Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
LАKTOBER® Sirop 120 ml
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Лактулоза
Страна производитель
Пакистан
Производитель
Hilton Pharma (Pvt) Ltd
Форма выпуска
Сироп
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Laktobakter
Ta'sir etuvchi modda (XPN) laktuloza
Dori shakli
sirop
Tarkibi
Siropning har bir choy qoshig‘i (5 ml) quyidagilarni saqlaydi
faol modda laktuloza - 6,6 mg
Ta'rifi Tiniq, yopishqoq, rangsiz yoki och-jigarrang-sariq rangli, suvda eruvchan suyuqlik. Isitilganda yo‘q bo‘luvchi kristallar paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi
surgi vositalari.
ATX kodi A06AD11
Farmakologik xususiyatlari
Giperosmatik surgi ta'sirini ko‘rsatadi, ichakning peristaltikasini rag‘batlantiradi, fosfatlar va Sa+ ning so‘rilishini yaxshilaydi, ammoniy ionlarining chiqarilishiga yordam beradi. Laktuloza yo‘g‘on ichakning florasi tomonidan quyimolekulyar organik kislotalarga parchalanadi, bu rN ning pasayishiga va osmotik bosimni oshishiga va buning oqibatida ichakning ichidagisining hajmini oshishiga olib keladi. Ko‘rsatilgan samaralar ichakning peristaltikasini rag‘batlantiradi va ahlatning konsistentsiyasiga ta'sir qiladi. Qabziyat yo‘qoladi va yo‘g‘on ichakning bo‘shashini fiziologik ritmi tiklanadi. Jigar entsefalopatiyasi yoki jigar (pre)komasida preparatning samarasini namoyon bo‘lishiga atsidofil bakteriyalarning miqdorini oshishi yordamida proteolitik bakteriyalarni bostirilishi; yo‘g‘on ichakning ichidagisini oksidlanishi hisobiga ammiakning ion shakliga o‘tishi; yo‘g‘on ichakda rNni pasayishi va osmotik samara oqibatida ichakning bo‘shashi; shuningdek bakteriyalarda oqsil sintezi uchun ammiakni utilizatsiya qiluvchi bakteriyalarni rag‘batlantirish yo‘li bilan azot saqlovchi zaharli moddalarning kamayishi qo‘shiladi. Ichakda salmonellalarning o‘sishini ingibitsiya qiladi, bakterialarning chiqarilish davrini qisqartiradi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi past. So‘rilmay, yo‘g‘on ichakkacha boradi, u yerda ichak florasi tomonidan parchalanadi. 45-70 ml dozalarda to‘liq metabolizmga uchraydi, yuqoriroq dozalarda o‘zgarmagan holda qisman chiqariladi.
Qo‘llanilishi
-Surunkali qabziyatlar;
-ichakning ishini yaxshilash uchun;
-jigar kasalliklari va paraplegiya, anal teshigi yoriqlari va bavosil bilan bog‘liq bo‘lgan qabziyatlar;
-jigarning surunkali kasalliklari (tsirroz);
-giperammoniyemiya;
-portal tizimning faoliyati buzilganidagi entsefalopatiya;
-gepatitdagi prekoma;
-salmonellezni davolashda antibiotiklarni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan disbakterioz;
-E. Coli bilan infektsiyalanganda oldini oluvchi sifatida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
GuruhlarBoshlang‘ich sutkalik dozaUzoq muddatli davolash (sutkalik doza)
Kattalar15-30 ml10-15 ml
Bolalar (14 yosh)5-15 ml5-10 ml
Chaqaloqlar va bolalar5-15 ml5 ml
Jigar sirrozi
Boshlang‘ich doza – 30-45 ml har 1-2 soatda istalgan surgi samarasiga erishilgunicha.
Tutib turuvchi doza – 30-45 ml dan kuniga 3-4 marta.
Ichak florasining disfunktsiyasi
Kuniga 5 ml bolalarda laktobakteriyalarning o‘sishini rag‘batlantiradi.
Antibiotiklar uzoq vaqt qabul qilinganidagi floraning intestinal shikastlanishida kattalarga kuniga 15-30 ml dan va bolalarga kuniga 5-10 ml buyurish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Davolashning birinchi kunlari meteorizm (3 kungacha) kuzatilishi mumkin.
Buni preparatning dozasi kamaytirish yoki sutkalik dozani bir necha qabul uchun kichik portsiyalarga bo‘lish bilan oson bartaraf qilish mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Glyukoza, laktozani o‘zlashtiraolmaslik va ichak tutilishiga gumon bo‘lganda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Laktulozaning yo‘g‘on ichakning rNni pasaytirishdan iborat ta'sir mexanizmi tufayli, ajralib chiqishi yo‘g‘on ichakning rNiga bog‘liq bo‘lgan dori vositalari (5-aminosalitsil kislotasi preparatlari kabi) faolsizlantirilishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi to‘g‘risida xabar berilmagan. Juda yuqori dozalar ishlatilganida qorinda og‘riq va diareya aniqlanishi mumkin. Bunday holda dozani kamaytirish yoki preparat qabulini to‘xtatish yetarli bo‘ladi.
Chiqarilish shakli
Zich, o‘tkazmaydigan qopqoqli, qahrabo rangli flakon, ilova-yo‘riqnomasi va o‘lchov qoshig‘i bilan karton qutida. Hajmi 120 ml.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retsepti bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
Hilton Pharma (Pvt) Ltd., Karachi, Pokiston.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.