Sefekon D rek. supp.50mg №10
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Yoʻriqnoma: Sefekon D rek. supp.50mg №10
Batafsil
Внешний вид товара может отличаться от изображённого на фотографии.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
Sefekon® DXalqaro patentlanmagan nomi
paratsetamolDori shakli
bolalar uchun rektal suppozitoriylar.Tarkibi
Bir suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi: faol modda - paratsetamol - 50 mg, 100 mg yoki 250 mg; suppozitoriylar uchun asos: qattiq yog‘ (vitepsol, supposir) – 1,25 g gacha vaznli suppozitoriylarni olish uchun yetarli miqdorda.Ta'rifi
Oq yoki och-sariq yoki sarg‘ish tusli oq rangli, torpedasimon shaklli suppozitoriy.Farmakoterapevtik guruhi
Analgetik nonarkotik vositaATX kodi: N02BE01
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Paratsetamol og‘riqni qoldiruvchi va haroratni tushiruvchi ta'sirga ega. Preparat og‘riq va termoregulyatsiya markazlariga ta'sir qilib, markaziy nerv tizimida siklooksigenazani bloklaydi. Yallig‘langan to‘qimalarda xujayra peroksidazalari paratsetamolning siklooksigenazaga ta'sirini neytrallaydi, bu ahamiyatli yallig‘lanishga qarshi samarasini yo‘qligini tushuntiradi.Periferik to‘qimalarda prostaglandinlar sinteziga bloklovchi ta'sirini yo‘qligi unda suv-tuz almashinuviga (natriy va suvni tutilishi) va me'da-ichak yo‘llarining shilliq qavatiga salbiy ta'sirini yo‘qligini belgilaydi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi yuqori, me'da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi. Maksimal kontsentratsiyaga erishish davri – 30-60 minut. Gematoentsefalik to‘siq orqali o‘tadi. Bolalarda va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda biokiraolishligining ko‘rsatkichi kattalardagiga o‘xshash. Jigarda metabolizmga uchraydi.Yarim chiqarilish davri 2-3 soat. 24 soat davomida paratsetamolning 85-95% buyraklar orqali glyukuronidlar va sulfatlar ko‘rinishida, 3% - o‘zgarmagan holda chiqariladi. Paratsetamolning eliminatsiyasini tezligida va siydik bilan chiqariladigan preparatning umumiy miqdorida, yoshga bog‘liq bo‘lgan ahamiyatli farq yo‘q.
Qo‘llanilishi
3 oylikdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda quyidagilarda qo‘llanadi:- haroratni tushiruvchi vosita sifatida o‘tkir respirator kasalliklarda, grippda, bolalar infektsiyalarida, postvaktsinal reaktsiyalarda va tana haroratini ko‘tarilishi bilan birga kechuvchi boshqa holatlarda;
- og‘riqni qoldiruvchi vosita sifatida kuchsiz va o‘rtacha jadallikka ega og‘riq sindromida, shu jumladan bosh va tish og‘rig‘ida, mushaklar og‘rig‘i, nevralgiyalarda, jarohatlar va kuyishlardagi og‘riqlarda qo‘llanadi.
1 oylikdan 3 oylikkacha bo‘lgan bolalarda vaktsinatsiyadan keyingi haroratni tushirish uchun preparatni bir marta qabul qilish mumkin, preparatni barcha ko‘rsatmalar bo‘yicha faqat shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llash mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘ta yuqori sezuvchanlik, yangi tug‘ilgan chaqaloqlik davrida (1 oylikkacha) qo‘llash mumkin emas.Ehtiyotkorlik bilan
Jigar va buyrak yetishmovchiligi, xavfsiz giperbilirubinemiya (shu jumladan Jilber sindromi), virusli gepatit, jigarning alkogolli shikastlanishi, alkogolizm, homiladorlik, laktatsiya davri, glyukozo-6-fosfatdegidro-genazani genetik yo‘qligi, boshqa paratsetamol saqlovchi preparatlarni bir vaqtda qabul qilish.
Qo‘llash usuli va dozalari
Rektal buyuriladi. Ichak o‘z holicha bo‘shalganidan keyin yoki tozalovchi klizmadan so‘ng, suppozitoriy kontur uyali o‘ramidan ajratiladi va to‘g‘ri ichakka kiritiladi. Preparatning dozasi jadvalga mos ravishda, yoshi va tana vazniga qarab hisoblanadi. Bir martalik doza bolaning tana vazniga 10-15 mg/kg ni tashkil qiladi, sutkada 2-3 marta, har 4-6 soatda qo‘llanadi. Paratsetamolning maksimal sutkalik dozasi bolaning tana vazniga 60 mg/kg dan oshmasligi kerak.Yoshi Vazni Bir martalik doza
1-3 oylik 4-6 kg 50 mg li 1 suppozitoriy
3-12 oylik 7-10 kg 100 mg li 1 suppozitoriy
1-3 yosh 11-16 kg 100 mg li 1-2 suppozitoriy
3-10 yosh 17-30 kg 250 mg li 1 suppozitoriy
10-12 yosh 31-35 kg 250 mg li 2 suppozitoriy
Davolash kursining muddati: haroratni tushiruvchi vosita sifatida 3 kun va og‘riqni qoldiruvchi vosita sifatida 5 kungacha. Zarurati bo‘lganida shifokor bilan maslahatlashgandan so‘ng kursni uzaytirish mumkin.
Nojo‘ya ta'siri
Allergik reaktsiyalar (shu jumladan teri toshmasi).
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri
Jigarda mikrosomal oksidlanish rag‘batlantiruvchilari (fenitoin, etanol, barbituratlar, flumetsinol, rifampitsin, fenilbutazon, tritsiklik antidepressantlar), etanol va gepatotoksik dori vositalar gidroksidlangan faol metabolitlarini hosil bo‘lishini oshiradi, bu hattoki doza biroz oshirib yuborilganida ham og‘ir intoksikatsiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Mikrosomal oksidlanish ingibitorlari (shu jumladan simetidin) gepatotoksik ta'sir xavfini pasaytiradi. Salitsilatlar bilan birga qabul qilinganida paratsetamolning nefrotoksik ta'siri oshadi. Xloramfenikol bilan birga qo‘llash, xloramfenikolning toksik xususiyatlarini oshishiga olib keladi. Bilvosita antikoagulyantlarning ta'sirini kuchaytiradi, urikozurik preparatlarning samarasini pasaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Isitma 3 kundan ortiq va og‘riq sindromi 5 kundan ortiq davom etsa, davolovchi shifokorga murojaat qilish kerak.Paratsetamolni boshqa paratsetamol saqlovchi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak, chunki bu paratsetamolning dozasini oshirib yuborilishiga olib kelishi mumkin. Preparat 5-7 kundan ortiq qo‘llanganida periferik qon ko‘rsatgichlarini va jigarning funktsional holatini nazorat qilish kerak. Paratsetamol plazmada glyukoza va siydik kislotasining miqdorini aniqlashdagi tekshiruvlarda laboratoriya ko‘rsatgichlarini soxtalashtiradi.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: qabul qilgandan keyingi birinchi 24 soat davomida – teri qoplamalarini oqarishi, ko‘ngil aynishi, qusish, anoreksiya, abdominal og‘riq; glyukozaning metabolizmini buzilishi, metabolik atsidoz. Jigar faoliyatini buzilishining simptomlari doza oshirib yuborilganidan keyin 12-48 soat o‘tgach paydo bo‘lishi mumkin. Og‘ir doza oshirib yuborilishida – zo‘rayib boruvchi entsefalopatiya bilan kechuvchi jigar yetishmovchiligi, koma, o‘lim; tubulyar nekroz bilan o‘tkir buyrak yetishmovchiligi (shu jumladan jigarning og‘ir shikastlanishi yo‘qligida); aritmiya, pankreatit. Kattalarda gepatotoksik samarasi 10 g va ko‘proq qabul qilinganida namoyon bo‘ladi.Davolash: SH-guruhi donatorlari va glyutation sintezining o‘tmishdoshi – metioninni doza oshirib yuborilganidan keyin 8-9 soat o‘tgach va N-atsetiltsisteinni – 12 soat o‘tgach yuborish. Keyingi davolash choralarini o‘tkazish kerakligi (keyinchalik yana metioninni yuborish, N-atsetiltsisteinni vena ichiga yuborish) paratsetamolning qondagi kontsentratsiyasi, shuningdek uni qabul qilgandan keyingi o‘tgan vaqtga qarab belgilanadi.
Chiqarilish shakli
Sefekon® D bolalar uchun rektal suppozitoriylari 50 mg, 100 mg yoki 250 mg dan. 5 suppozitoriydan kontur uyali o‘ramda; ikki kontur uyali o‘ram preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.Saqlash sharoiti
Bolalar olaolmaydigan joyda, 200S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.Yaroqlilik muddati
3 yil. Yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.Ishlab chiqaruvchi
Iste'molchilarning e'tirozlari quyidagi manzilga jo‘natilsin:«NIJFARM» OAJ, Rossiya
603950, Nijniy Novgorod sh.,
GSP-459, Salganskaya ko‘ch., 7
Tel (831) 278 80 88
Faks (831) 430 72 28
Internet: http://www.nizhpharm.ru
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.