Senadeksin tab. №10 Radiks
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Yoʻriqnoma: Senadeksin tab. №10 Radiks
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
Senadeksin.Ta'sir etuvchi modda (XPN): A va V sennozidlar (kaltsiy tuzlari ko‘rinishida).
Chiqarilish shakli
Tabletkalar kontur uyali yoki uyasiz o‘ramlarda.Farmakoterapevtik guruhi
Surgi vositalari.Farmakologik xususiyatlari
Preparatni qabul qilinganidan keyin 8-10 soatdan so‘ng boshlanadigan ich keltiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Preparatning samarasi, yo‘g‘on ichakning retseptorlariga ta'siri bilan bog‘liq bo‘lib, bu peristaltikani kuchayishiga olib keladi. Chambar ichakka tanlab ta'sir ko‘rsatadi, ichakning me'yoriy faoliyatini tiklaydi, o‘rganib qolish chaqirmaydi va ovqat hazm qilishga ta'sir qilmaydi.Farmakokinetikasi
Preparatning ta'sir etuvchi moddalari qisman ichakda so‘riladi va yo‘g‘on ichakda ajralib chiqadi, qisman esa bakterial floraning ta'siri ostida bevosita yo‘g‘on ichakda ajralib chiqadi. Organizmdan siydik va ahlat bilan chiqariladi.Qo‘llanilishi
Turli etiologiyali spastik va atonik qabziyatlarda, shu jumladan yo‘g‘on ichakni gipotoniyasi va peristaltikasini susayishi bilan bog‘liq qabziyatlarda qo‘llanadi. Ich kelishini tartibga solish maqsadida gemorroyda, proktitda va anal soxa yoriqlarida.Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga kechqurun, ovqatdan keyin 1 tabletkadan ichiladi. Samarasi bo‘lmaganida bir necha kundan so‘ng bir martalik dozani 2-3 tabletkagacha oshirish mumkin.Nojo‘ya ta'siri
Qorinda sanchiqsimon og‘riqlar, ich ketishi, meteorizm. Bunday holatlarda dozani kamaytirish yoki preparatni bekor qilish lozim. Uzoq vaqt, ayniqsa katta dozalarda qo‘llanganda, elektrolitlarni, asosan kaliyni yo‘qotish, albuminuriya, gematuriya, ichak shilliq qavatida melaninni to‘planishi, mushaklararo bog‘lanishlarni buzilishlari bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Spastik kolit appenditsit, ichak tutilishi, qorinda noaniq genozli og‘riqlar, suv va elektrolit almashinuvini buzilishi, qisilgan churra, qorin bo‘shlig‘i a'zolarining o‘tkir yallig‘lanish kasalliklari, peritonit, me'da-ichak yo‘llaridan qon ketishlari, bachadondan qon ketishlari, sistit.Maxsus ko‘rsatmalar
Jigar va buyrak kasalliklarida, homiladorlik va laktatsiya davrida ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Ba'zan preparatni qabul qilinganda siydik rangini o‘zgarishi kuzatiladi, bu klinik ahamiyatga ega emas.Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Saqlash sharoiti
Quruq joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.Yaroqlilik muddati
3 yil.Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.Ishlab chiqaruvchi
IIChK “RADIKS”,O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., 100054, Lutfiy ko‘ch, 50
Tel: 273-92-31
Faks: 273-80-58
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.