Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Rinitiz-Ksi nazal sprey 0.05% 10ml dan
Rinitiz-Ksi nazal sprey 0.05% 10ml dan
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Ипратропия бромид, ксилометазолин
Страна производитель
Индия
Дозировка
0,05% 10 мл
Производитель
Coral Laboratories Ltd
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Спрей назальный
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- ATS kodi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
RINITIZ XI
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) ksilometazolin/ipratropiya bromid
Dori shakli
dozalangan nazal sprey
Tarkibi
1 ml sprey quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar 0,51 mg ksilometazolin va 0,612 mg ipratropiy bromidi;
yordamchi moddalar 0,105 mg benzalkoniy xloridi, 0,50 mg dinatriy eletati, 3,42 mg natriy xloridi, 5,00 mg suvsiz dinatriy gidrogenfosfati, 5,1 mg xlorid kislotasi, 50,00 mg dekspantenol, 30,00 mg suyuq sorbitol (kristallanmaydigan), in'ektsiya uchun suv kerakli miqdorda.
Farmakoterapevtik guruhi
Nazal preparatlar. Simpatomimetiklar, boshqa preparatlar bilan majmuada (kortikosteroidlardan tashqari).
ATS kodi
R01AB06.
Farmakologik xususiyatlari
Ksilometazolin - alfa-adrenomimetik, LOR-amaliyotida maxalliy qo‘llash uchun qon tomirlarni toraytiruvchi vosita. Shilliq qavatlarga qo‘yilganda qon tomirlarni torayishini chaqiradi, buning natijasida maxalliy giperemiya va shish kamayadi.
Rinitlarda burun orqali nafasni yengillashtiradi. Ksilometazolinning qon tomirlarni toraytiruvchi ta'siri 5-10 minut davomida rivojlanadi va 6-8 soat davom etadi.
Ipratropiy bromidi - m-xolinoretseptorlarning blokatori, bronxlarni kengaytiruvchi ta'sir ko‘rsatadi, bezlarning sekretsiyasini kamaytiradi (shu jumladan bronxial va ovqat hazm qilish). Mahalliy qo‘llanganida burun epiteliysi xolinergik retseptorlarni raqobatli blokadasi orqali burun bitishini kamaytiradi.
Farmakokinetikasi
Mahalliy qo‘llanganida ksilometazolin va ipratropiy bromidi deyarli so‘rilmaydi, plazmadagi kontsentratsiyalari shunchalik kichikki, ularni zamonaviy tahlil usullari bilan aniqlashning iloji yo‘q.
Qo‘llanilishi
Shamollash tufayli tumov (rinoreya) bilan bog‘liq bo‘lgan burun bitishi, o‘tkir allergik rinit, gipersekretsiya bilan surunkali rinit, sinusit, pollinoz, o‘rta otit (burunxalqum shilliq qavatining shishini kamaytirish uchun), patsiyentni burun yo‘llaridagi diagnostik muolajalarga tayyorlashda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarga har bir burun yo‘liga 1 purkashdan kuniga 3 marta. Dozalar orasidagi interval 6 soatdan kam bo‘lmasligi kerak. Davolash davomiyligi 7 kundan oshmasligi kerak, chunki davomli qo‘llash xujayralarda sezuvchanlikni oshishi tufayli shilliq qavatini shishi va burun bitishini rivojlanishini chaqirishi mumkin (medikamentoz rinit).
Nojo‘ya ta'sirlari
Tez-tez va/yoki davomli qo‘llanganda shilliq qavatni ta'sirlanishi, achishish, sanchilish, aksirish, yo‘tal, burundan qon ketishi, burun shilliq qavatining quruqligi, gipersekretsiya, qichishish, toshmalar, eshakemi kabi allergik reaktsiyalar.
Kam hollarda burun shilliq qavatini shishi (ko‘proq davomli qo‘llanganida), yurak urib ketishi, taxikardiya, yurak ritmini buzilishi, AB ni oshishi, bosh og‘rig‘i, qusish, uyquni buzilishi, uyqusizlik, ko‘rishni buzilishi.
Yuqori dozalarda davomli qo‘llanganida depressiv holat.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Yopiqburchakli glaukoma, atrofik rinit, arterial gipertenziya, taxikardiya, yaqqol ateroskleroz, gipertireoz, bosh miya qobiqlaridagi jarrohlik aralashuvlar (anamnezdagi), ksilometazolin va ipratropiya bromidi, shuningdek preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik, bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda qo‘llash mumkin emas.
Preparat yurak-qon tomir kasalliklarida, qandli diabetda, prostata bezining gipertrofiyasida, qovuq sfinkterining stenozida, feoxromotsitomada, adrenergik moddalarga yuqori sezuvchanlikda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
MAO ingibitorlari va tritsiklik antidepressantlar bilan nomutanosib.
Boshqa antixolinergik preparatlar bilan yondosh qo‘llash, preparatning antixolinergik samarasini oshirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni ko‘zga tushishidan saqlanish kerak. Preparat tasodifan ko‘zga tushganida, ularni tez va yaxshilab sovuq oqar suvda yuvish kerak.
Uzoq vaqt davomida qo‘llash mumkin emas, masalan, surunkali rinitda. Shamollash kasalliklarida, burunda qasmoqlar hosil bo‘lgan hollarda, gel ko‘rinishida buyurish avzalroq hisoblanadi.
Rinitiz XI nazal spreyi konservant sifatida benzalkoniy xloridi saqlaydi, u bronxospazm chaqirishi mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya.
Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni faqat ona, homila va bola uchun xavf va foyda nisbati sinchiklab baholanganidan keyingina qo‘llash kerak, tavsiya etilgan dozalarni oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri.
Preparatni ko‘rish o‘tkirligiga ta'sir qilishi mumkinligini hisobga olib, davolanish davrida avtomobilni haydashda va mexanizmlarni boshqarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddat o‘tganidan keyin qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Mahalliy qo‘llanganida dozani oshirib yuborilishi xavfining ehtimoli kam. Preparatning dozasini oshirib yuborilishining belgilari og‘iz qurishi, bosh og‘rig‘i, qusish, taxikardiya hisoblanadi. Doza oshirib yuborilganida preparatni qo‘llashni to‘xtatish va simptomatik davolash tavsiya etiladi.
Chiqarilish shakli
Dozalangan nazal sprey 70 mkg/84 mkg doza (70 o‘lchangan dozalar) 10 ml dan dozalovchi moslamasi va himoya qopqoqchasi bo‘lgan polipropilen flakonlarda.
1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30oS dan past haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil. Flakon ochilganidan keyin preparatni 3 oy davomida ishlatish kerak.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
CORAL LABORATORIES LIMITED
503, Uy Dalamal, 5-nchi qavat J.B. Yo‘l, Nariman Punkti,
Mumbay 400021, Xindiston
Telefon + 91-22-2287 3635, 2287 3745, 2287 3698.
Faks + 01-22-2287 3694
Elektron pochta exports@corallab.com
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.