Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Natriy gidrokarbonat infuziya uchun eritma 40mg/ml 100ml
Nomi | Narx | |||||
Натрия гидрокарбонат р-р для инфузий 40 мг/мл 100 мл (AS243/1-1##2 124) |
UZS 11 700
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Натрия гидрокарбоната
Страна производитель
Украина
Дозировка
4% 100мл
Производитель
Юрия-Фарм,ООО,Украина
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для инфузий
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Natriy gidrokarbonat
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Natriy gidrokarbonati
Dori shakli
Infuziya uchun eritma
Tarkibi
1 ml eritma saqlaydi
faol modda 40 mg natriy gidrokarbonati;
yordamchi moddalar dinatriy edetati,in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi rangsiz tiniq eritma.
Ion tarkibi (mmol/l) natriy-ion – 477, gidrokarbonat-ion – 477.
Farmakoterapevtik guruhi
qon o‘rnini bosuvchi va vena ichiga qo‘llash uchun eritmalar. Elektrolitlar eritmasi
ATX kodi V05XA02
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Qonni ishqoriy holatini tiklovchi va metabolik jarayonlarni moslovchi vositadir. Natriy bikarbonatining dissotsiatsiyalanishida bikarbonat anioni ajralib chiqadi, u vodorod ionini bog‘lab, karbon kislotasini hosil qiladi, keyinchalik bu birikma suv va nafas bilan chiqariladigan karbonat angidrid gaziga parchalanadi. Natijada qondagi rN ishqoriy tomonga siljib, qonning buferli sig‘imi oshadi.
Preparat shuningdek organizmdan natriy va xlor ionlarini chiqishini kuchaytiradi, osmotik diurezni kuchaytiradi, siydikni ishqoriylashtiradi, siydik chiqarish yo‘llarida siydik kislotasini cho‘kma hosil qilishini oldini oladi. Bikarbonat anion hujayralar ichiga o‘tmaydi.
Farmakokinetikasi
O‘rganilmagan.
Qo‘llanilishi
Turli etiologiyali intoksikatsiyalarda yuzaga keladigan kompensatsiyalanmagan metabolik atsidoz, operatsiyadan keyingi davrni og‘ir kechishi, yuzasi katta bo‘lgan kuyishlar, shok, diabetik koma, uzoq davomli diareya, tinimsiz qusish, o‘tkir massiv qon ketishi, buyrak va jigarning og‘ir shikastlanishlari, davomli isitma holatlarda, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning og‘ir gipoksiyasi. Mutloq ko‘rsatmalar qon rN ni 7,2 dan pasayishi (me'yori 7,37 -7,42) hisoblanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Eritmani qonning kislota-ishqor muvozanatini nazorati ostida qo‘llaniladi. Kattalarga vena ichiga yoki rektal yo‘l bilan tomchilab, bolalarga – vena ichiga tomchilab buyuriladi. Atsidozni namoyon bo‘lishi darajasiga qarab preparat suyultirilmasdan yoki 5% glyukoza eritmasi bilan 11 nisbatida suyultirilib qo‘llaniladi.
Kattalarga vena ichiga minutiga 60 tomchi tezligida, sutkada 200 ml gacha yuboriladi. Preparatni qo‘llash soni kislota–ishqor muvozanatining ko‘rsatkichlariga bog‘liq.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga vena ichiga 1 kg tana vazniga 4-5 ml dozada, boshqa yoshdagi bolalarga 1 kg tana vazniga nisbatan 5-7 ml dozada yuboriladi.
Preparatning keyingi yuborilishi kislota–ishqor muvozanati ko‘rsatkichlariga ko‘ra aniqlanadi. Kattalar uchun sutkada maksimal dozasi 200 ml gachani tashkil qiladi. Davolash muddati shifokor tomonidan kislota-ishqor muvozanatiga qarab aniqlanadi.
Nomutanosiblik
Natriy gidrokarbonati eritmasidanordon moddalarni (askorbin, nikotin va boshqakislotalar), alkoloidlar (atropin, apomorfin, kofein, teobromin, papaverin va b.), yurak glikozidlari, kaltsiy, magniy tuzlari, og‘ir metallarni (temir, mis, rux) eritish mumkin emas, chunki bunda cho‘kma hosil bo‘lishi yoki organik birikmalarining gidrolizlanishi mumkin. Fosfat saqlovchi eritmalari bilan aralashtirib bo‘lmaydi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ko‘ngil aynishi, qusish, anoreksiya, qorinda og‘riq, bosh og‘rig‘i, bezovtalik. Arterial gipertenziya. Alkaloz, tirishishlar.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Metabolik yoki respirator alkaloz, gipokaliyemiya, gipernatriyemiyada qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Rezerpinning antigipertenziv samarasi kuchayishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Qonning kislota-ishqor holatini nazorat qilish lozim. Yurak yoki buyrakning yondosh kasalligi bo‘lgan bemorlarda yurak yetishmovchiligi va shishlar rivojlanishi mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llash bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q, ammo bunday hollarda preparatni ehtiyotkorlik bilan, hayotiy ko‘rsatmalarga muvofiq, kislota-ishqor muvozanatini nazorati ostida yuborish zarur.
Bolalar.
Preparatni pediatriya amaliyotida qo‘llash mumkin.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Ma'lumotlar yo‘q.
Dozani oshirib yuborilishi
Doza oshirilib yuborilganida giperalkaloz, tetanik tirishishlar kuzatilishi mumkin. Giperalkaloz rivojlanganida preparatni yuborish to‘xtatiladi, tirishish (tetaniya) xavfida kattalarga vena ichiga 1-3 g kaltsiy glyukonati yuboriladi.
Chiqarilish shakli
100 ml yoki 200 ml dan shisha butilkalarda.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Saqlash sharoiti
2 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.