Yordam
PharmaClick.uz’dagi buyurtmalarni ikki usulda olish mumkin: ko‘rsatilgan manzilga kuryer orqali yetkazib berish yoki topshirish punktidan mustaqil olib ketish.
Kuryer orqali yetkazib berish
-
Yetkazib berish hududi: Toshkent.
-
Muddati: buyurtma rasmiylashtirilgan paytdan boshlab 55 daqiqa ichida yoki siz tanlagan vaqtda.
-
Narxi: 8 000 so‘mdan boshlanadi, aniq summa manzilingizga bog‘liq bo‘lib, buyurtmani rasmiylashtirish paytida hisoblanadi.
-
Yetkazib berish xizmatining ish vaqti: har kuni soat 09:00 dan 21:00 gacha.
Olib ketish
-
Buyurtma 10 daqiqadan so‘ng topshirishga tayyor bo‘ladi.
-
Buyurtma tayyor bo‘lgani haqida sizga SMS boradi.
-
Buyurtma topshirish punktida 5 kun saqlanadi.
Jarayon qanday kechadi
-
Saytda buyurtmani rasmiylashtiring va uni Payme yoki Click orqali onlayn to‘lang.
-
To‘lovdan so‘ng sizga buyurtma qabul qilingani va to‘langani haqida SMS keladi.
-
Kuryer buyurtmani manzilingizga olib boradi yoki uni o‘zingiz topshirish punktidan olib ketasiz.
Muhim
Yetkazib berish faqat Toshkent shahri bo‘ylab amalga oshiriladi. Aniq manzilingizni hamda siz bilan bog‘lanish mumkin bo‘lgan telefon raqamini ko‘rsating.
Qabul qilib olayotganda buyurtma tarkibi to‘liqligini va qadog‘i butunligini tekshiring.
Aloqa uchun: +998 76 113-13-00
Texnik yordam: @pharmaclick_support_bot