Dormikind tab. gomeop. №150
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Xususiyatlar
Yoʻriqnoma: Dormikind tab. gomeop. №150
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
DormikindTarkibi
1 tabletka (100 mg) quyidagilarni saqlaydi:faol moddalar: 15 mg Cypripedium pubescens trit. D4, 20 mg Magnesium carbonicum trit. D10, 15 mg Zincum valerianicum trit. D12;
Yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, laktoza monogidrati, talk, magniy stearati.
Ta'rifi
oq yoki deyarli oq, ikki tomoni yassi, chetlari kesilgan tabletkalar.Farmakoterapevtik guruhi
gomeopatik vositalar.Farmakologik xususiyatlari
Gomeopatik davolash usuli kasallikni tushunish ma'nosida va dori substantsiyalarini qo‘llanishida an'anaviy tibbiyotdan ahamiyatli farq qiladi. Gomeopatik vositalar organizmning shaxsiy himoya kuchlarini rag‘barlantiradi, hamda o‘zini-o‘zi davolash qobiliyatini faollashtiradi. Gomeopatik vositalarga organizmning javobi yuqori shaxsiy. Shu sabablarga ko‘ra doza-spetsifik samarani, shuningdek farmakodinamik va farmakokinetik ma'lumotlarni aniqlashning imkoniyati yo‘q.Qo‘llanilishi
Kichik yoshdagi va emizikli bolalardagi uyquni buzilishlari va bezovtalanishni davolash uchun qo‘llanadi.Qo‘llash usuli va dozalari
6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 1 tabletkadan kuniga 4 martagacha.Dormikindni ovqat va ichimlik bilan qabul qilish tavsiya qilinmaydi. Tabletkalarni og‘izda asta-sekin erishiga yo‘l qo‘yib, ovqatlanishdan yarim soat oldin yoki yarim soat keyin qabul qilish kerak. Zarurati bo‘lganida tabletkalarni ozgina miqdordagi suv bilan eritish mumkin.
Preparatni o‘tkazib yuborilgan qabulini to‘ldirish uchun ikki barobar dozani berish tavsiya qilinmaydi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Hozirgi vaqtgacha noma'lum. Agar farzandingizda preparatni qabul qilganidan keyin hech qanday nojo‘ya samaralarning paydo bo‘lgani haqida sezsangiz shifokoringiz bilan maslahatlashing.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatga o‘ta yuqori sezuvchanlik.Dorilarning o‘zaro ta'siri
Hozirgi vaqtgacha noma'lum. Agar farzandingiz boshqa dori vositalarini qabul qilgan yoki qabul qilayotgan bo‘lsa shifokoringizga xabar bering.
Maxsus ko‘rsatmalar
Gomeopatik dori vositalari qo‘llanganida kasallikning belgilari vaqtinchalik birlamchi yomonlashishi mumkin. Bunday hollarda preparatni qabul qilishni bekor qilish va shifokorga murojaat qilish kerak.Agar Siz farzandingiz Dormikindga yetarlicha javob bermayotgan bo‘lganini sezsangiz yoki unda kutilmagan simptomlar paydo bo‘lsa, iltimos shifokorga murojaat qiling.
Bu dori vositasi laktoza (sut qandi) saqlaydi. Agar shifokoringiz Sizga farzandingizda ayrim qandlarni o‘zlashtiraolmasligini aytgan bo‘lsa, dori vositasini qo‘llashdan oldin u bilan maslahatlashing.
Preparat yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi vaqtgacha noma'lum.Chiqarilish shakli
150 tabletkadan shisha flakonlarda, 1 flakondan karton qutida.Saqlash sharoiti
Alohida sharoit talab qilmaydi.Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil.Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.Ishlab chiqaruvchining nomi va manzili va ro‘yxatdan o‘tkazganlik guvohnomasining egasi
Doyche Xomeopati – Union DXU – Artsnaymittel GmbX & Ko. KG
Ottoshtrasse 24, 76227 Karlsrue, Germaniya
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili:
O‘zbekiston, 100041, Toshkent sh., M.Ulug‘bek tumani, Navnixol ko‘ch. 86
Tel.: +99871 230 91 93
email: intopharm@zoho.com
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.