Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Diklofenak natriya in'ektsiya uchun eritma 2,5% 3ml. №10 Borisovskiy
Diklofenak natriya in'ektsiya uchun eritma 2,5% 3ml. №10 Borisovskiy
Nomi | Narx | |||||
Диклофенак натрий р-р д/ин 2,5% 3мл. №10 Борисовский (871123##2022) |
UZS 10 800
Stokda yetarli (3)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Диклофенак
Страна производитель
Беларусь
Дозировка
25 мг/мл
Производитель
Борисовский завод, Беларусь
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для инъекций
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Diklofenak natriya
Ta'sir etauvchi modda (XPN) diklofenak (diclofenac)
Dori shakli
mushak ichiga yuborish uchun eritma 25 mg/ml
Tarkibi
Har bir ampula (3 ml eritma) quyidagilarni saqlaydi
faol modda diklofenak natriy – 75,0 mg;
yordamchi moddalar propilenglikol, mannit Ye421, benzil spirti, natriy metabisulfiti Ye 223 (natriy disulfiti), natriy gidroksidi, in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi biroz bo‘yalgan kuchsiz benzil hidiga ega bo‘lgan suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
Yallig‘lanishga qarshi va revmatizmga qarshi vositalar. Sirka kislotasi hosilalari va ularning analoglari.
ATX kodi M01AV05
Qo‘llanilishi
-revmatik kasalliklarning yallig‘lanish va degenerativ shakllari (revmatoid artrit, ankilozlanuvchi spondilit, osteoartroz, spondiloartritlar);
-umurtqa pog‘onasi tomonidan og‘riq sindromi;
-bo‘g‘im atrofidagi yumshoq to‘qimalarning revmatik kasalliklari;
-o‘tkir podagra huruji;
-yallig‘lanish va shish bilan kechuvchi jarohatdan keyingi va operatsiyadan keyingi og‘riq sindromlari;
-og‘ir kechuvchi migren hurujlari;
-buyrak va o‘t pufagi sanchiqlarida qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarga 75 mg (1 ampula) dan kuniga 1-2 marta mushak ichiga (dumba mushagiga chuqur) ko‘pi bilan 2 kun davomida yuboriladi. So‘ngra diklofenak natriyni tabletkalar yoki suppozitoriy dori shaklini qo‘llashga o‘tiladi.
Preparat uzoq muddat yoki yuqori dozalarda qo‘llanganida yurak-qon tomir asoratlarini rivojlanish havfi oshishi mumkinligi tufayli, diklofenakni simptomlarning yaqqolligini kamaytirish uchun kerak bo‘lgan minimal samarali dozada maksimal qisqa vaqt davomida buyurish kerak.
Keksa yoshdagi odamlarda dozalash. nojo‘ya reaktsiyalarni rivojlanish havfi yuqori bo‘lgan patsiyentlarda Diklofenak natriyni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Kuchsizlangan patsiyentlarga yoki tana vazni past bo‘lgan patsiyentlarga eng kichik samarali dozani qo‘llash tavsiya etiladi; me'da-ichakdan qon ketishlarini rivojlanish havfini nazorat qilish kerak.
Buyrak yoki jigar yetishmovchiligida dozalash. Diklofenak natriy og‘ir darajadagi buyrak yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga qo‘llash mumkin emas. Yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasidagi buyrak yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish tavsiya etiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Turli nojo‘ya samaralarning rivojlanish tezligini baholashda quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalanilgan juda tez-tez (> 1/10), tez-tez (≥ 1/100, < 1/10); tez-tez emas (≥ 1/1000, < 1/100); kam hollarda (≥ 1/10000, < 1/1000); juda kam hollarda (< 1/10000); uchrash tezligi noma'lum uchrash tezligi bo‘yicha baholash mumkin emas.
Qon va limfa tizimi tomonidan juda kam hollarda – trombotsitopeniya, leykopeniya, anemiya (shu jumladan gemolitik va aplastik anemiya), agranulotsitoz.
Immun tizimi tomonidan kam hollarda – o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, anafilaktik va anafilaktoid reaktsiyalar (shu jumladan gipotenziya va shok); juda kam hollarda – Kvinke shishi (jumladan yuzni shishi).
Markaziy nerv tizimi tomonidan tez-tez – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi; kam hollarda – uyquchanlik, charchoq; juda kam hollarda – paresteziyalar, xotirani yomonlashishi, tirishishlar, bezovtalik, tremor, aseptik meningit, ta'm bilishni buzilishi, bosh miyada qon aylanishini buzilishi, dezoriyentatsiya, depressiya, uyqusizlik, dahshatlar, ta'sirchanlik, ruhiy buzilishlar; uchrash tezligi noma'lum – ongni chalkashishi, gallyutsinatsiyalar, sezuvchanlikni buzilishi, lohaslik.
Ko‘rish a'zolari tomonidan juda kam hollarda – ko‘rishni buzilishi, ko‘rishni xiralashishi, diplopiya; uchrash tezligi noma'lum – ko‘rish nervi nevriti.
Eshitish a'zolari tomonidan tez-tez – bosh aylanishi; juda kam hollarda – quloqlarni shang‘illashi, eshitishni buzilishi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan juda kam hollarda – yurakni urib ketishi, ko‘krak qafasida og‘riq, miokard infarkti, yurak yetishmovchiligi. Klinik tadqiqotlar va epidemiologik tekshiruv ma'lumotlari diklofenak natriy, ayniqsa uzoq muddat yoki yuqori dozalarda (sutkada 150 mg) qo‘llanganida trombotik asoratlar (masalan, miokard infarkti yoki insult) ni rivojlanish havfi oshadi.
Qon tomirlari tomonidan juda kam hollarda – gipertenziya, gipotenziya, vaskulit.
Nafas a'zolari va ko‘krak qafasi a'zolari tomonidan kam hollarda – astma (shu jumladan dispnoe); juda kam hollarda – pnevmonit.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan tez-tez – ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, dispepsiya, meteorizm, qorinda og‘riq, anoreksiya; kam hollarda – gastrit, me'da-ichak yo‘llaridan qon ketishlari, qonli qusish, qonli diareya, melena, qon ketishi yoki perforatsiya bilan kechuvchi me'da-ichak yaralari (ba'zida o‘limga olib keladi, ayniqsa keksa yoshdagi odamlar); juda kam hollarda – kolit (shu jumladan gemorragik, yarali kolitni zo‘rayishi yoki Kron kasalligi), qabziyat, stomatit (shu jumladan yarali stomatit), glossit, qizilo‘ngachning funktsiyasini buzilishi, diafragmasimon ichak strikturalari, pankreatit.
Gepatobiliar tizim tomonidan tez-tez – jigar transaminazalarini oshishi; kam hollarda – gepatit, sariqlik, jigar funktsiyasini buzilishi; juda kam hollarda – fulminant gepatit, jigar nekrozi, jigar yetishmovchiligi.
Teri va teri osti yog‘ kletchatkasi tomonidan tez-tez – toshma; kam hollarda – eshakemi; juda kam hollarda – bullyoz xarakterga ega shikastlanish, ekzema, eritema, ko‘p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), eksfoliativ dermatit, alopetsiya, fotosensibilizatsiya, purpura, allergik purpura, qichishish.
Buyrak va siydik chiqarish tizimi tomonidan juda kam hollarda – o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, gematuriya, proteinuriya, nefrotik sindrom, interstitsial nefrit, buyrak so‘rg‘ichlari nekrozi.
Umumiy buzilishlari tez-tez – in'ektsiya joyida reaktsiya, in'ektsiya joyida og‘riq, in'ektsiya joyini zichlashishi; kam hollarda – in'ektsiya joyida nekroz, shish.
Reproduktiv tizimi tomonidan juda kam hollarda – impotentsiya.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• faol moddaga, natriy metabisulfiti yoki yordamchi moddalardan birortasiga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
• me'da yoki ichakning faol yarasi, qon ketishi yoki perforatsiya bilan birga yoki usiz kechuvchi yarasi;
• anamnezida nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (NYaQV) ni qo‘llash bilan bog‘liq perforatsiya yoki me'da-ichakdan qon ketishi;
• me'da yoki o‘n ikki barmoq ichakning faol yoki qaytalanuvchi yaralari/qon ketishi (yarani paydo bo‘lishi yoki qon ketishining ikki yoki undan ortiq tasdiqlangan alohida epizodlari);
• homiladorlik;
• og‘ir darajadagi jigar, buyrak yoki yurak yetishmovchiligi (“
Maxsus ko‘rsatmalar
” bo‘limiga qarang);
• boshqa NYaQV kabi, diklofenak natriyni shuningdek atsetilsalitsil kislotasi yoki boshqa notseroid yallig‘lanishga qarshi vositalarni qabul qilish fonida yuz bergan bronxial astma hurujlari, Kvinke shishi, eshakemi yoki o‘tkir riniti bo‘lgan patsiyentlarda ham qo‘llash mumkin emas.
• dimlangan yurak yetishmovchiligi (NYHA II-IV), yurak ishemik kasalligi, periferik arteriyalarning kasalliklari va/yoki serebrovaskulyar kasalliklar;
• ichakning yallig‘lanish kasalliklari (Kron kasalligi va yarali kolit kabilar);
• bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar;
• gipovolemiya va degidratatsiya;
• antikoagulyantlarni qo‘llash fonida operatsiyadan keyingi qon ketishi havfi yuqori bo‘lgan patsiyentlar, gemostaz to‘liq bo‘lmagan patsiyentlar, qon yaratish jarayonini buzilishi yoki serebrovaskulyar qon ketishi bo‘lgan patsiyentlar;
• aortokoronar shuntlash va yurakda o‘tkazilgan boshqa operatsiyalardan so‘ng kuzatiladigan operatsiyadan keyingi og‘riqlarni davolash uchun qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Litiy, digoksin. Diklofenak natriy qon plazmasida litiy va digoksinning kontsentratsiyasini oshirishi mumkin.
Diuretik vositalar. Diklofenak natriy diuretik ta'sirining yaqqolligini kamaytirishi mumkin. Kaliyni tejovchi diuretiklar bilan bir vaqtda qo‘llash qonda kaliyning darajasini oshishiga olib kelishi mumkin (ushbu ko‘rsatkichni nazorat qilish kerak).
NYaQV. NYaQVni tizimli qo‘llanishi noxush ko‘rinishlarni yuz berishi tezligini oshirishi mumkin.
Antikoagulyantlar. Diklofenak natriy va ushbu preparatlarni bir vaqtda qabul qilayotgan patsiyentlarda qon ketishi havfini oshishi to‘g‘risida ayrim xabarlar bor. Bemorlarni sinchiklab va muntazam ravishda kuzatish tavsiya etiladi.
Diabetga qarshi preparatlar. Diklofenak natriyni diabetga qarshi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash ularning samaradorligini o‘zgartirmaydi. Gipoglikemiya va giperglikemiyani rivojlanganligi to‘g‘risida ayrim xabarlar bor, bu qand miqdorini pasaytiruvchi preparatlarning dozasini o‘zgartirishni talab etgan.
Metotreksat. NYaQV metotreksatni qabul qilishdan kamida 24 soat oldin yoki keyin buyurilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Uning toksikligi oshishi mumkin.
Siklosporin va takrolimus. Nefrotoksikligi kuchayadi.
Antibakterial vositalar - xinolon hosilalari. Bemorlarda tirishishlarni rivojlangani to‘g‘risida ayrim xabarlar bor.
Farmatsevtik nomutanosibligi. Ampulalardagi eritmani, boshqa in'ektsiya uchun dori vositalarning eritmalari bilan aralashtirish mumkin emas.
Diuretiklar va antigipertenziv vositalar. Diklofenak natriyni diuretiklar yoki antigipertenziv dori vositalari (β-adrenoblokatorlar, angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llash antigipertenziv samarasini pasayishiga, nefrotoksiklikni oshishiga olib kelishi mumkin. Ayniqsa keksa yoshdagi patsiyentlarda arterial bosimni nazorat qilish shart hisoblanadi.
Giperkaliyemiyani chaqirishi mumkin bo‘lgan dori vositalari. Kaliyni tejovchi diuretiklar, siklosporin, takrolimus yoki trimetoprim bilan bir vaqtda davolash qonda kaliyning darajasini oshishiga olib kelishi mumkin, nazorat qilish kerak.
Serotoninni neyronal qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari (SQQSI). Me'da-ichak yo‘llaridan qon ketishi havfini oshishi kuzatiladi.
Fenitoin. Qonda fenitoinning darajasini monitoringi zarur.
Kolestipol va xolestiramin. Diklofenak natriyni kolestipol / xolestiramin qabul qilingandan so‘ng kamida 4-6 soatdan keyin qo‘llash tavsiya etiladi.
Yurak glikozidlari. Yurak yetishmovchiligini kuchayishi, buyrak faoliyatini pasayishi va qon plazmasida yurak glikozidining kontsentratsiyasini oshishi kuzatiladi.
Mifepriston. Mifepristonning samarasi pasayishi mumkinligi tufayli, diklofenak natriy mifepriston qo‘llanganidan so‘ng 8-12 kun davomida ishlatilishi mumkin emas.
CYP2C9 potentsial ingibitorlari. Diklofenak natriy, uning toksikligini oshishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan, CYP2C9 potentsial ingibitorlari (masalan, vorikonazol) bilan birga buyurilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Diklofenak natriy bilan davolash vaqtida jigar fermentlarining faolligini oshishi kuzatilishi mumkin. Agar jigar fermentlarining oshgan faolligi saqlanib tursa yoki oshib borsa, dori vositasini qabul qilishni zudlik bilan to‘xtatish kerak.
Anamnezida jigar va buyrak kasalliklari, me'da-ichak yo‘llari (MIY) ning kasalliklari, dori vositasini buyurish vaqtida dispeptik simptomlar, arterial gipertoniyasi, yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga, jiddiy jarrohlik aralashuvlaridan so‘ng darhol, shuningdek keksa yoshdagi patsiyentlarga dori vositasi ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Anamnezida NYaQV va sulfitlarga nisbatan allergik reaktsiyalarga ko‘rsatmalar bo‘lgan bemorlarga, diklofenak natriy faqat shoshilinch holatlarda buyuriladi.
Preparat bilan davolanish vaqtida jigar va buyrak funktsiyasini, periferik qon manzarasini muntazam ravishda kuzatish zarur.
Diklofenak natriy antikoagulyantlar bilan bir vaqtda buyurilganida protrombin vaqtini nazorat qilish kerak; antikoagulyantning dozasi klinik talablarga muvofiq ravishda o‘zgartiriladi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlik davrida diklofenak natriyni qo‘llash mumkin emas. Emizikli ayollarga buyurish zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish masalasini hal qilish kerak.
Avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Diklofenak natriyni qo‘llash vaqtida bosh aylanishi yoki markaziy nerv tizimi tomonidan boshqa noxush hissiyotlar, shu jumladan ko‘rishni buzilishini boshdan kechiradigan patsiyentlar avtotransportni haydash yoki mexanizmlarni boshqarish mumkin emas.
Noxush ko‘rinishlarni rivojlanish havfini kamaytirish maqsadida dori vositasini eng kichik samarali dozada juda qisqa vaqt davomida buyurish kerak. Diklofenak natriyni boshqa tizimli NYaQV bilan bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak.
Keksa yoshdagi patsiyentlarga dori vositasini ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Kuchsizlangan keksa yoshdagi patsiyentlar yoki tana vazni past bo‘lgan patsiyentlarga preparatni eng kichik samarali dozada qo‘llash kerak.
Diklofenak natriy allergik reaktsiyalar, shu jumladan anafilaktik / anafilaktoid reaktsiyalarni chaqirishi mumkin. Eritmaning tarkibidagi natriy metabisulfiti og‘ir darajadagi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari va bronxospazmni chaqirishi mumkin. Boshqa NYAQV kabi, diklofenak natriy infektsiyaning belgilari va simptomlarini yashirishi mumkin.
MIY diklofenak natriy anamnezida MIY shikastlanishi borligidan qat'iy nazar, me'da-ichak yo‘llaridan qon ketishi (qonli qusish, melena), me'da-ichak yaralari yoki perforatsiyani (shu jumladan, fatal) chaqirishi mumkin. MIY dan qon ketishi yoki yarasi rivojlanganida, dori vositasini bekor qilish kerak. Diklofenak natriyning dozasi oshirilganida, shuningdek anamnezida qon ketishi yoki perforatsiya bo‘lgan patsiyentlarda, keksa yoshdagi shaxslarda me'da-ichak yo‘llaridan qon ketishi, yaralar yoki perforatsiyani rivojlanish havfi yuqori bo‘ladi.
Gastrointestinal toksiklikni, ayniqsa atsetilsalitsil kislotasining kichik dozalarini yoki MIY ni shikastlanish havfini oshiradigan dori vositalarini qabul qilayotgan patsiyentlarda rivojlanish havfini kamaytirish uchun mizoprostol yoki proton nasos ingibitorlari bilan majmuaviy davolash o‘tkazish kerak.
Anamnezida gastrointestinal toksiklikni ko‘rinishlari bo‘lgan patsiyentlar, ayniqsa keksa patsiyentlar har qanday g‘ayrioddiy abdominal simptomlar xaqida xabar berishlari kerak.
Me'da-ichakda yarani hosil bo‘lish yoki qon ketish havfini oshiradigan yondosh dori vositalar tizimli kortikosteroidlar, antikoagulyantlar (varfarin), serotoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari (SQQSI) yoki antitrombotsitar preparatlar (atsetilsalitsil kislotasi) ni qabul qilayotgan patsiyentlarga diklofenak natriyni ehtiyotkorlik bilan ishlatish kerak.
Nospetsifik yarali kolit yoki Kron kasalligi bo‘lgan patsiyentlarga diklofenak buyurilganida, kasallikni zo‘rayishi rivojlanishi mumkinligi tufayli, sinchkov tibbiy kuzatuv va ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Buyrak funktsiyasini buzilishi. Jigar kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarga dori vositasi buyurilganida jigar funktsiyasini og‘irlashishi mumkin.
Buyrak funktsiyasini buzilishi va yurak-qon tomir tizimining kasalliklari. Yurak va buyrak funktsiyasini buzilishlari, arterial gipertenziya, keksa odamlar, siydik haydovchi vositalar yoki buyrak funktsiyasiga ta'sir etuvchi dori vositalar bilan yondosh davolanayotgan patsiyentlar, shuningdek hujayradan tashqari suyuqlik hajmi ahamiyatli darajada kamayishi bo‘lgan patsiyentlarga buyurilganida, ayniqsa ehtiyotkorlik talab etiladi. Buyrak faoliyatini nazorat qilish tavsiya etiladi. Davolashni to‘xtatish odatda buyrak funktsiyasini dastlabki darajagacha tiklanishiga olib keladi.
Diklofenak natriy, ayniqsa yuqori dozalarda (kuniga 150 mg) va uzoq muddat qo‘llanganida arterial tromboz (masalan, miokard infarkti yoki insult) ni rivojlanish havfi oshishi mumkin.
Yurak-qon tomir asoratlari (masalan, arterial gipertenziya, giperlipidemiya, qandli diabet, chekish) ni rivojlanish havfi ahamiyatli darajada bo‘lgan patsiyentlarga diklofenak natriyni havfsizlik baholangandan keyingina buyurish kerak.
Teri. Diklofenak natriy ishlatilganida teri tomonidan jiddiy nojo‘ya reaktsiyalar (shu jumladan o‘limga olib keluvchi reaktsiyalari) juda kam hollarda rivojlangan. Teri toshmalari, shilliq qavatlarni shikastlanishi yoki o‘ta yuqori sezuvchanlikning har qanday boshqa belgilari birinchi marta paydo bo‘lganida diklofenakni qo‘llashni to‘xtatish kerak.
Tizimli qizil yugurik (TQYu) va biriktiruvchi to‘qima kasalliklari. TQYu va biriktiruvchi to‘qimalarning kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda aseptik meningitni rivojlanish havfi yuqori bo‘ladi.
Qon tizimi. Diklofenak natriy bilan uzoq muddat davolanish vaqtida qon manzarasi monitoringi tavsiya etiladi. Gemostazni buzilishlari, gemorragik diatez yoki gematologik buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarni sinchiklab kuzatish kerak.
Bronxial astma. Bronxial astma, mavsumiy allergik rinit, burunning shilliq qavatini shishi (shu jumladan burun poliplari), o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklari yoki nafas yo‘llarining surunkali infektsiyalari (ayniqsa, allergik rinitsimon simptomlari bo‘lgan patsiyentlar) bo‘lgan patsiyentlarga diklofenak natriyni juda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Ayollarda fertillik. Diklofenak natriyni qo‘llash ayollarda fertillikni buzilishiga olib kelishi mumkin va homilador bo‘lishga harakat qilayotgan ayollarga qo‘llash tavsiya etilmaydi. Homilador bo‘lishda qiyinchilik his qilayotgan va bepushtlik bilan xastalangan ayollarga diklofenak natriyni bekor qilish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dori vositasining dozasini oshirib yuborilishiga xos bo‘lgan odatdagi tipik klinik manzara mavjud emas.
Davolash. Diklofenak natriy bilan o‘tkir zaharlanishni davolash samarani bir maromda saqlab turuvchi va simptomatik davolashdan iboratdir.
Samarani bir maromda saqlab turuvchi va simptomatik davolash arterial gipotenziya, buyrak yetishmovchiligi, tirishishlar, MIY tomonidan buzilishlar va nafas faoliyatini susayishi kabi asoratlarda ko‘rsatilgan.
Chiqarilish shakli
3 ml dan shisha ampulalarda. 10 ampula, ampulaning ochish uchun pichoq yoki skarifikator va ilova varaqa bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
haqida ma'lumot
“Borisovskiy zavod meditsinskix preparatov”, Ochiq aktsionerlik jamiyati,
Belarus Respublikasi, Minsk vil., Borisov sh., Chapayev ko‘ch., 64.
Tel/faks +375 (177) 735612, 731156.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.