga shifokorni ko‘rsatmasisiz tavsiya qilinmaydi.
Homiladorlikda qo‘llashni xavfsizligi aniqlanmagan. Preparatni oz miqdori sut bilan chiqadi. Shuning uchun preparat bilan davolanish vaqtida emizishni to‘xtatish kerak.
Davolanish davrida, preparat uyquchanlik va karaxtlik chaqirishi mumkin, shuning uchun, avtomobil haydash yoki boshqa yuqori diqqat talab etadigan faoliyat bilan shug‘ullanish mumkin emas.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborish
Simptomlari ko‘ngil aynishi, qusish, burun shilliq qavatini qattiqlashishi, hayajonlanish, mushaklarni tortilishi (titroqqacha), markaziy nerv tizimining faoliyatini susayishi, uyquchanlik, koma. Chuqur tinchlanish yoki koma ko‘p terlash, gipotoniya va shok bilan kechishi mumkin. Jigar nekrozi natijasida o‘lim yuz berishi mumkin.
Davolash agar o‘z-o‘zidan bo‘lgan bo‘lsa ham, qusishni chaqirish kerak. Shundan keyin preparatning so‘rilishini kamaytirish uchun faollashtirilgan ko‘mir va surgi vositalari suv bilan birga beriladi. Agarda ko‘p miqdorda sut yoki krem iste'mol qilingan bo‘lsa va qusishni chaqirib bo‘lmasa, dori qabulidan keyin 3 soat davomida yoki kechroq bo‘lsa ham me'dani yuvish kerak. Ichga N-atsetiltsistein (paratsetamol bilan zaharlangandagi maxsus zaharga qarshi vosita) va fentolamin (fenilefrin antagonisti) buyuriladi.
Chiqarilish shakli
10 ta tabletkadan kontur uyali o‘ramlarda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqarilgan
“Biomedicare Pvt. Ltd.”, Hindiston
O‘ramlangan
"Pharmed®"XK
O‘zbekiston Respublikasi, 100132, Toshkent sh., Ibrat k. 1, tel/faks 247-45-90.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.