Vitrum Vitamin С apelsin ta'mi bilan №30
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Yoʻriqnoma: Vitrum Vitamin С apelsin ta'mi bilan №30
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
Ilova-varaqa (ISTE'MOLCHILAR UCHUN MA'LUMOT) OZUQAGA BIOLOGIK FAOL QO'SHIMCHAVITRUM VITAMIN C apelsin ta'mi bilan
Chiqarilish shakli
qobiq bilan qoplangan, 930,01 mg massali, chaynaladigan tabletkalar. 30 tabletkadan flakonda, 1 flakon karton qutida.Faol komponent: Vitamin C (L-askorbat natriy, L-askorbin kislotasi)
Yordamchi komponentlar: shirinlashtiruvchi sorbitol, tabletka qobig'i (NutraPoish F oq 014.65 MS (stabilizator gidroksipropilmetilsellyuloza, yopishishga qarshi agent talk, bo'yo'vchi titan dioksidi, yopishishga qarshi agent sellyuloza, stabilizator gidroksipropilsellyuloza, o'rtacha zanjirli triglitseridlar), bo'yo'vchi qalampir ekstrakti, kislotalikni olma kislotasi, aromatizator «apelsin», shirinlashtiruvchi atsesulfam K), yopishishga qarshi agent stearin kislotasi, aromatizator «apelsin», yopishishga qarshi agent magniy stearati, shirinlashtiruvchi: aspartam, atsesulfam K, neogesperidin, natriy sakharini.
Fenilalanin manbaini saqlaydi.
Shirinlashtiruvchilar saqlaydi. Haddan tashqari ko'p iste'mol qilganda surgi ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Qo'llash sohasі: ozuqaga biologik faol qo'shimcha – Vitamin C ning qo'shimcha manbai sifatida qo'llanadi.
Vitamin C
Vitamin C askorbin kislotasi sifatida ma'lum bo'lib, ko'pchilik sut emizuvchilardan farq qilib odam organizmda sintezlanmaydi va zarur miqdorda ovqat bilan birga tushishi kerak. Organizmda ingichka ichakda to'liq so'riladi va qonda aylanib yurib, a'zolar va to'qimalarda taqsimlanadi, ortiqcha miqdori esa bir necha soat davomida siydik bilan chiqariladi.
IMMIUN TIZIMI FUNKTSIYASINI TUTIB TURISH
• Immun tizimi faoliyatini (interferon va ayrim boshqa komponentlar sintezini) tutib turadi.
Askorbin kislotasi bilan to'yintirilgan neytrofillar o'zining xususiy patologik o'zgargan hujayralar, bakteryalar, virusli va boshqa yot agentlarni tanish va yo'q qilish qobiliyatini kuchaytiradi.
Vitamin C (askorbin kislotasi)
• Antioksidant bo'lib hisoblanadi va hujayralarni erkin radikallarning shikastlovchi ta'siridan bevosita himoyani ta'minlaydi.
Realizatsiya qilish shartlari: aholiga. Realizatsiya qilish joylari YevroOsiyo iqtisodiy ittifoqiga a'zo davlatlarning milliy qonunchiligiga qarab belgilanadi.
Qo'llash bo'yicha tavsiyalar: kattalarga kuniga 1 tabletkadan ovqatdan keyin buyuriladi. Qabul qilish davomiyligi – 1 oy. Zarurati bo'lganida qabul qilishni takrorlash mumkin.
Qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar: mahsulotning komponentlarini individual o'zlashtira olmaslik, homiladorlik, emizish davri, fenilketonuriyada qo'llash mumkin emas.
Saqlash sharoiti
quruq, yorug'likdan himoyalangan, bolalar ololmaydigan joyda, 25°C dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.Ishlab chiqaruvchining nomi va manzili: «Walmark, a.s.», Oldrichovice 44, 739 61 Trinec, Chexiya Respublikasi.
Iste'molchilardan e'tirozlarni qabul qiluvchi tashkilot / importyor: «Nijfarm» AJ, Rossiya, 603105,
Nijniy Novgorod sh., Salganskaya ko'ch., 7 uy. Tel.: +7 (831) 278-80-88, faks: +7 (831) 430-72-28, e-mail: med@stada.ru.
Yaroqlilik muddati
2 yil.Ozuqaga BFQ dori vositasi bo'lib hisoblanmaydi.
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.