Komplivit kaltsiy D3 №100 (apelsin)
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Xususiyatlar
Yoʻriqnoma: Komplivit kaltsiy D3 №100 (apelsin)
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
Komplivit® Kaltsiy DTa'sir qiluvchi modda (XPN): kaltsiy karbonati + kolekaltsiferol
Dori shakli
chaynaladigan tabletkalarTarkibi
Faol komponentlari:Kaltsiy (kaltsiy karbonati ko‘rinishida – 1,250 g) - 500 mg
Kolekaltsiferol (D3 vitamini) - 0,005 mg (200 XB) quyidagilar: kolekaltsiferol, d,I – alfa-tokoferol, o‘rtazanjirli triglitseridlar, saxaroza, akatsiya kamedi, jo‘xori kraxmali, kaltsiy fosfati (E 341), suv saqlovchi granulyat ko‘rinishida.
Yordamchi moddalar: laktoza (sut qandi), povidon (quyi molekulyar polivinilpirrolidon), kartoshka kraxmali, natriy kroskarmelloza (vivasol), limon kislotasi, aspartam, magniy stearati, apelsin xushbo‘yi (kukunli).
Ta'rifi
dumaloq, ikki tomoni qavariq shaklli, g‘adir-budur g‘ovak yuzali, oqdan to och-sariq tusli oq rangligacha bo‘lgan, kuchsiz meva hidli chaynaladigan tabletkalar.Farmakoterapevtik guruhi
kaltsiy-fosfor almashinuvining regulyatori.ATX kodi: A12AX
Farmakologik xususiyatlari
Ta'siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlarga bog‘liq bo‘lgan majmuaviy preparat. Kaltsiy va fosfatlar almashinuvini boshqaradi, suyak to‘qimasining rezorbtsiyasini pasaytiradi va zichligini oshiradi, organizmda kaltsiy va D3 vitaminining yetishmovchiligini to‘ldiradi, ichakda kaltsiyni so‘rilishini va buyraklarda fosfatlarning reabsorbtsiyasini (qayta so‘rilishini) kuchaytiradi, suyaklarning mineralizatsiyasiga yordam beradi.Kaltsiy – suyak to‘qimasini shakllanishida, qon ivishida, yurak faoliyatining barqarorligini tutib turishda, nerv impulslarini o‘tkazilishi jarayonlarini amalga oshirilishida ishtirok etadi.
D3 vitamini (kolekaltsiferol) – ichakda kaltsiyni so‘rilishiga, suyak to‘qimasini va tish to‘qimasini shakllanishi va mineralizatsiyasiga yordam beradi
Kaltsiy va D3 vitaminini qo‘llanishi, suyakning yuqori rezorbtsiyasini rag‘batlantiruvchisi bo‘lgan paratireoid gormonini ishlab chiqarilishini oshishiga to‘sqinlik qiladi.
Farmakokinetikasi
D3 vitamini ingichka ichakda so‘riladi. Kaltsiy ionlangan shaklda ingichka ichakning proksimal bo‘limida faol, D-vitaminiga bog‘liq transport mexanizmi orqali so‘riladi.Qo‘llanilishi
Osteoporozni (menopauzali, senil, “steroidli”, idiopatik) oldini olish va majmuaviy davolash.Kaltsiy va/yoki D3 vitaminining tanqisligini oldini olish va davolash.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga qabul qilinadi, chaynaladi yoki butunligicha yutiladi, asosan ovqatlanish vaqtida.Kattalarga: osteoporozni davolashda – 1 tabletkadan kuniga 2-3 marta, osteoporozni oldini olish uchun – 1 tabletkadan kuniga 2 marta. Kaltsiy va D vitaminining tanqisligida: kattalarga va 12 yoshdan oshgan bolalarga – 1 tabletkadan sutkada 1-2 marta. 5 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – kuniga 1-2 tabletkadan. 3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – shifokorning tavsiyasi bo‘yicha dozalanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar. Me'da-ichak yo‘llari tomonidan dispepsik buzilishlar (qabziyatlar, meteorizm, ko‘ngil aynishi, me'dada og‘riq, diareya). Giperkaltsiyemiya va giperkaltsiuriya (qon va siydikda kaltsiy miqdorini oshishi).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, giperkaltsiyemiya, giperkaltsiuriya, kaltsiyli nefrourolitiaz, D gipervitaminozi, dekaltsinatsiyalovchi o‘smalar (miyeloma, suyak metastazlari, sarkoidoz), immobilizatsiya oqibatidagi osteoporoz, fenilketonuriya (aspartam saqlaydi), o‘pka tuberulyozi (faol shakli), surunkali buyrak yetishmovchiligi, 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar.Ehtiyotkorlik bilan: homiladorlik, laktatsiya davri
Dorilarning o‘zaro ta'siri
D3 vitaminining faolligi, u fenitoin va barbituratlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida pasayadi.
Yurak glikozidlari bilan bir vaqtda davolanishda EKG va klinik holatni nazorat qilish kerak, chunki kaltsiy preparatlari yurak glikozidlarining terapevtik va toksik samaralarini potentsiyalashi mumkin.
Kaltsiy va D3 vitamini preparatlari me'da-ichak yo‘llaridan tetratsiklinlarning so‘rilishini kuchaytirishi mumkin. Shuning uchun preparatlarni qabul qilish orasidagi vaqt intervali 3 soatdan kam bo‘lmasligi kerak.
Bisfosfonat preparatlarini yoki natriy ftoridining so‘rilishini pasayishini oldini olish uchun, Komplivit® Kaltsiy D3 ni ular qabul qilinganidan keyin kamida ikki soat o‘tgach qabul qilish tavsiya etiladi.
Glyukokortikosteroidlar kaltsiyning so‘rilishini pasaytiradi, shuning uchun glyukokortikosteroidlar bilan davolash Komplivit® Kaltsiy D3 ning dozasini oshirishni talab qilishi mumkin.
Kolesteramin preparatlari va mineral va o‘simlik moylari asosidagi surgi vositalari bilan bir vaqtda davolash, D3 vitaminining so‘rilishini pasaytirishi mumkin.
Tiazid qatori diuretiklari bilan bir vaqtda qo‘llanganida giperkaltsiyemiyani yuz berish xavfi oshadi, chunki ular kaltsiyni naychalar orqali reabsorbtsiyasini oshiradilar. Furosemid va boshqa “halqali” diuretiklar, aksincha, kaltsiyni buyraklar orqali chiqarilishini oshiradilar.
Maxsus ko‘rsatmalar
Komplivit® Kaltsiy D3 aspartam saqlaydi, u organizmda fenilalaninga aylanadi, shuning uchun preparatni fenilketonuriyasi bo‘lgan bemorlar qabul qilmasliklari kerak.Davolanish davrida doimo kaltsiyning siydik bilan chiqarilishini va qon plazmasidagi kaltsiy va kreatinin kontsentratsiyasini nazorat qilish kerak (sutkada 7,5 mmol (sutkada 300 mg) dan yuqori kaltsiuriya paydo bo‘lgan holda, dozani kamaytirish yoki qabul qilishni to‘xtatish kerak).
Keksa odamlarda kaltsiyga bo‘lgan ehtiyoj sutkada 1,5 g ni, D3 vitaminiga esa - sutkada 0,5 – 1 ming XB ni tashkil qiladi.
Dozani oshirib yuborilishidan saqlanish uchun D3 vitaminini boshqa manbalardan qo‘shimcha tushishini hisobga olish kerak.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Homidorlik davrida kaltsiyning sutkalik dozasi 1500 mg dan, D3 vitaminining sutkalik dozasi 600 XB dan oshmasligi kerak.
D vitamini va uning metabolitlari ko‘krak sutiga kirishi mumkin.
Homiladorlik davrida dozani oshirib yuborilishi bolaning ruxiy va jismoniy rivojlanishini buzilishiga olib kelishi mumkin.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: chanqoqlik, poliuriya, ishtahani pasayishi, ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyatlar, bosh aylanishi, holsizlik, bosh og‘rig‘i, xushdan ketish holati, koma; davomli qo‘llanganida: qon tomir va to‘qimalar kaltsinozi.Dozani oshirib yuborilishining laborator ko‘rsatkichlari: giperkaltsiuriya, giperkaltsiyemiya (plazmadagi kaltsiy taxminan 2,6 mmol).
Davolash: regidratatsiya, “halqali” diuretiklar, glyukokortikosteroid preparatlar, kaltsitonin, bisfosfonatlar, kaltsiyli cheklangan parhezni buyurish, gemodializ o‘tkazish kerak. Dozani oshirib yuborilishning siptomlari aniqlangan hollarda shifokorga murojaat qilish kerak.
Chiqarilish shakli
Chaynaladigan tabletkalar [apelsinli].30, 60, 90, 100 yoki 120 tabletkadan polimer bankalarda. Bankalar buraladigan qopqoq bilan berkitiladi. Termokirishuvchi himoya qalpoqcha bilan o‘ralgan har bir banka qo‘llash yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi. Yoki 60, 90, 100 yoki 120 tabletkali, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasining to‘liq matnini saqlovchi ko‘p sahifali etiketkasi bilan, termokirishuvchi himoya qalpoqcha bilan o‘ralgan bankalar transport tarasiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.Yaroqlilik muddati
3 yil.Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retseptisiz.Ishlab chiqaruvchi
«Farmstandart-UfaVITA» OAJ,450077, Ufa sh., Xudayberdin ko‘ch., 28,
telefon/faks (347) 272 92 85
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.