Vitrum Energy tab №30
99 600 UZS
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Yoʻriqnoma: Vitrum Energy tab №30
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
Ilova-varaqa (ISTE'MOLCHILAR UCHUN MA'LUMOT) OZUQAGA BIOLOGIK FAOL QO'SHIMCHA VITRUM ENERGYChiqarilish shakli
qobiq bilan qoplangan, 1400 mg massali tabletkalar. Bir flakonda 30 tabletka, karton qutida 1 flakon.Faol komponentlar: kalsiy (kalsiy karbonati), yopishqoqlikka qarshi agent tsellyuloza, magniy (magniy oksidi), qo'ng'ir suv o'simliklari (Fucus vesiculosus) ekstrakti, tabletka qobig'i (AquaPolish® F to'q-sariq 034.17 (stabilizator gidroksipropilmetiltsellyuloza, bo'yoqchi titan dioksidi, yopishqoqlikka qarshi agent talk, stabilizator gidroksipropiltsellyuloza, namlikni tutib turuvchi agent glitserin, bo'yoqchi temir sariq oksidi, qizil, qora), o'rta zanjirli triglitseridlar), C vitamini (L-askorbin kislotasi), temir (temir fumarati), E vitamini (D-alfa-tokoferol atsetati), rux (rux tsitrati), selen (selen bilan boyitilgan achitqilar), marganets (marganets glyukonati), B3 vitamini (nikotinamid), stabilizator karboksimetiltsellyuloza natriylik tuzi kross bog'langan, koenzim Q10, yopishishga qarshi agent magniy stearati, K1 vitamini (fitomenadion), mis (mis glyukonati), yopishqoqlikka qarshi agent kremniy dioksidi, B5 vitamini (D-pantotenat kalsiy), A vitamini (retinol atsetati), biotin, D3 vitamini (xolekalsiferol), B6 vitamini (piridoksin gidroxloridi), B1 vitamini (tiamin gidroxloridi), B2 vitamini (riboflavin), B12 vitamini (tsianokobalamin), foliy kislotasi. Yordamchi komponentlar: Tsellyuloza, natriya karboksimetiltsellyulozasi, magniya stearati, silikon dioksidi, gidroksipropil metiltsellyulozasi, gidroksipropiltsellyuloza, glitserol, talk, titan dioksidi, temir oksidi va gidroksidi, triglitserid, o'rta zanjir.
Qo'llash sohasi: biologik faol ozuqaviy qo'shimcha – magniy, rux, marganets, mis, selen, yod, temir, A, C, B1, B2, B3 (RR), B5, B6, B12, D3, E, K1 vitaminlari, biotin, foliy kislotasining qo'shimcha manbai, kalsiy saqlovchi koenzim Q10 manbai sifatida qo'llaniladi.
Realizatsiya qilish shartlari: aholiga. Realizatsiya qilish joylari Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi a'zo-davlatlarining milliy qonunchiligi bilan belgilanadi.
Qo'llash bo'yicha tavsiyalar: kattalarga 1 tabletkadan kuniga 1 marta ovqatlanish vaqtida buyuriladi. Qabul qilish davomiyligi - 1 oy. Zarurat mavjud bo'lganda, qabul qilishni takrorlash mumkin. Qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar: komponentlarni individual o'zlashtiraolmaslik, homiladorlik, emizish davri, tromb hosil bo'lishiga yuqori moyillikda qo'llash mumkin emas.
Saqlash sharoiti
Quruq, bevosita quyosh nurlaridan himoyalangan va bolalar ololmaydigan joyda, 25°S dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.Ishlab chiqaruvchining nomi va joylashgan manzili: «Walmark, a.s.», Oldrichovice 44, 739 61 Trinec, (ishlab chiqarish maydonchasi manzili: Polni 836, 739 61 Trinec), Chexiya Respublikasi.
Iste'molchilardan e'tirozlarni qabul qiluvchi tashkilot / importyor:
«Nijfarm» AJ, Rossiya, 603105, Nijniy Novgorod sh., Salganskaya ko'ch., 7 uy.
Tel.: +7 (831) 278-80-88, faks: +7 (831) 430-72-28, e-mail: med@stada.ru.
Yaroqlilik muddati
3 yil.Ozuqaga BFQ dori vosita bo'lib hisoblanmaydi.
Vitaminlar (lotinchadan Vita – hayot) – tirik organizmlarda hayotiy muhim biokimyoviy va fiziologik jarayonlarni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan turli kimyoviy tuzilishga ega quyi molekulyar organik birikmalardir.
Odam va hayvonlar organizmi vitaminlarni sintez qilmaydi yoki yetarli bo'lmagan miqdorda sintez qiladi, shuning uchun organizm vitaminlarni tayyor ko'rinishda ovqat bilan qabul qilishi kerak.
Vitaminlardan tashqari, odam ratsionida past dozalarda boshqa o'rnini bosib bo'lmaydigan moddalar – makro- va mikroelementlar bo'lishi kerak.
Ular hayotiy muhim almashinuv reaksiyalarida ishtirok etadi, ularning ayrimlari tegishli vitaminlarning faolligini yetarli darajada ta'minlash uchun zarur.
Toliqish, kuchsizlanish, holsizlik, asabiy zo'riqish – bu ko'pincha organizmni energiyaga bo'lgan amaldagi ehtiyojlarini qondirmaslik oqibatidir. Atrof muhitning zararli ta'siri, ovqatda foydali komponentlarning etishmovchiligi, hayotning jadalligi, doimiy stresslar organizmga zarur vitaminlar, shuningdek mineral elementlarning tanqisligiga olib keladi.
Oral kontratseptivlarni qabul qilish ham organizmda ko'pgina mikroelementlarning: foliy kislotasi, B guruh vitaminlari, C vitamini, rux, magniy statusini izdan chiqaradi.
Ovqatda mikroelementlarning etishmovchiligi-yodlash va fikrlash qobiliyatini izdan chiqarishi, depressiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin. B guruhining vitaminlari (ayniqsa tiamin B1, niatsin B3, foliy kislotasi va B12 vitamini) tanqisligi mental funksiyalarni izdan chiqarishi, xotirani yomonlashtirishi, diqqatni jamlash qobiliyatini pasaytirishi mumkin.
VITRUM ENERDJI VITRUM ENERGY vitamin-mineral majmuasi tarkibida energiya va tonusni tutib turish uchun ishlaydigan 13 vitamin va 8 mineral, shuningdek koenzim Q10 saqlaydi:
• Ish qobiliyati va sergayratlikka B guruhining vitaminlari muhim ta'sir ko'rsatadi: B1, B2, B3, B5 vitaminlari markaziy nerv tizimi, modda almashinuvi va to'qimalar trofikasiining funksional holatini boshqaradi, shuning uchun ular organizmning umumiy reaktivligini oshirish uchun qo'llaniladi.
• B guruhining vitaminlari va temir gemoglobin shakllanishida ishtirok etadi, qon tsirkulyatsiyasini yaxshilaydi, ozuqa moddalarini tashish funksiyasini amalga oshiradi, regeneratsiya jarayonlarini tezlashtiradi, organizmning turli stress holatlariga qarshiligini kuchaytiradi, neyrotransmitterlar sintezida ishtirok etadi.
• Magniy hujayra ichida kaliy muvozanatini nazorat qiladi, yurak-qon tomir va nerv tizimi funksiyalarini boshqaradi, organizmning energetik jarayonlarida ishtirok etadi, mushaklarda tortishishlarni bartaraf etadi, stressni bartaraf etishga yordam beradi, jismoniy yuklamalardan keyin quvvatning tiklanishiga yordam beradi.
• C vitamini − antioksidant, organizmning turli stress holatlariga qarshilik ko'rsatishida ishtirok etadi, kollagen sintezi, normal tonusni tutib turish, qon-tomir devorini mustahkamlashga yordam beradi.
• D vitamini skelet funksiyasini tutib turish uchun mas'ul, kalsiy almashinuvini, nerv tizimi tonusi, uyqu va tetiklikning normal nisbatini boshqaradi, mushaklar va yurak-qon tomir tizimining normal tonusini tutib turishga yordam beradi.
• Yod organizmning jismoniy va aqliy funksiyalarini tutib turishga yordam beradi, uning tanqisligida immunitetning pasayishi kuzatiladi.
• Koenzim Q10 (ubixinon) vitaminsimon modda bo'lib, hujayralarda energiya ishlab chiqarilishini yaxshilaydi, yurak-qon tomir tizimiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, ish qobiliyati, jismoniy chidamlilikning oshishiga yordam beradi, shuningdek antioksidant samara ko'rsatadi. Jismoniy va emotsional yuklamalarda, tez-tez shamollash kasalligiga chalinganda va surunkali stressda uning tanqisligi rivojlanishi ehtimoli yuqorilashuviga olib kelib ubixinonning sarflanishi jadallashadi.
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.