Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Reocorbilakt infuziya uchun eritma 200ml
Nomi | Narx | |||||
Реосорбилакт р-р д/инф. 200мл (AL2813/1-1##2 108) |
UZS 50 300
Stokda yetarli (12)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Реосорбилакт р-р д/инф. 200мл (AL 2503/1-1##2 178) |
UZS 51 500
Stokda yetarli (5)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Реосорбилакт р-р д/инф. 200мл (AL544/1-1##2 196) |
UZS 52 800
Stokda yetarli (15)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 2 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
20 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 2 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Сорбитола, натрия лактата, натрия хлорида, кальция хлорида дигидрат, калия хлорида
Страна производитель
Украина
Дозировка
200 мл
Производитель
ООО "Юрия Фарм", Украина
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для инфузий
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Reocorbilakt®
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) sorbitol, natriy laktati, natriy xloridi, kaltsiy xloridi digidrati, kaliy xloridi, magniy xloridi geksagidrati.
Dori shakli
infuziya uchun eritma.
Tarkibi
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar 60,0 mg sorbitol, 19,0 mg natriy laktati (100% moddaga qayta hisoblaganda), 6,0 mg natriy xloridi, 0,1 mg kaltsiy xloridi digidrati (kaltsiy xloridga qayta hisoblaganda), 0,3 mg kaliy xloridi, 0,2 mg magniy xloridi geksagidrati (magniy xloridga qayta hisoblaganda);
yordamchi modda in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi tiniq, rangsiz suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
Tuzli eritma.
ATX kodi V05SV
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Reosorbilakt® reologik, shokka qarshi, dezintoksikatsiyalovchi, ishqorlovchi va ichak peristaltikasini rag‘batlantiruvchi ta'sirlarga ega. Asosiy farmakologik faol moddalari sorbitol va natriy laktatidir. Jigarda sorbitol avval fruktozaga aylanadi, keyin u glyukozaga va so‘ngra glikogenga aylanadi. Sorbitolning bir qismi shoshilinch energetik ehtiyojlar uchun ishlatiladi, boshqa qismi glikogen ko‘rinishida zahira sifatida yig‘iladi. Sorbitolning izotonik eritmasi dezagregatsion ta'sirga ega va shunday qilib, to‘qimalarning mikrotsirkulyatsiyasi va perfuziyasini yaxshilaydi.
Bikarbonat eritmasidan farqli ravishda, natriy laktat yordamida metobolik atsidozni to‘g‘irlanishi, uning moddalar almashinuvga kirishishiga qarab sekinroq, rN ning keskin siljishlarisiz o‘tadi. Natriy laktatning ta'siri yuborilgandan keyin 20-30 minut o‘tgach namoyon bo‘ladi.
Natriy xloridi regidratatsiyalovchi ta'sir ko‘rsatadi. Turli patologik holatlarda natriy va xlor ionlarining tanqisligini to‘ldiradi.
Kaltsiy xloridi kaltsiy ionlari tanqisligini to‘ldiradi. Kaltsiy ionlari nerv impulslarini o‘tkazish jarayonini amalga oshirish, skelet va silliq mushaklarning qisqarishi, miokardning faoliyati, suyak to‘qimasini shakllanishi va qon ivishi uchun zarur. Hujayralar va tomir devori o‘tkazuvchanligini kamaytiradi, yallig‘lanish reaktsiyalarini rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, organizmning infektsiyalariga chidamliligini oshiradi.
Kaliy xloridi suv-elektrolit muvozanatini tiklaydi. Salbiy xrono- va batmotrop ta'sir ko‘rsatadi, katta dozalarda esa – salbiy ino-, dromotrop va o‘rtacha diuretik ta'sir ko‘rsatadi. Nerv impulslarini o‘tkazish jarayonlarida ishtirok etadi. Atsetilxolinning miqdorini oshiradi va vegetativ nerv tizimining simpatik bo‘limini qo‘zg‘alishini chaqiradi. Mushak distrofiyasi va miasteniyada skelet mushaklarining qisqarishini yaxshilaydi.
Farmakokinetikasi
Sorbitol umumiy metabolizmga tez kirishadi, uning 80-90% jigarda o‘zlashtiriladi va glikogen ko‘rinishida yig‘iladi, 5% miya to‘qimalarida, yurak mushaklarida va skelet mushaklarida yig‘iladi, 6-12% siydik bilan chiqariladi. Tomirlarga yuborilganida natriy laktatidan natriy, SO2 va N2O ajralib chiqadi va ular natriy bikarbonatini hosil qiladilar, bu qonning ishqoriy zahirasini oshishiga olib keladi. Yuborilgan natriy laktatining faqat yarmigina (izomer L) faol hisoblanadi, boshqa yarmi (izomer D) esa metabolizmga uchramaydi va siydik bilan chiqariladi.
Natriy xloridi aylanayotgan qon xajmini faqat vaqtincha oshirib, qon tomir havzasidan tezda chiqariladi. Diurezni kuchaytiradi.
Qo‘llanilishi
Reosorbilakt kapillyar qon oqishini yaxshilash uchun travmatik, operatsiyadan va kuyishdan keyingi, gemolitik va toksik shokni oldini olish va davolash maqsadida, o‘tkir qon yo‘qotishda, kuyish kasalligida; intoksikatsiya bilan kechuvchi infektsion kasalliklarda, surunkali gepatitning zo‘rayishida; sepsisda; operatsiyadan oldingi tayyorlash uchun va operatsiyadan keyingi davrda; tromboz, tromboflebitlar, endarteritlar va Reyno kasaligini oldini olish va davolash maqsadida, arterial va venoz qon aylanishini yaxshilash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Reosorbilakt® kattalarga vena ichiga oqim bilan yoki tomchilab, minutiga 40-60 tomchi tezligida yuboriladi. Zarurati bo‘lganida minutiga 30 tomchi tezlikda tomchilab yuborish yo‘li bilan sinama o‘tkazilganidan keyin preparatni oqim bilan yuborishga yo‘l qo‘yiladi. 15 tomchi yuborilganidan keyin preparatni yuborish to‘xtatiladi, 3 minut o‘tgach esa, reaktsiya bo‘lmaganida, Reosorbilakt® oqim bilan yuboriladi.
Travmatik, kuyish, operatsiyadan keyingi va gemolitik shoklarda kattalarga 600-1000 ml dan (10-15 ml/kg bemorning tana vazniga) bir marta va 600-1000 ml (10-15 ml/kg bemorning tana vazniga) dan takroran, avval oqim bilan, so‘ngra esa tomchilab yuboriladi. Surunkali gepatitlarda kattalarga – 400 ml (6-7 ml/kg bemorning tana vazniga) dan tomchilab, takroran yuboriladi. O‘tkir qon yo‘qotishda kattalarga 1500 -1800 ml dan (tana vazniga 25 ml/kg dan) yuboriladi. Bunday holda reosorbilakt infuziyasini gospitalgacha bo‘lgan bosqichida, ixtisoslashgan tez yordam mashinasida o‘tkazish tavsiya qilinadi. Operatsiyadan oldingi davrda va turli xirurgik aralashuvlardan so‘ng preparat 400 ml dozada (6-7 ml/kg tana vazniga) tomchilab 3-5 kun davomida yuboriladi. Qon tomirlarining tromboobliteratsiyalovchi kasalliklarida tana vazniga 8-10 ml/kg dozada tomchilab, takroriy, kunora yuboriladi, davolash kursiga 10 ta infu ziyagacha.
Nojo‘ya ta'sirlari
Immun tizimi tomonidan buzilishlar anafilaktoid reaktsiyalar, angionevrotik shish, gipertermiya.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar arterial bosimni oshishi yoki pasayishi, taxikardiya, hansirash, akrotsianoz.
Nevrologik buzilishlar tremor, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, umumiy holsizlik.
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan o‘zgarishlar teri toshmalari, eshakemi, qichishish.
Me'da-ichak buzilishlari ko‘ngil aynishi, qusish.
Umumiy buzilishlar yuborish joyida o‘zgarishlar, shu jumladan og‘riq va achishish.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik. Reosorbilakt® alkalozda, shuningdek suyuqlikni katta hajmlarini quyish mumkin bo‘lmagan hollarda (miyaga qon quyilishi, tromboemboliya, yurak-qon tomir dekompensatsiyasi, III darajali arterial gipertenziya, terminal buyrak yetishmovchiligi), suvsizlanishda qo‘llanmaydi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Boshqa dori vositalarini tashuvchi-erituvchi sifatida qo‘llash mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat kislota-ishqor holatining va qondagi elektrolitlarning ko‘rsatkichlari, jigarning funktsional holati va arterial bosimning nazorati ostida qo‘llanadi. Kalkulyoz xoletsistiti bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan yuboriladi.
Preparat sorbit saqlaydi, shuning uchun fruktozani kam uchraydigan nasliy o‘zlashtiraolmaydigan patsiyentlada ushbu preparatni qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llashga qarshi ko‘rsatmalarto‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q.
Bolalar. Bolalarda qo‘llash tajribasi bo‘yicha ma'lumotlar yetarli emas.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash vaqtida reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati. Preparat statsionar sharoitida qo‘llanganligi tufayli, bunday ta'sirlari to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q.
Nomutanosiblik.
Reosorbilakt®ni fosfat- va karbonat saqlovchi eritmalar bilan aralashtirish mumkin emas.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Alkaloz ko‘rinishlari paydo bo‘ladi, ular preparatni yuborilishi darhol to‘xtatilishi sharoitida mustaqil tez o‘tib ketadi, ba'zida kollaps, suvsizlanish (diurezning kuchayishi hisobiga). Yuborish tezligi oshirilganida taxikardiya, arterial bosimni oshishi, hansirash, bosh og‘rig‘i, qorinda og‘riq rivojlanishi mumkin. Ko‘rsatilgan simptomlar eritmani yuborish tezligi ancha kamaytirilganidan keyin yoki to‘xtatilganidan keyin mustaqil tez yo‘qoladi.
Chiqarilish shakli
200 ml yoki 400 ml dan flakonlarda.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Muzlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«YURIYA-FARM» MChJ
Qadoqlovchi
"INTEGRA DD" MChJ
O‘zbekiston Respublikasi, 140519, Samarqand viloyati, Pastdarg‘on tumani, “Dimishiqbola” QFY Kimyogar mahallasi
Tel/faks (+99866) 230-40-10.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.