Vobi Kids sirop 150 ml flakonlarda №1
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Xususiyatlar
Ishlab chiqaruvchi
:
Yoʻriqnoma: Vobi Kids sirop 150 ml flakonlarda №1
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
Vobi KidsDori shakli
sirop.Tarkibi
150 ml sirop quyidagilarni saqlaydi:faol moddalar:
oddiy chernika sharbatining kontsentrati 15,000 ml;
oq qayin barglarining quruq kontsentrati 2,775 g;
pivo achitqilari 3,000 g;
xitoy shizandrasi mevalarining ekstrakti 1,500 g;
pardali astragal ildizining ekstrakti 1,500 g;
hind qalqonbargi o‘tlarining ekstrakti 15,000 mg;
liofilizatsiya qilingan asalari ona suti 750 mg;
yordamchi moddalar: polietilenglikol 400, kaliy sorbati, glitserin, maltitol, «Gilos» aromatizatori, tozalangan suv.
Ta'rifi
qizg‘ish rangdan qizil ranggacha bo‘lgan, gilos hidli sirop.Farmakoterapevtik guruhi
tonusni oshiruvchi vosita.ATX kodi: A13A
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamikasi
Vobi Kids – o‘simliklardan olinadigan majmuaviy preparat bo‘lib, ta'sir mexanizmi uning tarkibiga kiruvchi komponentlari bilan ifodalanadi.Oddiy chernika sharbati – bakteritsid ta'sirga ega. Chernikaning barglari yallig‘lanishga qarshi, yiringlashga qarshi, siydik haydovchi, safro haydovchi, burishtiruvchi, kardiotonik ta'sir ko‘rsatadi, qonda qandning miqdorini pasaytiradi, me'da osti bezining faoliyatini boshqaradi. Quruq chernika mevalari burishtiruvchi hususiyatga ega, yangi uzilgan mevalari esa – yel haydovchi, yallig‘lanishga qarshi, siydik haydovchi, qon to‘xtatuvchi, antibakterial hususiyatlarga ega, moddalar almashinuvi, ovqat hazm qilish yo‘llarining faoliyatini boshqaradi. Chernikadagi karotinoidlar tunda ko‘rishni va ko‘ruv apparati faoliyatini yaxshilaydi.
Oq qayin barglari efir moylari va spirt saqlovchi komponentlar, fitontsidlar, S vitamini, karotin, o‘simlik glikozidlari, oshlovchi moddalar va boshqa elementlarga boy. Tarkibi shunday bo‘lganligi sababli, oq qayin barglari antimikoz va viruslarga qarshi ta'sirga ega, bakteritsid va yallig‘lanishga qarshi hususiyatlarga ega.
Pivo achitqilari V guruhi vitaminlari (B1, B2, RR, pantoten kislotasi, B6 vitaminlari), D vitaminining manbai hisoblanadi. Ular tarkibida ultrabinafsha nurlari bilan nurlantirilganida qator kristall moddalar, shu jumladan D2 vitaminini hosil qilishi mumkin bo‘lgan ergosterol saqlaydi. Pivo achitqilari odamning ish qobiliyatini oshishiga yordam beradi va toliqishni kamaytiradi, nerv tizimini mustahkamlaydi va odamga stress holatlarining ta'sirini susaytiradi.
Xitoy shizandrasi mevalari adaptogen, umumiy tonusni oshiruvchi va psixostimulyator ta'sirga ega. Mevalarning tonusni oshiruvchi ta'siri markaziy nerv tizimining qo‘zg‘aluvchanligini oshiruvchi va yurak hamda nafas apparatining ishini rag‘batlantiruvchi sxizandrin bilan ifodalanadi. Xitoy shizandrasi mevalari shuningdek arterial bosimni oshiradi, bosh miyaning tuzilmalarida qo‘zg‘aluvchanlik jarayonlarini va reflektor faoliyatini kuchaytiradi, aqliy va jismoniy harakatlar oshganida ish qobiliyatini oshiradi va toliqishni kamaytiradi.
Pardali astragal ildizi tarkibida triterpen saponinlari - astragalozidlar, alkaloidlar, kumarinlar, bioflavonoidlar, polisaxaridlar saqlaydi. Astragalning noyob davolovchi hususiyatlari selenning biologik faol shakllari va biologik faol moddalarning miqdorini yuqoriligi bilan ifodalanadi. Astragal umumiy mustahkamlovchi, tonusni oshiruvchi, jismoniy ish qobiliyatini oshiruvchi ta'sirlarga ega. Tez-tez kuzatiladigan shamollash kasalliklarida, aqliy va jismoniy harakatlar oshganida immun tizimining normal faoliyatini (birinchi navbatda polisaxaridlar hisobiga) tutib turadi.
Hind qalqonbargi o‘ti – nerv va miya hujayralarini rag‘batlantirish va mustahkamlash uchun asosiy vositadir. Bosh miyaning faoliyatini rag‘batlantiradi, xotirani mustahkamlaydi, kontsentratsiyani, diqqatni yaxshilaydi, fikrni tiniqlashtiradi, miyani oziqlantiradi, miya hujayralarini yoshartiradi, bosh miyada qon aylanishini normallashtiradi. Zo‘raygan ayliy faoliyatdan keyin toliqishni bartaraf qilib, stressni yo‘qotadi, bosh og‘rig‘ini bartaraf qiladi. Immun tizimini mustahkamlaydi.
Liofilizatsiya qilingan asalari ona suti organizmning immun tizimini rag‘batlantiradi, lipidlar metabolizmini, xususan – xolesterol almashinuvini boshqaradi. Aqliy va jismoniy ish qobiliyatini oshiradi, ko‘rishni va xotirani yaxshilaydi, bola organizmini normal rivojlanishi va o‘sishiga yordam beradi.
Farmakokinetikasi
Vobi Kids preparatining ta'siri uning tarkibidagi komponentlarning hususiyatlarini yig‘indisi bilan ifodalanadi, shuning uchun kinetik kuzatishlarni o‘tkazish imkoni yo‘q.Qo‘llanilishi
Vobi Kids preparati maktabgacha va maktab yoshidagi (ayniqsa, kichik va o‘rta maktab yoshidagi) bolalarda xotirani yaxshilash, reaktsiyalar tezligini oshirish, diqqatni jamlash va bilim olish qobiyatini oshirish uchun mo‘ljallangan.Qo‘llash usuli va dozalari
Vobi Kids siropi ovqatdan keyin ichga qabul qilinadi. Qabul qilishdan oldin siropni chayqatish kerak. Zarurat bo‘lganida siropni suvga yoki mevali sharbatga qo‘shish mumkin.3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 5 ml dan sutkada 2-3 marta buyuriladi.
6 yoshdan oshgan bolalarga – 5 ml dan sutkada 3-4 marta buyuriladi.
Siropni dozalash uchun 2,5 ml, 3 ml, 5 ml, 7,5 ml, 10 ml, 15 ml hajmlarga bo‘lingan o‘lchov stakani ishlatiladi.
Davolash kursi va davomiyligi shifokor tomonidan belgilanadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning biror-bir komponentiga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.Nojo‘ya ta'sirlari
Preparat odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Tavsiya etilgan dozalardan ortiq dozalarda ishlatilganida ko‘ngil aynishi, allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta'siri ta'riflanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatning tarkibida tabiiy komponentlar borligi tufayli, cho‘kma hosil bo‘lishi mumkin.Homiladorlik va laktatsiyada qo‘llanishi
Homiladorlikda va laktatsiyada preparatni qo‘llash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Pediatriyada qo‘llanishi
Preparat 3 yoshdan boshlab bolalarga qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat bolalarda qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri o‘rganilmagan.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Vobi Kids preparatining dozasini oshirib yuborilish holatlari haqida xabar berilmagan. Dozasi oshirib yuborilganida me'dani yuvish va simptomatik davolashni buyurish tavsiya etiladi.Chiqarilish shakli
Ichga qabul qilish uchun sirop 150 ml dan buraladigan himoya qopqoqli sariq rangli shisha flakonda.1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va o‘lchov stakani bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.Yaroqlilik muddati
3 yil.Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz beriladi.Ishlab chiqaruvchi
Savdo belgisi va qayd etish sertifikatining egasi«Rotafarm Ilachlar Limited Shirketi», Turkiya
(“Rotapharm Ilaçlarl Limited Şirketi”, Turkey).
Ishlab chiqarilgan
«Farmamag Ambalaj Sanayi ve Tidjaret A.Sh.», Turkiya(Avdjlar Ilchesi, Baglarichi Djaddesi №14, Kat: 2, Istambul)
“Farmamag Ambalaj Sanayi ve Ticaret A.Ş.”, Turkey
(Avcılar İlçesi, Bağlariçi Caddesi No:14, Kat: 2, İstanbul).
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«TarPharmAlliance» MChJ,
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Mirobod tumani, Sayxun ko‘ch, 166 uy
Telefon: 277-76-78, 277-76-48
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.