Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Аmoksitsillin suspenziya tayyorlash uchun kukun125 mg / 5 ml Radiks
Аmoksitsillin suspenziya tayyorlash uchun kukun125 mg / 5 ml Radiks
Nomi | Narx | |||||
Амоксициллин пор. для приг. сусп 125мг/5мл Radiks (020124##2 039) |
UZS 8 000
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Ампициллин
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
125 мг/5 мл
Производитель
Radiks,НПП,Узбекистан
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Порошок для приготовления суспензии для приёма внутрь
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Amoksitsillin
Ta'sir etuvchi modda (XPN) amoksitsillin trigidrati
Dori shakli
ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun kukun
Tarkibi
5 ml suspenziya saqlaydi
faol modda 125 mg yoki 250 mg amoksitsillin (trigidrati ko‘rinishida).
yordamchi moddalar saxaroza, natriy karboksimetiltsellyulozasi tozalangan, limon kislotasi natriy tuzi, natriy benzoati, ozuqa hushbo‘y essentsiyasi.
Ta'rifi shirin ta'mli o‘ziga xos hushbo‘y hidli, oq yoki sarg‘ish tusli oq rangli kukun.
Prigotovlennaya suspenziya belogo s jeltovatыm ottenkom sveta, sladkogo vkusa s zapaxom sootvetstvuyuщego aromatizatora. Sarg‘ish tusli, shirin tamli, aramatizatorga muofiq hidli, oq rangdagi suspenziya
Farmakoterapevtik guruhi
antibiotik (penitsillinlar guruhi)
ATX kodi J01CA01
Farmakologik xususiyatlari
Amoksitsillin – penitsillin qatori mikroblarga qarshi preparatlarning vakili bo‘lgan aminopenitsillinlar guruhiga mansub yarimsintetik vositadir.
Preparatning ta'sir mexanizmi, bakteriyalarning hujayra membranasini asosini tashkil qiluvchi peptidoglikanning sintezini ingibitsiya qilish qobiliyatiga asoslangan. Bu polimerning sintezini ingibitsiya qilishi, peptidoglikanning sintezi jarayonida fermentlar rolini bajaruvchi penitsillinni bog‘lovchi oqsillarga amoksitsillinni ta'sir qilish hususiyati hisobiga yuz beradi. Hujayra membranasi strukturasini buzilishi oqibatida, uni parchalanishi va mikroorganizmlarning lizisi yuz beradi.
Amoksitsillin bakteritsid ta'sir qiladi va grammusbat kokklar (Staphylococcus spp.); grammanfiy kokklar (Neisseria meningitides, N. gonorrhoeae); shuningdek grammanfiy tayoqchalarga (Escherichia coli, Shigella spp., Klebsiella spp.) nisbatan faol.
Preparatga beta-laktamazani hosil qiluvchi mikroorganizmlarning shtammlari chidamli.
Kislotaga chidamliligi sababli preparat ichga qabul qilinganida samarali.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganidan keyin preparat meda-ichak yo‘llarida to‘liq so‘riladi. Ovqat qabul qilish so‘rilishiga ta'sir qilmaydi. Qon plazmasida preparatning maksimal kontsentratsiyasi 1-1,5 soat o‘tgach aniqlanadi va taxminan 7-8 mkg/ml ni tashkil qiladi.
Plazma oqsillari bilan preparat 20% ga bog‘lanadi. Preparatning yuqori kontsentratsiyasiga o‘pka, buyraklar, nafas yo‘llarining shilliq qavatlari, siydik, plazma, bronxial sekreti, safro, plevral va peritoneal suyuqliklarda erishiladi
Buyraklarning funktsiyasi normal bo‘lgan patsiyentlarda preparatning yarim chiqarilish davri 1,2 soatni tashkil qiladi. Preparatni qabul qilingan dozasini 60% gachasi siydik bilan 6 soat davomida (asosan o‘zgarmagan holda) chiqariladi, ozgina qismi me'da-ichak yo‘llarida va o‘pkalar orqali chiqariladi. Buyraklar funktsiyasi buzilganida buyrak va buyrakdan tashqari klirensi pasayadi.
Qo‘llanilishi
Preparatga sezgir qo‘zg‘atuvchilar chaqirgan bakterial infektsiyalar pnevmoniya, bronxit, sinusit, otit, angina, piyelonefrit, uretrit, gonoreya, kolienteritda qo‘llaniladi. Preparat zo‘rayish bosqichidagi surunkali gastritni, Helicobacter pylori bilan assotsiatsiyalangan zo‘rayish bosqichidagi me'da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligini majmuaviy davolashda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Infektsiyaning og‘irlik darajasiga bog‘liq holda shaxsiy ravishda belgilanadi.
2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ¼ choy qoshiqdan suspenziya kuniga 3 marta (yoki 20 mg/kg hisobidan 3 qabulda).
2 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ½ choy qoshiqdan suspenziya kuniga 3 marta.
5-10 yoshli bolalarga odatda 1-2 choy qoshiq suspenziya sutkada 3 marta buyuriladi.
Amoksitsillin bilan davolash kursi 5-14 kunni tashkil qiladi.
Suspenziya quruq moddaga xona haroratidagi qaynagan suvni belgigacha qo‘shish va keyin chayqatish yo‘li bilan tayyorlanadi.
O‘tkir asoratlanmagan gonoreyada buyuriladi 5-10 yoshli bolalarga odatda 2 choy qoshiqdan sutkada 3 marta; 2 yoshdan 5 yoshgacha – 1 choy qoshiqdan sutkada 3 marta; 2 yoshgacha bolalarga – 20 mg/kg sutkalik dozada 3 qabulda.
Nojo‘ya ta'sirlari
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan kam hollarda – diareya, anus sohasida qichishish; dispepsiya bo‘lishi mumkin; ayrim hollarda – soxtamembranoz va gemorragik kolitlar.
Siydik-chiqarish tizimi tomonidan kam hollarda – interstitsial nefritning rivojlanishi.
Qon yaratish a'zolari tomonidan kam hollarda – agranulotsitoz, trombotsitopeniya.
Allergik reaktsiyalar teri reaktsiyalari, asosan spetsifik makulopapulez toshma ko‘rinishida; kam hollarda – ko‘p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi; ayrim hollarda – anafilaktik shok, angionevrotik shish.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga va beta-laktam antibiotiklar guruhi boshqa dori moddalariga shaxsiy yuqori sezuvchanlikda .
Infektsion mononukleozi va limfoleykozi bo‘lgan patsiyentlarni davolash uchun preparat qo‘llanmaydi.
Anamnezida allergik diatez va pichan isitmasi bo‘lgan patsiyentlarga, shuningdek bronxial astmasi bo‘lgan patsiyentlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Qusish bilan birga kechuvchi kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarga preparatni buyurish tavsiya etilmaydi, chunki bunday holda preparatning so‘rilishi buzilgan bo‘lishi mumkin.
Preparatning tarkibiga qand kirishi tufayli, qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlargaehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Bakteriostatik faollikka ega bo‘lgan preparatlar, shu jumladan tetratsiklin qatori preparatlari, makrolidlar va xloramfenikol, amoksitsillin preparati bilan birga qo‘llanganida uning samaradorligini ahamiyatli darajada pasaytiradi.
Amoksitsillin bir vaqtda qo‘llanganida digoksinning so‘rilishini oshiradi, digoksin bilan davolanayotgan patsiyentlarda preparatni qo‘llashning zarurati bo‘lganida, oxirgisining dozasini to‘g‘rilash kerak.
Amoksitsillin aminoglikozidlar bilan qo‘llanganida sinergetik samara rivojlanishi mumkin.
Bir vaqtda qo‘llanganida probenetsid, fenilbutazon va oksifenbutazon amoksitsillinning plazmadagi kontsentratsiyasini oshiradi, amoksitsillin atsetilsalitsil kislotasi, indometatsin va sulfinperazon bilan bir vaqtda qo‘llanganida ham ifodalangan shunday samara, lekin kamroq aniqlanadi.
Antatsid preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida amoksitsillinning so‘rilishini pasayishi aniqlanadi.
Allopurinol bilan birga qo‘llash, teri allergik reaktsiyalarini rivojlanish xavfini oshishiga yordam beradi.
Amoksitsillin peroral kontratseptivlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida yakka hollarda kontratseptivning samaradorligini pasayishi aniqlangan.
Sezuvchanlikning ijobiy natijalarida preparat bakteritsid samaraga ega bo‘lgan boshqa mikroblarga qarshi preparatlar, shu jumladan sefalosporinlar va aminoglikozidlar bilan majmuada qo‘llanishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Allergik reaktsiyalarga moyilligi bo‘lgan patsiyentlarga preparatni buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi
Preparat gematoplatsentar to‘siq orqali yaxshi o‘tadi va ko‘krak suti bilan chiqariladi. Amoksitsillin teratogen, mutagen va embriotoksik ta'sirga ega emas, lekin, homiladorlik va laktatsiya davrida uni qabul qilish qat'iy shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha o‘tkazilishi kerak. Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni buyurishni zarurati bo‘lganida, uni minimal samarali dozalarda qabul qilish kerak.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Ta'sir qilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparat yuqori dozalari qo‘llanganida patsiyentlarda ko‘ngil aynishi, qusish, ich kelishi va suv-tuz balansini buzilishlari rivojlanishlari mumkin.
Spetsifik antidoti yo‘q. Doza oshirib yuborilgan holda me'dani yuvish, enterosorbentlarni va tuzli surgilarni qabul qilish ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, suv-tuz balansini tutib turish bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazish kerak. Zarurati bo‘lganida gemodializ o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
Ichga qo‘llash uchun 125 mg/5 ml va 250 mg/5 ml li suspenziya tayyorlash uchun kukun flakonlarda (bankalarda) 25 g dan.
Saqlash sharoiti
Preparatni yorug‘likdan himoyalangan joyda 25ºS gacha haroratda saqlansin.
Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
Tayyorlangan suspenziya 10ºS gacha haroratda 7 kun davomida saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
“RADIKS” MChJ
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
"RADIKS" MChJ,
O‘zbekiston Respublikasi, 100054, Toshkent sh. Lutfiy ko‘ch., 50
Tel (+99871) 273-43-98, faks (+99871) 273-80-58
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.