Bisakodil rektal suppozitoriylar 10mg №10
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Yoʻriqnoma: Bisakodil rektal suppozitoriylar 10mg №10
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
BisakodilXalqaro patentlanmagan nomi
BisakodilDori shakli
Rektal suppozitoriylarBir suppozitoriy tarkibi:
ta'sir etuvchi modda: bisakodil – 10 mg,
yordamchi moddalar: qattiq yog‘ (N 15, W 35 markali) Vitepsol, (NA 15, NAS 50 markali) Supposir)) vazni 1,25 g gacha bo‘lgan suppozitoriy olinguncha.
Ta'rifi
oqdan to biroz sarg‘ish tusli oq rangligacha bo‘lgan, torpedasimon shaklli suppozitoriylar. Suppozitoriylar yuzasida oq karash paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.Farmakoterapevtik guruhi
surgi vositasiATX kodi: A06AV02
Farmakologik xususiyatlari
Ichakning retseptor apparatini ta'sirlanishini chaqiradi, ichakning shilliq qavatiga bevosita ta'sir ko‘rsatadi, ichak peristaltikasini kuchaytiradi, yo‘g‘on ichakda shilimshiq sekretsiyasini oshiradi.Ichakda so‘rilmaydi. Me'da-ichak yo‘llarining shilliq qavatiga ta'sirlovchi samara ko‘rsatuvchi olddori hisoblanadi, ishqoriy muhitda metabolitni hosil bo‘lishi bilan gidrolizlanadi. Ta'siri birinchi soat davomida sodir bo‘ladi.
Qo‘llanilishi
Gipotonik va atonik qabziyat (shu jumladan keksalardagi; operatsiyalar va tug‘ruqlardan keyingi qabziyat). Ich kelishini boshqarish (gemorroy, proktit, anus yoriqlari). Xirurgik operatsiyalarga, asboblar yordamidagi va rentgenologik tekshiruvlarga tayyorlashda qo‘llanadi.Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘ta yuqori sezuvchanlik, ichakni tutilishi, churrani qisilib qolishi, qorin bo‘shlig‘i a'zolarining o‘tkir kasalliklari, peritonit, me'da-ichak yo‘llaridan qon ketishi, metrorragiya, sistit, spastik qabziyatlar, o‘tkir gemorroy, o‘tkir proktit, 8 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.Ehtiyotkorlik bilan
Jigar va/yoki buyraklar yetishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash mumkin.
Homiladorlik va laktatsiyada qo‘llanishi
Homiladorlik va laktatsiya davrida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash mumkin.
Qo‘llash usuli va dozalari
Rektal, quyidagi dozalarda buyuriladi: kattalarga va 14 yoshdan oshgan bolalarga 10-20 mg bisakodil (1-2 shamcha), 8-14 yoshli bolalarga – 10 mg bisakodil (1 shamcha) buyuriladi.Nojo‘ya ta'sirlari
Preparatni qo‘llash paytida eng ko‘p uchraydigan salbiy reaktsiyalar qorin bo‘shlig‘idagi og‘riqlar va diareya.
Oshqozon - ichak trakti: qorin bo‘shlig‘idagi og‘riqlar yoki noqulaylik, diareya (suvsizlanish, mushaklarning kuchsizligi, siqilish, qon bosimi pasayshi), ko‘ngil aynish, qusish, najasdagi oz miqdordagi qon, to‘g‘ri ichakdagi noqulaylik va kolit.
Shamlardan foydalanish og‘riq va maxalliy tirnash xususiyati bilan birga bo‘lishi mumkin, ayniqsa anal yoriq yoki qrali proktit bilan.
Nerv tizimida: bosh aylanishi, xushidan ketish. Preparatni qo‘llashdan keyin paydo bo‘ladigan ushbu nojo‘ya ta'sirlar vazovagal reaktsiya bilan bog‘liq (ya'ni, ichak spazmi, ichak xarakatlari paytida kuchlanish).
Immunitet tizimida: yuqori sezuvchanlik, angiodema, anafilaktik reaktsiyalar.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: diareya, suvsizlanish, suv-elektrolit muvozanatini buzilishi, gipokaliyemiya, yo‘g‘on ichak atoniyasi.Davolash: simptomatik.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Diuretiklar yoki glyukokortikosteroidlar elektrolitlar muvozanati xavfini oshirishi mumkin: (glipoglikemiya) Bisakodil-Nijfarmning xaddan tashqari yuqori dozalarini qabul qilishda. Elektrolitlar muvozanati buzilishi (gipokalemiya) yurak glikozidlari ta'siriga sezgilikni kuchaishiga olib kelishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Uzoq muddatli foydalanish suyuqlik yuqotilishiga, elektrolitlar muvozanatiga, gipokalemiyaga olib kelishi mumkin, bu chanqoqlik va oliguriya kabi alomatlar bilan birga bo‘lishi mumkin. Suvsizlanish tanaga zarar yetkazishi mumkin (masalan, buyurak yetishmovchiligida, keksa bemorlarda), shuning uchun yuqoridagi belgilar bilan preparatni bekor qilish kerak va faqat shifokor nazorati ostida tiklanishi mumkin.Bemorlarda najasda qon izlari bo‘lishi mumkin, bu xodisa odatda yumshoq va o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi.
Preparatni qabul qiladigan bemorlarda bosh aylanishi va xushidan ketish kuzatildi. Taxlillar shuni qo‘rsatdiki, bu xolatlar ichak xarakatlari paytida xushidan ketish (yoki ichak xarakatlari paytida tanglik natijasida paydo bo‘lgan xushidan ketish) bilan yoki qorin og‘rig‘iga vazovagal javob bilan bog‘liq bo‘lib, ular ich qotishi sababli bo‘lishi mumkin va bu preparatni qabul qilish bilan bog‘liq emas. Bolalar preparatni shifokor bilan maslaxatlashkanidan keyin ichishlari kerak.
Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparatning avto va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sirini maxsus klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Shu bilan birga, bemorlarga vazovagal reaktsiya natijasida (yani ichak spazmida) bosh aylanishi va/yoki xushidan ketishi mumkinligi xaqida xabar berish kerak. Shuning uchun transport vositalarini boshqarishda va boshqa xavfli bo‘lishi mumkin bo‘lgan ishlarda extiyet bo‘lish kerak; psixomotor reaktsialarning tezligi va tezligini oshirishni talab qiladi.
Chiqarilish shakli
Rektal suppozitoriylar 10 mg, 5 suppozitoriydan polivinilxlorid plyonka kontur uyali o‘ramda. 2 kontur o‘ram preparatni tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.Preparatni yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.