Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Infuzan infuziya uchun eritma 200 ml
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 2 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
20 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 2 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Аминокислоты
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
200 мл
Производитель
Dream Pharma Group
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для инфузий
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
- Nazariy osmolyarlik
- rN qiymati
- Energiya miqdori (umumiy)
Preparatning savdo nomi
Infuzan
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) aminokislotalar L-prolin, L-serin, L-alanin, L-izoleytsin, L-leytsin, L-asparagin kislotasi, L-tirozin, L-glutamin kislotasi, L-fenilalanin, L-arginin gidroxloridi, L-lizin gidroxloridi, L-valin, L-treonin, L-gistidin gidroxloridi monogidrati, L-triptofan, L-metionin, L-tsistin/ L-tsistein gidroxloridi monogidrati, glitsin.
Dori shakli
infuziya uchun eritma.
Tarkibi
100 ml eritma kuyidagilarni saklaydi
faol moddalar
L-prolin - 0,1 g
L-serin - 0,1 g
L-alanin - 0,2 g
L-izoleytsin - 0,352 g
L-leytsin - 0,49 g
L-asparagin kislotasi - 0,25 g
L-tirozin - 0,025 g
L-glutamin kislotasi - 0,075 g
L-fenilalanin - 0,533 g
L-arginin gidroxloridi - 0,50 g
L-lizin gidroxloridi - 0,43 g
L-valin - 0,36 g
L-treonin - 0,25 g
L-gistidin gidroxloridi monogidrati - 0,25 g
L-triptofan - 0,09 g
L-metionin - 0,225 g
L-tsistin - 0,01 g
yoki L-tsistein gidroxloridi monogidrati - 0,0172 g
Glitsin - 0,76 g
yordamchi moddalar1 M natriy gidroksid eritmasi, sorbit, natriy metabisulfit (natriy disulfit) in'ektsiya uchun suv 100 ml gacha.
Tasnifi
Natriy ionlari 40,2 mmol
Kaliy ionlari25 mmol
Magniy ionlari 2,5 mmol
Xlorid ionlari43,6 mmol
Atsetat ionlari 25 mmol
Nazariy osmolyarlik
801,8 mOsm/l
rN qiymati
5,7-7,0
titrlanadigan kislotalik maks
(qon
rN qiymati
ga xisoblanganda)+11,6 mmol/l
Energiya miqdori (umumiy)
1671 kDj/l
Umumiy azot6,3 g/l
Ta'rifi rangsiz yoki deyarli rangsiz tiniq eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
Parenteral oziqlantirish vositasi, aminokislotalar.
ATX kodi V05VA01
Farmakologik xususiyatlari
Farmokodinamikasi
Parenteral oziqlantirish uchun L-aminokislotalarning infuzion eritmasi. Aminokislotalar - bu oqsillar sintezi uchun zarur bo‘lgan komponentlardir. Preparatda saqlanuvchi aminokislotalar L - shaklda bo‘ladi, bu oqsil biosintezida ularning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish imkoniyatini ta'minlaydi. Aminokislotalarni saqlovchi eritmalar, energiyani tashuvchilar, elektrolitlar va suyuqlik bilan bir vaqtda organizmning holatini yaxshilash yoki tutib turish yoki tana vaznining yo‘qotilishini minimumga kamaytirish maqsadida parenteral oziqlantirish uchun qo‘llanadi. Patologik holatlarda aminokislotalarni ekzogen yuborishning iloji bo‘lmagan sharoitlarda qon plazmasida aminokislotalarning to‘plamini ham, ayrim aminokislotalarning mutloq kontsentratsiyasi ham, ularning qon plazmasidagi foiz nisbatini tipik yaqqol o‘zgarishi rivojlanadi.
Preparat eritmasining 1 litrida 50 g aminokislota, 8 g umumiy azot saqlanadi.
Preparat barcha 8 almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalarni, shuningdek shartli almashtirilishi mumkin bo‘lgan L-arginin va L-gistidinni saqlaydi. L-arginin ammiakning mochevinaga aylanishiga yordam beradi, jigarda oqsillarning katabolizmida hosil bo‘luvchi ammoniyning zaharli ionlarini bog‘lab oladi. L-aminokislotalar anabolik jarayonlarda (oqsillar sintezi) qatnashadi, katabolik jarayonlarni sekinlashtiradi, reparatsiya jarayonlarini tezlashtiradi, organizmning ekstra- va intratsellyulyar suyuqliklarining gemostazini boshqaruvchi bufer tizimining bir qismi hisoblanadi. Sorbit energiya tashuvchisi hisoblanadi, jigarda fosforlanadi va fruktoza-6-fosfatga aylanadi. Sorbit aldegid va keton guruhlarini saqlamasligi tufayli glyukozaga nisbatan aminokislotalarni erituvchisi sifatida yaxshiroqdir, chunki ular aminokislotalarning aminoguruhlari bilan majmuada aminokislotalarning ta'sirini pasaytiruvchi komplekslarni hosil qilmaydi.
Farmakokinetikasi
Preparatning biokiraolishligi 100% ni tashkil qiladi. Preparat yuborilganidan keyin aminokislotalar oqsil sinteziga kirishadilar. Proteinlar va boshqa biomolekulalarning sinteziga kirishmagan aminokislotalarning ortiqcha miqdori to‘planmaydi (yog‘ kislotalari va glyukozadan farqli ravishda), balki α-aminoguruh dezaminlanishi yo‘li bilan parchalanadi va mochevinani hosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydi. Ohirgisi buyraklar orqali chiqariladi. Aminokislotalarning ozgina qismi (5%) o‘zgarmagan xolda chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Quyidagilarda parenteral oqsilli oziqlantirish uchun qo‘llanadi
- turli genezli gipoproteinemiyalar va suyuqlikni yo‘qotishlari;
- operatsiyadan oldingi va keyingi davrda ovqatni odatdagidek qabul qilishni imkoniyati yo‘qligi yoki keskin cheklangani;
- katta chuqur kuyishlar (ayniqsa, kuyish oqibatidagi holdan toyish);
- jarohatlar, sinishlar, yiringli jarayonlar, sepsis;
- ichakning yallig‘lanish kasalliklari, kaxeksiya, zaharlanishlar;
- me'da-ichak yo‘llarining (MIY) havfli o‘smalari, doimiy isitmali holatlar;
- bolalarda oqsilli distrofiyalar, gipotrofiyalar, MIY nuqsonlarida qo‘llanadi.
Operatsiyadan keyingi davrda metabolik va reparativ jarayonlarni yaxshilash zarurati tug‘ilganida qo‘llanadi.
Ovqat hazm qilish, so‘rilish va chiqarilish jarayonlaridagi oqsillar almashinuvining buzilishida va unga yuqori ehtiyoj yoki uni sarf etilishi oqibatida paydo bo‘ladigan oqsil tanqisligini to‘ldirish yoki bartaraf qilish.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat vena ichiga (v/i) tomchilab, bemorning holatini sinchkov kuzatuvi ostida asta-sekin yuboriladi. Preparat patsiyentning klinik holati va uning aminokislotalar va suyuqlikka bo‘lgan ehtiyoji, tana vazni va katabolizm darajasiga qarab dozalanadi.
Kattalar 0,6 dan 1,0 g gacha aminokislotalar (sutkada 1 kg tana vazniga 20 ml eritma) buyuriladi.
Katabolik holatlarda - 1,3-2 g aminokislotalar (sutkada 1 kg tana vazniga 40 ml eritma) buyuriladi.
2-18 yoshli bolalar 1,0-2,0 g aminokislotalar (sutkada 1 kg tana vazniga 40 ml eritma) tashkil qiladi.
Maksimal sutkalik doza - 2,0 g aminokislotalar (sutkada 1 kg tana vazniga 40 ml eritma) tashkil qiladi.
Infuziyaning maksimal tezligi soatiga 1 kg tana vazniga 2 ml, bu tana vazniga 0,1 g/kg aminokislotaga tengdir.
Kattalarda parenteraloziqlantirishda yuboriladigan suyuqlikning umumiy miqdori tana vazniga sutkada 40 ml/kg dan oshmasligi kerak.
Preparat patsiyentni enteral yoki peroral oziqlanishga to‘liq o‘tkazilgunga qadar qo‘llanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparat odatda yaxshi o‘zlashtiriladi.
Yakka hollarda - ko‘ngil aynishi, qusish, etni uvishishi, flebit (ayniqsa tez yuborilganida). Preparatda natriy disulfiti saqlanishi tufayli yakka hollarda (ayniqsa bronxial astmali patsiyentlarda) giperergik reaktsiyalar, qusish, diareya, dispnoe, bronxial astma hurujlari, ongni buzilishi, shok bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, natriy disulfitini preparatning boshqa komponenti - triptofan bilan o‘zaro ta'sirining mahsulotlari - qon plazmasida bilirubinning miqdorini va jigar fermentlarining faolligini oshirishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar nisbiy va mutlaq baxolanadi.
Nisbiy
• giperkaliyemiya;
• yurak yetishmovchiligi;
• gipergidrattsiya;
• jiddiy buyrak yoki jigar yetishmovchiligi og‘ir darajasida ( yetarli diurez bo‘lmasa);
• aminokislota almashuvining buzilishi;
• giponatriyemiya;
• miya jaroxatlarining o‘tkir davri;
• natriy disulfitga yuqori sezuvchanlik va preparatning kompanentlariga;
• metabolik atsidoz
Mutlaq
• to‘qima gipoksiya – tanadagi xujayralar va to‘qimalarning kislorod bilan yetarli darajada ta'minlamaganligi;
• beqaror qon aylanishi va xayotga taxdid soladigan zarba va boshqa shartlar.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Boshqa dori vositalari bilan bir eritmada aralashtirish mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik va laktatsiya davrida ko‘rsatmalarga ko‘ra qo‘llash mumkin.
Preparat faqat statsionar sharoitlarida qo‘llanadi.
Zardobning yuqori osmolyarligida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Jigar va buyrakni o‘rtacha yetishmovchiligida dozalash tartibini to‘g‘rilash talab qilinadi.
Qonning suv va elektrolit balansini, qonda glyukozaning kontsentratsiyasini va kislota-ishqor tarkibini nazorat qilish lozim.
To‘liq parenteral oziqlantirishni o‘tkazish uchun bir vaqtda energiya tashuvchilar, elektrolitlar, vitaminlar va mikroelementlarni qo‘shish kerak.
Flakon ochilganidan keyin preparatni darxol ishlatish kerak. Ochilgan flakon saqlanmasin. Avval ishlatilgan flakondagi preparat qayta ko‘llanilmasin.
Faqat shikastlanmagan flakondagi tiniq eritma ishlatilsin!
Saqlash sharoiti
ga rioya qilmaslik va notog‘ri transportirovka qilish natijasida flakonlarda mikroyoriqlar paydo bo‘lishi mumkin uning natijasida eritmaning mikroblar bilan ifloslanish xavfi oshadi.
Faqat bir marotabalik qo‘llash uchun!
Muzlatilmasin! Isitilmasin!
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasini oshirib yuborilishi to‘g‘risida ma'lumotlar keltirilmagan.
Chiqarilish shakli
100ml, 200 ml va 250 ml dan flakonlarda infuzion eritma.
Saqlash sharoiti
Kuruk, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalardan asrang!
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgandan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retsepti bo‘yicha beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
Dori vositalarini sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«REMEDY GROUP» MChJ QK
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., 100069, Olmazor tumani, Yangi Olmazor ko‘ch., 51.
Tel./faks (99871) 248 02 05.
«DREAM PHARMA» Ltd., O‘zbekiston uchun.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.