Vitrum Magnevit B6 tabletkalar №60
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Yoʻriqnoma: Vitrum Magnevit B6 tabletkalar №60
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
Ilova-varaqa (ISTE'MOLCHILAR UCHUN MA'LUMOT)OZUQAGA BIOLOGIK FAOL QO'SHIMCHA
VITRUM MAGNEVIT B6
Chiqarilish shakli
qobiqlan qoplangan, 1200 mg massali tabletkalar. 10 tabletkadan blisterda, 6 yoki 9 yoki 12 blisterlar karton qutida yoki 60 yoki 90 yoki 120 tabletkadan flakonda, 1 flakon karton qutida.Faol komponentlar: magniy (magniy laktati), B6 vitamini (piridoksin gidroxloridi).
Yordamchi komponentlar: namlikni tutib turuvchi agent sorbitol, yopishishga qarshi agent tsellyuloza, yopishishga qarshi agent stearin kislotasining magniyli tuzi, yopishishga qarshi agent stearin kislotasi, tabletka qobig'i (stabilizator gidroksipropilmetiltsellyuloza, stabilizator gidroksipropiltsellyuloza, yopishishga qarshi agent tsellyuloza, yopishishga qarshi agent talk, o'rta zanjirli triglitseridlar), yopishishga qarshi agent kremniy dioksidi.
Sorbitol saqlaydi. Haddan tashqari ko'p iste'mol qilganda surgi ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Qo‘llash sohasi: ozuqaga biologik faol qo‘shimcha – magniy va B6 vitaminining qo‘shimcha manbai sifatida qo‘llanadi.
Realizatsiya qilish shartlari: aholiga. Realizatsiya qilish joylari YevroOsiyo iqtisodiy ittifoqiga a'zo davlatlarning milliy qonunchiligiga qarab belgilanadi.
Qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar: Kattalarga 2 tabletkadan kuniga 2 marta ovqatlanish vaqtida buyuriladi. Qabul qilish davomiyligi – 1 oy. Zarurati bo‘lganida qabul qilishni takrorlash mumkin. Qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
mahsulotning komponentlarini individual o‘zlashtira olmaslik, homiladorlik, emizish davri, ichak funksiyasini buzilishiga moyillikda qo‘llash mumkin emas.Saqlash sharoiti
quruq, yorug‘likdan himoyalangan, bolalar ololmaydigan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.Ishlab chiqaruvchining nomi va manzili: «Walmark a.s.», Oldrichovice 44, 739 61 Trinec, Chexiya Respublikasi.
Iste'molchilardan e'tirozlarni qabul qiluvchi tashkilot / importyor: «Nijfarm» AJ, Rossiya, 603105, Nijniy Novgorod sh., Salganskaya ko‘ch., 7 uy. Tel.: +7 (831) 278-80-88, faks: +7 (831) 430-72-28, e-mail: med@stada.ru.
Yaroqlilik muddati
2 yil.Ozuqaga BFQ dori vositasi bo‘lib hisoblanmaydi.
B6 vitamini: Nerv tizimining faoliyat ko‘rsatishi uchun juda muhim: u serotonin, melatonin, dopamin gormonlarini ishlab chiqarilishida ishtirok etadi. Huqayralarda magniyni to‘planishiga yordam beradi. Ushbu vitamin yetishmovchiligi holati markaziy nerv tizimi tomonidan buzilishlar (ta'sirchanlik, uyquchanlik, polinevritlar) bilan namoyon bo‘ladi va yuqori toliqish, mushak kuchsizligi, depressiv kayfiyat bilan namoyon bo‘ladi.
Magniy: Huqayralarda energiya ishlab chiqarilishi, nerv-mushak o‘tkazuvchanligini, tonus, silliq mushakni boshqarish uchun zarur. Magniy ionlari uglevod almashinuvini, oqsillar biosintezida ishtirok etadi, bosh miya po‘stlog‘ida qo‘zg‘alish jarayonlarini tormozlaydi. Magniyning eng yuqori konsentratsiyalari suyaklar va mushaklarda aniqlanadi. Magniy tanqisligi nerv va mushak impulslarini o‘tkazilishi jarayonida aks etadi, asabiylik va ta'sirchanlik bilan namoyon bo‘ladi. Oziqlanish ratsionini magniy bilan boyitish mushaklarning normal faoliyatini tutib turishga, shuningdek, depressiya holatlari va stresslarda nerv tizimiga normallashtiruvchi ta'sir ko‘rsatishga yordam beradi, chunki turli tabiatli stresslar magniyga bo‘lgan ehtiyojni oshiradi.
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.