Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Dolaren in'ektsiya uchun eritma 25mg/ml, 3ml №5
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 2 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
20 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 2 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Диклофенак
Страна производитель
Индия
Дозировка
75 мг/3 мл
Производитель
Nabros Pharma Pvt. Ltd
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для инъекций
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Dolaren
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Diklofenak natriy.
Dori shakli
In'ektsiya uchun eritma.
Tarkibi
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol modda diklofenak natriy – 25 mg.
yordamchi moddalar benzil spirti, propilenglikol, natriy metabisulfiti,
kaliya digidrofosfati, natriy EDTA, in'ektsiya uchun suv.
Farmakoterapevtik guruhi
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar.
ATX kodi G04BE03
Farmakologik xususiyatlari
Yallig‘lanishga qarshi, og‘riqni qoldiruvchi, isitmani tushiruvchi, revmatizmga qarshi, antiagregatsion xususiyatlarga ega. Siklooksigenazani ingibitsiya qilinishi natijasida araxidon kaskadining reaktsiyasi bloklanadi va PGE2, PGE2alfa, tromboksan A2, prostatsiklin, leykotriyenlarning sintezini va lizosomal fermentlarni ajralib chiqishi buziladi; trombotsitlarning agregatsiyasini bostiradi; uzoq muddat qo‘llanganda desensibilizatsiyalovchi ta'sir ko‘rsatadi; in vitro sharoitlarida odamda kuzatiladigan muvofiq kontsentratsiyalarda tog‘aylarda proteoglikanning biosintezini sekinlashishini chaqiradi.
Tinch holatda va harakatdagi og‘riqni, ertalabki tanglikni, bo‘g‘imlar shishini kamaytiradi, ularning funktsional xususiyatini yaxshilaydi. Operatsiyalar va jarohatlardan keyin rivojlanadigan yallig‘lanish jarayonlarida, ham spontan, ham harakatdagi og‘riqni tez yengillashtiradi, jarohat joyidagi yallig‘lanish shishini kamaytiradi. Davolash kursini olgan poliartriti bo‘lgan patsiyentlarda sinovial suyuqlik va sinovial to‘qimalardagi kontsentratsiyasi qon plazmasidagiga nisbatan yuqori. Yallig‘lanishga qarshi faolligi bo‘yicha atsetilsalitsil kislotasi, butadion, ibuprofendan yuqori; indometatsin bilan taqqoslanganda yaqqol klinik samara va yaxshi o‘zlashtirilishi haqida ma'lumotlar bor; revmatizmda va Bexterev kasalligida prednizolon va indometatsinga ekvivalent.
Farmakokinetikasi
Mushak ichiga (m/i) yuborilganda plazmadagi maksimal kontsentratsiyasiga (Smax) 10-20 minutdan keyin erishiladi. Biokiraolishligi – 50%; jadal tizim oldi eliminatsiyasiga uchraydi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 99% dan yuqori. To‘qimalar va sinovial suyuqlikka yaxshi o‘tadi; u yerda uning kontsentratsiyasi sekin o‘sadi, 4 soatdan keyin plazmadagiga nisbatan ahamiyatli darajadagi yuqoriroq kontsentratsiyalariga erishiladi. Taxminan 35% axlat bilan metabolitlari ko‘rinishida chiqariladi; taxminan 65% jigarda metabolizmga uchraydi va nofaol metabolitlari ko‘rinishida buyraklar orqali chiqariladi (o‘zgarmagan ko‘rinishda 1% kamroq chiqariladi). Plazmadan yarim chiqarilish davri (T1/2) – taxminan 2 soat, sinovial suyuqlikdan – 3-6 soat; qabullar orasidagi tavsiya qilingan intervalga rioya qilinganda to‘planmaydi.
Qo‘llanishi
Bo‘g‘imlarning yallig‘lanish kasalliklari (revmatoit artrit, revmatizm, ankilozlanuvchi spondilit, surunkali podagrik artrit), degenerativ kasalliklar (deformatsiyalanuvchi osteoartroz), lyumbago, ishias, nevralgiya, mialgiya, bo‘g‘imdan tashqari to‘qimalarning kasalliklari, tendovagenit, bursit, yumshoq to‘qimalarni revmatik shikastlanishi, yallig‘lanish bilan kechuvchi posttravmatik og‘riq sindromi, operatsiyadan keyingi og‘riqlar, podagrani o‘tkir xuruji, birlamchi disalьgomenoreya, adneksit, migren xurujlari, buyrak va jigar sanchig‘i, LOR-a'zolarining infektsiyalari, pnevmoniyaning qoldiq asoratlarida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Vena ichiga (v/i) yoki m/i, tomchilab infuziya ko‘rinishida. Parenteral qo‘llashning davomiyligi 2 sutkadan oshmasligi kerak. Davolashni uzaytirish zarurati bo‘lganida preparat patsiyentlarga tabletkalar yoki shamchalar ko‘rinishida buyuriladi.
M/i in'ektsiya o‘tkir og‘riqlarda – 75 mg har kuni 1-5 kun davomida. Zarurati bo‘lganida (jigar yoki buyrak sanchig‘i) kundalik dozani 150 mg gacha (1 ampuladan kuniga 2 marta) oshirish mumkin.
V/i infuziya preparat infuziya ko‘rinishida tomchilab yuboriladi. Bevosita yuborishdan oldin 1 ampulaning ichidagisi (75 mg) ni 100-500 ml 0,9% NaCl eritmasida yoki 5% dekstroza eritmasida – (infuzion eritmalarga oldindan 0,5 ml 8,4% li yoki 1 ml 4,2% li natriy bikorbonat eritmasi oldindan quyiladi) suyultirish kerak. Infuziya uchun tayyorlangan eritmalar tiniq bo‘lishi kerak.
Yaqqollik darajasi o‘rtacha va kuchli bo‘lgan operatsiyadan keyingi og‘riq sindromini davolashda preparat 75 mg dozada 30-120 minut davomida yuboriladi. Zarurati bo‘lganida bir necha soatdan keyin preparatni takroran yuborish mumkin. Biroq dozasi 24 soat davomida 150 mg dan oshmasligi kerak.
Operatsiyadan keyingi og‘riqlarni oldini olish maqsadida infuziya «zarb dozada» - 25-50 mg 15-60 minut davomida o‘tkaziladi. Keyinchalik infuziya maksimal sutkalik dozasi 150 mg gacha yetgunicha 5 mg/soat tezlik bilan davom ettiriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ko‘ngil aynishi, anoreksiya, epigastral sohada og‘riq va nohush hislar, meteorizm, qabziyat, diareya. Ko‘pchilik hollarda bu simptomlar davolash jarayoniga ta'sir qilmaydi. Bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, qo‘zg‘alish, uyqusizlik, ta'sirchanlik, charchoqlik bo‘lishi mumkin; moyilligi bo‘lgan patsiyentlarda – shishlar. Kam hollarda – anemiya, leykopeniya, trombotsitopeniya, agranulotsitoz, sezuvchanlikni, ko‘rishni buzilishi (ko‘rishni noaniqligi, diplopiya), quloqlarda shovqin, tirishishlar, sochlarni to‘kilishi, buyrak yoki jigar funktsiyasini buzilishi. Preparat mushak ichiga yuborilgan joyda – achishish; alohida hollarda – infilьtrat, abtsessni hosil bo‘lishi, yog‘ to‘qimalarni nekrozi kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘ta yuqori sezuvchanlik (shu jumladan boshqa NYaQV larga), qon hosil bo‘lishini noaniq etiologiyali buzilishi, me'da va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi, ichakni zo‘rayish bosqichidagi dekstruktiv-yallig‘lanish kasalliklari, «aspirinli» bronxial astma, bolalar, homiladorlikning oxirgi uch oyligida qo‘llash mumkin emas.
Qo‘llashga cheklanishlar. Jigar va buyrak funktsiyasini buzilishi, yurak yetishmovchiligi, porfiriya, diqqatni yuqori jamlash talab qiladigan ish, homiladorlik, emizish (emizishni bekor qilish kerak).
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Qonda litiy, digoksin, bilvosita antikoagulyantlar, oral diabetga qarshi preparatlar (ham gipo-, ham giperglikemiya bo‘lishi mumkin), xinolon hosilalarining kontsentratsiyalarini oshiradi. Metotreksat, siklosporinni toksikligini, glyukokortikoidlarning nojo‘ya samaralarini (me'da-ichakdan qon ketishi) rivojlanishi ehtimoli, kaliy saqlovchi diuretiklar fonida giperkaliyemiya xavfi oshiradi, diuretiklar samarasini kamaytiradi. Atsetilsalitsil kislotasi bilan qo‘llanganda plazmadagi kontsentratsiyasi pasayadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Uzoq muddatli davolashda qon formulasini va jigar funktsiyasini, yashirin qon mavjudligini axlat tahlilini davriy ravishda tekshirish kerak. Homiladorlikni birinchi 6 oyligida qat'iy ko‘rsatmalar bo‘yicha va eng kichik dozada qo‘llash kerak. Reaktsiya tezligini pasayishi mumkinligi tufayli, avtotransportni haydash va mexanizmlar bilan ishlash tavsiya qilinmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari bosh aylanishi, bosh og‘rishi, giperventilyatsiya, ongni chalkashishi, MIY buzilishlari (ko‘ngil aynishi, qusish, qorin sohasida og‘riq, qon ketishi), jigar va buyrak funktsiyasini buzilishlari.
Davolash AB oshishi, buyrak funktsiyasini buzilishi, tirishishlar, MIY ta'sirlanishi, nafasni susayishini bartaraf qilishga qaratilgan simptomatik davolash. Jadallashtirilgan diurez, gemodializning samarasi kam.
Chiqarilish shakli
3 ml eritma ampulalarda, 5 ampula kontur uyali o‘ramda. 1 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoit
Quruq, salqin, qorong‘i joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
NABROS FARMA PVT. LTD.
N X. №8, Kadjipura, Kxeda-387 411, Hindiston
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.