Pikovit pastilkalar №30
10 500 UZS
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Yoʻriqnoma: Pikovit pastilkalar №30
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
PikovitDori shakli
pastilkalarTarkibi
1 pastilka quyidagilarni saqlaydi:faol moddalar:
A vitamini palmitati kontsentrati (sintetik
moyli shakli) 1,7 mln XB/g 0,35 mg
xolekaltsiferol kontsentrati (moyli shakli
1 mln XB/g (D3 vitkamini) 0,08 mg
askorbin kislotasi (S vitamini) 10,00mg
tiamin nitrati (V1 vitamini) 0,25 mg
riboflavin (V2 vitamini) 0,30 mg
piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini) 0,30 mg sianokobalamin 0,1% mannitolda (V12 vitamini) 0,20 mkg nikotinamid (RR vitamini) 3,00 mg
folat kislotasi 0,04 mg
kaltsiy pantotenati (V5 vitamini) 1,20 mg
kaltsiy gidrofosfati, suvsiz 43,00 mg
yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, apelsin moyi 05073, polisorbat 80 (tvin 80), glitserol, tozalangan kanakunjut moyi, suvsiz limon kislotasi, sorbitol, dekstroza (suyuq glyukoza) (quyuq modda), magniy stearati, kapol 600 farma, suyuq parafin, povidon, ko‘pikni so‘ndiruvchi vosita 1510, sukroza.
Qizil rangli 1 pastilka qo‘shimcha Ponceau 4R (E124) bo‘yovchisi saqlaydi.
Sariq rangli 1 pastilka qo‘shimcha Orange 06080 (E110) bo‘yovchisi, Quinoline Yellow (E104) bo‘yovchisi, titana dioksid (E171) saqlaydi.
To‘q sariq rangli 1 pastilka qo‘shimcha Orange 06080 (E110) bo‘yovchisi, titana dioksid (E171) saqlaydi.
Yashil rangli 1 pastilka qo‘shimcha Blue indigotin (E132) bo‘yovchisi, Quinoline Yellow (E104) bo‘yovchisi, titana dioksid (E171) saqlaydi.
Ta'rifi
qizil, sariq, yashil va to‘q sariq rangli, dumaloq, ikki tomonlama qavariq pastilkalar.Farmakoterapevtik guruhi
polivitaminlar boshqa mineral moddalar bilan majmuada.ATX kodi: A11AA03.
Farmakologik xususiyatlari
FarmakokinetikaMurakkab kompozitsiya va vitaminlar va minerallarni, odatda, ovqat ratsionida bo‘lishi sababli, Pikovit® pastilkalarida saqlanuvchi dozalarda vitaminlarni tekshirish mumkin emas.
Suvda eruvchi vitaminlar (V guruhi vitaminlari, S vitamini va biotin), organizmning sutkalik ehtiyojlariga to‘g‘ri keluvchi miqdorlarda juda yaxshi so‘riladi. Ortiqcha miqdori siydik bilan, ayrim hollarda esa ahlat bilan chiqariladi. Bu vitaminlar organizmda cheklangan miqdorda saqlanadi, shuning uchun to‘qimalarda ularning adekvat kontsentratsiyalarini saqlab turilishi uchun, ular organizmga muntazam tushib turishlari kerak.
Peroral buyurilgan yog‘da eruvchi A va D vitaminlar, yog‘lar bo‘lganda ingichka ichakda yaxshi so‘riladi. Ye vitaminini so‘rilishi nisbatan katta emas (dozaning 25% dan 85% gacha) Katta dozalarda ishlatilganda bu vitaminlar jigarda to‘planadi va, demak suvda eruvchi vitaminlarga qaraganda toksikroqdir.
Kaltsiy ionlari ingichka ichakda faol transport va passiv diffuziya yo‘li bilan so‘riladi. Kaltsiyning 45% plazma oqsillari bilan bog‘lanadi. Kaltsiyning ortiqcha qismi, asosan, siydik va ahlat bilan chiqariladi.
Fosfatlar me'da-ichak yo‘llaridan faol transport va passiv diffuziya natijasida so‘riladi; plazma, xujayradan tashqari suyuqlik, xujayra membranalari, kollagen va suyak to‘qimasida taqsimlanadi. Ko‘pchilik fosfatlar ingichka ichakda so‘riladi va asosan, siydik bilan chiqariladi.
Farmakodinamikasi
Pikovit pastilkalari kaltsiy va fosfor bilan birga vitaminlar saqlaydi.Vitaminlar - yuqori biologik axamiyatga ega moddalar bo‘lib, organizmda ko‘pchilik biokimyoviy jarayonlarni boshqarishda ishtirok etadi. Vitaminlar va minerallarning organizmdagi samaralari, farmakodinamik bo‘lmay, balki asosan fiziologik.
V guruhi vitaminlari (V1, V2, V6, pantoten kislotasi va nikotinamid) uglevodlar, oqsillar va yog‘lar moddalar almashinuvida, shuningdek nerv tizimi faoliyatida ishtirok etadi.
A vitamini epitelial xujayralarning rivojlanishi va ko‘ruv pigmentining sintezi uchun zarur.
D vitamini kaltsiy almashinuvini boshqaradi va uni qo‘llash suyaklarni yaxshi o‘sishi va tishlarni mineralizatsiyasi imkoniyatini beradi
S vitamini temirni so‘rilishiga yordam beradi va organizmdagi ko‘p sonli oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida ishtirok etadi.
Minerallar organizm uchun katta axamiyatga ega. Ular biriktiruvchi to‘qima tarkibiga kiradi yoki fermentlar va gormonlarning katalizatorlari va komponentlari hisoblanadi. Kaltsiy ionlari ko‘pchilik fermentlarni faollashtiradi, ular yurak mushagi tonusini boshqarilishida va nerv impulslarini o‘tkazilishida ishtirok etadi, shuningdek xujayra membranalarini o‘tkazuvchanligini boshqaradi.
Qo‘llanilishi
Pikovit pastilkalari juda yoqimli mazaga ega va eng avvalo bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, quyidagilarda :• ishtaha bo‘lmaganda;
• maktab yoshidagi bolalar toliqqanda;
• jismoniy rivojlanish yetarli bo‘lmaganda (o‘sishni orqada qolishida);
• antibiotiklar bilan davolashda qo‘shimcha vosita sifatida;
• kundalik ovqat ratsionida vitamin preparati sifatida, ayniqsa qishki va bahorgi davrlarda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
4 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga sutkada 4-5 pastilka qabul qilish tavsiya etiladi.7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga sutkada 5-7 pastilka qabul qilish tavsiya etiladi.
Pikovit pastilkalari yoqimli mazaga ega, ularni og‘izda to‘liq erigunicha tutib turish kerak. Preparatni qabul qilish kursi 20-30 kun. Takroriy qabul qilish kursi 1-3 oydan keyin yoki shifokor tavsiyasi bo‘yicha o‘tkaziladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Juda kam (< 1/10000)
- o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari.
Agar allergik reaktsiyalar rivojlansa, davolashni to‘xtatish va maslaxat uchun shifokor yoki farmatsevtga murojaat qilish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
- faol moddalarga va preparatning yordamchi komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
- A va D gipervitaminozlarida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparat kaltsiy saqlaydi va shuning uchun ichakda tetratsiklinlar guruhi antibiotiklarni, shuningdek ftorxinoln hosilalari - antimikrob vositalarni so‘rilishini kechiktiradi. S vitamini sulfanilamidlar guruhi antimikrob vositalarning ta'siri va nojo‘ya samaralarini kuchaytiradi (shu jumladan siydikda kristallarni paydo bo‘lishi) kuzatiladi.
Tiazidlar guruhiga mansub siydik haydovchi vositalar bir vaqtda buyurilganda giperkaltsiyemiya ehtimoli oshadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Agar allergik reaktsiyalar rivojlansa, preparat bekor qilinishi kerak.Siydik sariq rangga bo‘yalishi mumkin – bu mutlaqo bezarar bo‘lib, preparatda riboflavinni borligi bilan tushuntiriladi.
Boshqa vitaminli va vitaminli-mineralli va/yoki mineral preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganda, shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashish kerak.
Qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlar Pikovitni qabul qilishlari mumkin, lekin ular sutkalik doza 2,4 g dan 4,2 g gacha qand saqlashini nazarda tutishlari kerak. Har bir pastilka 0,6 g qand saqlaydi.
Pikovit pastilkalari 4 yoshdan kichik bolalar uchun tavsiya etilmaydi.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Homilador ayollar va emizuvchi onalar vitaminlar va minerallarni shifokor tavsiyasi bo‘yicha qabul qilishlari mumkin, Pikovit pastilkalaridagi vitaminlar va minerallarning dozalari bolalar uchun mo‘ljallangan.
Ayrim ingrediyentlari xaqida maxsus ma'lumotlar
Pikovit pastilkalari laktoza, saxaroza, glyukoza sorbitol (E420) va azobo‘yovchi Ye124 saqlaydi. Kam uchraydigan nasliy fruktoza yoki galaktozani o‘zlashtiraolmaslik, Lappa laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-izomaltozani kam so‘rilishi bo‘lgan patsiyentlarga bu preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Azobo‘yovchi Ye124 allergik reaktsiyalar chaqirishi mumkin.
Avtotransportni va potentsial xavfli mexanizmlarni haydash qobiliyatiga dori vositasining ta'siri.
Ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Garchi dozani oshirib yuborilishining rivojlanish xavfi minimal bo‘lsa ham, uzoq muddat juda katta dozalarda qo‘llash A va D gipervitaminoziga olib kelishi mumkin.Simptomlari: fokuslanmagan ko‘rish, bosh og‘rig‘i, harakatlar koordinatsiyasini buzilishi, qorin og‘rig‘i, ishtahani yo‘qolishi, ko‘ngil aynishi, terini qizarishi qisqa muddatli dozani oshirib yuborilishida namoyon bo‘ladi.
Katta dozalarni uzoq muddat qabul qilish: ko‘rishni buzilishi, surunkali bosh og‘rig‘i, qaytalanuvchi ko‘ngil aynishi, terini yupqalashishi, terini qichishishi, lablarni yorilishi, kon'yunktivit, bo‘g‘im og‘riqlari, og‘iz bo‘shlig‘ini quruqligi, og‘izda metall ta'mi, chanqoqlik, ishtahani yo‘qolishi, tana vaznini kamayishi, spazmlar, diareya, dezoriyentatsiyani chaqirishi mumkin.
Davolash: preparatni bekor qilish.
Chiqarilish shakli
15 pastilkalar PVX/PE/PVDX-alyumin folga (PVC/PE/PVDC-Al) blisterda.2 yoki 4 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan xaroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.Yaroqlilik muddati
3 yil.Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retseptisiz beriladi.Ishlab chiqaruvchi
KRKA, d.d., Novo mesto, Shmar'eshka sesta 6, 8501 Novo mesto, Sloveniya.Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.