Vitrum Yunior plyus tab. №30
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Yoʻriqnoma: Vitrum Yunior plyus tab. №30
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
VITRUM® YUNIORTa'sir qiluvchi modda (XPN): Polivitamin + Mineral tuzlar
Dori shakli
chaynaladigan tabletkalari.Tarkibi
Bir chaynaladigan tabletka saqlaydi:Faol moddalar:
Retinol atsetati (A vitamini) 5000 XB1)
Kolekaltsiferol (D3 vitamini) 400 XB2)
Alfa-tokoferol atsetati (E vitamini) 30 XB3)
Askorbin kislotasi (S vitamini) 300 mg
Tiamin mononitrati (V1 vitamini) 1,5 mg
Riboflavin (V2 vitamini) 1,7 mg
Piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini) 2 mg
Nikotinamid 20 mg
Sianokobalamin (V12 vitamini) 6 mkg
Fitomenadion (K1 vitamini) 10 mkg
Biotin 45 mkg
Folat kislotasi 400 mkg
Kaltsiy pantotenati 10 mg
Kaltsiy gidrofosfati kaltsiyga qayta hisoblanganda 160 mg
Magniy oksidi magniyga qayta hisoblanganda 40 mg
Temir fumarati temirga qayta hisoblanganda 18 mg
Mis oksidi misga qayta hisoblanganda 2 mg
Rux oksidi ruxga qayta hisolanganda 15 mg
Marganets sulfati marganetsga qayta hisoblanganda 1 mg
Xrom xloridi xromga qayta hisoblanganda 20 mkg
Natriy molibdati molibdenga qayta hisoblanganda 20 mkg
Kaltsiy gidrofosfati fosforga qayta hisoblanganda 50 mg
Kaliy yodid yodga qayta hisoblanganda 150 mkg
1) 1,72 mg retinolga ekvivalent
2) 10 mkg kolekaltsiferolga ekvivalent
3) 30 mg alfa tokoferol atsetatiga ekvivalent.
Yordamchi moddalar: sorbitol – 100,0 mg, saxaroza – 250,0 mg, stearin kislotasi – 100,0 mg, kolloid kremniy dioksidi – 7,0 mg, magniy sterati – 18,0 mg, mikrokristallik sellyuloza – 118,8 mg, limon kislotasi – 13,0 mg, apelsin xushbo‘yi – 15,0 mg, ananas xushbo‘yi – 3,0 mg, aspartam – 10,0 mg, quyosh botishi sarig‘i bo‘yovchisi (E110) – 2,0 mg.
Ta'rifi
dumaloq, yassi, chetlari qiya och-jigarrangdan to zarg‘aldoqroq-och jigarranggacha rangli, och va to‘q dog‘lari bo‘lgan, bir tomonida bo‘lish chizig‘ili, yengil meva hidili tabletkalar.Farmakoterapevtik guruhi
polivitamin+multimineral.ATX kodi: A11AA04.
Farmakologik xususiyatlari
Maxsus tanlab olingan dozalari bolaning vitaminlar, makro- va mikroelementlarga bo‘lgan kundalik talabiga mos keladi. Organizmning nospetsifik himoya kuchlarini oshishiga yordam beradi.Qo‘llanilishi
Bolalar va o‘smirlarda avitaminozlar, gipovitaminozlar, makro- va mikroelementlar yetishmovchiligida, shu jumladan jadal o‘sish davrida, jismoniy va aqliy yuklamalar ko‘payganida, o‘tkazilgan kasalliklardan keyingi tuzalish davrida, muvozanatlanmagan yoki sifatsiz ovqatlanishda, davolash-profilaktika vositasi sifatida qo‘llanadi.Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga ovqatdan keyin, tabletka chaynab yutiladi. 7 yoshdan oshgan bolalarga – kuniga 1 tabletka, 4 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga kuniga 1/2 tabletka.Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar. Siydik to‘q rangga bo‘yalishi, ahlat qora rangga bo‘yalishi mumkin, bu xavfli emas.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning har qanday komponentiga bo‘lgan yuqori sezuvchanlik, A va D gipervitaminozi. 4 yoshgacha bo‘lgan bolalar.Dorilarning o‘zaro ta'siri
Dozani oshirib yuborilishidan saqlanish uchun boshqa vitaminlar va temir saqlovchi preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Tavsiya qilingan doza oshirilmasin.Dori preparatini homilador ayollar, emizish davridagi ayollar, surunkali kasalliklari bo‘lgan bolalar, kattalarda qo‘llashning imkoniyati va o‘ziga xosligiga ko‘rsatma
Ma'lumotlar yo‘q.
Tibbiyotda qo‘llash uchun dori preparatining transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga mumkin bo‘lgan ta'siri haqida ma'lumotlar
Ma'lumotlar yo‘q.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishining simptomlari: ko‘ngil aynishi, xolsizlik, ko‘rishni buzilishi, me'da-ichak buzilishlari.Tasodifan doza oshirib yuborilganda shifokorga murojaat qilinadi.
Davolash: ichga faollashtirilgan ko‘mir, me'dani yuvish, simptomatik davolash.
Chiqarilish shakli
Chaynaladigan tabletkalar.30 yoki 60 chaynaladigan tabletkalari polietilen flakonda shu materialdan bo‘lgan buraluvchi qopqog‘i va folgadan qilingan himoya klapani bilan. Flakonga yorliq yopishtiriladi, flakon polietilen plyonka bilan o‘raladi va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga rangli ilova bilan ta'minlangan karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq joyda, 10-300S haroratda.Yaroqlilik muddati
5 yil.Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.Ishlab chiqaruvchi
Yunifarm, INK., AQSh.E'tirozlarni yo‘llash manzili:
Rossiyadagi vakolatxonasi:
115162, Rossiya, Moskva sh., Shabolovka kuch, uy. 31, kur. B.
Tel: +7(495) 995-77-67, www.unipharm.ru
Uzbekistondagi vakolatxonasi:
100015, Toshkent sh., Afrosiab kuch., 4 B
Tel: (+99871) 256-95-27, www.unipharm.ru
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.