Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Emoksi-Optik ko‘z tomchilari 1% 5мл
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Метилэтилпиридинол
Страна производитель
Россия
Дозировка
1% 5 мл
Производитель
Синтез АКОМП, Россия
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Глазные капли
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Emoksi-Optik
Ta'sir etuvchi modda (XPN) metiletilpiridinol
Dori shakli
ko‘z tomchilari
Tarkibi
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol modda metiletilpiridinol gidroxloridi – 10 mg;
yordamchi moddalar natriy sulfiti (suvsiz natriysulfiti), natriy benzoati, kaliy digidrofosfati, natriy gidrofosfat dodekagidrati, metiltsellyuloza, in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi rangsiz yoki kuchsiz bo‘yalgan biroz tovlanuvchi suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
antioksidant vosita.
ATX kodi S05SX.
Farmakologik ta'siri
Antioksidant (xujayra membranalari lipidlarining perekisli oksidlanishiga to‘sqinlik qiluvchi dori vositasi), angioprotektor (tomirlarning chidamliligini oshiruvchi), antiagregatsion (trombotsitlarning yopishishiga to‘sqinlik qiluvchi) va antigipoksik (to‘qimalarni kislorodning yetishmovchiligiga chidamliligini oshiruvchi) faollikka ega.
Kapilyarlarning o‘tkazuvchanligini kamaytiradi va tomirlar devorini mustahkamlaydi (angioprotektor). Qonning qovushqoqligini va trombotsitlarning agregatsiyasini kamaytiradi (antiagregant). Erkin radikalli jarayonlarning ingibitori, membranalarni mustahkamlovchi ta'sirga ega.
Retinoprotektor xususiyatlarga ega, to‘r parda va ko‘zning boshqa to‘qimalarni yuqori jadallikdagi yorug‘likning shikastlovchi ta'siridan himoya qiladi. Ko‘z ichki qon quyilishlarining so‘rilishiga yordam beradi, qonning ivuvchanligini pasaytiradi, ko‘zning mikrotsirkulyatsiyasini yaxshilaydi. Shox pardadagi reparativ jarayonlarini (shu jumladan erta operatsiyadan keyingi va jarohatdan keyingi davrda) rag‘batlantiradi.
Farmakokinetikasi
A'zolar va to‘qimalarga tez kiradi, u yerda uning to‘planishi va metabolizmi yuz beradi.
Ko‘z to‘qimalaridagi kontsentratsiyasi qondagiga qaraganda yuqori.
Almashinuvining alkil guruhini ajralgan va kon'yugatsiya qilingan mahsulotlari bo‘lgan 5 metaboliti aniqlangan. Metabolitlari buyrak orqali chiqariladi. 2-etil-6-metil-3-oksipiridin-fosfat ahamiyatli miqdori jigarda aniqlanadi.
Qo‘llanilishi
Kattalarda quyidagi kasalliklarda va holatlarda qo‘llanadi
-ko‘zning old kamerasiga qon quyilishi (davolash);
-keksa yoshdagi shaxslarda skleraga qon quyilishi (davolash va oldini olish);
-shox pardaning yallig‘lanishi va kuyishlari (davolash va oldini olish);
-uzoqni ko‘raolmaslikdagi asoratlar (davolash);
-shox pardani himoya qilish (kontakt linzalar taqqanda).
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat kon'yunktiva bo‘shlig‘iga 1-2 tomchidan kuniga 2-3 marta tomiziladi. Davolash kursi 3-30 kun. Zarurati bo‘lganida va yaxshi o‘zlashtirilganida davolash kursi 6 oygacha davom ettirilishi va 1 yilda 2-3 marta takrorlanishi mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Achishishni his qilish, qichishish, kon'yunktivani qisqa muddatli giperemiyasi, kam hollarda – mahalliy allergik reaktsiyalar.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘ta yuqori sezuvchanlik. Homiladorlik. Laktatsiya davri (emizish), 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparatni boshqa dori vositalar bilan aralashtirish mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Boshqa ko‘z tomchilarini bir vaqtda qo‘llashning zarurati bo‘lganida preparatni oxirgi bo‘lib, avvalgi tomchilar to‘liq so‘rilganidan keyin (kamida 10-15 minutdan keyin) tomiziladi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Aniqlanmagan.
Chiqarilish shakli
Ko‘z tomchilari 1%.
5 yoki 10 ml dan rangsiz shisha flakonlarda.
5 ml yoki 10 ml dan uchlik-dozator va plastik buraluvchi qopqoqchali flakonlarda.
1 plastik flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
1 shisha flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va qopqoq-tomchilagich bilan birga yoki qopqoq-tomchilagichsiz karton qutiga joylanadi.
Yaroqlilik muddati
2 yil. Flakon ochilganidan keyin 1 oy davomida ishlatilsin.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
/e'tirozlarni qabul qiluvchi tashkilot
”Aktsionernoye Kurganskoye obщestvo meditsinskix preparatov i izdeliy “Sintez” ochiq aktsionerlik jamiyati (“Sintez” OAJ).
Rossiya Federatsiyasi, 640008, Kurgan sh., Konstitutsiya prospekti, 7
Tel./faks (3522) 48-16-89
e/mail real@kurgansintez.ru
Ishlab chiqaruvchi
korxonaing internet-sayti http/www/kurgansintez.ru
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.