Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Vintset tab. p/o 5mg №30
Nomi | Narx | |||||
Винцет таб. п/о 5мг №30 (W06W04##2 278) |
UZS 70 500
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Kelib chiqqan mamlakat
Hindiston
Дозировка
5 мг
Производитель / Ishlab chiqaruvchi
Mediwin Pharma, Индия
Retsept bo'yicha dorilar
Нет
Chiqarish shakli
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Vintset
Ta'sir etuvchi modda (XPN) levotsetirizin digidroxloridi
Dori shakli
tabletkalar
Tarkibi
;
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda 5 mg levotsetirizin digidroxloridi;
yordamchi moddalar mikrokristall sellyuloza, makkajo‘xori kraxmali, natriy benzoati, tozalangan talk, natriy kraxmal glikolyati, magniy stearati, natriy laurilsul'fati, natriy kroskarmelloza, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, titan dioksidi, gidroksi propil metil sellyuloza, izopropil spirti, dixlormetan, tozalangan suv.
Ta'rifi dumaloq shaklli, ikkiyoqlama qavariq, ikki tomoni silliq, oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
allergiyaga qarshi vosita.
ATX kodi R06AE09
Farmakologik xususiyatlari
Levotsetirizin — setirizinning Yo-enantiomeri bo‘lib, gistaminning raqobatli antagonistlari guruhiga kiradi, N1-gistamin retseptorlarini (N1-GR) bloklaydi, N1-GR ga nisbatan yuqori darajadagi tanlovchanlikka ega. Levotsetirizin eozinofillarni transendotelial migratsiyasiga olib keluvchi eotaksinlarni ingibitsiya qilib, allergik reaktsiyalarning gistaminga bog‘liq bosqichiga ta'sir ko‘rsatadi, xujayraviy adgeziya 1 vaskulyar molekulasining ekspressiyasini bloklab, eozinofillar migratsiyasini kamaytiradi, qon tomir o‘tkazuvchanligini kamaytiradi, yallig‘lanish mediatorlari ajralib chiqishini cheklaydi. Yaqqol allergiyaga qarshi ta'sirga ega, allergik reaktsiya rivojlanishini oldini oladi va kechishini yengillashtiradi, antizkssudativ, qichishishga qarshi ta'sirga ega, deyarli antixolinergik va antiserotonin ta'sir ko‘rsatmaydi.
Terapevtik dozalarda deyarli sedativ ta'sir ko‘rsatmaydi.
Farmakokinetikasi
Vintset peroral qo‘llanilgandan keyin tez va jadal so‘riladi. Qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasiga qabul qilingandan keyin 0,9 soat o‘tgach erishiladi. Preparatning ta'siri bir martalik doza qabul qilingandank keyin 50% bemorlarda 20 minutdan keyin, 95% bemorlarda – 1 soatdan keyin boshlanadi va 24 soat davomida saqlanadi. Levotsetirizin qon plazma oqsillari bilan 90% bog‘lanadi. Biokiraolishligi 100% ga yetadi. Jigarda kam miqdorda metabolizmga uchraydi. Yarim chiqarilish davri 7-10 soatni tashkil qiladi.
Qo‘llanilishi
• Qichishish, aksirish, rinoreya, ko‘z yoshi oqishi, kon'yunktiva giperemiyasi kabi yil bo‘yicha davom etuvchi va mavsumiy allergik rinit (shu jumladan doimiy davom etuvchi allergik rinit) va allergik kon'yunktivit sipmtomlarini davolash;
• pollinoz (pichan isitmasi);
• eshakemi, shu jumladan surunkali idiopatik eshakemi, Kvinke shishini davolash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ovqat qabul qilishdan qat'iy nazar ichga buyuriladi. Tabletkalar chaynalmaydi va suv bilan ichiladi.
Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalar 5 mg dan kuniga 1 marta har kuni buyuriladi.
Ko‘llash davomiyligi kasallik simptomatikasining ko‘rinishlarining davomiyligiga bog‘liq. O‘rtacha 3-6 hafta qabul qilinadi, allergenni qisqa muddatli ta'siri holatlarida 1 hafta davomida qo‘llash yetarli bo‘lishi mumkin. Kasallikni surunkali uzoq vaqt davom etgan hollarida davolash 6 oygacha davom etishi mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Vintset qo‘llaganda odatda xavfsiz va jiddiy nojo‘ya samaralarni kam chaqiradi. Lekin ayrim hollarda bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, ko‘ngil aynishi, qusish, og‘izni qurishi kabi nojo‘ya samaralar kuzatilgan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning har qanday komponentiga yoki piperazin hosilalariga yuqori sezuvchanlik;
surunkali buyrak yetishmovchiligining og‘ir shakli (kreatinin klirensi minutiga 10 ml dan kam); bolalalar (6 yoshgacha) qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan — surunkali buyrak yetishmovchiligi (dozalash tartibiga tuzatish kiritishni talab etadi), keksalar (kalavalar fil'tratsiyasi tezligi pasayishi mumkin).
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Teofillin bilan birga qo‘llaganda levotsetirizinning yarim chiqarish davri bir muncha oshishi mumkin.
Levotsetirizinni etil spirti va markaziy nerv tizimini susaytiruvchi dori preparatlari bilan birga qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Tavsiya etilgan sutkalik dozani oshirish mumkin emas. Patsiyentni levotsetirizin bilan davolash vaqtida alkogolni iste'mol qilish tavsiya etilmasligi haqida ogohlantirish kerak.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Homilador ayollarda levotsetirizinni qo‘llash bo‘yicha klinik ma'lumtolar yetarli emas, shuning uchun preparatni homiladorlikda qo‘llash mumkin emas.
Levotsetirizin ko‘krak suti bilan ajraladi. Levotsetirizinni qo‘llash zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak.
Avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Levotsetirizinni tavsiya etilgan dozada qo‘llaganda avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyati o‘zgarmaydi. Shunga qaramay, davolash davrida nojo‘ya reaktsiyalar (uyquchanlik, bosh aylanishi) yuzaga kelishini e'tiborga olib, diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab etuvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish vaqtida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari uyquchanlik (kattalarda), uyquchanlik bilan almashinuvchi qo‘zg‘alish va bezovtalik (bolalarda).
Davolash preparatni ichga qabul qilgandan keyin me'dani yuvish yoki sun'iy qusishni chakirish kerak. Faollashtirilgan ko‘mirni buyurish, simptomatik va tutib turuvchi davolashni o‘tkazish tavsiya etiladi. Spetsifik antidoti yo‘q. Gemodializ samarasiz.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan blisterda. 1 yoki 3 yoki 10 blisterdan tibbiyotda qo‘llanilishiga doir
yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz
Ishlab chiqaruvchi
MEDIWIN RNARMACEUTICALS
128/A, Phase I & II, G.I.D.C., Naroda
Ahmedabad – 382 330. (Hindiston).
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.