Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Supralgin MR in'ektsiya uchun eritma 20mg/ml 1ml №5
Supralgin MR in'ektsiya uchun eritma 20mg/ml 1ml №5
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Хлоропирамин
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
1 мл
Производитель
MERRYMED FARM, Узбекистан
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для инъекций
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Dozalash tartibi
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
MR Supralgin
Ta'sir etuvchi modda (XPN) xloropiramin gidroxloridi
Dori shakli
in'ektsiya uchun eritma
Tarkibi
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol modda xloropiramin gidroxloridi;
yordamchi moddalar in'ektsiya uchun suv .
Ta'rifi tiniq, rangsiz, biroz o‘ziga xos hidli eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
Allergiyaga qarshi vosita.
ATX kodi R06AC03
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Etilendiaminni hosilasi bo‘lib, H1-retseptorlarining blokatori hisoblanadi. Allergik reaktsiyalarni rivojlanishini oldini oladi va kechishini yengillashtiradi. Kuchsiz sedativ va yaqqol qichishishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi. Qusishga qarshi samaraga, antixolinergik faollikka, biroz spazmolitik xususiyatlarga ega.
Farmakokinetikasi
Qon plazmasida Cmax v birinchi 1-2 soat davomida erishiladi, kontsentratsiyaning terapevtik darajasi 3-6 soat davomida saqlanadi.
Taqsimlanishi
Yuborish yo‘liga qaramay organizmda, jumladan MNT yaxshi taqsimlanadi. Xlorpiraminning plazma oqsillari bilan bog‘lanishi7,9% ni tashkil qiladi.
Metabolizmi
Jigarda jadal metabolizmga uchraydi.
Chiqarilishi
Asosan siydik bilan metabolitlar holida chiqariladi.
Qo‘llanilishi
MR Supralgin (faol modda xloropiramin gidroxloridi) masalan, pichan isitmasi, kon'yunktivit, eshakemi, o‘simliklar va kimyoviy moddalar chaqirgan dermatit kabi qichishish bilan kechuvchi allergik reaktsiyalar va kasalliklarni davolash, shuningdek oziq-ovqat va dori allergiyalarini va hashoratlar chaqishlarining simptomlarini davolash uchun antigistamin preparati hisoblanadi.
Preparat shuningdek yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarini (anafilaktik reaktsiya) davolashda qo‘shimcha davolashda ham qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
MR Supralgin in'ektsiya uchun eritma preparatining dozasini va davolash davomiyligi shifokor tomonidan belgilanadi.
Dozalash tartibi
Kattalarga
Tavsiya etiladigan sutkalik doza – 1-2 ampula mushak ichiga.
Bolalar va o‘smirlarga
Tavsiya etiladigan boshlang‘ich dozalar
1 oylikdan 12 oylikkacha bo‘lgan bolalar ¼ ampula m/i;
1 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ½ ampula m/i;
6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ½ -1 ampula m/i.
Patsiyentning reaktsiyasi va kuzatilayotgan nojo‘ya samaralarga qarab dozani ehtiyotkorlik bilan oshirish mumkin. Ammodoza hech qachon tana vazniga 2 mg/kg dan oshmasligi kerak.
Anafilaktik shokda yoki og‘ir darajali o‘tkir allergik reaktsiyada davolashni MR Supralginni vena ichiga sekin in'ektsiyasidan ehtiyotkorlik bilan boshlash lozim, undan so‘ng davolashni mushak ichiga in'ektsiyalar yoki preparatni ichga qabul qilish bilan davom ettiriladi.
Alohida guruh patsiyentlar
Keksa, xolsizlangan bemorlar
MR Supralgin preparatini qo‘llash alohida ehtiyotkorlikni talab etadi, chunki bu bemorlar antigistamin preparatlarining nojo‘ya samaralariga (bosh aylanishi, uyquchanlik, arterial bosimni pasayishi) ko‘proq sezuvchandirlar.
Jigar funktsiyasini buzilishi
Jigar kasalliklarida preparatning faol komponentining metabolizmi pasayishi bilan bog‘liq dozani kamaytirish talab etilishi mumkin.
Buyrak funktsiyasinibuzilishi
Faol komponent asosan buyrak orqali chiqarilganligi bilan bog‘liq preparatni qabul qilish tartibini o‘zgartirish va dozasini kamaytirish talab etilishi mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Barcha dori vositalari kabi, ushbu preparat ham nojo‘ya reaktsiyalarni chaqirishi mumkin, lekin ular hamma patsiyentlarda ham uchramaydi.
MR Supralgin preparati bilan davolash vaqtida quyidagi nojo‘ya samaralar paydo bo‘lishi mumkin
Qon va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar
Juda kam hollarda oq qon tanachalari sonini kamayishi, qizil qon tanachalari sonini kamayishi, qon tizimining boshqa buzilishlari.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Juda kam hollarda allergik reaktsiyalar
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Juda kam hollarda sedativ samara, toliqish, bosh aylanishi, harakat koordinatsiyasini buzilishi, nerv qo‘zg‘aluvchanligi, titroq, tirishishlar, bosh og‘rig‘i, kayfiyatni noadekvat ko‘tarilishi (eyforiya)
Ko‘rish a'zolari tomonidan buzilishlar
Juda kam hollarda ko‘z ichki bosimini oshishi, glaukoma xurujlari, ko‘rishni noaniqligi
Yurak tomonidan buzilishlar
Juda kam hollarda yurak qisqarishlarini tezlashishi (taxikardiya), yurak qisqarishlarini muntazam bo‘lmasligi (aritmiya).
Qon-tomirlar tomonidan buzilishlar
Juda kam hollarda arterial bosimni pasayishi (gipotenziya)
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar
Juda kam hollarda epigastriyda yoki qorinda noxush hissiyotlar, og‘riq, og‘izni qurishi, ko‘ngil aynishi, qusish, ich ketishi, qabziyat, ishtahani yo‘qolishi yoki oshishi, qorinda og‘riq.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar
Juda kam hollarda yorug‘likka sezuvchanlik
Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar
Juda kam hollarda mushakda og‘riq yoki kuchsizlik
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar
Juda kam hollarda siyishni qiyinlashishi, siydikni tutilishi.
Antigistamin vositalarni uzoq muddat qo‘llaganda juda kam hollarda qon yaratilishini buzilishi rivojlanishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• xloropiramin gidroxloridiga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
• astmaning o‘tkir xurujida,
• chala tug‘ilgan chaqaloqlar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda,
• homiladorlik va emizishda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Ayrim MAO ingibitorlari (moklobenid, selegin kabi) MR Supralgin preparatining antixolinergik samaralarini (og‘izni qurishi, qorachiqlarni kengayishi, ko‘rish akkomodatsiyasini buzilishi, qabziyatlar, siydikni ajralishini buzilishi) kuchaytiradi va uzaytiradi. Shunday qilib, MR Supralgin preparatini MAO ingibitorlari bilan birga qo‘llashdan saqlanish lozim.
MR Supralgin preparatini atropin, sedativ analgetiklar, sedativ vositalar, uxlatuvchi vositalar, nerv tizimining holatiga ta'sir qiluvchi boshqa preparatlar, glaukomani davolash uchun ko‘z tomchilari bilan bir vaqtda qo‘llanilganida alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim. MR Supralgin va ushbu preparatdan har biri bir-birining samarasini kuchaytirishi mumkin.
Antigistamin preparatlari teri allergik sinamalarida teri reaktsiyalarini niqoblashi mumkin, shunga ko‘ra, bunday sinamani o‘tkazishdan bir necha kun oldin MR Supralginni bekor qilish lozim.
Maxsus ko‘rsatmalar
• MR Supralgin in'ektsiya uchun eritma preparatini keksa va xolsizlangan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi, chunki ular kuzatilishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralarga (uyquchanlik, toliqish, bosh aylanishi, arterial bosimni pasayishi kabi) beriluvchandirlar.
• Jigar yoki buyrak funktsiyasini buzilishida dozani kamaytirish zarurati tug‘ilishi mumkin
• Yopiq burchakli glaukoma (MR Supralgin in'ektsiya uchun eritma preparatini qo‘llash glaukoma xurujini chaqirishi mumkin), yurak-qon tomir buzilishlari, tutqanoq, mushak kasalliklari, siydikni tutilishi, prostata bezi gipertrofiyasi va surunkali qabziyat kabi kasalliklarda MR Supralgin ni alohida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
• Agar Sizda ilgari antiallergik preparatlarni qo‘llaganda bosh aylanishi rivojlangan, allergik simptomlar yomonlashgan yoki boshqa nojo‘ya reaktsiyalar rivojlangan bo‘lsa, ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.
• Alkogol antigistamin preparatlarining markaziy nerv tizimiga sedativ samarasini (uyquchanlik, toliqish, bosh aylanishi) kuchaytirishi mumkin, shuning uchun MR Supralgin preparati bilan davolash vaqtida alkogolli ichimliklarni iste'mol qilishdan saqlanish lozim.
Xomiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi.
Homiladorlik. Homilador ayollarda preparatni qo‘llash bo‘yicha tegishli nazoratli, adekvat tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Ammo homiladorlikning so‘ngi oylarida antigistamin preparatlarini qabul qilgan onalarning yangi tug‘ilgan chaqaloqlarida ko‘z gavhari orqasida biriktiruvchi to‘qima rivojlanishi ta'riflangan. Shuning uchun MR Supralgin preparatini homiladorlarda qo‘llash mumkin emas.
Emizish. Emizish vaqtida MR Supralgin preparatini qo‘llash bo‘yicha tegishli nazoratli, adekvat tadqiqotlar o‘tkazilmaganligi tufayli, uni emizikli onalarda qo‘llash mumkin emas.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Preparat ayniqsa davolashning boshida uyquchanlik va psixomotor faoliyatni buzilishini chaqirishi mumkin. Shuning uchun, davomiyligi shaxsiy ravishda aniqlanadigan boshlang‘ich davrda transport vositalarini boshqarish yoki baxtsiz hodisalarning yuqori xavfi bilan bog‘liq ishlarni bajarish taqiqlanadi.
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Antigistamin preparatlarining dozasini ataylab yoki bexosdan oshirib yuborilganda, ayniqsa yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va bolalarda patsiyentning o‘limiga olib kelishi mumkin.
MR Supralgin preparatining dozasi oshirib yuborilganda atropin bilan zaharlanishga xarakterli bo‘lgan simptomlar va belgilar gallyutsinatsiyalar, bezovtalik, ataksiya (harakat koordinatsiyasini buzilishi), atetoz, tirishishlar rivojlanadi. Kichik yoshdagi bolalarda qo‘zg‘alish kuzatiladi. Ba'zi hollarda og‘izni qurishi, fiksatsiyalangan qorachiqni kengayishi, yuzni qizarishi, sinusli taxikardiya, siydikni tutilishi, isitma paydo bo‘ladi. Kattalarda isitma va yuzni qizarishi doimiy kuzatilmaydi, qo‘zg‘alish davridan keyin esa tirishish va keyinchalik depressiya keladi. Nihoyat, 2-18 soat davomida patsiyentning o‘limiga olib kelishi mumkin bo‘lgan koma va yurak-o‘pka yetishmovchiligi rivojlanadi.
Yurak-qon tomir tizimi va nafas tizimining ko‘rsatkichlarini monitorlash, shuningdek simptomatik davolash tavsiya etiladi. Maxsus antidoti noma'lum.
Dozani oshirib yuborilishi
ni davolash Yurak-o‘pka tizimining ko‘rsatkichlarini monitorlash, shuningdek simptomatik davolash tavsiya etiladi.
Chiqarilish shakli
In'ektsiya uchun eritma 1 ml dan. 5 ampuladan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton korobkada.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsepti bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
Dori vositalarini sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«MERRYMED FARM» MChJ
O‘zbekiston Respublikasi, Namangan viloyati, Namangan tumani, Bog‘ishamol QFY, Sherbuloq ko‘chasi 1 uy. Tel (0369) 224-67-22.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.