Ibuklin Aktiv tab. №20
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Yoʻriqnoma: Ibuklin Aktiv tab. №20
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
Ibuklin aktivTa'sir Etuvchi modda (XPN): ibuprofen, pitofenon, fenpiveriniy bromidi
Dori shakli
plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalarTarkibi
Xar bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi:faol moddalar: 400 mg ibuprofen, 5 mg pitofenon gidroxloridi, 0,1 mg fenpiveriniy bromidi;
yordamchi moddalar: 55 mg mikrokristall sellyuloza, 76 mg makkajo‘xori kraxmali; 2,9 mg glitserol; 5 mg kolloid kremniy dioksidi; 12 mg tozalangan talk; 4 mg magniy stearati;
qobiq: 5,686 mg gipromelloza; 1,124 mg makrogol; 1,957 mg tozalangan talьk; 1,059 mg titan dioksidi; 0,058 mg polisorbat-80; 0,058 mg sorbin kislotasi; 0,058 mg dimetikon.
Ta'rifi
dumaloq shaklli, ikki tomoni kavariq, oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida NOVIGAN yozuvi bo‘lgan tabletkalar. Ko‘ndalang kesilgandagi ko‘rinishi: oqdan deyarli oq ranggacha.Ibuklin aktiv preparatining oldingi nomi – NOVIGAN.
Farmakoterapevtik guruhi
Majmuaviy analgetik spazmolitik vositasi.ATX kodi: MO1AE51
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Majmuaviy preparat, og‘riq qoldiruvchi, yallig‘lanishga qarshi va spazmolitik ta'sir ko‘rsatadi. Prostaglandin (Pg) sintezini susaytiradi. Preparat tarkibiga ibuprofen - nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita, pitofenon gidroxloridi - miotrop spazmolitik vosita va fenpiveriniy bromidi - markaziy va periferik ta'sirga ega m-xolinobloklovchi vositasi kiradi.Ibuprofen - fenilpropion kislotasining xosilasi. U og‘riqni qoldiruvchi, yallig‘lanishga qarshi va isitmani tushiruvchi ta'sirlarga ega. Ta'sirining asosiy mexanizmi – prostaglandinlarning - og‘riq sezuvchanlik, termoregulyatsiya va markaziy nerv tizimi va periferik to‘qimalarning yallig‘lanish modulyatorlari - sintezni susaytirishi. Ibuprofen birlamchi dismenoreyasi bo‘lgan ayollarda miometriyda prostoglandinlarning yuqori darajasini pasaytiradi, shu hisobiga bachadon ichki bosimi va bachadon qisqarishi tez-tezligini kamaytiradi.
Pitofenon gidroxloridi papaverin kabi ichki a'zolarning silliq mushaklariga to‘g‘ri miotrop ta'sir ko‘rsatib, ularni bo‘shashtiradi.
Fenpiveriniy bromidi m-xolinobloklovchi xususiyat hisobiga silliq mushaklariga qo‘shimcha bo‘shashtiruvchi ta'sir ko‘rsatadi.
Preparatning uchta komponent birikmasi ularning farmakologik ta'sirini o‘zaro ko‘chaytirishga olib keladi.
Farmakokinetikasi
Ibuklin aktivni komponentlari me'da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi. Plazmadagi cho‘qqi kontsentratsiyasiga preparatni qabul qilgandan 1-2 soatdan keyin erishiladi. Preparatning asosiy komponenti ibuprofen qon plazmasining oqsillari bilan 99% bog‘lanadi, sinovial suyuqligida to‘planishi mumkin, jigarda metabolizmga uchraydi va 90% siydik bilan metabolit va kon'yugat ko‘rinishida chiqariladi. Preparatning ozgina qismi safro bilan chiqariladi. Qon plazmasidan yarim chiqarish davri 2 soatni tashkil qiladi.Qo‘llanilishi
- Ichki a'zolarning silliq mushaklarini spazmlaridagi kuchsiz va o‘rtacha og‘riq sindromi: buyrak va jigar sanchiqlari, safro chiqarish yo‘llarining diskineziyasi, ichak sanchig‘i.- Ginekologik kassaliklari: dismenoreya.
- Bosh og‘rig‘i, shu jumladan migrenoz xarakterli.
- Bo‘g‘imlardagi og‘riklarda, nevralgiyada, ishialgiyada, mialgiyada qisqa muddatli simptomatik davolashda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ovqatdan 1 soat oldin yoki ovqatdan 3 soat keyin ichga qabul qilinadi. Me'daga ta'sirlovchi ta'siriga yo‘l qo‘ymaslik uchun preparatni ovqatdan keyin darhol qabul qilinadi yoki sut bilan ichiladi.Shifokorning maxsus ko‘rsatmasi bo‘lmaganda spastik og‘riqlarda Ibuklin® aktivni 1 tabletkadan kuniga 3 martagacha qabul qilish tavsiya qilinadi. Maksimal sutkalik doza - 3 tabletkani tashkil qiladi. Ko‘rsatilgan dozani oshirmang!
Shifokorning maslahatisiz Ibuklin® aktiv preparati bilan davolash kursi 5 kundan oshmasligi kerak. Preparat periferik qonning va jigar funktsiyasini holatining ko‘rsatmalarini shifokorning nazorati ostida uzoqroq muddat iste'mol qilinishi mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ibuklin aktiv preparati tavsiya etilgan dozalarda nojo‘ya samaralar chaqirmaydi.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan: NYaQP-gastropatiya (abdominal og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, qusish, jig‘ildon qaynashi, ishtaha pasayishi, diareya, meteorizm, qabziyat; ayrim hollarda perforatsiya va qon ketishi asoratlar qoldiradigan me'da-ichak trakti shilliq qavatining yaralanishi); og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining ta'sirlanishi va qurishi, og‘izda og‘riqlar, milk shilliq qavatining yaralanishi, aftoz stomatit, pankreatit.
Gepatobiliar tizimi tomonidan: gepatit.
Nafas tizimi tomonidan: hansirash , bronxospazm.
Sezgi a'zolari tomonidan: eshitishni buzilishi: eshitishni pasayishi, quloqlarda jaranglashi yoki shang‘illashi; ko‘rishni buzilishi: ko‘rish nervini toksik shikastlanishi, ko‘rish qobiliyatini noaniqligi, skotoma, ko‘zni qurishi va ta'sirchanligi, kon'yuktiva va ko‘z qovog‘ini shishi (allergik genezli), akkomodatsiya falaji.
Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rigi, bosh aylanishi, uyqusizlik, xavotirlik, asabiylik va ta'sirchanlik, psixomotor qo‘zg‘alishi, uyquchanlik, depressiya, ongning chalkashligi, gallyutsinatsiyalar, aspetik meningit (ko‘proq autoimmun kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda).
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: yurak yetishmovchiligi, taxikardiya, arterial bosimni oshishi.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, allergik nefrit, nefrotik sindrom (shishlar), oliguriya, anuriya, poliuriya, proteinuriya, sistit, siydikning qizil rangga bo‘yalishi.
Allergik reaktsiyalar: ter toshmasi (odatda eritematoz toshmalari yoki eshakemi), ter qichishi, Kvinke shishi, anafilaktoid reaktsiyalar, anafilaktik shok, bronxospazm yoki dispnoe, isitma, ko‘p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), eozinofiliya, allergik rinit.
Qon yaratuvchi a'zolar tomonidan: anemiya (shu jumladan gemolitik va aplastik anemiya), trombotsitopeniya va trombotsitopenik purpura, agranulotsitoz, leykopeniya.
Boshqalar: terlashning kuchayishi yoki pasayishi.
Laboratoriya ko‘rsatkichlar tomonidan: qon ivish vaqti (uzayishi mumkin), zardobda glyukoza kontsentratsiyasi (pasayishi mumkin), kreatinin klirensi (pasayishi mumkin), gematokrit yoki gemoglobin (pasayishi mumkin), kreatininning zardob kontsentratsiyasi (ko‘payishi mumkin), jigar transaminazlar faolligi (oshishi mumkin).
Agar preparatni qabul qilgandan keyin ahvolingiz o‘zgarganini sezgan bo‘lsangiz, uni qabul qilishni to‘xtating va darhol shifokorga murojaat qiling.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
Preparatning tarkibiga kiruvchi har qanday ingrediyentlarga o‘ta yuqori sezuvchanlik; me'da va o‘n ikki barmoq ichak shilliq qavatining eroziv-yarali o‘zgarishlar, me'da-ichakda faol qon ketishi; zo‘rayish bosqichidagi ichak yallig‘lanish kasalliklari, shu jumladan yarali kolit; bronxoobstruktsiya, rinit, eshakemi xurujlari xaqida anamnez ma'lumotlari, atsetilsalitsil kislotasi yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatni qabul qilinganidan keyin – NYaQP (atsetilsalitsil kislotasini to‘liq yoki to‘liqsiz ko‘tara olmaslik sindromi – rinosinusit, eshakemi, burun shilliq qavat poliplar, bronxial astmasi); jigar yetishmovchiligi yoki faol jigar kasalliklari; buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam), kuchayib borayotgan buyrak kasalliklari; tasdiqlangan giperkaliyemiya; gemofiliya va boshqa qon ivishini buzilishi (shu jumladan gipokoagulyatsiya), gemorragik diatezlar; aortokoronar shuntlash o‘tkazilishidan keyingi davr; o‘tkir vaqti-vaqti bilan sodir bo‘ladigan porfiriya; granulotsitopeniya; qon yaratishni buzilishlari; glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi; taxiaritmiya; yopiq burchakli glaukoma; ko‘rish nervi kasalliklari; prostata bezining giperplaziyasi; ichak tutilishi; homiladorlik va laktatsiya davri; 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Qo‘llashda ehtiyotkorlik choralari
Keksa yosh, dimlangan yurak yetishmovchiligi, serebrovaskulyar kasalliklar, arterial gipertenziya, yurak ishemik kassaligi, dislipidemiya / giperlipidemiya, qand diabeti, periferik arteriyalar kasalliklari, nefrotik sindrom, kreatinin klirensi minutiga 30-60 ml dan kamroq, giperbilirubinemiya, me'da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalliklari (anamnezda), Helicobacter pylori infeksiyasi mavjudligi, gastrit, enterit, kolit, NYaQPni uzoq muddat qo‘llashligi, etiologiyasi noaniq bo‘lgan qon kasalliklari (leykopeniya, anemiya), chekish, spirtli ichimliklarni tez-tez iste'mol qilish (alkogolizm), og‘ir somatik kasalliklari, quyidagi preparatlar bilan bir vaqtda davolash: antikoagulyantlar (masalan, varfarin), antiagregantlar (masalan, atsetilsalitsil kislotasi, klopidogrel), peroral glyukokortikosteroidlar (masalan, prednizolon), serotoninni qayta qamrab oluvchi selektiv ingibitorlari (masalan, sitalopram, fluoksetin, paroksetin, sertralin) ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Terapevtik dozalarda Ibuklin aktiv preparati keng qo‘llaniladigan preparatlar bilan ahamiyatli o‘zaro ta'sirga kirishmaydi.
Jigardagi mikrosomal oksidlanish fermentlar induktori (fenitoin, etanol, barbituratlar, flumetsinol, rifampitsin, fenilbutazon, tritsiklik antidepressantlar) gidroksil guruhini ko‘shilgan faol metabolitlarni ishlab chiqarilishini oshiradi, bu esa, og‘ir zaharlanishlar xavfini kuchaytiradi.
Mikrosomal oksidlanish ingibitorlari gepatotoksik ta'sir yuzaga kelish xavfini kamaytiradi.
Vazodilatatorlarning gipotenziv faolligini hamda furosemid va gidroxlorotiazidning natriyuretik ta'sirini pasaytiradi.
Urikozurik preparatlar samarasini kamaytiradi. Bilvosita antikoagulyantlar, antiagregantlar, fibrinolitiklar ta'sirini kuchaytiradi (bu o‘z navbatida qon ketish rivojlanish xavfini oshiradi).
Mineralokortikosteroidlar, glyukokortikosteroidlarning (me'da-ichak yo‘llaridan qon ketishi xafvi oshadi), estrogenlarning va etanolning nojo‘ya ta'sirini kuchaytiradi; sulьfonilmochevina hosilalarining gipoglikemik samarasini oshiradi.
Antatsidlar va kolestiraminlar ibuprofenning so‘rilishini kamaytiradi.
Digoksin, litiy preparatlari va metotreksatning qondagi kontsentratsiyasini oshiradi.
M-xolinblokatorlar, H1-gistaminoblokatorlari, butirofenonlar, fenotiazinlar, amantadin va xinidinning ta'sirini kuchaytiradi.
Preparatning bir vaqtda boshqa NYQPlar bilan buyurilishi nojo‘ya samaralarni tez-tezligini oshiradi.
Kofein analьgetik (og‘riqsizlantiruvchi) samarasini kuchaytiradi.
Bir vaqtda buyurilganda atsetilsalitsil kislotasining yallig‘lanishga qarshi va antiagregant ta'sirini kamaytiradi (atsetilsalitsil kislotasi kam miqdorda antiagregant vosita sifatida ko‘llanilayotgan bemorlarda, Ibuklin® aktiv preparatini qabul qilishdan keyin o‘tkir koronar yetishmovchilik rivojlanish tez-tezligini oshishi mumkin).
Sefamandol, sefoperazon, sefotetan, valьproat kislotasi va plikamitsin bilan bir vaqtda qo‘llanganida gipoprotrombinemiya rivojlanish tez-tezligini oshiradi.
Miyelotoksik dori vositalari preparatning gematotoksik ko‘rinishlarini kuchaytiradi.
Siklosporin va oltin preparatlari ibuprofenning buyrakdagi prostoglandinlarning sinteziga ta'sirini kuchaytiradi va natijada preparatning nefrotoksikligi oshadi. Ibuprofen siklosporinning plazmadagi kontsentratsiyasini va uning gepatotoksik samaralar rivojlanish ehtimollini oshiradi.
Naychali sekretsiyani bloklovchi dori vositalari ibuprofenning chiqarilishini susaytiradi va plazmadagi kontsentratsiyasini oshiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat uzoq muddat qo‘llanganida periferik qon manzarasi va jigarning funktsional holatini nazorat qilish lozim.Me'da-ichak yo‘llari tomonidan noxush ko‘rinishlar rivojlanish xavfini kamaytirish uchun minimal samarali dozani qo‘llash kerak. Gastropatiya simptomlari paydo bo‘lganida o‘ziga ezofagogastroduodenoskopiya o‘tkazishni, gemoglobin va gematokritni aniqlash uchun qon analizini, axlatda yashirin qon aniqlash uchun analizni qamrab oluvchi sinchkov nazorat o‘tqazish kerak.
17-ketosteroidni aniqlash zaruriyati tug‘ilganda, preparatni tekshiruvdan 48 soat oldin bekor qilish lozim.
Davolash vaqtida alkogol iste'mol qilishdan saqlanish lozim.
Avtotransportni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Davolash vaqtida patsient yuqori diqqat va tezkor psixomotor reaksiyalarni talab qiluvchi potentsial xavfli ishlarni bajarishdan saqlanish lozim.
Dozani oshirib yuborilishi
Ko‘rsatilgan dozani oshirmang. Agar siz dozani oshirib yuborgan bo‘lsangiz, darhol shifokorga yoki eng yaqin tibbiy muassasasiga murojat qiling. O‘zingiz bilan preparatning o‘ramini olib boring.Simptomlari: qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, susayib qolish holati, uyquchanlik, depressiya, bosh og‘rig‘i, quloq shang‘illashi, metabolik atsidoz, koma, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, arterial bosimning pasayishi, bradikardiya, taxikardiya, yurak bo‘lmasi fibrillyatsiyasi, nafas to‘xtashi.
Davolash: me'dani yuvish (qabul qilingandan faqat 1 soat ichida), faollashtirilgan ko‘mir, ishqor suyuqlikni ichish, jadalashgan diurez, simptomatik davolash (kislota-ishqoriy holat va arterial bosimni yaxshilash) o‘tkaziladi. Maxsus antidoti mavjud emas.
Chiqarilish shakli
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. 10 tabletkadan PVX/alyumin blisterda.2 blisterdan tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan (2x10).
Saqlash sharoiti
Quruq joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.Bolalar olomaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil.Yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.Ishlab chiqaruvchi
D-r Reddys Laboratoris Limited /Dr. Reddy's Laboratories Limited,
Formulations Technical Operations-VI,
Village Khol, Nalagarh Road, Baddi, Dist.
Solan-173205, Himachal Pradesh, Hindiston
Qayd etish guvohnomasining egasi:
D-r Reddy`s Laboratoris Limited /
Dr. Reddy's Laboratories Limited,
8-2-337, Road No.3, Banjara Hills,
Hyderabad –500034, Telangana, Hindiston
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.