Valerian extract 20mg No. 10 tab. (Tatkhimpharmaceuticals
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Yoʻriqnoma: Valerian extract 20mg No. 10 tab. (Tatkhimpharmaceuticals
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
Valeriani ekstrakt.Dori shakli
qobiq bilan qoplangan tabletkalar.Tarkibi
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:faol modda: valeriananing quyuq ekstrakti, undagi quruq moddalar – 0,015 g – 0,02 g yordamchi moddalar: magniy gidrokarbonati (magniy karbonat asosi) – 0,074147 g, kartoshka kraxmali – 0,0228 g, talk – 0,004129 g, jelatin – 0,001715 g, saxaroza (qand)- 0,064680 g, quyi molekulyar tibbiy povidon (polivinilpirrolidon) – 12600±2700 - 0,000118 g, kolloid kremniy dioksidi (aerosil) - 0,001177 g, titan dioksidi – 0,001177 g, asalari mumi – 0,000037 g, tropeolin O – 0,000020 g.
Ta'rifi
ikki tomonlama qavariq shaklli, sariq rangli, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.Farmakoterapevtik guruhi
o‘simliklardan olingan sedativ vosita.ATX kodi: N05CM09.
Farmakologik ta'siri
Preparatning ta'sir qiluvchi moddasi borneol va izovalerian kislotasining murakkab efiri hisoblanadi. O‘rtacha ifodalangan sedativ ta'sir ko‘rsatadi, u asta-sekin yuz beradi, lekin yetarlicha barqaror bo‘ladi. Bundan tashqari, preparat me'da-ichak yo‘llarining silliq mushaklariga spazmolitik ta'sir ko‘rsatadi.
Qo‘llanilishi
Yuqori nerv qo‘zg‘aluvchanligi, uyqusizlik, yurak-qon tomir tizimining funktsional buzilishlari, me'da-ichak yo‘llarining spazmlari (majmuaviy davolash tarkibida).Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, ovqatdan keyin 1-2 tabletkadan kuniga 3 marta qabul qilinadi.Nojo‘ya ta'sirlari
Bo‘shashish, holsizlik, uyquchanlik, ishlash qobiliyatini pasayishi (ayniqsa yuqori dozalarda qo‘llanganida), davomli qo‘llanganida – qabziyatlar bo‘lishi mumkin. Alohida hollarda allergik reaktsiyalar rivojlanishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, homiladorlik (I uch oyligi), 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.Ehtiyotkorlik bilan – surunkali enterokolit.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Uyqu vositalari va markaziy nerv tizimini susaytiruvchi boshqa dori vositalari, shuningdek spazmolitiklarning ta'sirini kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Uzoq muddat katta dozalarda qo‘llanganida psixomotor reaktsiyalar pasayishi mumkin, buni transportni haydashda, mexanizmlar bilan ishlashda va diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda hisobga olish kerak.Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanmasin.
Chiqarilish shakli
Qobiq bilan qoplangan tabletkalar 20 mg.50 tabletkadan to‘q shisha bankada yoki polimer bankada.
10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda.
Kontur uyali o‘ramlar yoki bankalar teng miqdordagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalari bilan birga guruh o‘ramiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq, salqin joyda saqlansin.Yaroqlilik muddati
2 yil.Dorixonalardan berish tartibi
Retseptciz.Ishlab chiqaruvchining nomi va manzili va dori preparatini ishlab chiqarish joyining manzili/e'tirozlarni qabul qiluvchi tashkilot.
«DALXIMFARM» OAJ, 680001, Rossiya Federatsiyasi, Xabarovsk o‘lkasi, Xabarovsk ko‘chasi, Tashkentskaya ko‘ch., 22, tel/faks (4212) 53-91-86.
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.